Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti



Yüklə 427 Kb.
səhifə10/28
tarix09.06.2022
ölçüsü427 Kb.
#89205
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28
BMI

Pakana bo‘ylilik. gentik jihatdan pakana bo‘ylilikning turli tiplari ma’lum. VNIISX – 1 pakanasini normal shakllar bilan cha­tishtirganda F1 duragaylari oraliq harakterli, «Paxta abadskiy» paka­nasi to‘liq dominant, ozarbayjon mutantining pakana bo‘yliligi esa retsessivdir.
S.K.Xorland fikricha uning duragaylarining bir xil bo‘lmasligi bu turning har xil navlarining normal o‘sishi pakana genomga nisbatan dominantliligi turli darajasi bilan farq qiladigan uchta izoallellar bilan nazorat qilinadi. Tuksiz chigitlilik. Chigitdagi tuklarning mavjudligiga qarab uch tipga ajratiladi: to‘lig‘icha tuklangan, faqat mikropilening uchi tuk­langan va tuksiz chigit.
Ingichka tolali g‘o‘zada tuksizlikka nisbatan tuklilik, o‘rta tola­lilarda esa tuksiz urug‘lilik dominant holatda bo‘ladi. Chigitni tuk­lilik harakteri to‘rtta bir biri bilan o‘zaro harakatdagi genlar bilan nazorat qilinadi. Ulardan biri, ingibitor genining dominant alleli tuklanishni hosil qilishni nazorat qiladigan hamma genlarni harakatini bostiradi. Abdukarimov D.T., Lukov M.Q (2015)
Ikki gen F1 va F2 mikropileda tuklanishni hosil qilishini aniqlaydi. Ular bilan komplementar bo‘lgan Fs geni esa urug‘ni (chi­gitni) hamma sathida tuklanishni hosil qilishni ta’minlaydi. Domi­nant tuksiz urug‘li shakllarning genotiplari muqarrar gen 1 saqlaydi, qolgan genlar dominant ham retsessiv allellari sifatida namoyon bo‘lishi mumkin.
Tolasining rangi. Rangli tola doimo oq tolaga nisbatan dominant bo‘ladi, F1 duragaylar tolasining ranglanish darajasi kuchsizroq.
Oq tolali navlarning tolasi qo‘ng‘ir bo‘lgan mexicanum yovvoyi shaklini chatishtirish natijasida hosil bo‘lgan (duragaylarning bi­rinchi bo‘g‘ini och – jigar rangli bo‘ladi, F1 da esa ajralish 9 ta – oq, 7 tasi bo‘yalgan) tola nisbatida o‘tadi.
Bu belgi ikkita Lc1 va Lc2 komplementar genlari tomonidan boshqariladi deb hisoblash mumkin. Agar ko‘rsatilgan genlarining biri yoki ikkalasi retsessiv allellardan iborat bo‘lsa, tola oq rangli bo‘ladi. Abdukarimov D.T., Lukov M.Q (2015
Oq tolasiga qarab tanlash o‘tkazilganda, fenotipik bo‘yicha ular­ning genotipini aniqlab bo‘lmaydi shuning uchun oq tolali yangi tizma­lar har xil genotipli bo‘lishi mumkin. LcIlc 2 va LcIlc 2 genotipli o‘simliklarni qarama qarshi changlatishda F1 duragaylari ikkala domi­nant komplementar gen va rangli tolali bo‘ladi. Xuddi shu xildagi voqea Toshkent- 1 navining dastlabki yillar ekilganda kuzatilgan. Bu navning kelib chiqishida (ajdodida) yovvoyi shakl ssp mexicanum tolaning rangliligini nasldan naslga o‘tish qonuniyatlarini o‘rganish g‘o‘za seleksiyasida ko‘p miqdorda rangli tolasi bo‘lgan yovvoyi turlari bilan uzoq shakllarni duragaylash ishlari oxirgi yillarda keng tus olganligi uchun katta qiziqish tug‘dirmoqda.

Yüklə 427 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə