Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti


Termiz elita Do’stlik urug’chilk xo’jaligining tuproq iqlim sharoiti



Yüklə 427 Kb.
səhifə2/28
tarix09.06.2022
ölçüsü427 Kb.
#89205
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
BMI

2. Termiz elita Do’stlik urug’chilk xo’jaligining tuproq iqlim sharoiti.
2.1.Termiz tumanidagi “Termiz elita Do’stlik urug’chilik xo’jaligi”ning tuproq iqlim sharoitlari.
2.2. Tuprog‘ining agrokimyoviy tavsifi...................................................
2.3. Obi havo sharoiti...... ............................................................................
3.Tadqiqotlar qismi..................................................................................
3.1 Bitiruv malakaviy ishining maqsadi, vazifalari. Tajribaning ob’ekti, o‘tkazish tartibi va o‘rganish uslublari......................................
4.Tadqiqotlar natijalari. ......................................................................
4.1.G‘o‘za ingichka tolali navlarining o‘sish rivojlanishi. ............................
4.1.1. Fenologi kuzatishlalar natijalari. ...................................................................
4.1.2. O’suv organlarining shakllanishi. .................................................................
4.2. Ingichka tolali g‘o’zani istiqbolli navlarining hosildorligi.
4.2.1. Mahsuldorlik kursatkichlari. ............................................................
4.2.2.G‘o‘za hosildorligining navlarga bog‘likigi......................................
4.3. Ingichka tolali g‘o‘za navlari tolasining texnolgik sifat kursatkichlari..
4.3.1. Tola chiqimi, tola uzunligi, buraluvchanligi va uzulish kuchi.......
4.3.2. Ingichka tolali g‘o‘za ingichka tolali navlari tolasining mikroneyr kursatkichi, metrik nomeri, va.h.k.....
5. Iqtisodiy samaradorlik.....................................................................
5.1. Ingichka tolali g‘o‘zanavlarini o‘stitishning iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari....................................................

K I R I SH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev qishloq xo‘jaligida islohatni chuqurlashtirishda seleksiyaning roliga katta e’tibor berib kelmoqda. Chunki ekinlarning yangi nav va duragaylarini yaratish bilan seleksiya fani shug‘ullanadi. Seleksiya fani yangi navlarni yaratish shuningdek, mavjud ekilib kelinayotgan navlarni yaxshilash bilan shug‘ullanadigan fandir.
Seleksiyaning mahsuli – qishloq xo‘jalik ekinining navi yoki geterozis duragayi hisoblanadi. “Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida” gi qonunning boshlanishida “Seleksiya yutug‘i – nav (duragaydir)” deb yozilgan. Qishloq xo‘jalik ekinining navi o‘zidan-o‘zi hosil bo‘lmaydi, uni odamlar yaratadi. Yaratish uchun seleksiya usullaridan foydalaniladi. Navlarni tashkil qilgan o‘simliklarning tashqi (morfologik) ko‘rinishi, belgilari, xususiyatlari bir xil bo‘lishi kerak va bu belgi va xususiyatlar vaqtincha emas, balki barqaror bo‘lib nasldan -naslga o‘tkazilishi, ya’ni irsiy bo‘lib, yangi yaratilgan nav yuqori hosilli va yaxshi sifatli bo‘lishi kerak. Nav qoidasi har-xil ta’riflab kelingan. Biz navlarni oxirgi yillar quyidagicha ta’riflagan edik. Nav deb –seleksiya usullari bilan yaratilgan, bir xil barqaror irsiy morfologik, biologik va xo‘jalik belgi va xususiyatlarga ega bo‘lgan o‘simliklar guruhiga aytiladi.
“Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida” gi qonunda navga quyidagicha ta’rif berilgan.
“Nav-o‘simlik guruhi bo‘lib, u nasldan- naslga barqaror o‘tuvchi, muayyan genotip yoki genotiplar kombinatsiyasini boshqalardan ajratib turuvchi belgilarga qarab aniqlanadi va ayni bir botanik taksondagi boshqa o‘simliklar guruhidan bir yoki bir necha belgilari bilan farqlanadi”.
Duragay deb – irsiyati har xil bo‘lgan o‘simliklarni chatishtirib olingan organizmga aytiladi.
Duragaylash seleksiyaning asosiy usuli bo‘lib, uning asosida qishloq xo‘jalik ekinlarining juda ko‘p yuqori hosilli yaxshi sifatli navlari yaratilgan va yaratilmoqda.
G.S.Zaysevning aytishicha g‘o‘za seleksiyasining vazifasi ekilib kelinayotgan navlarni yaxshilash va asosiy vazifalari quyidagilarga erishishdan iborat.
1. Tolasining yuqori hosildorligi, bu esa o‘z navbatida ertapisharligi, ko‘sagining yirikligi, mahsuldorlik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lishi bilan hamda kasalliklarga chidamliligi.
2. Tolasining yuqori sifatliligi – sof tolaning ko‘p chiqishi, tolasining o‘ta uzun va pishiqligi, hamda yaxshi elastikligi va boshqalar bilan. Ertapisharlilik gullash boshlanish vaqti va pishish boshlanishi bilan ta’minlanadi. O‘z navbatida erta gullashi simpodial shoxlarining ertaroq hosil bo‘lishi; ular o‘simlik poyasida qancha pastroq joylashsa, shakl shuncha ertapishar bo‘ladi.
Ko‘sakning yirik bo‘lishi hosilni oshiradi va bundan tashqari hosilni terib olishini osonlashtiradi va hosil yig‘ib-terish xarajatlarini birmuncha arzonlashtiradi. Ko‘sakning kattaligini uning ochilmagan holda diametriga qarab yoki ichidagi paxtaning vazni orqali aniqlash mumkin. Agar paxta miqdori o‘rtacha 6-7 g va undan ko‘p bo‘lsa ko‘sak yirik deb hisoblanadi.
Seleksioner olimlarga g‘o‘zaning qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishiga tezpishar, hosildor, tola sifati yuqori, kasallik va zararkunandalarga chidamli, mexanizatsiyalashgan terimga moslashgan navlarni yaratish vazifasi qo‘yiladi. Bu vazifalar bo‘yicha g‘o‘zaning G. hirsutum L. turiga mansub, potensial hosildorligi 40-50 s/ga, tola chiqimi 37-38 %, tola uzunligi 34-35 mm bo‘lgan o‘rta tolali g‘o‘za navlarini yaratish. G barbadense L. turiga mansub ingichka tolali g‘o‘za navlarining hosildorligi 40-45 s/ga, tola chiqimi 33-34 %, va tola uzunligi 40-41 mm. ni tashkil qilish lozim.
Seleksiya jarayoni uzluksizdir. Uning usullari doimo takomillashib boradi. Bu yangi navlarga bo‘lgan ehtiyojini osha borishi bilan bog‘liqdir.
G‘o‘za–har tomonlama foydalaniladigan ekin, uning mahsulotidan sanoatning ko‘p tarmoqlarida foydalaniladi. Ammo bu o‘simlik asosan to‘qimachilik sanoati uchun qimmatli ashyo–tola olish maqsadida eki­ladi. Bir tonna paxta xom ashyosidan o‘rtacha 320–340 kg tola, 560–580 kg chigit olinadi. 340 kg toladan o‘z navbatida 3500–4000 m gazmol, 580 kg chigitdan esa 112 kg moy, 10 kg sovun, 270 kg kunjara, 170 kg sheluxa va 8 kg momiq ishlab chiqariladi. Paxta tozalash sanoatining chiqimlaridan izolyatsiya to‘qimasi, sun’iy ipak, sinmaydigan shisha, qog‘oz va boshqa buyumlar tayyorlanadi.
G‘o‘za va uning tolasi to‘g‘risida ma’lumotlar zig‘ir (tolasi) dan ancha kechroq aniqlangan. Hindistonda bu ekin o‘ta qadimdan ma’lum bo‘lgan (eramizdan 2500 yil oldin). Hindiston bilan bir qatorda bu ekinning manbai bo‘lib Amerika hisoblanadi. Xitoyga g‘o‘za ekinining kiritilishiga pilla ishlab chiqaruvchilarning qarshi chiqqanligi ta’sir qilgan deb hisoblanadi. Yunonliklar «junni daraxtda o‘sishi» to‘g‘risida aytishlari bilan bir vaqtda Xitoy sayohatchilari «ipak hosil qiluvchi o‘simlik» haqida xabar yetkazganlar. Oltinchi asr Xitoy yil­nomalarida Turkiston to‘g‘risidagi yozuvda quyidagilar aytib o‘tiladi: – “u yerda ipak pillasiga o‘xshash meva hosil qiladigan o‘simliklar bor va pillasining ichida ipak tolasi bo‘lib, undan mahalliy xalq mayin va oq gazlama to‘qiydilar va bozorga yuboradilar”.
Paxta tolasidan yuqori sifatli tekstil va texnik mahsulotlari ishlab chiqarilganligi uchun ham sun’iy tolalardan farq qiladi va universal xom ashyo beruvchi tabiiy tolalar guruhiga mansubdir.
Dunyo miqyosida to‘qimachilik tolasi ishlab chiqarishda paxta ulu­shiga 50–60 % dan ko‘prog‘i to‘g‘ri keladi. Paxta tolasidan asosan ip yigiriladi, to‘qimachilik buyumlari, kiyim va gigroskopik paxta tayyorla­nadi. Undan aviatsiya, avtomobil, elektr va boshqa sanoatlarda keng foydalaniladi. Toladan parashyutlar, baquvvat iplar, kirza, shlanglar, qayish, shina, rasm plyonkalari, yozuv qog‘ozlari kabi ko‘plab mahsulotlar tayyorlanadi.
Chigitning tarkibida 20–28 % moy saqlanadi, shibbalash va ekstraksiya qilish yo‘li bilan paxta moyi olinadi. Paxta moyi oziq–ovqat uchun keng miqyosda foydalaniladi.
Paxta moyidan glitserin, stearin, alif, lak, emal va boshqa xil mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Chigit tarkibida gossi­pol pigmenti (zaharli organik birikma) bo‘lib, moy olish jarayonida ajratib olinadi va undan ham, har xil sintetik moddalar ishlab chiqariladi. Moy ishlab chiqarish sanoatining chiqitlaridan sovun tay­yorlanadi. Moyi ajratib olingandan so‘ng qoladigan kunjara chorva mollariga ozuqa sifatida va o‘g‘it uchun foydalaniladi. Chigit po‘sti (sheluxa)si va shroti chorva mollari uchun ozuqa bo‘lishdan tashqari, sanoatda potash, oshlovchi moddalar, spirt, qog‘oz, karton va boshqa ko‘plab mahsulotlar olinadi. Hatto g‘o‘za shrotidan fitin va oziq–ovqat oqsili ajratiladi.
G‘o‘za poyasidan 100 dan ko‘proq birikmalar olinishi mumkin. Bargi­dan 20 xil organiq kislotalar, jumladan qimmatli olma va limon ki­slotalari olinadi. Shuningdek, vitaminlar, stimulyatorlar, aminokis­lotalar, mikroelementlar ham paxta tozalash zavodlarining chiqitlarida uchraydi.
Shibbalangan poya va chanoqlardan yoqilg‘idan tashqari qurilish ashyosi sifatida keng foydalanish ahamiyatlidir. Undan presslangan faneralar, yog‘ochlar, mebel yasash uchun kerakli ashyolar tayyorlanadi. Shuningdek qog‘oz, karton, sellyuloza ham olinadi. Maydalangan g‘o‘zapoyasi o‘g‘it va fer­mentlash yo‘li bilan yem–hashakka aralashgan holda chorva mollari uchun ozuqa sifa­tida ham foydalanish mumkin.
G‘o‘za o‘simligi gulida ko‘p miqdorda shira saqlaydi. Shuning uchun asalarilar uchun qulay asal saqlovchi o‘simlik bo‘lib hisoblanadi.
G‘o‘za qimmatbaho ekin uning tolasi, chigiti va boshqa qismlaridan 200–250 xilgacha keng iste’mol mollari va texnikabop mahsulotlar olinadi
Xalq xo‘jaligida paxta mahsulotlaridan o‘ta keng miqyosda foyda­lanishlari tufayli paxtachilik qishloq xo‘jaligining eng muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Bu ekin 90 dan ziyod mamlakatlarda 32–33 mln gektardan ko‘proq maydonlarda ekiladi va har yili 19–20 mln tonna paxta tolasi yetishtiriladi.
Jahonda eng ko‘p paxta yetishtiruvchi mamlakatlar Xitoy, AQSh, Hindiston, Pokiston, O‘zbekiston, Braziliya, Turkiya, Misr, Meksika bo‘lib, ularning hisobiga dunyoda umumiy yetishtirilayotgan paxtaning 80 % dan ko‘prog‘i to‘g‘ri keladi.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga kiruvchi mamlakatlardan O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Ozarbayjonda paxtachilik keng rivojlangan. Oripov R., Ostonov S. /2005/
O‘zbekiston Respublikasi jahondagi eng yirik paxta yetishtiruvchi mamlakatlar (Xitoy, AQSh, Hindiston, Pokistondan keyin beshinchi o‘rinda) jumlasiga kiradi.
Respublikamiz paxtachiligini rivojlantirish borasida qator muhim tadbirlar – sug‘orish inshootlarini qurish, ekin maydonlarini kengaytirish, o‘g‘itlar bilan ta’minlash, mexanizatsiya majmuini joriy etish , dehqonchilik madaniyatini ko‘tarish, ilmiy–tadqiqot muassasala­rida seleksiya va urug‘chilik ishlarini tashkillashtirish kabi chora–tad­birlar bajarilgan va bajarilmoqda.
Paxtachilikni yanada rivojlantirishning muhim tadbirlari qatoriga ishlab chiqarishga yangi, yuqori hosilli, tolasi yaxshi sifatli, erta pishar va zararkunandalarga chidamli, mexanizatsiya vositalarini qo‘llashga mos navlarni joriy etish kiradi. 5. Abdukarimov D.T., Ostonaqulov T.Ye., Lukov M.Q. /2003/
Yaratilayotgan yangi navlarninigmahsldorlik ursatkichlari yuqori bo‘lsa, bunday navlardan yuqori hosildorlikka erishishi shuncha ishonarlidir
Shu yuqoridagilarni hisobga olgan holda, Termiz tumani sharoitida ingichka tolali g’o’za istiqbolli har-xil navlarining mahsuldorlik kursatkichlarini baholash”. Mavzusi bo‘yicha bitiruv malakaviy ishi bajarildi

Yüklə 427 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə