G‘o‘za yorug‘sevar o‘simlik. G‘o‘zaning daraxtsimon yovvoyi turlari O‘zbekistonning tabiiy sharoitida o‘stirilganda gullamaydi. Ulardan duragaylashda foydalanish uchun kunning davomiyligi 10 soatgacha qisqartirilgan sun’iy sharoitdan foydalaniladi. O‘rta Osiyo sharoitida G.hirsutum navlarining vegetatsiya davri taxminan 110 – 140 kun, G. barbadense navlarida esa 130 – 150 kun.
G‘o‘za qurgoqchilikka chidamli, lekin suvga talabchan o‘simlik. Uning transpiratsiya koeffitsenti (1 g quruq moddani hosil qilish uchun sarf qiladigan suv miqdori) 600 – 700 ga teng. Bu raqam o‘sish sharoitiga qarab 400 – 800, 1000 va undan ham ortiq bo‘lishi mumkin.
G‘o‘za genetikasi. sitologik jihatdan g‘o‘zaning hamma turlari diploid va tetraploidlarga bo‘linadi. Gossypium L turkumining asosiy xromosomalar soni 13 ga teng (n =13), diploid turlarining somatik hujayralarida 26 xromasoma (2n =26), tetraploidlarda esa – 52 (2n =52) xromosoma bo‘ladi . Abdukarimov D.T., Lukov M.Q (2015)
Sitologik tadqiqotlar natijasida Gossypium turkumi oltita genomdan iborat bo‘lganligi aniqlangan: – A, V, S, D, Ye va Genom tarkibidagi turlar bir biri bilan osonlik bilan chatishadi, F1 duragaylari to‘lig‘icha fertil, undan keyingi pushtlarida steril va yarim steril shakllarini ajralishi ro‘y beradi. Har xil genom turlari bir–biri bilan qiyinchilik bilan chatishadi yoki chatishmaydi. F2 duragaylari meyozning profazasida xromosomalarning kon’yugatsiyasi buzilishi sababli to‘lig‘icha yoki qisman steril bo‘ladi. A genomini g‘o‘zaning Afro Osiyo va Hindi – Xitoy G.herbaceum, G.arboreum turlari saqlaydi, V genomi Afrika va Old Osiyoning yovvoyi diploidlarida mavjud, eng ko‘p (tuyalar uchun yem-hashak sifatida foydalaniladigan) tarqalgan, katta bo‘lmagan bo‘ta – G.anomalium dir. E – genomi Afrikaning yovvoyi diploid turlarini ham ifodalaydi. Bu guruh turlari boshqalardan o‘ta kuchli ajralib turadigan bo‘lib geografik jihatidan yaqin bo‘lgan A va V genomlari bilan chatishmaydi. Buning ko‘p tarqalgan vakili G.stoskii dir.
Dostları ilə paylaş: |