Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti



Yüklə 427 Kb.
səhifə15/28
tarix09.06.2022
ölçüsü427 Kb.
#89205
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28
BMI

Shtapel vazn uzunligi. Modal uzunlikdan yuqori bo‘lgan barcha tolalarning o‘rtacha vazn uzunligi, mm.A.A.Yangiboyev.
Uzilish kuchi. Bitta tolani cho‘zganda uzish uchun sarf bo‘lgan kuchdir. Bu ko‘rsakich gk (grammkuch) yoki sN (santi Nyuton) ko‘rsatkichi bilan o‘lchanadi. Uzilish kuchi o‘rta tolali g‘o‘za navlarida 4,3-4,9 g/k ga, uzun tolalilarda esa 4,6-5,2 g/k ga tengdir.
Chiziqli zichlik.1 km uzunlikdagi tolaning g bilan o‘lchangandagi vazni. Bu ko‘rsatkich m teks bilan ifodalanadi. Tola tiplariga qarab chiziqli zichlik 127-200 ga teng bo‘ladi.
Nisbiy uzilish kuchi. Tolaning nisbiy pishiqligini ko‘rsatadi va uzilish kuchi ko‘rsatkichini (gk, sn) chiziqli zichlik ko‘rsatkichiga bo‘lishdan chiqqan bo‘linmaga teng bo‘ladi. Ko‘rsatkich gk/teks yoki sN/teks bilan ifodalanadi. Nisbiy uzilish kuchi ko‘rsatkichi o‘z vazni ta’sirida uziladigan km hisobida belgilanadigan tola uzunligidan iboratdir. Tola tipiga qarab 37-25 gk/teks, yoki sn/teks ga teng bo‘ladi.N.E.Avliyoqulov,S.M.Boltayev va boshqalar.
Tolaning yetilganligi. Shartli ravishda yetilish koeffitsienti deb ham ataladi. Bu mikroskop ostida tola devorchalarida kletchatka qavatlarining paydo bo‘lish darajasiga qarab aniqlanadi. Maxsus shkala bo‘lib 0-5 gradatsiyaga bo‘lingan. Agar tola 0 koeffitsientida bo‘lsa o‘lik tolani, 5-bo‘lsa o‘ta qalinlashgan, buraluvchanligi bo‘lmagan tolani ko‘rsatadi. Tolaning yetilganligi 1,8-2,5 koeffitsientda yaxshi bo‘ladi.
Tola buraluvchanligi. Tolaning 1 mm qismidagi buralish bilan belgilanadi. Normal rivojlangan tolalarda 1 mm tola 10-12 martagacha buraladi.
Elastikligi. Bu tolaning cho‘ziluvchanlik xususiyati bo‘lib, o‘z navbatida pishiqligi bilan bog‘liq. Ingichka va pishiq tola hamma vaqt elastik bo‘ladi. Ulardan maxsus pishiq texnik gazmollar tayyorlanadi.
Tola chiqishi. Tola massasining chigitli paxta massasiga bo‘lgan foiz hisobidagi nisbatiga aytiladi.
Ekilayotgan g‘o‘za navlarida tola chiqish o‘rta tolali navlarda 32-40 %, uzun tolali navlarda esa 29-34 % bo‘ladi.
To‘qimachilik sanoati tola sifati va uning assortimentiga alohida talablar qo‘yadi. G‘o‘zaning yangi navlarini yaratishda va reestrga kiritilganlarning xususiyatlarini yuqori darajada saqlab turishda ana shu talablarga asoslaniladi. Oripov R., Ostonov S. /2005/
O‘zbekistonda qabul qilingan O‘zRST 633-2006 standarti bo‘yicha paxta tolasi sifatiga quyidagi talablar qo‘yilgan (1-2 jadvallar).
Tola tiplari shartli ravishda VІІ tipga bo‘lingan bo‘lib, dastlabki І a, І b, І,ІІ,ІІІ tipdagi tolalar uzun (ingichka) tolali navlardan olinadi. Tolalar mustahkam bo‘lib, undan alohida qimmat baho buyumlar, nafis va mustahkam gazlamalar, yuqori navli satin, har xil gazlama va to‘qimalar tayyorlanadi.

Yüklə 427 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə