: Verbal va noverbal muloqot.
Reja:
1. Muloqot psixologiyasi. Verbal va noverbal muloqot.
2. Shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o‘rni.
3. Insoniy muomala va muloqotning psixologik vositalari.
4. Jamoalarda psixologik o‘zaro moslik. Chet el adabiyotlarida muloqotning
o‘rganilishi.
1. Muloqot psixologiyasi. Verbal va noverbal muloqot.
Muloqotning verbal va noverbal vositalari. Muloqot - odamlarning birgalikdagi
faoliyatlari ehtiyojlaridan kelib chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir-birlari bilan
o‘zaro munosabatlarga kirishish jarayonidir. Ya’ni, har bir shaxsning jamiyatda
bajaradigan faoliyatlari (mehnat, o‘qish, o‘yin, ijod qilish va boshqalar) o‘zaro
munosabat va o‘zaro ta’sir shakllarini o‘z ichiga oladi. Chunki har qanday ish
odamlarning bir-birlari bilan til topishishni, bir-birlariga turli hil ma’lumotlarni
uzatishni, fikrlar almashinuvi kabi murakkab hamkorlikni talab qiladi. Shuning uchun
ham har bir shaxsning jamiyatda tutgan o‘rni, ishlarining muvaffaqiyati, obro‘si uning
muloqotga kirisha olish qobiliyati bilan bevosita bog‘liqdir. Bir qarashda osongina
tuyulgan shaxslararo muloqot aslida juda murakkab jarayon bo‘lib, unga odam hayoti
mobaynida o‘rganib boradi. Muloqot psixologik jihatdan murakkab ekanligi haqida
B.F.Parigin shunday yozadi:
«Muloqot shunchalik ko‘p qirrali jarayonki, unga bir vaqtning o‘zida quyidagilar
kiradi:
a) individlarning o‘zaro ta’sir jarayoni;
b) individlar o‘rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni;
v) bir shahsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni;
g) bir kishining boshqalarga ta’sir ko‘rsatish jarayoni;
d) bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati;
ye) shahslarning bir-birlarini tushunishi jarayoni”.
V.M.Bexterev muomalani shartli ravishda bevosita va bilvosita turlarga ham
ajratadi. Bilvosita muomala tarkibiy qismlari sifatida xat, telefon, telegramma,
erkalash, urishish va boshqalarni olsa, bevosita muomala turiga nutqni kiritadi.
Shuni ta’kidlash joizki, muomalani eksperimental o‘rganish ishini
V.M.Bexterev tomonidan amalga oshirilgandir.
Muloqot funksiyalari. Har qanday muloqotning eng elementar funksiyasi -
suhbatdoshlarning o‘zaro bir - birini tushunishlarini ta’minlashdir. Bu o‘zbeklarda
samimiy salom - alik, ochiq yuz bilan kutib olishdan boshlanadi. O‘zbek xalqining eng
nodir va buyuk hislatlaridan biri ham shuki, uyiga birov kirib kelsa, albatta ochiq yuz
bilan kutib oladi, ko‘rishadi, so‘rashadi, xol - ahvol so‘raydi. Shunisi xarakterliki,
ta’ziyaga borgan chog‘da ham ana shunday samimiyatli qabulni his qilamiz. Uning
ikkinchi muhim funksiyasi ijtimoiy tajribaga asos solishdir. Odam bolasi faqat odamlar
davrasida ijtimoiylashadi, o‘ziga zarur insoniy xususiyatlarni shakllantiradi. Odam
bolasining yirtqich hayvonlar tomonidan o‘g‘rilanib ketilishi, so‘ng ma’lum
muddatdan keyin yana odamlar orasida paydo bo‘lishi faktlari shuni ko‘rsatganki,
«mauglilar” biologik mavjudot sifatida rivojlanaveradi, lekin ijtimoiylashuvda ortda
qolib ketadi. Bundan tashqari, bunday xolat boladagi bilish qobiliyatlarini ham
cheklashi ko‘plab psixologik eksperimentlarda o‘z isbotini topdi.
Muloqotning shakllari va bosqichlari. Muloqot jarayoni o‘ziga
xos ravishda murakkab bo‘lib, bunda uch xil bosqich mavjud. Dastlabki bosqich
— odamning o‘z-o‘zi bilan muloqotidir. T.Shibutani ―Ijtimoiy psixologiya"
darsligida: «Agar odam ozgina bo‘lsa ham o‘zini anglasa, demak, u o‘z-o‘ziga
ko‘rsatmalar bera oladi”— deb to‘g‘ri yozgan edi. Odamning o‘z-o‘zi bilan muloqoti
aslida uning boshqalar bilan muloqotining harakterini va hajmini belgilaydi. Agar
odam o‘z-o‘zi bilan muloqot qilishni odat qilib olib, doimo jamiyatdan o‘zini chetga
tortib, tortinib yursa, demak u boshqalar bilan suhbatlashishda, til topishishda jiddiy
qiyinchiliklarni boshdan kechiradi, deyish mumkin. Demak boshqalar bilan muloqot—
muloqotning ikkinchi bosqichidir. Muloqotning hayotimizdagi shakl va ko‘rinishlariga
kelsak uning har bir shaxsning hayotiy vaziyatlarga mos keladigan, o‘sha vaziyatlardan
kelib chiqadigan ko‘rinishlari va turlari haqida gapirish mumkin. Lekin umumiy holda
har qanday muloqot yo rasmiy yoki norasmiy tusda bo‘ladi. Agar rasmiymuloqot
odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va xulq-atvor normalaridan kelib
chiqsa, masalan, rahbarning o‘z qo‘l ostida ishlayotgan xodimlar bilan muloqoti,
professorning talaba bilan muloqoti va hokazo, norasmiy muloqot — bu odamning
shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni o‘sha suhbatdoshlarnnng fikr-
o‘ylari, niyat-maqsadlari va emostional munosabatlari bilan belgilanadi. Masalan,
do‘stlar suhbatdoshi, poyezdda uzoq safarga chiqqan yo‘lovchilar suhbati, tanaffus
vaqtida talabalarning sport, moda, shaxsiy munosabatlar borasidagi munozaralari.
Odamlarning asl tabiatlariga mos bo‘lgani uchun ham norasmiy muloqot doimo
odamlarning hayotida ko‘proq vaqtini oladi va bunda ular charchamaydilar. Lekin
shuni ta’kidlash kerakki, odamda ana shunday muloqotga ham qobiliyatlar kerak, ya’ni
uning qanchalik sergapligi, ochiq ko‘ngilligi, suhbatlashish yo‘llarini bilish, til
topishish qobiliyati, o‘zgalarni tushunishi va boshqa shaxsiy sifatlari kundalik
muloqotning samarasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun hamma odam ham
rahbar bo‘lolmaydi, ayniqsa, pedagogik ishga hamma ham qo‘l uravermaydi, chunki
buning uchun undan ham rasmiy, ham norasmiy muloqot texnikasidan xabardorlik
talab qilinadi.
Muloqotning verbal va noverbal vositalari. Muloqotning verbal vositasi bu
so‘zlar hisoblanadi.Verbal ta’sir – bu so‘z va nutqimiz orqali ko‘rsatadigan
ta’sirimizdir. Bundagi asosiy vositalar so‘zlardir.
Nutq o‘zining fiziologik negiziga ko‘ra, eshitish va harakat analizatorlari
faoliyatini bajaradi. Miya qobig‘ida tashqi olam tomonidan bo‘ladigan turli xil
qo‘zg‘atuvchilar bilan so‘zlarning talaffuz qilinishini boshqarib turadigan tovush
paychalari, xiqildoq, til va boshqa a’zolar harakati o‘rtasidagi muvaqqat bog‘lanishlar
o‘rnatiladi. Nutq ikkinchi signallar tizimi negizida amal qiladi. So‘z, I.P.Pavlov
fikricha, ―signallar signalidir. Nutqni dasturlashtirish - nutqiy ifodaning, ya’ni kishi
bildirmoqchi bo‘lgan fikrning ma’naviy o‘zagini tuzish -birinchi bosqich hisoblanadi.
Ikkinchi bosqich - jumlaning sintaktik tarkibini tuzishdan iborat. Nihoyat, jumlani ovoz
chiqarib ayta boshlaydi, ya’ni nutq real tarzda ruyobga chiqadi. Shunday qilib,
―gapirish‖ jarayoni boshlanadi. Bu jarayon davomida kommunikator uzatilishi lozim
bo‘lgan axborotni kodlashtiradi. Restipiyent tinglash jarayonida olingan axborotning
kodini ochadi. Bu kommunikator aytmoqchi bo‘lgan so‘zning anglab etilishini
ta’minlaydi. Nutqiy fikr - mulohazani kodlashtirish va kodini ochish jarayonlari
og‘zaki muloqotda muvaffaqiyat keltiradigan aqliy markazlar va tizimlar saqlanib
qolganda yuz beradi. Mabodo ushbu tizimlar ishida buzilishlar ro‘y bersa, kishi nutqida
turli xildagi buzilishlar - afaziyalar (so‘zlashish va tushunish qobiliyatining
yo‘qotilishi) sodir bo‘ladi. XIX asrning o‘rtalaridayoq olimlar miyaning ba’zi bir
qismlari ishidagi buzilish nutqning buzilishiga olib kelishini kashf etgan edilar.
Jumladan, P.Broka bemorlarda chap yarim sharning pastki peshona qismidagi
burmalari orqali orqa tomonining uchdan bir ulushi shikastlangan holda so‘zlarni
talaffuz etishda buzilish ro‘y berishini aniqladi. Keyinroq K. Vernike chap yarim
sharning ustki chakka qismidagi burmalari orqa tomonining uchdan bir ulushi
shikastlanganda so‘zlarni tushunishning buzilishi hollarini tavsif qilgan edi.
Miya to‘qimalarining ushbu qismlari harakatlantiruvchi nutq (―Broka
markazi‖) va nutqni tushunish (―Vernike markazi‖) ―markazlari‖ deb yuritila
boshladi. Lekin keyinchalik, asosan psixofiziologlar (A.R.Luriya, N.A.Bernshteyn,
P.K.Anoxin va boshqalar) ning ilmiy ishlari tufayli nutqning fiziologik negizi
miyaning alohida qismlari (―Nutq markazlari‖) faoliyatidan ko‘ra ko‘proq yaxlit
holdagi miya faoliyatining murakkab tarzda tashkil topishidan iborat ekanligi aniq -
ravshan bo‘ldi. Shunday qilib, nutq funksiyalarining jo‘shqin, ya’ni anatomik tarzda
emas, balki harakatchan tarzda cheklanishi to‘g‘risidagi tasavvur tarkib topdiki, bu
markaziy asab tizimining keng ravishda kompensastiyalab turish imkoniyatlaridan
foydalanishi munosabati bilan nutqning buzilishini to‘g‘rilashida juda katta ahamiyat
kasb etadi.
Noverbal (nutqsiz) kommunikastiya vositalariga yuz ifodasi, mimika, ohang,
pauza, poza (holat), ko‘z yosh, kulgu va boshqalar kiradi. Bu vositalar verbal
kommunikastiya - so‘zni to‘ldiradi, kuchaytiradi va ba’zan uning o‘rnini bosadi.
Bolgarlarda boshni qimirlatish yo‘q degani, ruslarniki teskarisi bo‘ladi. Turli
yosh guruhlarida noverbal kommunikastiya vositasi turlicha bo‘ladi. Masalan, bolalar
ko‘pincha kattalarga ta’sir etish, ularga o‘z xohish va kayfiyatlarini o‘tkazishda
yig‘idan vosita sifatida foydalanadilar. Axborotni so‘z bilan bayon yetishning
mazmuni va maqsadiga noverbal kommunikastiya vositalarining mos kelishi muomala
madaniyatining bir turidir.
O‘rtog‘ining boshiga tushgan kulfatdan habar topib, unga hamdardlik
bildirayotgan suhbatdoshi nutqsiz kommunikastiya belgilarini ishlatadi: yuzlarini
g‘amgin tutadi, past ohangda, qo‘llarini yuziga yo peshonasiga qo‘ygan va boshini
chayqagan holda chuqur xo‘rsinib gapiradi va h.k.
Nutqsiz kommunikastiyani amalga oshirish uchun turli xil yosh guruhlarida
turlicha vositalar tanlanadi. Nutqsiz kommunikastiyada qo‘llanilayotgan vositalarning
axborotni so‘z bilan etkazish maqsadlariga va mazmuniga muvofiqligi munosabat
madaniyatining tarkibiy qismlaridan hisoblanadi. Bunday muvofiqlik ham og‘zaki va
ham nutqsiz kommunikastiya vositalari kasb faoliyatining quroli hisoblangan pedagog
uchun juda muhimdir.
2. Shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o‘rni
Aslida har bir insonning ijtimoiy tajribasi, uning insoniy kiyofasi, fazilatlari,
hattoki, nuksonlari ham muloqot jarayonlarining mahsulidir. Jamiyatdan ajralgan,
muloqotda bo‘lish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan odam o‘zida individ sifatlarini
saqlab qolishi mumkin, lekin u shaxs bo‘lolmaydi.
Shuning uchun muloqotning shaxs taraqqiyotidagi ahamiyatini tasavvur qilish
uchun uning funksiyalarini tahlil qilamiz. Har qanday muloqotning eng elementar
funksiyasi - suhbatdoshlarning o‘zaro bir-birini tushunishlarini ta’minlashdir. Bu
o‘zbeklarda samimiy salom-alik, ochiq yuz bilan kutib olishdan boshlanadi. O‘zbek
halkining eng nodir va buyuk xislatlaridan biri ham shuki, uyiga birov kirib kelsa,
albatta ochiq yuz bilan kutib oladi, ko‘rishadi, so‘rashadi, xol-axvol so‘raydi. Shunisi
xarakterliki, ta’ziyaga borgan chogda ham ana shunday samimiyatli qabulni his
qilamiz. Bu kabi birlamchi kontakt usullari boshqa millat va halklarda ham bor, ya’ni
bu jihat milliy o‘ziga xoslikka ega. Uning ikkinchi muhim funksiyasi ijtimoiy tajribaga
asos solishdir. Odam bolasi faqat odamlar davrasida ijtimoiylashadi, o‘ziga zarur
insoniy xususiyatlarni shakllantiradi. Odam bolasining yirtqich hayvonlar tomonidan
o‘grilanib ketilishi, so‘ng ma’lum muddatdan keyin yana odamlar orasida paydo
bo‘lishi faktlari shuni ko‘rsatganki, «mauglilar” biologik mavjudot sifatida
rivojlanaveradi, lekin ijtimoiylashuvda ortda qolib ketadi. Bundan tashqari, bunday
holat boladagi bilish qobiliyatlarini ham cheklashi ko‘plab psixologik
yeksperimentlarda o‘z isbotini topdi.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Kasbiy muloqotning ahamiyati haqida gapiring.
2. Ta’limda shaxslararo munosabatlar, ularning psixologik xususiyatlarini
o‘rganish masalasi dolzarb muammo ekanligini ko‘rsatib bering.
3. Kasbiy psixologik muloqot tushunchasini izohlang.
4. Pedagogik muloqotning tarbiyaviy didaktik ahamiyati nimadan iborat?
5. Ta’lim tarbiya jarayonida o‘qituvchi qanday kommunikativ vazifalarni
amalga oshiradi?
6. Yosh o‘qituvchi muloqot madaniyatiga qanday uslublar bilan erishadi?
7. Pedagogik ta’sir eitshning mantqiy obrazini tasvirlab bering.
8. Professional tinglash texnikasiga nimalar kiradi?
9. Jamoalarda psixologik moslik tushunchasiga misol keltiring.
MA`RUZA MASHGʻULOTLARI MAVZULARIDA FOYDALANILGAN
ADABIYOTLAR RO‘YXATI.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Axborot texnologiyalari
sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi
Qarori. //Xalq so‘zi, 2005 yil.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Bozor islohotlarini
chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi Farmoni. //Xalq so‘zi, 2005 yil, 15 iyun, 1-bet.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik sub’yektlarini
huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Farmoni. //Xalq so‘zi, 2005 yil, 16-iyun, 1-bet.
4. Kelvin Seifert va Rosemary Sutton. Educational Psychology
Copyright © 2009 Kelvin Seifert.
5. Bordavskaya N.V., Rean A.A. Pedagogika.-M.: Piter, 2004.
6. Professionalnaya pedagogika. Uchebnik dlya studentov. – M.:
Pedagogika, 2002.
7. Nishonova S. Komil insonni tarbiyasi: o‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi muassasalari uchun qo‘llanma. -T.: Istiqlol. 2003
8. Gʻulomov S.S. va boshqalar. Axborot tizimlari va texnologiyalari. T.:
―Sharq‖ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2000.
9. Egamberdiyev E., Xo‘jamqulov H. Kichik biznes va tadbirkorlik. – T.:
Ma’naviyat, 2003.
10. Xoshimov K. va boshqalar tahriri ostida. Pedagogika tarixi – T.: Fan, 2001.
11. E. G. Goziyev, K. Q. Mamedov. Kasb psixoloiyasi. T. 2003 y.
12. N. V. Gafurova, V. L. Lyax, ye. V. Feskova i dr. ―Psixologiya
professionalnogo obrazovaniya‖ (sibirskiy federalnыy universitet) SFU, 2010g.
INTERNET SAYTLARI
1. www.edu.uz
2. www.ziyonet.uz
3. www.tuit.uz
Dostları ilə paylaş: |