"tasdiqlayman" O‘quv va tarbiyavuy ishlar


Shaxs taraqqiyotining yoshga bog‘liq xususiyatlari



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/66
tarix20.10.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#129172
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   66
O`QUV MAJMUA Xasanboy

Shaxs taraqqiyotining yoshga bog‘liq xususiyatlari. 
o‘spirinlik va yetuklik davrlari psixologiyasi. Akmeologiya. 
REJA: 
1. 
Shaxs taraqqiyotidagi ijtimoiy va genotipik omillar. 
2. 
Shaxs taraqqiyotini davrlarga bo‘lish. 
3. 
O‘smirlik va o‘spirinlik davrlarida shaxs ijtimoiylashuvining o‘ziga 
xosligi. 
4. 
Yoshlardagi attraksiya va emosional munosabatlar. 
1. Shaxs taraqqiyotidagi ijtimoiy va genotipik omillar 
Shaxs individual taraqqiyotining muhim omillaridan yana biri uning yoshiga 
bog‘liq bo‘lgan xususiyatlaridir. Chunki taraqqiyotning har bir yosh bosqichi o‘zining 
rivojlanish omillariga, qonuniyatlariga, yangiliklari va o‘zgarishlariga ega bo‘lib, ular 
shaxsning xarakteri, temperamenti, iqtidori, bilish jarayonlariga bevosita ta’sirini 
o‘tkazadi. 
Yosh taraqqiyoti davrlarining ham sifat, ham miqdor o‘zgarishlariga ega bo‘lgan 
ko‘rsatgichlari borki, amaliy psixologiya har bir yosh xususiyatlarini ana shu ikkala 
ko‘rsatgich nuqtai nazaridan o‘rganishi va shaxs xulqini boshqarish va ta’sir 
ko‘rsatishda ularga tayanmog‘i lozim. Umuman psixologiyada isbot qilingan 
faktlardan biri shuki, turli davrlardagi inson taraqqiyoti o‘ta murakkab jarayon bo‘lib, 
har bir davrning o‘z qonuniyatlari mavjud. Har bir bosqichda shaxsning biror bir 
xususiyatlari o‘zining yetuklik fazasiga erishadi. Masalan, olamni sensor jihatdan 
bilishning yetuklik fazasi 18 - 25 yoshlarda (Lazarev ma’lumotlariga ko‘ra), 
intellektual, ijodiy yetuklik - 35 yoshlarda (Leman ma’lumotlari), shaxsning yetukligi 
50 - 60 yoshlarga kelib eng yuqori nuqtasiga erishadi. Shunga o‘xshash xususiyatlar 
insonning butun umri mobaynida muttasil kamolga yetib, rivojlanib borishini 
ta’minlaydi. Shunisi xarakterliki, har bir yoshda biror funksiyalarning rivojlanishi 
boshqa bir funksiyalarning susayishi hisobiga ro‘y beradi. Masalan, bolalikning ilk 
bog‘cha yoshida fazoga moslashuv juda kuchaysa, keyinchalik uning o‘rnini vaqtni 


adekvat idrok qilish kuchayadi. Qariyalarning biror narsalar xususida bilimdonligi, 
ma’lumotlar dunyosidagi yaxshi oriyentasiyasi, psixomotorik funksiyalar va bevosita 
bilish jarayonlarining susayishi hisobiga ro‘y beradi. Xuddi shunday bolaning 3-5 yosh 
davri tilni, uning lug‘aviy va strukturaviy xususiyatlarini o‘zlashtirishga juda maqbul 
bo‘lsa, yetuklik davri bo‘lmish 45-55 yoshlarga kelib ayni shu sifat deyarli o‘zini 
yo‘qotadi («til qotib qoladi”). 
Psixologiyaning maxsus tarmog‘i hisoblanmish yosh davrlari psixologiyasining 
eng asosiy muammolaridan biri shuki, inson psixik taraqqiyotida qanday omillar - 
genetik, tug‘ma yoki orttirilgan, ijtimoiy omillar roli yetakchi ekanligi masalasidir. Bir 
tomondan, bolaning o‘z ota - onalaridan meros sifatida o‘zlashtirgan sifatlari, masalan, 
anatomo - fiziologik xususiyatlar, miya faoliyatining o‘ziga xosligi, tana tuzilishi (qo‘l, 
oyoq, yuz tuzilishi va boshq.) albatta psixologik jihatdan odam bolasining muhitga 
moslashuvi, unga erkin harakat qilishi, jarayonlarni ongida aks ettirishiga sabab 
bo‘ladi. Chunki oddiygina anatomik anomaliya holati (qo‘lning kaltaligi, bo‘yning 
juda kichikligi kabi) psixikaga va shaxsning jamiyatda o‘zini tutishiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatadi. Lekin ikkinchi tomondan tashqi muhit ta’sirini ham kamsitib bo‘lmaydi. 
Masalan, agar bola maxsus o‘quv maskanlarida o‘qimasa, unga tarbiyaviy ta’sirlar 
ko‘rsatilmasa, uning rivojlanishi qanday bo‘lishini tasavvur qilish qiyin emas. 
Bu muammolar ustida bosh qotirgan olimlar L. Vugotskiy, J. Piaje, S. 
Rubinshteyn, A. Leontev va ko‘plab boshqa psixologlar ikkala omil rolini ham inkor 
qilmagan xolda ijtimoiy muhitning yetakchi ta’siri to‘g‘risidagi fikrni baravar 
yoqlaganlar. Chunki to‘g‘ri tashkil etilgan ta’lim-tarbiya, oila va undagi o‘zaro 
munosabatlarning xarakteri, shaxs muloqotda bo‘ladigan ijtimoiy guruhlar, u tanlagan 
kasb va kasbdoshlari muhiti, nikoh va ma’lumot masalalarining qanday hal qilinganligi 
kabi qator ijtimoiy omillar shaxsning rivojlanishi, uning o‘z-o‘zini anglashi va 
o‘zgalarga munosabati, bilish jarayonlari hamda intellektual taraqqiyotida katta 
ahamiyatga egaligiga shubha yo‘q. Respublikamiz Prezidenti I. Karimov boshchiligida 
mustaqilligimizning dastlabki yillaridayoq boshlangan «Sog‘lom avlod uchun” 
shiorini amalga oshirish siyosati farzandlarimizning ham jismonan, ham ruhan, ham 
aqlan yetuk bo‘lishlariga qaratilgan. Jismonan sog‘lom tanada sog‘lom ruh bo‘lishi 
tabiiy. 
2. Shaxs taraqqiyotini davrlarga bo‘lish. 
Shu vaqtgacha psixologiya ilmida shaxs taraqqiyotini davrlarga bo‘lib 
o‘rganishga juda katta e’tibor qaratilgan. Bir qancha davriy sxemalar ham taklif 
etilgan. Lekin shu sohada astoydil ijod qilgan har qanday olim o‘zining «davrlarini” 
taklif etavergan. Bu tushunarli, zero insonning hayotiy yo‘li va uning asosiy lahzalari 
tarixiy taraqqiyot mobaynida o‘zgaradi, bir avloddan ikkinchi avlod taraqqiyotiga 
o‘tishning o‘zi ham qator o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. 
Davrlarga bo‘lishga qaratilgan klassifikasiyalarning o‘zi ham ikki turli bo‘ladi: 
juz’iy (alohida davrlarni yana qo‘shimcha davrlarga bo‘lish - «davrlar ichidagi 
davrlar”) va umumiy (inson umrining barcha bosqichlarini o‘z ichiga olgan). Masalan, 


juz’iy klassifikasiyaga J. Piajening intellektning rivojlanishini bosqichlarga bo‘lishini 
kiritish mumkin. U bu taraqqiyotni 3 bosqichda tasavvur qilgan: 
• 
sensomotor intellekt bosqichi (0 - 2 yosh). Bunda asosan olti bosqich 
farqlanadi; 
• 
konkret operasiyalarni bajarishga tayyorlash va uni tashkil etish bosqichi 
(3 - 11 yoshlar); 
• 
formal operasiyalar bosqichi (12 - 15 yoshlar). Bu davrda bola nafaqat 
bevosita ko‘rib turgan narsasi, balki mavhum tushunchalar va so‘zlar vositasida ham 
fikr yurita oladi. 
D.B. Elkoninning yosh davrlari bosqichlari ham shu guruhga kiradi va u ham 
bolalikning uch davrini farqlaydi: ilk bolalik, bolalik va o‘smirlik. Har bir bosqichning 
o‘ziga xos yetakchi faoliyati, o‘zgarishlari va rivojlanish shart - sharoitlari mavjud 
bo‘ladi va ularni bilish tarbiyachilar uchun katta amaliy ahamiyatga ega bo‘ladi. Har 
bir bosqichda faoliyat motivlari ham o‘zgaradi, ularning o‘zgarishi shaxs ehtiyojlari va 
talablari darajasining o‘zgarishiga mos tarzda ro‘y beradi. 
Inson hayotining barcha davrini yaxlit tarzda qamrab olgan klassifikasiyalardan 
biri butun jahon olimlarining qaroriga ko‘ra, 1965 yili Fanlar Akademiyasining maxsus 
simpoziumida qabul qilingan sxema hisoblanadi. U quyidagi 6 - jadvalda keltirilgan. 
U B.G. Ananev, chet ellik olim Birrenlar taklif etgan klassifikasiyaga yaqin bo‘lib, 
umumlashtirilgan toifalashdir. 
7-Jadval. 
T/r 
Yosh davrlari 
Erkaklarda 
Ayollarda 
1. 
Chaqaloqlik 
1-10 kun 
1-10 kun 
2. 
Emiziklik davri 
10 kundan - 
1 yoshgacha 
10 kundan - 
1 yoshgacha 
3. 
Ilk bolalik 
1-2 yosh 
1-2 yosh 
4. 
Bolalikning 1-davri 
3-7 yosh 
3-7 yosh 
5. 
Bolalikning 2-davri 
8-12 yosh 
8-11 yosh 
6. 
O`smirlik davri 
13-16 yosh 
12-15 yosh 
7. 
O`spirinlik davri 
17-21 yosh 
16-20 yosh 
8. 
O`rta yetuklik davri: 
Birinchi bosqich 
22-35 yosh 
21-35 yosh 
9. 
Ikkinchi bosqich 
36-60 yosh 
36-55 yosh 
10. 
Keksalik davri 
61-75 yosh 
56-75 yosh 
11. 
Qarilik davri 
76-90 yosh 
76-90 yosh 
12. 
Uzoq umr ko`ruvchilar 
90 yoshdan 
ortiq 
90 yoshdan 
ortiq 


Taraqqiyotni yosh davrlarga bo‘lishda o‘ziga xos klassifikasiyalar ham bor. 
Masalan, E. Erikson shaxs «Men” ining rivojlanish bosqichlarini ajratgan va har birida 
ham ijobiy, ham salbiy jihatlarni ajratgan. 
1 - bosqich (ishonch - ishonchsizlik) - bu hayotning 1 - yili. 
2 - bosqich (mustaqillik va qat’iyasizlik) - 2 - 3 yoshlar. 
3 - bosqich (tadbirkorlik va gunoh hissi) - 4 - 5 yoshlar. 
4 - bosqich (chaqqonlik va yetishmovchilik) - 6 - 11 yoshlar. 
5 - bosqich (shaxs identifikasiyasi va rollarning chalkashligi) - 12 - 18 yoshlar. 
6 - bosqich (yaqinlik va yolg‘izlik) - yetuklikning boshlanishi. 
7 - bosqich (umuminsoniylik va o‘ziga berilish) - yetuklik davri. 
8 - bosqich (yaxlitlik va ishonchsizlik) - keksalik. 
Erikson klassifikasiyasining o‘ziga xos qimmati shundaki, unda shaxsning o‘zi 
to‘g‘risidagi tasavvurlarining jamiyat ta’sirida o‘zgarishi nazarda tutiladi. Shunga 
o‘xshash bosqichlarga bo‘lishlar oxirgi paytda yana ko‘plab mualliflar tomonidan 
taklif etilmoqda (G. Grimm, D. Bromley va boshk.). Ularning barchasidagi umumiy 
mezon shuki, har bir taraqqiyot davri shaxs rivoji uchun nimani taklif etadi-yu, shaxs 
unda qanday rivojlanish ko‘rsatgichlariga ega bo‘ladi. Ularni tabiiy o‘zgarishlarda 
bilish va o‘rganish kerak, chunki busiz shaxs tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yib 
bo‘lmaydi. Masalan, maktab yoshidagi bolalarga qo‘yilgan talablar katta odamlar 
jamoasiga to‘g‘ri kelmaydi, yoki bog‘cha yoshidagi bola bilan til topishish bilan talaba 
bilan til topish o‘ziga xos pedagogik taktni va o‘sha yosh sohasida bilimdonlikni talab 
qiladi. 
3. O‘smirlik va o‘spirinlik davrlarida shaxs ijtimoiylashuvining o‘ziga xosligi 
O‘smirlik va o‘spirinlik davrlari maktab va boshqa ta’lim maskanlarida o‘qish 
davrlariga to‘g‘ri keladi. Bu davrdagi yetakchi faoliyat o‘quv faoliyati bo‘lib, unda 
bola bilim olish bilan bog‘liq, malaka va ko‘nikmalarni orttirishdan tashqari, shaxs 
sifatida ham muhim o‘zgarishlarga yuz tutadi. 
O‘smirlik davri eng murakkab va shu bilan birga muhim taraqqiyot bosqichidir. 
Ilk o‘smirlik 11-13 yoshni, katta o‘smirlik - 14 - 15 yoshlarni o‘z ichiga oladi. Bu 
davrning eng muhim hislati shundan iboratki, u bolalikdan o‘spirinlik, kattalikka, 
yoshlikdan yetuklikka o‘tish davridir. 
O‘smirlik - organizm taraqqiyotidagi shiddat va notekislik bilan xarakterlanib, 
bu davrda tananing intensiv tarzda rivojlanishi va suyaklarning qotishi ro‘y beradi. 
Yurak va qon tomirlar faoliyatida ham notekislik bo‘lib, bu ham bola fe’lining 
o‘zgaruvchan, dinamik va ba’zan noma’qulliklar va noqulayliklarni keltirib chiqaradi. 
Bular albatta asab tizimiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatib, bola tezga achchiqlanadigan 
yoki tormozlanish yuz berganda anchagacha depressiya holatidan chiqolmaydigan 
tushkunlikda qolishi ham mumkin. 


O‘smir jismoniy taraqqiyotini belgilovchi asosiy omil jinsiy balog‘at bo‘lib, u 
nafaqat psixik, balki ichki organlar faoliyatini ham belgilaydi. Shu bilan bog‘liq xolda 
ongli jinsiy mayllar, shu bilan bog‘liq noxush his - kechinmalar, fikrlar paydo 
bo‘ladiki, bola ularning asl sababini ham tushunib yetolmaydi. Psixik taraqqiyotning 
o‘ziga xosligi shundaki, u muttasil rivojlanib boradi, lekin bu rivojlanish ko‘plab 
qarama-qarshiliklarni o‘z ichiga oladi. Bu taraqqiyot o‘quv jarayonida kechgani uchun 
ham to‘g‘ri tashkil etilgan o‘quv faoliyati bola psixikaning muozanati va uning turli 
fikr - o‘ylardan chalg‘ishiga zamin yaratadi. Ayniksa, diqqat, xotira, tafakkur 
jarayonlari rivojlanadi. Ayni shu davrda bola mustaqil ravishda fikrlashga intila boradi. 
Chunki bu davrda u ko‘proq o‘z fikr-uylari dunyosida mushohada qilish, olam va uning 
sirlarini bilishga, nazariy bilimlarni ko‘paytirishga intiladi. Buning sababi - yana o‘sha 
kattalikka o‘tish bo‘lib, bolada o‘ziga xos «kattalik” hissi paydo bo‘lib, bu narsa uning 
gapirishi va fikrlashlarida ham ifodalanadi. Shuning uchun ham maktabda berilgan 
mustaqillik va to‘g‘ri tashkil etilgan o‘qish sharoitlari, samimiylik muhiti unda 
mustaqil fikrlashiga katta imkoniyatlar ochishi va undagi ijodiy tafakkurni 
rivojlantirishi mumkin. Shunga bog‘liq tarzda o‘smirning o‘z falsafasi, o‘z siyosati, 
baxt va muhabbat formulasi yaratiladi. Mantiqan fikrlashga o‘rganishi esa unga o‘zicha 
aqliy operasiyalarni amalga oshirish, tushunchalar va formulalar dunyosida harakat 
qilishga majbur qiladi. Bu o‘ziga xos o‘smirlik egosentrizmining shakllanishiga - butun 
olam va uning qonuniyatlari unga bo‘ysunishi kerakday fikrning paydo bo‘lishiga olib 
keladi. Shuning uchun ham aynan o‘smirlik paytida bolalar o‘z ota-onalari bilan hadeb 
tortishaveradilar. Aniq bir to‘xtamga kelolmasa ham tortishish biror firkni izxor qilish 
ehtiyojining o‘zi unga juda yoqadi. 
Shunday bo‘lishiga qaramay, o‘smirlik yuqorida ta’kidlanganidek, qarama - 
qarshiliklarga boy davrdir. Uni ba’zi olimlar «krizislar, tanazzullar” davri ham deb 
ataydilar. Sababi - bola ruhiyatida shunday inqiroziy holatlar ko‘p bo‘ladiki, u bu 
inqirozni bir tomondan o‘zi hal qilgisi keladi, ikkinchi tomondan, uni hal qilishga 
imkoniyati, kuchi va aqli yetishmaydi. Masalan, «kattalik hissiga” to‘skinlik qiladigan 
omillardan biri - bu ularning o‘z ota - onalaridan moddiy jihatdan qaramligi. Ruhan 
qanchalik o‘zlarini katta deb his qilmasin, o‘smir maktabga ketayotib, onasidan yoki 
otadan pul so‘raydi, ular esa bolaga bolalarcha munosabatda bo‘lib, ozginagina pul 
beradilar. Ikkinchidan, kattalarday bo‘lishni xohlaydi, lekin qiz bola onasining, o‘g‘il 
bola otasining kiyimini toshoyna oldida kiyib ko‘rsa, baribir yarashmaydi. Ya’ni, 
tashqi ko‘rinishdagi kamchiliklar - hali qaddu-qomatning kelishmaganligi, uning 
ustiga yuzlari va tanasida paydo bo‘ladigan noxush toshmalar uning ruhan salbiy 
hislarni boshdan kechirishiga olib keladi. Ya’ni, bu yoshni «arosat” yoshi ham deb 
atash mumkin, chunki katta bo‘lib katta emas, bola ham emas. Shularning barchasi 
o‘smirlik davridagi ruhiy tug‘yonlarga sabab bo‘ladi. Lekin shularga qaramay, bola 
o‘zi bilib, bilmay o‘z aqliy salohiyatini o‘stirishga intiladi, chiroyli fikrlashga tashna 
bo‘ladi va bu - uning psixik taraqqiyotidagi eng muhim o‘zgarish hisoblanadi. 
O‘smir shaxsning takomillashuvi va shakllanishiga turtki bo‘lgan omillardan biri 


- o‘quv faoliyati motivlaridagi sifat o‘zgarishidir. Kichik maktab yoshidagi boladan 
farqli, o‘smir endi faqat bilimlar tizimiga ega bo‘lish, o‘qituvchining maqtovini 
eshitish va «5” baholarni ko‘paytirish uchun emas, balki tengkurlari orasida ma’lum 
ijobiy mavqeni egallash, kelajakda yaxshi odam bo‘lish uchun o‘qish motivlari ustivor 
bo‘lib boradi. Lekin I.V. Dubrovinaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, o‘quv faoliyati 
motivlari orasida umuman bilish, yangi bilimlarga ega bo‘lish motivi kuchsiz bo‘lgani 
sababli, ular maktabga borgisi kelmaydi, o‘qishga og‘rinib kelib, salbiy emosiyalar va 
havotirlik hislarini boshdan kechiradilar (o‘rtacha 20% o‘quvchilar). Bu kattalarning 
o‘smir bilan ishlashini qiyinlashtiradi. 
O‘smirning shaxs sifatida taraqqiyotida ikki xil holat kuzatiladi: bir tomondan, 
boshqalar, tengqurlar bilan yaqinrok aloqada bo‘lishga intilish, guruh normalariga 
bo‘ysunish, ikkinchi tomondan, mustaqillikning oshishi hisobiga bola ichki ruhiy 
olamida ayrim qiyinchiliklar kuzatiladi. O‘zgalarni anglash bilan o‘z- o‘zini anglash 
o‘rtasida ham qarama-qarshiliklar paydo bo‘ladi. Ko‘pincha o‘smir o‘z imkoniyatlarini 
yuqori baholaydi, boshqalar esa uning kuchi, irodasi va salohiyatiga ishonchsizlik bilan 
qaraydi. Lekin shunday bo‘lsa-da, o‘zini nima qilib bo‘lsa ham hech bo‘lmaganda 
tengqurlar jamiyati tomonidan tan olinishiga erishishga intiladi va ular bilan muloqot 
hayotining ma’nosiga aylanib qoladi. Agar mabodo o‘smir shu davrda biror sabab bilan 
tengqurlari jamiyati tomonidan inkor qilinsa, u bunga juda katta mudxish voqeaday 
qaraydi, maktabga bormay qo‘yishi, hattoki, suisidal harakatlar (o‘z joniga qasd qilish) 
ni ham sodir etishi mumkin. 
O‘smirlik davridagi qiyinchiliklarning oldini olishning eng ishnochli va foydali 
yo‘li - bu uning biror narsaga turg‘un qiziqishiga erishish, faoliyat motivlarini 
mazmunliroq qilishdir. Masalan, shu davrda texnikaga qiziqib qolgan bola qiziqishini 
qondirish shart-sharoitining yaratilishi, bekor qolmasligiga erishish, har bir harakatini 
rag‘batlantirish, unga bir ish qo‘lidan keladigan odamday munosabatda bo‘lish katta 
pedagogik ahamiyatga ega. Uning qiziqishlarini bila turib, oldiga yangidan yangi 
maqsadlar qo‘yish - bola shaxsining rivojiga asosdir. Shundagina uning o‘z «Men”i 
to‘g‘risidagi tasavvurlari ijobiy, o‘z-o‘ziga bahosi ob’yektiv va adolatli bo‘ladi, 
o‘zining nimalarga qodirligi va kim ekanligi haqida yaxshi fikrlar paydo bo‘ladi. 
O‘spirinlik davri. Yuqori sinfga o‘tgan o‘spirin psixologiyasining o‘ziga xosligi 
shundaki, u hozirgi paytini, buguni va ertasini kelajak nuqtai nazaridan, istiqbolga 
nazar bilan qabul qiladi. Aynan shu davrga kelib, o‘spirin turli kasblarga qiziqa 
boshlaydi, o‘zining kelajakda kim bo‘lishini tasavvur qila boshlaydi. Demak, o‘z-
o‘zini professional nuqtai nazardan ajratish, tasavvur qilish - o‘spirinlikning eng 
muhim yangiligidir. Professional taraqqiyotning asosiy bosqichlarini ajratar ekan, 
Ye.A. Klimov (1996), alohida «optasiya” (lotincha so‘z: optatio - xoxish, tanlov) 
bosqichini ajratadi va uning xarakterli tomoni - odam tomonidan professional 
taraqqiyotning bosqichi tanlanishidir, deb e’tirof etadi. Optasiya bosqichi 11 - 12 
yoshdan 14 - 18 yoshgacha bo‘lgan taraqqiyot davrini o‘z ichiga oladi. 
Biror aniq kasb - xunarni tanlash va o‘z faoliyatini shunga yo‘naltirish o‘spirin 


shaxsi uchun juda katta ahamiyatga ega. Ana shunday tanlovning adekvat va to‘g‘ri 
bo‘lishi o‘spirindagi bilish bilan bog‘liq qiziqishlar va professional yo‘nalishning 
shakllanganligiga bog‘liq bo‘ladi. Professional qiziqishlarning shakllanishining o‘zi 
olimlar tomonidan to‘rt bosqichli jarayon sifatida qaraladi. Uning birinchi bosqichi 12-
13 yoshlarga to‘g‘ri keladi va o‘ta o‘zgaruvchanligi, shaxsdagi bilish jarayonlari va asl 
iqtidor bilan bog‘lanmaganligi bilan xarakterlanadi. 14-15 yoshlarga to‘g‘ri keladigan 
ikkinchi bosqichda qiziqishlar paydo bo‘ladi, ular ko‘p bo‘lib, bevosita bolaning bilish 
imkoniyatlari va shaxsiy xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Uchinchi bosqichda - 16-
17 yoshlarda qiziqishlarning shunday integrasiyasi ro‘y beradiki, ular avvalo jinsiy 
xususiyatlar va shaxsdagi individual xususiyatlar bilan bog‘liq xolda rivojlanadi. 
Masalan, qizlar va o‘g‘il bolalar o‘zlariga mos va yarashadigan kasb-hunarni tanlay 
boshlaydilar. L. Golovey (1996) fikricha, to‘rtinchi - hal qiluvchi bosqichda qiziqishlar 
doirasi sezilarli darajada torayib, professional yo‘nalish shakllanaib bo‘ladi va u kasb 
tanlash bilan yakunlanadi. 
O‘zining yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan qiziqishlar o‘spirinning professional 
yo‘nalishi va to‘g‘ri kasb-hunarni tanlashiga zamin yaratadi. Ular boladagi individual 
- psixologik xususiyatlar va jinsiy farqlar bilan bog‘liq bo‘lgani uchun ham o‘g‘il 
bolalar ko‘prok - texnik va iqtisodiy yo‘nalishlarni, qizlar esa - ijtimoiy-gumanitar va 
badiiy sohalar bilan bog‘liq kasblarni tanlaydilar. 
Umuman, inson hayotida professional o‘z-o‘zini anglash katta o‘rin tutadi va u 
juda yoshlik paytidanoq shakllana boshlaydi. Bu jarayonni bosqichlarda tasavvur qilish 
mumkin. 
Birinchi bosqich: bolalar o‘yini, bunda bola ilk yoshlikdanoq u yoki bu kasbga 
bog‘liq professional rollarni qabul qiladi va uning muhim elementlarini o‘zicha 
«o‘ynaydi” («o‘qituvchi”, «doktor”, «traktorchi”, «futbolist”, «artist” va shunga 
o‘xshash). 
Ikkinchi bosqich: o‘smirlik fantaziyasi - bunda o‘smir o‘ziga juda yoqqan 
professional rolni hayolan egallaydi. 
Uchinchi bosqich: kasb-xunarni dastlabki tanlash - o‘smirlik va ilk o‘spirinlik 
davriga to‘g‘ri keladi. Turli-tuman faoliyat turlari dastlab o‘smirning qiziqishlari 
nuqtai nazaridan («prokurorlikka qiziqaman, demak, yurist bo‘lishim kerak”), keyin 
uning qobiliyatlari nuqtai nazaridan («matematikani oson yechaman, matematik yoki 
muhandis bo‘lsammikan?»), va nixoyat, o‘smirdagi qadriyatlar tizimidagi ahamiyatiga 
qarab («nochor kasallarga yordam bergim keladi, vrach bo‘laman”) toifalarga bo‘linadi 
va ajratiladi. 
To‘rtinchi bosqich: amaliy qaror qabul qilish - kasbni tanlash. Bunda ikkita 
muhim jihat bor: konkret ixtisoslikni uning kvalifikasiyasi xususiyatlari, ishning hajmi, 
og‘irligi, mas’uliyatliligi va unga yetarli tayyorgarlikning borligi. Lekin oxirgi 
sosiologik ma’lumotlarga ko‘ra, oliy o‘quv yurtini tanlash, konkret kasb-hunarni 
tanlashdan oldinroq yuz bermoqda. Masalan, o‘spirin qiz «Men baribir Nizomiy nomli 
universitetga kiraman”, deydi va so‘ngra konkret fakultet tanlanadi. Shuning uchun 


ham ko‘pincha, ixtisoslikdan, keyinchalik professiyadan «sovib qolish”lar ana shunday 
ustanovkalar bilan tushuntiriladi. 
Bundan tashqari, kasb tanlashga ta’sir qiluvchi yana boshqa omillar ham borki, 
ularning hisobga olinishi ham ba’zan yoshlarning to‘g‘ri, o‘z imkoniyatlari va 
kobiliyatlariga mos kasb-hunarning tanlanmasligiga sabab bo‘ladi. Masalan, bunday 
omillarga oilaning moddiy shart-sharoiti, o‘qish joyining uydan uzoqligi, o‘quv 
tayyorgarligining saviyasi, emosional yetuklik, sog‘likning holati va boshqalar. 
O‘zbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlash Milliy dasturining 1997 yilda 
qabul qilinishi Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, mustaqil fikrlaydigan, yuksak 
malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi. Joylarda tashkil qilinayotgan kasb-hunar 
kollejlari, akademik liseylar, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida tashkil etilgan 
Tashxis markazlari 9-sinfni tamomlagan yoshlarning iqtidori va layoqati, qiziqishlarini 
o‘z vaqtida aniqlash, uni psixologik metodlar yordamida diagnostika qilishni amalga 
oshiradi. Bu tadbirlar yoshlardagi kasb-hunarga bo‘lgan yo‘nalishni adekvat qilish, o‘z 
yashash joyidan uzoq bo‘lmagan sharoitda zarur, o‘z layoqatiga mos hunar egasi bo‘lib 
yetishishga yordam beradi. 
4. Yoshlardagi attraksiya va emosional munosabatlar 
Hissiyot borliqqa, turmushga, shaxslararo munosabatga nisbatan shaxsni 
sub’yektiv kechinmalarining aks ettirilishidir. Sub’yektiv munosabatlarning inson 
miyasida his-tuyg‘ular, emosional holatlar, yuksak ichki kechinmalar tarzida aks etishi 
hissiyot va emosiyani yuzaga keltiradi. Hissiyot- yaqqol voqelikning ehtiyojlar 
sub’yekti bo‘lmish shaxs miyasida ob’yektlarga nisbatan uning uchun qadrli, 
ahamiyatli bo‘lgan munosabatlarining aks ettirilishidir 
O‘smirlik va o‘spirinlik davrlari nafaqat professonal tanlov va kasb egallash 
uchun maqbul davr bo‘lmay, bu davr yoshlarning o‘zligini anglash, o‘z qadr - 
qimmatini bilish va boshqalarga nisbatan munosabatda bo‘lish tajribasini egallash 
davri hamdir. 
O‘smir ham o‘spirin ham qancha ichki ruhiy iztirob, qarama-qarshilik, 
mas’uliyat onlarini boshidan kechirmasin, uning emosional olami, atrof - muhitda ro‘y 
berayotgan hodisalarni ongida aks ettirishi katta o‘rin tutadi. Aynan o‘smirlik davri 
bola qalbida kim bilandir sirlashish, kimnidir o‘ziga eng yaqin kishi sifatida tan olish, 
uni ruhiyatida kechayotgan barcha o‘zgarishlardan vofiq etish istagi va ehtiyojini 
uyg‘otadi. Birinchi marta «do‘stlik”, «muhabbat”, «sevgi » tushunchalari ham aynan 
shu davrda paydo bo‘ladi. Shuning uchun ham yetuklik va keksalik davridagi kishilar 
ham o‘smirlik va o‘spirinlik yillarini eng beg‘ubor, jozibali va yoqimli sifatida 
xotirlaydilar. 
Bu taraqqiyot davri attraksiya deb atalmish hissiyotning paydo bo‘lishi uchun 
eng maqbul davrdir. Attraksiya (lotincha attrahere - yoqtirtirish, o‘ziga jalb etish) - bu 
bir insonning boshqa bir insonga ijobiy munosabati asosida yoqishi va yoqtirishi, 
o‘zaro moyillikni tushuntiruvchi emosional hisdir. Bu bir odamda boshqa bir odamga 


nisbatan shakllanadigan ijtimoiy ustanovkaning bir ko‘rinishi bo‘lib, simpatiya - 
yoqtirishdan tortib, to sevgi muhabbat kabi chuqur emosional bog‘liqlik ham shu his 
asosida paydo bo‘ladi. Ijtimoiy psixologiyada ushbu hissiyotning asl sabablari ijtimoiy 
motivlar - sheriklarning bevosita bitta makon va zamonda ekanliklari, ularning tez - tez 
uchrashib turishlari, uchrashuvlar tezligi, suhbatdoshlar o‘rtasidagi masofa, 
hissiyotlarning tarbiyalanganligi kabi omillar ta’sirida paydo bo‘lishi va uning kechish 
mexanizmlari o‘rganiladi. Tadqiqotlar bu kabi emosional munosabatlar aynan balog‘at 
yoshi arafasida rivojlanishini isbot qilgan. Shunisi ahamiyatliki, attraksiyaning 
namoyon bo‘lishi, uning kuchi va mazmuni o‘smir - yoshning shaxs sifatida o‘zini 
idrok qilishi, o‘z-o‘zini hurmat qilishi va o‘zgalarga nisbatan munosabatlarda 
toqatliroq bo‘lishiga bevosita ta’sir ko‘rsatar ekan. Shuning uchun ham ana shu davrda 
o‘smir va o‘spirin atrofida u yoqtirgan va uni yoqtiradigan odamlarning bo‘lishi juda 
katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, uning aksi bola ruhiy azoblanishining 
sabablaridan hisoblanadi. 
Do‘stlik. O‘smirlik va o‘spirinlik yoshida paydo bo‘ladigan barcha 
muammolarni yechish va u bilan o‘rtoqlashish uchun bolaga do‘st kerak. Psixolog tili 
bilan aytganda, do‘st - bu «alter-Ego”, ya’ni ikkinchi «Men” bo‘lib, u o‘sha paytdagi 
«Men”ning bir qismi sifatida idrok qilinadi. Bu shunday odamki, shaxs u bilan barcha 
dardu-hasratlarini muhokama qiladi, muammolarini uning oldiga to‘kib soladi. 
Do‘stlikning boshqa intim, emosional hissiyotlardan farqi shuki, u odatda bir jins 
vakillari o‘rtasida bo‘ladi va do‘stlar odatda 2 kishi, ayrim xollarda 3-4 kishi bo‘lishi 
mumkin. 
Do‘stlikning ham ko‘zlagan maqsadlari bo‘ladi: u amaliy, ish - faoliyat bilan 
bog‘liq, sof emosional (ya’ni, muloqot ehtiyojlarini qondirish), rasional (intellektual 
muammolarni hal qilishga asoslangan), axloqiy (o‘zaro insoniy sifatlarni 
takomillashtirishga xizmat qiluvchi) bo‘lishi mumkin. Do‘stlikning asosiy sharti - 
o‘zaro bir-birini tushunish. Shu shart bo‘lmasa, do‘stlik haqida gap bo‘lishi mumkin 
emas. Agar ana shunday tushunish bo‘lsa, do‘stlar gap-so‘zsiz ham qiliqlar, yuz 
ifodasi, yurish - turishga qarab ham bir - birlarini tushunib olaveradilar. 
Ikki jins vakillari o‘rtasida ham do‘stlik bo‘lishi mumkin, faqat u ko‘pincha 
tanishuv bilan sevgi-muhabbat o‘rtasidagi oralikni to‘ldirishga xizmat qiladi. 
Do‘stlarga xos bo‘lgan sifatlarga bir-birini ayash, g‘amxo‘rlik qilish, ishonch, shaxsiy 
muammolarga befarq bo‘lmaslik, qo‘llab-quvvatlash, mehr kabilar kiradi. Ularning 
ardoqlanishi do‘stlikning uzoq davom etishi va ikkala tomon manfaatiga mos ishlarni 
amalga oshirishga undaydi. Do‘sti yo‘q o‘smir yoki o‘spirin o‘zini juda baxsiz, nochor 
hisoblaydi. Ayniksa, agar do‘sti xoinlik qilsa, uning kutishlariga zid ish qilsa, bu holat 
juda qattiq ruhiy iztiroblarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun ham har bir yosh o‘z 
do‘stini hafa qilib qo‘ymaslik, uning ko‘ngliga qarab ish qilishga harakat qiladi. Agar 
ilk o‘spirinlikda do‘stlik mazmunan ancha yuzaki, bevosita muloqot maqsadlari 
asosida tashkil etilgan bo‘lsa, yosh o‘tgan sari u hayot mazmuni va yuksak qadriyatiga 
aylanib boradi. 


Sevgi. Agar do‘stlik attraksiya namoyon bo‘lishining birinchi ko‘rinishi bo‘lsa, 
sevgi qalblar yaqinlashuvining muhim alomatidir. Sevgi - bu nafaqat hissiyot, balki 
boshqalarni seva olish qobiliyati hamda sevimli bo‘la olishdir. Shuning uchun ham 
o‘smirlar va o‘spirinlar uchun bu hissiyotning borligi juda katta ahamiyatga egadir. 
Aynan o‘smirlir va ilk o‘spirinlikdagi sevgi beg‘ubor, tiniq, samimiy bo‘lib, yosh 
o‘tgan sari uning mazmuni boyib, boshqa qadriyatlar ham o‘rin egallay boshlaydi. 
To‘g‘ri, o‘smir bilan o‘spirin sevgisida ham sifat farqlari bor. Masalan, o‘smirlar bir-
birlariga mehr qo‘yishganda ko‘proq sheriklarning tashqi qiyofalari, intellektual 
imkoniyatlari va ijtimoiy mavqelariga e’tibor beradilar. Haqiqiy sevgi o‘spirinlik 
yillarining oxirlarida paydo bo‘lib, uning asosiy mezoni endi tashqi belgi va afzalliklar 
emas, balki insoniy fazilatlar bo‘lib xizmat qiladi. 
Sevgi - bu shunday tuyg‘uki, u bir shaxsning ikkinchi shaxs ustidan mutloq 
ustunligi yoki afzalligini inkor etadi. Bunday hissiyot esa sevgi bo‘lmaydi. Shuning 
uchun ham o‘spirinlik yoshidagi yigit va qizlar guruhda muloqotda bo‘lishni va bunda 
teng huquqli munosabatlar bo‘lishini xohlaydilar. Bu talab sevishganlar uchun ham 
qonun hisoblanadi. Do‘stlikdan farqli, bu yerda turli ko‘rinishlar yoki turlarni ajratish 
mumkin emas. Bu hissiyot shundayki, u tomonlarni faqat axloqan va ma’naviy jihatdan 
yaqin bo‘lishini taqozo etadi. Sevgan yurak ma’naviy jihatdan yaxshi, ulug‘ va ijtimoiy 
jihatdan manfaatli ishlarni qilishga qodir bo‘ladi. To‘g‘ri, ko‘pchilik ota-onalar 
o‘quvchilik yillarida paydo bo‘lgan sevgi hissidan biroz cho‘chiydilar, uni cheklashga, 
hattoki, qizlarga ta’qiqlashni ham afzal ko‘radilar. Lekin aynan shu hisning borligi 
yoshlarni ulug‘vorroq, samimiyroq, har narsaga qodir va kuchliroq qiladi. Sevgida 
«ishi yurishmaganlarning” esa boshqa sohalarda ham ishi yurishmaydi. Ular o‘zlarini 
tushkun, baxsiz, omadsiz hisoblaydilar. 
Olimlar sevgining yoshlarda namoyon bo‘lishi va uning psixologik tahlilini 
o‘rganishgan. Ma’lum bo‘lishicha, sevgining dastlabki bosqichi - o‘zaro yoqtirib 
qolish - simpatiya bo‘lib, bunda asosan sevgi ob’yektining tashqi jozibasi rol o‘ynaydi. 
Masalan, o‘zbek xonatlasini chiroyli qilib tiktirib olgan qizchaning davrada paydo 
bo‘lishi, tabiiy ko‘pgina yigitlarning e’tiborini beixtiyor o‘ziga tortadi. Ulardan 
ko‘pchiligi birdaniga, bir vaqtda aynan shu qizchani «yoqtirib” qolishadi. Lekin 
davradagi qaysi yigit unga ham ma’lum jihatlari bilan yoqib qolsa, o‘zaro simpatiya 
shu ikki shaxs o‘rtasida ro‘y beradi. Vaqtlar o‘tib, bu ikki yosh bir necha marta 
uchrashib turishsa, oddiy yoqtirish sevgiga, jiddiyroq narsaga aylanishi mumkin. Shu 
narsa ma’lumki, aynan shu qonuniyatni bilgani uchun ham ko‘pchilik o‘spirinlar 
birinchidan, davralarda bo‘lishni, qolaversa, birovlarga yoqish uchun tashqi 
ko‘rinishlariga alohida e’tibor berishga harakat qiladilar. Yoqimtoy bo‘lishga harakat 
qilsa-yu, birortaning e’tiborini o‘ziga tortolmagan o‘spirin esa bu holatni juda chuqur 
qayg‘u bilan boshdan kechiradi. Agar xuddi shunday narsa bir necha marta surunkalik 
takrorlansa, o‘sha yosh davralarga ham bormay qo‘yadigan, o‘zi haqida yomon 
fikrlarga boradigan, faqat ayrim xollardagina hammani o‘ziga «dushman” bilib, hafa 
bo‘ladigan bo‘lib qoladi. 


Eksperimental izlanishlarning ko‘rsatishicha, sevishganlik o‘spirin yoshlarning 
shaxs sifatlariga bevosita ta’sir ko‘rsatib, uning hatti - harakatlarida namoyon bo‘ladi. 
Masalan, sevishganlar boshqalardan farqli, ikki marta ziyod o‘zaro gaplashishar, 
gaplari sira ado bo‘lmas ekan. Bundan tashqari, bundaylar sakkiz (!) marta ortiq bir - 
birlarining ko‘zlariga qarab vaqt o‘tkazisharkan. 
Yana shu narsa aniqlanganki, sevgi bilan bog‘liq hissiyotlar har bir jins vakilida 
o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekan. Masalan, o‘spirin yoshlar qizlarga nisbatan 
romantizmga beriluvchan, tezginada yaxshi ko‘rib qoladigan bo‘lisharkan. Ularning 
tasavvuridagi sevgi ancha romantik, ideal ko‘rinishga ega bo‘ladi. Qizlar esa yigitlarga 
nisbatan sekinroq sevib qolishadi, lekin sevgini unutish, undan voz kechish ularda 
osonroq kecharkan. Agar yigitlar bir ko‘rishdayok yoqtirib qolgan qizni sevib ham 
qolishi ehtimoli yuqori bo‘lsa (eksperimentlarda sevgi bilan simpatiyaning 
korrelyasion bog‘liqligi kuchli), qizlarda bunday bog‘liqlik ancha past ekan, ya’ni 
hamma yoqtirganlarini ham sevmas ekan, umuman simpatiyaning paydo bo‘lishi ham 
biroz qiyin ekan. 
Bunday tashqari, o‘spirinlik yillaridagi sevgi va muhabbat hissi nafaqat qarama-
qarshi jins vakiliga qaratilgan bo‘ladi, balki aynan shu davrda ota-onaning kadrlanishi 
va ularga nisbatan sevgi-muhabbat, yaqinlar - aka-uka, opa-singil, hayotda ibrat 
bo‘ladigan kishilarni yaxshi ko‘rish, Vatanni sevish kabi oliy hislar ham tarbiyalanadi. 
Shuning uchun ham haqiqiy yuksak muhabbat sohiblari bo‘lmish yoshlarni tarbiyalash 
- jamiyatda insoniy munosabatlarni barqarorlashtirish, odamlar o‘rtasida samimiy 
munosabatlar o‘rnatish va ma’naviyatni yuksaltirishga xizmat qiladi. 
Ta’limning barcha bosqichida ma’naviy tarbiyaning ajralmas bo‘lagi sifatida ana 
shunday samimiy munosabatlarni tarbiyalash, targ‘ib etish, kerak bo‘lsa, yoshlarga ana 
shunday sevgi va sadoqat haqidagi qadriyatlarimizni ongga singdirishimiz kerak. Sevgi 
va muhabbat hislari keng ma’noda - Vatanga, yurtga, halqqa, borliqqa, kasbga va yaqin 
kishilarga qaratilgan bo‘lishi kerak. 
Qisqacha xulosalar: 
Ushbu mavzu orqali shaxs psixologiyasi va xarakterining yoshga bog‘liqligi, 
yosh davrlari klassifikasiyasi, har bir yosh davrining o‘ziga xosligi, yosh davrlari 
krizislari haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. Yoshlardagi attraksiya va emosional 
borlikning namoyon bo‘lishi, o‘spirinlik davridagi do‘stlik, sevgi va sadoqat 
hislarining ko‘rinishlari, ularni tarbiyalash yo‘llari ko‘rsatib utilgan. Yosh davrlari 
psixologiyasi va akmeologiyaning kasb tanlash va kasbga yunaltirish muammolari 
bo‘yicha o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilingan. Bu kabi ma’lumotlar talabalarning o‘z-
o‘zini anglashlariga va tengqurlari, atrofdagilar bilan yetarlicha o‘zaro tushunishlariga 
yordam beradi. 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
1. 
Shaxs taraqqiyotidagi ijtimoiy omillar qanday? 
2. 
Qanay genotipik omillar shaxs taraqqiyotiga ta’sir etadi? 


3. 
Yosh davrlari qanday klassifikasiyaga ega? 
4. 
O‘smirlik davrining alohida belgilari qanday? 
5. 
O‘spirinlik davri qanday xususiyatlari bilan ajralib turadi? 
6. 
Attraksiya - qanday manoni anglatadi? 
7. 
Do‘stlikning belgilari nimada? 
8. 
Sevgining psixologik mohiyati nimada? 
9. 
Simpatiya qanday ko‘rinishga ega? 
10. 
Vatan tuyg‘usining shakllanishiga ta’sir qiluvchi omillar nima? 
ADABIYOTLAR 
1.
Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka 
tahdid , barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolati.- T., 1998 
2.
Gamezo M.V., Domashenko I.A. Atlas po psixologii.- M., 1986 
3.
Merlin V.S. Struktura lichnosti , Xarakter sposobnosti, 
samosoznaniye – perm., 1990 
12-mavzu. 

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə