Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti


Zararkunandalarga chidamlilik



Yüklə 427 Kb.
səhifə12/28
tarix09.06.2022
ölçüsü427 Kb.
#89205
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28
BMI

Zararkunandalarga chidamlilik. Bu masala to‘lig‘icha o‘rganilmagan. G‘o‘zaning so‘ruvchi zarakunandalariga chidamliligi bargining anato­morfologik xossalari, ostki epidermisning tuklanishi va barer qatlamining qalinligi (ostki epiderma va labchali parenxima)ga bog‘liq. Bundan tashqari chidamlilik gossipol tarkibi va boshqa mexa­nizmlarga ham bog‘liq. O‘simlik poyasining har xil qismlarini tukla­nishi bitta qulf kalitli dominant N–1 geni bilan aniqlanadi va sa­marasi faqat uning mavjudligida harakat qiladigan modifikatorlar to‘plami tomonidan boshqariladi. Baxmaldek tuklanishi bo‘lgan G. tomentosem turida belgi usha allel seriyasining N–2 mustaqil geni tomonidan nazorat qilinadi. So‘ruvchi zararkunandalarga chi­damlilikni ta’minlaydigan boshqa morfologik belgi barg to‘siq qatlamining yo‘g‘onligi hisoblanadi.
Olimlarning kuzatishlari natijasida to‘siqli qatlamining qalinligi nasldan naslga poligenli o‘tishi aniqlangan. Ko‘sak kurti, kuzgi tunlam, g‘o‘za uzunburuni va boshqalar gulida nektarnigi (shira chiqaruvchi bezlar) bo‘lmagan kapalaklarni o‘ziga jalb qilmaydigan g‘o‘za shakllarini kamroq zararlaydi. Bunday turlar qatoriga G.tomentosum turi kiradi. G‘o‘zada nektardon bo‘lmasligi retsessiv belgi hisoblanadi.
Chigit.Pishib yetilgan chigit tuxumsimon yoki nok ko‘rinishidadir. Chigit zarodish (murtak) va uni o‘rab olgan ikkita po‘stdan iborat. Ichki po‘st pardasimon, tashqi po‘st yog‘ochlanib qattiqlashgan bo‘ladi. Chigit qobig‘ining tashqi tomoni tuklar bilan qoplangan, bu tuklar ancha uzun bo‘lib, tola deb ataladi, ba’zilarida uzun tuk bilan birga kalta tolalar bo‘lib, uni momiq (linter) deb yuritiladi. Oripov R., Ostonov S. /2005/
Chigitning keng tomoni xalaza, ingichka tomoni mikropil deyiladi. Ekiladigan chigitning bo‘yi 12-14 mm, diametri 6-8 mm bo‘ladi, bir chigitning massasi o‘sish sharoitiga qarab 50-200 mg gacha bo‘lishi mumkin.
Chigit murtagi ikkita urug‘palladan va o‘simlikning asosiy organlari boshlang‘ichidan iborat bo‘ladi. Chigit murtagidagi moy chigit massasining o‘rtacha 20-25 % ni tashkil etadi. Chigit qobig‘i juda mustahkam bo‘lib, qalinligi 0,25 mm ga yetadi. Chigitning rivojlanish sikli 50-60 kun davom etadi va u ikki etapdan iborat bo‘ladi. І-etapi 25-30 kunga teng bo‘lib, asosiy massasiga va organlari shakllanishiga erishiladi. ІІ-etapi ham 25-30 kunga teng bo‘lib, unda pishish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar sodir bo‘ladi. G‘o‘za qancha ertapishar va o‘sish sharoiti qancha qulay bo‘lsa, chigit shuncha tez va yaxshi rivojlanadi.

Yüklə 427 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə