Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti


G‘o‘za gulining tuzilishi, gullashi va changlanishi



Yüklə 427 Kb.
səhifə7/28
tarix09.06.2022
ölçüsü427 Kb.
#89205
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28
BMI

G‘o‘za gulining tuzilishi, gullashi va changlanishi: Guli ikki jinsli, organlari besh doirada beshtadan bo‘lib joylashgan (19–rasm). Tuzilishi tashqi tomonidan uchta yirik gulyonligi, keyin gul kosachasi, kosa ichida ostki tomonidan o‘zaro birikkan gultoji bargi, gultojidan ichkarida changchi kolonkasi (androtsey) bor. Kolonka changchi iplari nay­chasidan iborat bo‘lib, sirtida juda ko‘p changchilari o‘rnashgan; guli­ning qoq o‘rtasida urug‘chi (ginesiey) joylashadi, bu urug‘chi tuguncha naycha va ogizcha (tumshuqcha) dan iborat. G‘o‘za gulida alohida shiradon (nektardon) bor. Chang donachalari shar shaklida, yirik, sirti notekis g‘adir-budir shaklda bo‘ladi va ular yordamida urug‘chining tumshuqchasiga va gulga uchib keladigan asalari va boshqa hashoratlarni tanasiga yaxshi yopishadi. Abdukarimov D.T., Lukov M.Q./2011/
Gossipum barbadensening gullashi odatda iyunning oxirida boshlanib vegetatsiya davrining oxirigacha davom etadi. Shonalarni ochilishi o‘simlik doira­lari aniq qonuniyatli o‘tadi: u ketma – ket pastgi shoxlardan yuqori shoxlarga va poyadan bir vaqtda ikki tomon shoxlarga o‘tadi (7-rasm).00
G‘o‘za tipik o‘zidan changlanuvchi, lekin chetdan changlanish qobiliyatiga ham ega. O‘rtacha 1 dan 10 % gacha gullar chetdan changlanadi, ammo bu ko‘rsatkich hashoratlarni intensiv uchishlari hollarida ko‘tarilishi mumkin. G‘o‘zaga xos xususiyat – inbred depressiyasi sezil­maydi. Hatto uzoq davom etadigan (10 – 20) majburiy changlatishda ham depressiya ro‘y bermaydi. Guli odatda ertalab soat 6 – 8 da ochiladi va faqat bir kun gul­laydi. Changdonlari ko‘p hollarda gulning ochilishi bilan yoriladi, 2 – 3 soatdan so‘ng chang donachalari to‘liq yetiladi va changlanish o‘tadi. Chang donachalarining nay hosil qilib urug‘chining pochasidan o‘tib urug‘lanishgacha 20–24 soat o‘tadi. Abdukarimov D.T/2007/
G‘o‘zaning mevasi – ko‘sak, shakli g‘o‘za turi va naviga qarab tuxumsi­mon, sholg‘omsimon, dumaloq, anjirsimon bo‘lishi mumkin. Uchi tumtoq, nayzasimon, cho‘ziq yoki qisqa bo‘ladi. Ko‘sakdagi chigitli paxtaning og‘irligi yovvoyi g‘o‘zalarda 0,1–0,25 g, madaniy shakllarida o‘rta tolali g‘o‘zalarda 7–8 g, ingichka tolalilarda 3–4–5 g bo‘ladi. Sirti silliq, g‘adir–budir, mayda bezcha va chuqurchalar bilan qoplangan, yaltiroq, xira, tukli va tuksiz, g‘uborli bo‘lishi mumkin.
Tumshug‘ida 3–4–5 burchakli yulduzchalar bor. Rangi yashil, pushti yoki qizil bo‘lishi mumkin. Ko‘sak 3–4–5 chanoqli bo‘lib, har bir chanog‘ida 5–10 tagacha chanoq bo‘ladi (18–rasm). Bir ko‘sakda 25–50 tagacha chigit bo‘lishi mumkin. Ko‘sakning ri­vojlanishi 50 – 60 kun davom etadi. Ko‘sak to‘la pishgach quriydi va chanoqlari yoriladi. G‘o‘zaning madaniy turlarining pishib yetilgan chigiti tuxumsimon yoki nok ko‘rinishidadir. Chigit murtak va uni o‘rab olgan ikkita po‘stdan iborat, ichki po‘st pardasimon, tashqi po‘st yog‘ochlanib qattiqlashgan bo‘ladi. Chigit qobig‘ining sirtqi sathi tuklar bilan qoplangan, bu tuklar ancha uzun bo‘lib tola deb ataladi, ba’zilarida uzun tuk bilan birga kalta tolalar bo‘lib, uni momiq deb yuritiladi.
Chigitning keng tomoni xalaza, ingichka tomoni mikropil deyi­ladi. Madaniylashagan turlar chigitning uzunligi 12–14 mm, diametri 6–8 mm, 1000 ta chigitning vazni 90–130 g. Yovvoyi turlarining chigiti juda mayda.
Tola chigiti qobig‘ining tashqi epidermisining bo‘yiga chuzilgan ay­rim hujayrasidan iboratdir. Binobarin har bir tola faqat bitta hujayradir. Oripov R., Ostonov S. /2005/
Ko‘pchilik g‘o‘za shakllarida tola rangi oq bo‘ladi, ammo oq–sarg‘ish, malla, yashilsimon, pushtisimon va qo‘ng‘ir tolali g‘o‘zalar ham bor.
Tolaning texnologik xususiyatlari quyidagi ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi: uzunligi, modal vazn uzunligi, shtapel vazn uzunligi, uzilish kuchi, mikroneyr ko‘rsatkichi, chizikli zichlik, nisbiy uzilish kuchi, tolaning yetilganligi, tola buraluvchanligi, elastikligi.
G‘o‘za issiqqa talabchan o‘simlik. Chigit unib chiqib normal o‘sishi va rivojlanishi uchun minimal (pastki) harorat 10–12 0C hisoblanadi. Harorat 0 0C dan pastga tushganda uni sovuq uradi, yosh maysalarni – 1 – 2 0C, voyaga yetgan g‘o‘zalarni – 3 – 5 0C sovuq zararlaydi. Harorat 35 – 37 0C dan oshganda (maksimal) g‘o‘zaga ortiqchalik qiladi, 40 0C esa ri­vojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, chang donachalarining hayotchanligi keskin pasayadi, o‘simliklardagi urug‘chilarning ko‘pi urug‘lanmaydi va to‘kilib ketadi. Oripov R., Ostonov S. /2005/
G‘o‘zaning har xil rivojlanish fazasi uchun turlicha harorat zarur bo‘ladi yoki ma’lum rivojlanish fazasini o‘tishi va tugallanishi uchun ham ma’lum harorat to‘planishni talab qiladi, ana shu harorat yig‘indisi samarali harorat deb yuritiladi. Havoning o‘rtacha sutkalik haroratdan o‘simlikdagi ma’lum rivojlanish davrini o‘tishi mumkin bo‘lmay qoladigan darajaga yetgan harorat olib tashlansa, samarali harorat miqdori kelib chiqadi. Harorat yakunini hisoblashda shartli ravishda gullashgacha quyi chegara harorati + 10 0C, gullashdan keyin +13 0C qilib olish mumkin.
G‘o‘zaning tur va naviga, tez yoki kech – pisharligiga qarab samarali harorat yakuni 1600 – 2000 0C gacha etadi.

Yüklə 427 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə