«тасдиљлайман»



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/63
tarix06.05.2018
ölçüsü5,08 Kb.
#42577
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63

– din va diniy e’tiqod haqida ilmiy, dunyoviy tasavvur hosil qilishga 
yordam berish; 
– dinning  inson  hayotida  tutgan o‘rni va mavqei haqida to‘g‘ri tu-
shunchani shakllantirish; 
– kishi ma’naviyatida ma’naviy bo‘shliq (vakuum) yuzaga kelishiga 
yo‘l qo‘ymaslik, turli g‘ayritabiiy va g‘ayriinsoniy diniy qarashlar 
shakllanishining oldini olish. 
Bundan tashqari, diniy e’tiqod tarkibida mavjud insonparvarlik, 
mehr-shafqat va imonlilik kabi qadriyatlarga janggarilik, shafqatsizlik, 
qonxo‘rlik da’vatlarining butunlay yot ekanligi dinshunoslik orqali 
oydinlashadi, diniy jaholatning ma’rifat orqali bartaraf etilishiga, dinning 
haqiqiy mavqei tiklanishiga erishiladi. Dinshunoslik, diniy e’tiqodning, 
qaysi shaklda bo‘lmasin, ezgulik, odamiylik va adolat g‘oyalariga 
bo‘ysunganligini isbotlashga ko‘maklashadi, dinlar o‘rtasida mazkur 
g‘oyalar asosida ma’naviy yakdillik va hamjihatlik aloqalari mavjudligini 
isbotlashga xizmat qiladi. 
Dinshunoslikning vazifalari o‘zaro aloqador bo‘lib, ularni amalga 
oshirishda boshqa fanlar bilan hamkorlik qilish talab qilinadi. Masalan, 
falsafa kishilarning dunyoqarashi, dunyoga munosabati masalalari, ularni 
o‘rganish usullari, dinning jamiyatdagi ma’naviy, ijtimoiy, ruhiy ildizlarini 
o‘rganadi. Dinshunoslik dinni o‘rganishda falsafiy qonuniyatlar, masalaga 
yondashish usullari, dunyoqarash muammolari kabilarga tayanishi mumkin. 
Huquqshunoslik dinning konstitutsiyaviy mavqei, huquqqa ta’siri, 
vijdon erkinligi, so‘z erkinligi kabilarga bog‘liqligi masalalarini o‘rganadi. 
O‘zbekiston tarixi fani dinning qadimgi zamonlardan hozirgi davrga 
qadar jamiyat hayotidagi ahamiyatini, uning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy 
hayotga ta’siri jarayonlarini o‘rganadi. Tarixda bu jarayonlarning barcha 
jabhalarida dinning o‘rni va o‘ziga xos ta’siri bo‘lgan. Dinshunoslik tarixiy 
davrlarda dinning ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni va ahamiyatini o‘rganishda 
tarix fani ma’lumotlariga tayanadi. 
Dinshunoslik boshqa ijtimoiy fanlardan farq qiluvchi xususiyatlarga 
ega. Ular quyidagilardan iborat: 
– dinshunoslik  dinni  ijtimoiy-ruhiy voqelik sifatida kompleks tarzda, 
boshqa ijtimoiy fanlar esa dinni o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rganadi. 
Jumladan, huquqshunoslik dinning huquq bilan bog‘liq jihatlarini, falsafa 
diniy dunyoqarashni, ruhshunoslik (psixologiya) diniy hissiyot va 
kechinmalarni, dinshunoslik esa dinning barcha jiatlarini bir-biriga bog‘liq 
holda o‘rganadi; 
 
11


– dinshunoslik dinni o‘rganishga ilmiy jihatdan xolisona yonda-
shuvga asoslanadi. Masalan, ilohiyot xudo va diniy qadriyatlarni 
himoyalab, ularning ustuvor qadriyat ekanligini isbotlashga harakat qilsa
ateizm dinning insoniyat uchun zararli ekanligini isbotlashga intiladi. 
Ammo ikkala yondashuv ham ilmiy yondashuvga ziddir. 
Dinshunoslik fanini o‘rganish ichki ishlar organlari xodimlari uchun 
ham katta ahamiyatga ega. Bu quyidagilarda namoyon bo‘ladi. Birin-
chidan, dinshunoslik ichki ishlar organlari xodimlarining din to‘g‘risidagi 
bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirishga yordam beradi, muammoga 
mustaqil munosabatni vujudga keltiradi. Ikkinchidan, bu fan ichki ishlar 
organlari xodimlarining fuqarolar bilan muomalada, ularning diniy 
tuyg‘usi, qadriyatlarini hurmat qilish va o‘zaro ishonchga asoslangan 
munosabatlarni o‘rnatishlariga ko‘maklashadi. 
Xulosa sifatida aytish mumkinki, din murakkab, ko‘p tarmoqli ij-
timoiy ong shaklidir. Shuning uchun ijtimoiy fanlar dinni o‘rganishga 
doimo jiddiy e’tibor beradilar. Dinshunoslik dinni o‘rganishda boshqa 
fanlarning yutuqlaridan foydalanib, ijtimoiy munosabatlarning yanada 
rivojlanishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shmoqda. 
Dinning tuzilishi va funksiyalari 
Din – o‘ta murakkab ijtimoiy hodisa. U o‘ziga xos tarkibga ega bo‘lib, 
kishilik jamiyatining uzoq davom etgan ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti 
hosilasidir. Din kishilarning g‘ayritabiiy kuchlarning mavjudligiga 
ishonishdan yuzaga kelgan. Zero, «din» so‘zi arab tilidan olingan bo‘lib, 
o‘zbek tilida «ishonch», «ishonmoq» degan ma’nolarni anglatadi. 
Hozirgi zamon dinlari murakkab tarkibiy qismga ega. Uning tarkibiy 
qismiga diniy ong, marosim va tashkilotlar kiradi. 
Diniy ong diniy dunyoqarash tarkibida muhim o‘rin tutadi. Diniy ong 
diniy tasavvurlar, g‘oyalar, his-tuyg‘u va kayfiyatlarni ifodalaydigan 
qarashlar tizimidir. Dinni tarkibiy qisimlari qatorida diniy ong ustuvor 
ahamiyatga ega, chunki diniy marosim va diniy tashkilot kishilar ongida 
va jamiyatda diniy tasavvurlarni mustahkamlaydi va saqlanib qolishiga 
ko‘maklashadi. 
Diniy ongning o‘zaro bog‘liq va nisbatan mustaqil bo‘lgan ikki 
darajasi yoki bosqichi mavjud. Bular diniy psixologiya va diniy 
ideologiyadir. Diniy psixologiya – kishilarning diniy his-tuyg‘ulari, 
odatlari, an’analari va kayfiyatlari majmui. Diniy ideologiya esa diniy 
tashkilotlar orqali malakali diniy shaxslar targ‘ib etadigan turli diniy 
g‘oyalarning muayyan tizimidir. 
 
12


Diniy psixologiya va diniy ideologiya o‘rtasida muayyan darajadagi 
umumiylik mavjud. Bu umumiylik voqelikni sarobiy aks ettirishda
g‘ayritabiiy kuchlarga sig‘inishda namoyon bo‘ladi. 
Tarixan diniy psixologiya diniy ideologiyaga nisbatan oldin paydo 
bo‘lgan. Kishi ruhiyati barqaror voqelik emas, chunki ijtimoiy jarayonlar 
ta’sirida o‘zgarib turishi mumkin. Shuningdek, amaliyot bilan diniy 
ideologiyaga nisbatan yaqindan aloqada bo‘ladi. U kishilarning tabiat 
kuchlaridan qo‘rqishlari, ular oldida taslim bo‘lishlari va ularni 
ilohiylashtirishlari natijasida shakllanadi. Diniy ideologiya esa jamiyatda 
mehnat taqsimoti, sinflar va davlatning vujudga kelishi bilan bog‘liq. 
Diniy psixologiya taraqqiy etgan sayin diniy tasavvurlar ham 
takomillashib boradi. Diniy tasavvurlardan diniy g‘oyalar shakllangan. 
Oqibatda qadimgi diniy e’tiqod shakllari – sehrgarlik, animizm, fetishizm, 
shomonlik va boshqalar kelib chiqqan. 
Diniy ideologiya diniy psixologiyadan farq qiladi. Zero, u muayyan 
tushuncha va qarashlarning tartibli tizimidir. Diniy ideologiya insoniyat 
taraqqiyotining nisbatan yuqori bosqichlarida yuzaga keladi. Uni 
ruhoniylar, kohinlar, dinni o‘rganuvchi faylasuflar ishlab chiqadilar va 
targ‘ib qiladilar. 
Diniy ideologiya ayrim manbalarda teologiya deb yuritiladi. 
Teologiyaning asosini odatda diniy ideologiyaning muntazam va muayyan 
tizimli ko‘rinishi bo‘lmish muqaddas kitoblar (Tavrot, Zabur, Injil, Qur’on 
kabilar) tashkil qiladi. Diniy ideologiya quyidagi tarkibiy qismlarga 
bo‘linadi: 
1)
 
dogmatika (grekcha dogmatos – fikr, ta’limot, yechim degan 
ma’nolarni anglatadi) diniy ta’limotning barqaror, kam o‘zgaruvchan 
qoidalari tizimi; 
2)
 
apologetika (grekcha apologeomai – himoya qilaman degan ma’no-
ni anglatadi) ilohiyot sohasi va diniy ta’limotni insoniyat tafakkuri hamda 
tajribasiga asoslanib himoya qilish; 
3)
 
ilohiyot va axloqning o‘zaro aloqadorligi (din axloq qoidalariga 
ilohiy mazmun beradi); 
4)
 
amaliy ilohiyot – cherkov va machitlarning faoliyati va xudoga 
sig‘inish tartiblarini ishlab chiqish. 
Dinning tarkibiy qismlari qatorida diniy ong bilan birga diniy marosim 
ham ahamiyatga ega. Biz dinni g‘ayritabiiy kuchlarning mavjudligiga 
 
13


Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə