"tasdiqlayman" O‘quv va tarbiyavuy ishlar


Oiladagi tarbiyaviy vazifalar



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/66
tarix20.10.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#129172
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   66
O`QUV MAJMUA Xasanboy

Oiladagi tarbiyaviy vazifalar
Reja: 
1. Oila tarbiyasi 
2. Oilada sog‘lom turmush tarsi 
3. Oilaning regulativ funksiyasi 
Oila tarbiyasi — oilada ota-ona, vasiy yoki katta kishilar tomonidan bolalarni 
tarbiyalash. Yosh avlodning har tomonlama rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Oila 
tarbiyasida doimiy tarbiyaviy ta’sirchan kuch - oilada ruhiy xotirjamlik, samimiy 
munosabat, ota-ona obro‘sining yuqori bo‘lishi, bolalarga talab qo‘yishda oila kattalari 
o‘rtasidagi birlikning saqlanishi, bola shaxsini mehnatga tarbiyalashga alohida e’tibor 
berish, bolani sevish va izzatini joyiga qo‘yish, oilada qat’iy rejim va kun tartibini 
o‘rnatish, bolaning yosh va shaxsiy xususiyatlarni hisobga olish, boladagi 
o‘zgarishlarni kuzatib borish, undagi mustaqillikka intilish va tashabbuskorlik 
sifatlarini qo‘llabquvvatlash va h.k. Oila qanchalik tartibli, uning a’zolari o‘rtasidagi 
munosabat samimiy bo‘lsa, Oila tarbiyasi ham shunchalik muvaffaqiyatli bo‘ladi. Oila 
tarbiyasida ota-ona obro‘si, ularning kuzatuvchanligi, sezgirligi, hozirjavobligi muhim 
tarbiyaviy ahamiyatga ega. Oila tarbiyasida tarbiya jarayoni zerikarli, quruq 
nasihatgo‘ylikdan iborat bo‘lib qolmasligi lozim. Bola hayotining ko‘p qismi oilada 
o‘tadi. Shu boisdan mavjud an’analar, urf-odatlar, rasm-rusumlar va marosimlarning 
ijobiy ta’sirida bola asta-sekin ka-mol topib boradi. An’ana va marosim oila 
tarbiyasining qudratli qurolidir. Oila tarbiyasi ijtimoiy tarbiya bilan uzviy aloqada 
bo‘lsagina, kutilgan natijalarga erishish mumkin. Oila tarbiyasida yutuklarga erishish 
ota-onalarning pedagogik bilimlarga egaligi, oila tarbiyasi bo‘yicha tajribalar 
almashishi, ota-onalarni tarbiyaviy ishlarga qizg‘in jalb qilishga ham bog‘liqdir. Har 
bir ota-ona oila tarbiyasida o‘zlarining burch va mas’uliyatlarini chuqur anglashlari 
lozim. Normal oilaviy muhit, bolani kitob o‘qishga, mehnat qilishga o‘z vaqtida jalb 
etish ham oila tarbiyasining muvaffaqiyati garovidir. Oilada ota yoki onaning yo‘qligi 
yoki ulardan birining ketib qolishi oila tarbiyasiga katta zarar yetkazadi. Ularning 
bolaga beradigan tarbiyaviy ta’sir kuchi yo‘qoladi, oila tarbiyasidagi muvozanat 
buziladi. Bunday sharoitda bola qalbi qattiq jarohatlanadi, u tajang, serjaxl, qo‘pol, 
dag‘al bo‘lib qoladi, kattalarga ishonmay qo‘yadi, o‘qishi pasayib ketadi. Oila 
tarbiyasida otaning obro‘si katta ahamiyatga ega. Bolalarni barkamol inson qilib 
yetishtirishda maktabni oila bilan bog‘lamasdan muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi. 
Shuning uchun oila tarbiyasida maktab va ota-onalar o‘rtasidagi ta’limtarbiyaga oid 


birgalikdagi ishlari katta ahamiyatga ega. Ota-onalarning o‘qituvchilar bilan bo‘lgan 
uchrashuvlarida aytilgan fikrlar, ayniqsa qimmatlidir. Chunki ular o‘z farzandlari 
to‘g‘risida ko‘proq narsalarni bilib oladilar. Shuning uchun bola tarbiyasining tub 
mohiyatini tushungan har bir ota-ona oila bilan maktab o‘rtasidagi hamkorlikni 
mustahkamlashga intiladi. Bola maktabni tamomlagunga qadar ota-ona maktab bilan 
yaqin aloqa o‘rnatishi, farzandining darslarini o‘zlashtirishi, xulq-atvoridan xabardor 
bo‘lib turishi, tarbiya masalalarida o‘qituvchi, sinf rahbari bilan maslahatlashib turishi, 
bolaning darsdan so‘ng nima bilan mashg‘ulligi haqida o‘qituvchi va sinf rahbarini 
xabardor qilib turishi lozim. O‘z navbatida o‘qituvchi va sinf rahbari ham bolaning 
o‘qishi, odobi, xulqi, maktabda o‘zini tuta bilishi haqidagi ma’lumotlarni ota-onaga 
yetkazishi, zarurat tug‘ilganda paydo bo‘lgan muammolarni birgalikda hal qilishi 
zarur. Farzandi maktabga borgan ota-ona maktab jamoasining a’zosi bo‘lib qolishi 
kerak. O‘qituvchi va sinf rahbari ham o‘z o‘quvchisining oilasi bilan mustahkam ham-
korlikni yo‘lga qo‘ymog‘i lozim. Oila tarbiyasida ota-onalarning mahalla faollari, 
mehnat faxriylari bilan hamkorliklari ham muhim. Oila tarbiyasi farzandlarning har 
tomonlama kamol topishi uchun qulay sharoitlar yaratilsagina muvaffaqiyatli bo‘lishi 
mumkin. Oila tarbiyasida har bir oila o‘ziga xos xususiyatlarni namoyon qiladi. 
«

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə