Termiz davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Hissiyotning o‟ziga xosligi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/171
tarix23.12.2023
ölçüsü3,08 Mb.
#157153
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   171
umumiy psixologiya(1)

Hissiyotning o‟ziga xosligi 
Psixologiyada shaxsning hayotiy va tabiat omillariga nisbattan salbiy va 
ijobiy turkumlarga ajratiladi. Ijobiy sifatlar narsa va hodisalarga nisbattan ehtiyoj 
maqsadiga muvofiq ravishda qondirilsa, u holda rohatlanish , quvonch,hislari 
ifodasi yuzaga keladi. Ehtiyojlarni qondirish to‘siqlar, xalaqit beruvchi omillar 
namoyon bo‘lsa, u taqdirda noxush kechinmalari, norozilik hislari tug‘iladi. 
Hissiyotlarning ijobiy va salbiyligi bilan bir qatorda, uning ikkiyoqlamaligi va 
noaniqligidan iborat asosiy hislatlari mavjuddir. Ambivalent hissiyotda rohatlanish 
bilan azoblanish tuyg‘ulari o‘zaro qo‘shilib ketish bilan cheklanibgina qolmasdan, 


28 
balki uyg‘unlashgan, aralashgan holda ularning kechishi muhim xususiyatlaridan 
biri bo‘lib hisoblanadi. Masalan, muhabbat va nafrat.
Shaxsning hissiyot va emotsional tarbiyasida “Baxt”ning mohiyati
Chet el ijtimoiy psixologiyasida baxt muammosi turmushdan qoniqish 
ma‘nosida tadqiqodchilar diqqatini o‘ziga jalb qiladi. Amerikalik psixolo, 
bixeviorizmning asoschilaridan biri Dj. Uotson tomonidan XX asrning boshlarida 
baxt man‘balarini aniqlashga mo‘ljallangan anketa so‘rovnomasi o‘tkazildi. XX 
asrning 40-yillarida Uotsonning safdoshi va izdoshi E.Torendayk turmushdan, 
yashashdan qoniqish omillarini tartibga keltirgan va ularni ―yaxshi turmush 
sharoitlari‖ deb belgilagan. 
Baxt ruhiy va jismoniy salomatlik singari individning muayyan ijtimoiy 
aloqalari ko‘payishi tufayli ko‘lamini kengaytirdi. Ijtimoiy hislarining kamayishi 
va stress (zo‘riqish) vaziyatlarning paydo bo‘lishi sababli depressiya holati 
vujudga keladi.
Oilaviy turmushdagi o‘zaro munosabatlar: turmush yo‘ldoshiga ega bo‘lgan 
ayollar hayotiy vaziyatlarda ko‘pgina stress holatlarini boshidan kechirganligiga 
qaramay, ular depressiya holatiga kamroq beriluvchanligi aniqlandi. CHunki ular 
o‘z muammolarini muhokama qilishda turmush o‘rtog‘i yordamiga tayanadilar, 
o‘zaro fikr almashadilar. Amerikalik psixologlarning fikricha, ishxonadagi 
xodimlar tomonidan insonni quvvatlash o‘ta ta‘sirchandir, rahbarning, oilaning, 
do‘stlaarning qo‘llashi alohida ahamiyat kasb etib depressiyaga etaklovchi 
stressning kamayishiga olib keladi.
Jahon psixologlari ma‘lumotlariga qaraganda, eng xotirjam va eng baxtli 
odamlar Shimoliy Amerikada, Evropada, Avstraliyada yashaydilar. Yevropa 
qit‘asida esa Belgiya, Daniya, Gollandiya, Angliya mamlakatlari xalqlari 
Germaniya, Italiya, Fransiya fuqorolaridan o‘zlarini baxtliroq hisoblaydilar.
Kimni baxtli deb hisoblash mumkin degan savolga javob berishga loyiq 
materiallar mavjud. Odatda ekstravertlar (ichki dunyosi tashqi ifodaga ega 
odamlar) ko‘p vaqtni odamlar bilan muloqotga, yoqtirgan mashg‘ulotga, maroqli 
jismoniy faoliyatga ajratadilar.
Shunday toifadagi kishilar ham borki, ularda doimo depressiv holatga 
moyillik seziladi, ammo boshqa bir xususiyatli odamlar ham mavjudkim, ularga 
amaliy jihatdan uzluksiz ravishda omad kulib boqadi, ishlari hamisha baroridan 
keladi, umuman omadli insonlar, baxtiyor chehralilardir. 
Salomatlik baxtning muhim tarkibiy qismidir. Salomatlik xotirjamlikning 
muhim va ob‘ektiv jabhasi bo‘lib hisoblanadi. Salomatlik insonning baxti bilan 
jips aloqaga ega va u asosiydeterminantlardan biri sanaladi. 
Stress bizni hayotga moslashishimizni ta‘minlab, xayotni to‘g‘ri tasavvur 
qilishimizga yordam berishi, yoki aksincha, o‘zimizning tor qobig‘imizga o‘ralib 
qolib, dunyoni o‘z qarichimiz bilan o‘lchashga odatlantirib, o‘zimizga ishonchni 
susaytirishi mumkin. 
Hissiyot tushunchasiga rus psixologi A.V.Petrovskiy: -―Hissiyot - kishining 
o‘z hayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni bilib olayotganiga yoki nima 
bilan mashg‘ul bo‘layotganiga nisbatan o‘zicha turli xil shaklda bildiradigan kichik 
munosabatdir‖ deb ta‘rif beradi. Taniqli o‘zbek psixologi professor E.G‘oziev esa, 
hissiyotni odamda, tirik mavjudotlar miyasida, ya‘ni shaxslarning ehtiyojlarini


29 
qondiruvchi va unga monelik qiluvchi ob‘ektlarga nisbatan uning munosabatlarini 
aks ettirish ma‘nosida qo‘llaydi. 
Olimlarning hissiyotga bergan ta‘riflardan
hissiyotlar o‘z- o‘zidan yuzaga kelmasligi, tashqi olamdagi narsa va hodisalarning 
ta‘siri bilan bog‘liq ravishda yuzaga kelishi, hissiyot bizning tuyg‘ularimizning
o‘ziga xos aks ettirish jarayonidir degan xulosa yasashimiz mumkin.
Psixologiyada hissiyot bilan birga emotsiya tushunchasi ham keng doirada 
qo‘llaniladi. Aynan emotsiya tushunchasining mazmuni nimadan iborat va 
hissiyot tushunchasi bilan o‘zaro bog‘liqligi qanday degan savol tug‘iladi? 
Shunga muvofiq emotsiya tushunchasining mazmun mohiyatini yoritadigan 
bo‘lsak; professor E.G‘oziyev, emotsiya-odatda tashqi alomatlari yaqqol namoyon 
bo‘ladigan his-tuyg‘ularni, ichki kechinmalarni ifodalanishidan iborat psixik 
jarayonni yuzaga kelishining aniq shaklidir, deb ta‘riflaydi. 
Emotsiya-shaxsning voqelikka o‘z munosabatini his qilishidan kelib 
chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog‘liq bo‘lgan yoqimli yoki 
yoqimsiz kechinmalaridir. Keltirilgan ta‘riflardan ko‘rinadiki, hissiyot tushunchasi 
emotsiyaga nisbatan kengroq tushuncha bo‘lib, shaxsning kundalik hayoti,
turmush tarzidagi barcha jabhalarni qamrab oladi. Hissiyotlar o‘zining yuzaga 
kelishiga ko‘ra ehtiyojlar, qiziqishlar va intilishlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, 
organik ehtiyojlarini qondirishi bilan bog‘liq bo‘lgan hissiyotlar odamda 
rohatlanish, qanoatlanish tuyg‘usini yuzaga keltiradi. Organik hissiyotlarni qondira 
olmaslik ruhni tushirib, kayfiyatni buzib, azoblanish, toqatsizlanish hissiga sabab 
bo‘lishi mumkin. 
Hissiyotlar ham boshqa bilish jarayonlari kabi kishining faoliyati davomida 
namoyon bo‘ladi. Masalan, mehnatsevarlik hissini yuzaga keltirish uchun ma‘lum 
muddat davomida ijtimoiy foydali mehnat bilan shug‘ullanish kerak bo‘lsa, uzoq 
vaqt davomida biror ish faoliyati bilan shug‘ullanmagan kishida dangasalik, 
loqaydlik kabilar shakllanadi. U yoki bu faoliyat davrida yuzaga kelgan hissiyot 
ana shu faoliyatning o‘ziga ta‘sir qilib, uni o‘zgartiradi. Masalan, hohlamasdan 
o‘zini majbur qilib ishlayotgan odam bilan o‘zi hohlab sitqidildan ishlayotgan 
odam ishining unumdorligi o‘rtasida juda katta farq mavjud. Odamning kayfiyati 
yaxshi xursand, ruhi tetik bo‘lganda ishi ham barakali bo‘ladi, aksincha odamning 
dili g‘am, qandaydir tashvishli yoki g‘amgin bo‘lganda qo‘li ishga bormaydi.
Ana shu jihatdan olganda hissiyotning inson hayotidagi roli juda kattadir. Hissiyot 
boshqa bilish jarayonlariga ham ta‘sir qiladi. Masalan, odamning ruhi tetik,
xursand bo‘lgan paytda, idroki juda jonli, diqqati barqaror, esda olib qolishi, 
tuyg‘ularga boy, tafakkuri o‘tkir, nutqi burro bo‘ladi.

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə