Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti



Yüklə 427 Kb.
səhifə4/28
tarix09.06.2022
ölçüsü427 Kb.
#89205
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
BMI

G.herbaceum bizda boshqa xildagi g‘o‘zalar kelgunga qadar mahalliy «g‘o‘za» deb atalgan. Mahalliy g‘o‘zalar kelib chiqish joyiga va mahalliy sharoitning ta’siri ostida o‘zgaruvchan tolasi­ning sifati (uzun­ligi, ingichkaligi)ga qarab – Farg‘ona, Toshkent, Buxoro va Xiva g‘o‘zasi deb atalar edi. Undan tashqari tolasining rangiga qarab ham nomlangan.. Masalan, sariq tola beruvchi «malla g‘o‘za» va boshqalar.
Turkistonda seleksiya ishlari boshlanishidan oldin qator ertapishar yplandlar shakllanib mavjud bo‘lganligi aniqlangan. Ulardan Toshkent va boshqa yplandlar mahalliy nomlangan navlar to‘g‘risida ay­tilgan: qora chigit (chigiti tuksiz qora), malla chigit (tiviti sarg‘ish rangli), ko‘k chigit (tiviti yashil rangli), oq chigit (tiviti oq rangli) – bularning hammasi kalta tolali yplandlar guruhi hisoblanadi; Shu guruhga Keyinchalik Amerikada paydo bo‘lgan tezpishar va yuqori hosilli navlar qisqa muddatda Turkistonda keng tarqalgan ing guruhli (original king, Mirzasho‘l, yerli king, Simkins va boshq.) va trays (Vegetatsiya davri 122–130 kun); unga yaqin turadigan – triumf, ryossel, aunsboll – tolasi (25–27 mm) va Vegetatsiya davri uzunroq (145–150 kun), keyin ko‘k, novking va boshqalar (150–169 kun). Bu navlar o‘rta tolali yplandlar guruhi bilan bog‘lanishli (allen–long, floradora va boshqalar) holatda bo‘lib, ular nafaqat ko‘p talabchan, ammo kam hosillidir; ulardan keyin Misr navlari (Yannovish, Afifi, Sakillyaridis, Ashmuni) uzunroq tolali, kechpishar, hosildorligi pastroq bo‘lgan navlar turadi.
G‘o‘zaning mahalliy navlari poyasining bo‘yi 110 sm ga yaqin, tukcha­lar bilan qoplangan, shoxlar soni 21 tagacha, ular poyadan 75–800 burchak hosil qilib o‘sadi; bo‘g‘in oralarining uzunligi ostkilarida 10–17 sm va ustkilarida 3–4 sm; barglari 5 parrakli, yumaloqlashgan, katta emas, uzunligi 10 sm, eni 6 sm, guli kichik, sariq, yaproq asosida to‘q qizil dog‘li, ko‘saklari shakli yalpoq, kichik 4–5 chanoqli, uzunligi 2,8 sm, eni 3,1 sm; bir ko‘sakdagi paxtaning vazni sariq g‘o‘zada 2,6 grammdan to 3,1–3,4 g gacha, 1000 ta chigitning vazni mahalliy g‘o‘zalardan katta emas; sariq g‘o‘zada 80–95 g, oq Buxoro g‘o‘zasida 102–112 g gacha.
Chetdan keltirilgan navlarni sinash tufayli joylarda seleksiya ishlariga o‘tish amalga ochib, ilgarigi ko‘rsatkichlarga nisbatan ijobiy o‘zgarishlar ro‘y beradi. 1912 y. dastlabki qadamlar Ye.L.Navroskiy to­monidan Andijon tajriba stansiyasida, undan keyin bu sohadagi muvaffaqiyatlar G.S.Zaysev boshchiligidagi 1913 yilda ishini boshla­gan, Turkiston seleksion stansiyasiga mansub. Bu yerda bajarilgan ish­lardan juda muhim bo‘lgani ertapishar navlar yaratilishidir, bular Turkiston stansiyasining King naviga nisbatan 8 kun erta pishadigan quyidagi nomerlaridir:
I guruh (ertapishar navlar). № 182 (yoki Ak – Djura) tolasining uzunligi 25 mm, tola chiqishi 35 %, bir ko‘sak paxtasining vazni 5 g ga yaqin. Bu navga yaqin bo‘lib № 169 (yoki dehqon navi ) turadi, tolasi 3 mm uzun, ammo tola chiqishi 4 % ga kam.
R.R.Shreder yaratgan (№ 62) navidan, stansiyada № 1306 navi ajratib olindi, bu nav 182 naviga nisbatan ertaroq pishadigan, tolasi uzunroq (2 mm), ammo ko‘sagi kichikroq; bu nav shimoliy mintaqalar uchun ahamiyatli hisoblangan.
Vegetatsiya davri qisqa bo‘lgan hududlarda hosildorligi bo‘yicha yetakshi o‘rinni egallab, birinchi guruh navlari janubga qarab tarqalishi bilan o‘rta ertapisharlarga nisbatan yon beradi.
II guruh (o‘rtapishar navlar). Bu guruhga yo‘q orida ko‘rsatilganlarga nisbatan bir hafta kech pishadigan navlar kiradi; seleksion stansiyaning № 509 tipi–tolasining uzunligi 27 mm, tola chiqimi–35 %, № 509 sifati va hosildorligi bo‘yicha Navroskiy naviga teng.
Shu guruhga № 750, hamda Amerika navlari: King, Trayl va Ideal, ammo Vegetatsiya davri uzun bo‘lgan sharoitda King hosildorligi bo‘yicha № 509 ga yon beradi, Ideal № 590 ga tolasining uzunligi bilan, Trays esa tola chiqishi bilan yon beradi. Halff and Halff ning tola chiqishi baland (41 %), ammo hosildorligi va tola uzunligi bo‘yicha № 509 ga yon beradi. Bu guruhga uzunroq tolali (32–34 mm), ammo tola chiqishi kam (29–30 %) bo‘lgan. Turkiston stansiyasida murakkab chatishtirish natijasida hosil qilingan nomerlar kiradi; masalan, № 1838 C; bu navlar sifati bo‘yicha Amerikalik Wyebbyer, Wyebbyers Expess va Akala navlari bilan, Turkiston stansiyasi sharoitida tezpisharligi va hosildorligi bo‘yicha ustun bo‘lib raqobatlashadi.
№ 1838 navi 1925 yilning ma’lumotlari bo‘yicha ilgari (1914) maqsad qilingan eng yaxshi andoza navlariga nisbatan hosildorlikka putur yetkazmay uzun tolalikka to‘lig‘icha erishildi (Zaysev).
III guruh (kechpishar navlar). Bu guruhga birinchi guruh navlariga nisbatan ikki hafta kech pishadigan navlar kiradi. O‘rta Osiyoda bu navlar o‘ta janubiy hududlar uchun ahamiyatli (Surxondaryo, Buxoro, Qashqadaryoning janubiy hududlari). Bu guruhga Amerika navlari: Kli­vlend, Triumf, «43 foizli» (tola chiqimi yo‘q ori, lekin uzunligi kaltaroq), Durango tola uzunligi 33 mm, Dixiye va boshqa navlarga oid bo‘ladi.
IV guruh (o‘ta kechpishar navlar). Bu guruh navlarining pishishi uch haftaga kechikadi. Shuning uchun bu guruh g‘o‘zalarning O‘rta Osiyo uchun ahamiyati yo‘q .

Yüklə 427 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə