Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti



Yüklə 427 Kb.
səhifə9/28
tarix09.06.2022
ölçüsü427 Kb.
#89205
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28
BMI

S – genomi g‘o‘zaning yovvoyi diploid avstraliya turlariga xos, ka­riotipning o‘ziga xos xususiyati eng yirik xromosomalardir. O‘ta ko‘p tarqalgan turi G.sturtii– bargi shapalog‘i yaxlit va havo rangdagi gulli katta daraxtlar.
D – genomi Amerika qit’asi g‘o‘zasining yovvoyi diploid turlariga molik. Morfologik jihatdan ular o‘ta xilma xil. Masalan, G.thurberii barglari bo‘laklariga kuchli bo‘lingan daraxt, G.harknessii–o‘ta mayda bargli yoyilib o‘sadigan buta, G.raimondii– ham yi­rik bargli daraxt.
AD- genomi madaniy tetraploid G.hirsutum (AD)1 G.barbadense (AD)2 hamda Gavay arxipelagi endemigi– G.tomentosum yovvoyi turla­riga molik. Abdukarimov D.T., Lukov M.Q (2015)
O‘tkazilgan tadqiqotlar asosida, hamda xromosomalar translokatsiyasining tabiatiga qarab g‘o‘zaning tetraploid shakllari yangi dunyo va eski dunyo diploidlarini chatishtirilishi va xromosomalari­ning ikki barobar ko‘payishi natijasida hosil bo‘lgan allotetraploidlardir. Turlararo duragaylarining kariotiplari o‘rganilishi natija­sida tetraploidlarning ajdodlari bo‘lib Afro – Osiyo G.herbaseum va Amerikali G. raimondi bo‘lganligi aniqlangan. G.hirsutum turini re­sintezi bu fikrni tasdiqlaydi. G.herbaceum turining urug‘i Ameri­kaga Afrikadan o‘tgan deb taxmin qilish mumkin.Morfologik va fiziologik belgi va xususiyatlarning nasldan – naslga o‘tkazilishi. Shoxlanish tipi. Simpodial shakllarini monopodial shakllari bilan chatishtirish o‘tkazilganda simpodial tipi dominant bo‘ladi, ammo genetik tahlil qisqa kun sharoitida o‘tkazilishi kerak, chunki mo­nopodial shakllarining deyarli hammasi qisqa kun o‘simliklariga man­sub va duragaylardagi fotoperiodik reaksiyasi belgining nasldan na­slga o‘tishini haqiqiy ko‘rinishini niqoblaydi. Oripov R., Ostonov S. /2005/
Simpodial shakllari nul tipdagi navlar bilan chatishtirilganda shoxlanishning simpodial tipi dominant bo‘ladi, F2 da esa 3:1 nisbatda ajralish ro‘y beradi. Simpodial shakllarini cheklanmagan va cheklangan tipdagi shakllari bilan chatishtirganda xuddi shu holdagi ahvol kuza­tiladi. Cheklanmagan tip bitta dominant gen tomonidan nazorat qilinadi.

Yüklə 427 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə