"tasdiqlayman" O‘quv va tarbiyavuy ishlar


Psixologik va information xavfsizlik



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/66
tarix20.10.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#129172
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   66
O`QUV MAJMUA Xasanboy

. Psixologik va information xavfsizlik 


 
Reja: 
1. 
Axborot sivilizatsiyasi. 
2. 
Hozirgi zamonaviy axborot tizimi. 
3. 
Axborot sohasidagi milliy xavfsizlik. 
Insoniyat yozuv ixtiro qilingunga qadar taxminan uch million yil og‘zaki aloqa 
qilgan bo‘lsa, undan besh ming yil keyingina sanoat asosida kitob bosishni o‘rgandi. 
Undan besh yuz yil o‘tib telefon, radio va televediniyega ega bo‘ldi. An’anaviy eshituv 
- ko‘ruv vositalaridan kompyuterlarga o‘tish uchun esa atigi ellik yilcha vaqt kerak 
bo‘ldi, xolos. 
O‘zbekiston yagona axborot tizimining faol sub’yektiga aylandi. Uning dunyo 
bilan aloqasi, davlatlararo munosabatlar, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va 
madaniy aloqalari umumjahon axborot tizimi tarkibida. Bu bevosita elektron pochta
elektron axborot almashish tizimi orqali ham milliy, ham dunyoviy muammolarni hal 
etishda faoliyat samaradorligini oshirishda, vaqtni tejashda, moliyaviy xarajatlarning 
keskin kamayishida samara bermoqda. 
Biroq bu jarayon bir qator muammolardan ham xoli emas. Jumladan, jahon 
axborot tizimidan foydalanish darajasining pastligi (5 %), internet tizimining keng 
rivojlanmaganligi, undan foydalanish darajasining pastligi ko‘zga tashlanmoqda. 
Bu bevosita axborot bozoridan foydalanayotganda qanday axborotlarni qabul 
qilish, qanday axborotlardan foydalanish borasidagi salohiyatni ham taqozo etmoqda. 
Chunki bozorning oddiy haqiqati shundaki, har kim topganini savdoga chiqaradi. 
Sifati, mazasi, rangi, ta’mi yoki foydasi jihatidan tanlash xaridorning ixtiyorida. 
Ana shu hayotiy ehtiyojdan kelib chiqib axborot sohasida milliy xavfsizlikni 
ta’minlash tizimini yaratishning quyidagi usullarini qo‘llash zarur deb hisoblaymiz 
Sotsiologik yo‘nalish 
Statistik yo‘nalish siyosiy konfliktologiya va siyosiy psixologiya 
Mantiqiy tizim va funsional taxlil 
Axborot tizimida milliy istiqlol g‘oyasining ustuvorligi (mafkuraviy 
immunitet ) 
Sotsiologik yo‘nalish 
Bunda axborot olish va tarqatish jarayonida jamiyat taraqqiyotida 
axborotning ijtimoiy voqelik sifatidagi rolidan kelib chiqib jamiyatda shakllanayotgan 
ijtimoiy ong yo‘nalishlari, ijtimoiy tafakkur darajasi va uning oqimlarini o‘rganishni 
yo‘lga quyish kerak. 
Statistik yo‘nalish 
130 dan ortiq millat va elat yashayotgan, 20 ga yaqin diniy konfessiyalar 
faoliyat ko‘rsatayotgan O‘zbekistonda millatlararo va dinlararo mojarolarni, turli 


siyosiy manfaatlar va buzg‘unchi g‘oyalar ta’sirida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan 
siyosiy nizolarni o‘rganib borish. 
Siyosiy konfliktologiya va siyosiy psixologiya 
turli buzg‘unchi g‘oyalar inson ongi va tafakkuriga o‘z ta’sirini o‘tkazayotgan 
bir sharoitda siyosiy mojarolar kelib chiqishi mumkin bo‘lgan manbalarni o‘rganish, 
omillarni aniqlash hamda uning natijasida jamiyatda shakllanishi mumkin bo‘lgan 
jamoatchilik fikri, ijtimoiy-siyosiy psixologiya izchil ravishda o‘rganib borilmog‘i 
lozim. 
Matiqiy tizim funksional taxlil 
Axborot-psixologik ta’sir axborot siyosati tizimi va vositasining muhim qismi 
sifatida baholab, voqelikka ana shu tarzda yondoshib, ilmiy-tahliliy, nazariy va amaliy 
xulosalar chiqarish kerak. Tig‘iz axborotlashgan jamiyatda axborot oqimi ta’sirida 
shakllanayotgan ijtimoiy fikrni fan nuqtai nazaridan izchil o‘rganish 
Axborot tizimida milliy istiqlol g‘oyasining ustuvorligi 
Har qanday fuqaro axborot bozoridan “mahsulot” tanlash jarayonida uning 
qalbida, ruhiyatida, kayfiyatida, fe’l-atvorida, bularning barchasining oqibati sifatidagi 
xatti-harakati va munosabatida mafkuraviy immunitet ustuvorligini ta’minlash. 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
1.
Axborot sivilizatsiyasiga qachon kirib kelgan? 
2.
Hozirgi zamonaviy axborot tizimi qanday? 
3.
Milliy xavfsizlikni ta`minlashning qanday usullari mavjud? 
ADABIYOTLAR 
1. 
I. Karimov. Bizning bosh maqsadimiz ¾ jamiyatni demokratlashtirish va 
isloh etishdir. “Xalq so‘zi” gazetasi, 2005 yil, 29 yanvar. 
2. 
I. Karimov. Yangicha fikrlash va ishlash ¾ davr talabi. 5-jild. Toshkent, 
1997 yil, 149-bet. 
3. 
I. Karimov. Demokratik o‘zgarishlar ¾ jamiyatimiz yangilanishi asosi. 
Diplomatiya korpusi rahbarlari, xalqaro tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari 
vakillari bilan uchrashuvda so‘zlangan nutq. 1996 yil 27 dekabr. Yangicha fikrlash va 
ishlash ¾ davr talabi.-T.: “O‘zbekiston”, 1997 yil, 290-bet. 
4. 
I. Karimov. ªonunlarimiz xalq manfaatlariga xizmat qilsin. I.Karimov. 
yangicha fikrlash va ishlash ¾ davr talabi. 5-jild.. -T: “O‘zbekiston”, 1997 yil, 283-bet. 
5. 
I.Karimov. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid
barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. I. Karimov. Xavfsizlik va barqaror 
taraqqiyot yo‘lida.-T.: “O‘zbekiston”, 1998 yil, 208-bet. 
6. 
I.Karimov. Xotin-qizlar faolligini oshirish ¾ davr talabi.GʻGʻ I.Karimov. 
Tinchlik va xavfsizligimiz o‘z kuch-qudratimizga, hamjihatligimiz va qat’iy 


irodamizga bog‘liq.-T.:”O‘zbekiston”, 2004 yil, 350-bet 
7. 
I.Karimov. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar ijtimoiy qatlami O‘zbekiston 
siyosiy maydonida o‘z o‘rnini egallashi lozim. I.Karimov. Tinchlik va xavfsizligimiz 
o‘z kuch-qudratimizga, hamjihatligimiz va qat’iy irodamizga bog‘liq.-
T.:”O‘zbekiston”, 2004 yil, 21-bet. 
Mavzu-14. 

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə