«тасдиљлайман»



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/63
tarix06.05.2018
ölçüsü5,08 Kb.
#42577
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   63

maxluq Tiamat (ibtidoiy tartibsizlik timsoli)ni yenggan. Bosh xudoning 
o‘zgarishi sababli, xudolar va boshqa g‘ayritabiiy mavjudotlarning 
vazifalari qayta ko‘rib chiqilgan. Bobil shahri inqirozga uchraganidan 
keyin Marduk ham boshqa qudratli davlatning homiy xudosiga o‘rnini 
bo‘shatib bergan. Shu tariqa diniy tizimda o‘zgarishlar davom etgan. 
Mesopotamiyada xudolar odamlardek yashaydi deb hisoblangan. 
Odamlar hayotidagi o‘zgarishlar xudolar turmushida ham shunga o‘xshash 
jarayonlarni vujudga keltirgan. Jamiyatda sinflar va davlatning vujudga 
kelishi bilan g‘ayritabiiy kuchga ega mavjudotlar orasida ham tabaqalarga 
bo‘linish boshlangan. Diniy tizimda bosh xudo va unga xizmat qiluvchilar 
guruhi paydo bo‘lgan. G‘ayritabiiy mavjudotlar ham quyidan yuqoriga 
bo‘ysunish (iyerarxiya) prinsipi asosida boshqarilgan. Hanuzgacha 
sehrgarlik va folbinlik kabi ibtidoiy din turlari xudolarga xizmat qiluvchi 
vositalar sifatida saqlanib qolgan.  
Odatda, xudolar sharafiga bag‘ishlangan diniy marosimlarga kohinlar 
rahbarlik qilgan. Davlat boshlig‘i ayni paytda bosh kohin vazifasini bajarar 
edi. Hukmdorning bosh kohinlik maqomi kohinlarning jamiyatdagi 
mavqeini mustahkamladi. Kohinlar ibodatxonalarda yashaganlar, 
ibodatxona mulklariga egalik qilganlar va boshqarganlar. Din peshvosi, 
ilm sohibi, murabbiy va mulkdor sifatida kohinlarning jamiyatdagi nufuzi 
juda baland bo‘lgan. 
Ibodatxona diniy vazifalar bilan birga dunyoviy vazifalarni ham 
bajargan: katta ekin maydonlari, chorva mollari va yaylovlarga egalik 
qilgan; ichki va tashqi savdo ishlarida ishtirok etgan. Uning qoshida 
hunarmandchilik ustaxonalari qurilgan. Ibodatxona madaniyat va ma’rifat 
markazi vazifasini bajargan. Ularda davlat arxivi, kutubxona va maktab 
joylashgan. Maktablarda esa kohinlar muallimlik qilganlar. 
Diniy e’tiqodda axloqiy qadriyatlar alohida ahamiyatga ega bo‘lgan. 
Kohinlar diniy marosimlarda kishilarni xudolarga shak keltirmaslik, ularni 
hurmat qilish, yolg‘on guvohlik bermaslik va yolg‘on gapirmaslik, 
o‘g‘rilik qilmaslik, odam o‘ldirmaslik, zino qilmaslik, ota-ona va kattalarni 
hurmat qilish, zaif va kambag‘al odamlarga zulm qilmaslik, qarindosh-
urug‘lar orasiga raxna solmaslik, qabiladoshlarga yordam berish, qabila 
ishlariga e’tiborsizlik qilmaslik kabi fazilatlarga da’vat etganlar. 
Xulosa sifatida aytish mumkinki, Ikki daryo oralig‘i (Mesopotamiya) 
diniy tizimi mintaqadagi ijtimoiy-siyosiy sharoit ta’sirida jamiyat 
hayotining barcha jabhalarini qamrab olishga da’vogarlik qilmagan; 
jamiyatda din bilan bog‘liq bo‘lmagan munosabatlar, qarashlar va 
tartiblarning amal qilishiga to‘sqinlik qilmagan. Diniy tizimning ushbu 
 
42


xususiyati keyinchalik O‘rta dengiz havzasida uning ta’sirida paydo 
bo‘lgan madaniyatlarda hurfikrlikning rivojlanishiga qulay shart-sharoit 
yaratgan. 
Qadimgi Misr diniy tizimi 
Ikki daryo oralig‘i diniy tizimining paydo bo‘lishi bilan bir vaqtda 
Qadimgi Misr diniy tizimi rivojlangan. Iqtisodiy turmushi o‘zaro yaqin 
bo‘lgan bu ikki xalq ijtimoiy-siyosiy tizimi, dinlarining ijtimoiy hayotdagi 
o‘rni va ahamiyati jihatidan bir-biridan keskin farq qiluvchi madaniyatni 
vujudga keltirgan. 
Qadimgi Misr xo‘jaligining o‘ziga xosligi diniy tizimning shakl-
lanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Bu yerda sun’iy sug‘orishga asoslangan 
qishloq xo‘jaligi, murakkab irrigatsiya inshoatlarini qurish va ish holatida 
saqlab turish uchun aholi kuchini davlat miqyosida birlashtirish va uning 
negizida yagona xo‘jalik tizimini vujudga keltirish talab qilingan. 
Miloddan avvalgi IV ming yillikning oxirlari – III ming yillikning 
boshlarida iqtisodiy zarurat ta’sirida Nil vohasi yagona markazga 
birlashtirilgan. 
Markazlashgan davlat boshlig‘i fir’avn deb atalgan. Fir’avn chek-
lanmagan siyosiy hokimiyatga ega bo‘lgan va uning shaxsi ilohiylashtirilib
xudo darajasiga ko‘tarilgan. Qadimgi misrliklar fir’avnni xudoning yerdagi 
timsoli (yerdagi xudo) deb bilganlar. Fir’avn xudo Amon Raning yerdagi 
ayol bilan muqaddas nikohi natijasida tug‘ilgan xudo sifatida ulug‘langan. 
Odamlar unga ziyon yetkazishdan qo‘rqib, hatto ismini ham tilga 
olmaganlar. «Fir’avn» atamasi istiora so‘z bo‘lib, katta uy, buyuk uy degan 
ma’nolarni anglatadi. 
Davlat boshlig‘i shaxsining ilohiylashtirilishi kohinlarning 
jamiyatdagi mavqeini mustahkamlagan. Ular ruhoniylik bilan birga 
markaziy va mahalliy davlat hokimiyatining amaldori, sud ishlarini 
bajaruvchi mansabdor shaxs, munajjimlik, me’morlik, murabbiylik singari 
dunyoviy ishlarni bajarganlar. Ruhoniylar jamiyatda alohida imtiyozlarga 
ega toifani tashkil etib, hokimiyatni egallash uchun hatto fir’avn va uning 
vorislari bilan ham raqobat qilganlar. 
Qadimgi misrliklar qudratli xudolar, g‘ayritabiiy kuchga ega 
mavjudotlar, tabiat kuchlari va hayvonlarga sig‘inganlar. Diniy tizim 
qo‘shni xalqlar xudolarining qabul qilinishi hisobiga ham kengayib 
borgan. Har bir shahar va qishloq aholisining sig‘inadigan mahalliy xudosi 
bo‘lgan. Ularga bag‘ishlab ibodatxonalar qurilgan, qurbonliklar qilingan, 
diniy bayram va marosimlar o‘tkazilgan. 
 
43


Qadimgi Misrning shahar-davlatlari yagona markazga birlashti-
rilganidan keyin umumdavlat ahamiyatiga ega xudolar guruhi vujudga 
kelgan. Guruhga bosh xudo rahbarlik qilgan. Bosh xudo sifatida Quyosh 
xudosi – Amon Ra tan olingan. Miloddan avvalgi III ming yillik 
oxirlaridan boshlab Fiva shahrining homiysi Amon Raning bosh xudo 
sifatidagi mavqei yanada mustahkamlangan. 
Qadimgi Misrda umumdavlat xudolariga sig‘inishning vujudga kelishi 
to‘g‘risida turli diniy ta’limotlar mavjud. Ular orasida Geliopol maktabining 
ta’limoti alohida ahamiyatga ega. Unda to‘qqizta umumdavlat xudosi haqida 
hikoya qilinadi. Ushbu ta’limot «yenneada» deb ataladi. Unga ko‘ra, dastlab 
ibtidoiy ummon timsoli sifatida Nun mavjud bo‘lgan. Nundan abadiyat 
xudosi – Atum ajralib chiqqan. Atum qanotli ilon qiyofasida tasvirlanadi. U 
xudolar – Shu va Tefnutlarni yaratgan. Ulardan xudolar – Geb va Nut 
tug‘ilgan. Keyinchalik havo xudosi – Shu osmon ma’budi Nutni yer xudosi – 
Gebdan ajratgan. Geb va Nut nikohidan o‘lib-tiriladigan tabiat timsoli, narigi 
dunyo xudosi – Osiris, hosildorlik, suv va shamol ma’budi – Isida, o‘lgan 
odamlar ruhiga homiylik qiluvchi ma’bud – Neftida, cho‘l xudosi – Set 
tug‘ilgan. Umumdavlat xudolariga dastlab Atum rahbarlik qilgan. Lekin 
hokimiyatga da’vogarlik qiluvchi xudolar bilan raqobatda u quyosh xudosi 
Ra (Amon Ra)ga yengilgan. Miloddan avvalgi III ming yillikning oxiri – II 
ming yillikning boshlarida Ra o‘z hokimiyatini yanada mustahkamlagan. 
Memfis shahri maktabining kosmogonik (grekcha kosmogonia – 
dunyoning paydo bo‘lishi degan ma’noni anglatadi) ta’limotiga ko‘ra, Ptax 
(yaratuvchi xudo, Memfisda o‘liklar xudosi sifatida ulug‘lanadi, u 
mumiyolangan odam qiyofasida tasvirlanadi) borliqni va barcha xudolarni 
yaratgan. Ptax borliqni so‘z va ijodiy qobiliyati yordamida yaratadi, deb 
hisoblangan. Ilohiy iroda uning yuragida paydo bo‘lgan. Xristianlikda ham 
borliqning vujudga kelishi to‘g‘risida shunga o‘xshash ta’limot mavjud. 
Havariy (apostol) Ioanning yevangeliyasida xudo borliqni so‘z orqali 
yaratganligi qayd etilgan. 
Qadimgi misrliklar xudolarni qudratli va qasoskor g‘ayritabiiy 
mavjudotlar deb bilganlar. Odamlar xudolarga xizmat qilish uchun 
yaratilgan, agar ular o‘z burchlarini unutsalar yoki ularni sidqidildan 
bajarmasalar, xudolarning g‘azabiga duchor bo‘ladilar, deb hisoblangan. 
Shu bois davlat xazinasi va fuqarolar shaxsiy daromadining juda katta 
qismi xudolarga bag‘ishlangan, ya’ni ibodatxonalar qurilishi, qurbonliklar 
va boshqa ko‘plab diniy marosimlarni bajarishga xarajat qilingan. 
Masalan, fir’avn Xufuning maqbara (piramida)si miloddan avvalgi XXVII 
asrda yuz mingdan ortiq kishilar tomonidan 20 yil davomida qurilgan.  
 
44


Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə