Tayanch tushunchalar



Yüklə 343,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/12
tarix05.01.2023
ölçüsü343,57 Kb.
#98226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Mexanik esda olib qolish
– bu idrok qilinayotgan 
materialning turli qismlari o‘rtasida mantiqiy aloqani anglamasdan turib esda olib qolish. 
Bunga misol tariqasida statistik ma’lumotlar, tarixiy sanalar va h.k.larni esda olib 
qolishni keltirish mumkin. Mexanik esda olib qolishining asosini 
bog‘ langanlik 
bo‘yicha
assotsiatsiya
lar tashkil etadi. Materialning bir qismi ikkinchisi bilan vaqt 
bo‘yicha uning orqasidan kelganligi sababli unga bog‘ lanadi. Bunday bog‘ lanishning 
yuzaga kelishi uchun materialni ko‘p marta takrorlash lozim. 


Bundan farqli o‘laroq, 
anglangan holda esda olib qolish
materialning alohida 
qismlari o‘rtasidagi ichki mantiqiy aloqalarni tushunishga asoslangan. Anglangan holda 
esda olib qolish doimo tafakkur jarayonlari bilan bog‘ liq bo‘lib, asosan, material 
qismlari o‘rtasidagi ikkinchi daraklovchi tizim darajasidagi umulashtirilgan aloqalarga 
tayanadi. 
Anglangan holda esda olib qolish mexanik esda olib qolishdan ko‘ra samaraliroq 
ekanligi isbotlangan. Xuddi shunday, mexanik esda olib qolishda xotirada 1 soatdan 
so‘ng materialning faqat 40%, yana bir necha soatdan keyin esa – atigi 20%, angalangan 
holda esda olib qolishda esa 30 kundan keyin ham materialning 40% saqlanib qoladi. 
Materialni anglash bir necha xil usullar yordamida erishiladi. Birinchidan
o‘rganilayotgan materialning 
asosiy fikrlar
ini 
ajratish
va ularni reja ko‘rinishida 
guruhlash 
zarur. Ikkinchidan, 
ma’nodosh tayanch so‘zlarni ajratish
. Ushbu usulning 
mohiyati mazmunga ega bo‘lgan har bir qismni esda olib qolish zarur bo‘lgan 
materialning bosh g‘ oyasini aks ettiruvchi qaysidir so‘z yoki tushuncha bilan bog‘ 
lashimizdan iborat. Uchinchidan, taqqoslash, ya’ni, jismlar, hodisa va voqealar o‘rtasida 
o‘xshashlik va farqlarni aniqlash. Ushbu usulning ko‘rinishlaridan biri o‘rganilayotgan 
materialni avval orttirilgan ma’lumotlar bilan solishtirish. Va, nihoyat, anglangan tarzda 
esda olib qolish va uning esda saqlanishining yuqori ko‘rsatkichiga erishish metodi 

Yüklə 343,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə