Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti


G‘o‘za yorug‘sevar o‘simlik



Yüklə 427 Kb.
səhifə8/28
tarix09.06.2022
ölçüsü427 Kb.
#89205
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28
BMI

G‘o‘za yorug‘sevar o‘simlik. G‘o‘zaning daraxtsimon yovvoyi turlari O‘zbekistonning tabiiy sharoitida o‘stirilganda gullamaydi. Ulardan dura­gaylashda foydalanish uchun kunning davomiyligi 10 soatgacha qisqartirilgan sun’iy sharoitdan foydalaniladi. O‘rta Osiyo sharoi­tida G.hirsutum navlarining vegetatsiya davri taxminan 110 – 140 kun, G. barbadense navlarida esa 130 – 150 kun.
G‘o‘za qurgoqchilikka chidamli, lekin suvga talabchan o‘simlik. Uning transpiratsiya koeffitsenti (1 g quruq moddani hosil qilish uchun sarf qiladigan suv miqdori) 600 – 700 ga teng. Bu raqam o‘sish sharoitiga qarab 400 – 800, 1000 va undan ham ortiq bo‘lishi mumkin.
G‘o‘za genetikasi. sitologik jihatdan g‘o‘zaning hamma turlari diploid va tetraploidlarga bo‘linadi. Gossypium L turkumining asosiy xromosomalar soni 13 ga teng (n =13), diploid turlarining somatik hujayralarida 26 xroma­soma (2n =26), tetraploidlarda esa – 52 (2n =52) xromosoma bo‘ladi . Abdukarimov D.T., Lukov M.Q (2015)
Sitologik tadqiqotlar natijasida Gossypium turkumi oltita ge­nomdan iborat bo‘lganligi aniqlangan: – A, V, S, D, Ye va Genom tarkibidagi turlar bir biri bilan osonlik bilan chati­shadi, F1 duragaylari to‘lig‘icha fertil, undan keyingi pushtlarida steril va yarim steril shakllarini ajralishi ro‘y beradi. Har xil genom turlari bir–biri bilan qiyinchilik bilan chatishadi yoki chatishmaydi. F2 duragaylari meyozning profazasida xromosomalarning kon’yugatsiyasi buzilishi sababli to‘lig‘icha yoki qisman steril bo‘ladi. A genomini g‘o‘zaning Afro Osiyo va Hindi – Xitoy G.herbaceum, G.arboreum turlari saqlaydi, V genomi Afrika va Old Osiyoning yov­voyi diploidlarida mavjud, eng ko‘p (tuyalar uchun yem-hashak sifatida foydalaniladigan) tarqalgan, katta bo‘lmagan bo‘ta – G.anomalium dir. E – genomi Afrikaning yovvoyi diploid turlarini ham ifoda­laydi. Bu guruh turlari boshqalardan o‘ta kuchli ajralib turadigan bo‘lib geografik jihatidan yaqin bo‘lgan A va V genomlari bilan cha­tishmaydi. Buning ko‘p tarqalgan vakili G.stoskii dir.

Yüklə 427 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə