Termiz davlat universiteti tarix fakulteti mamlakatlar va mintaqalar yo


Xulosa......................................................................................35-37-bet



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix26.05.2022
ölçüsü0,57 Mb.
#88067
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2 5222068916355866446

Xulosa......................................................................................35-37-bet 
Foydalanilgan adabiyotlar.....................................................38-39-bet 
ILOVA………………………...............................................................40-41-bet



 
Kirish 
Mavzuning dolzarbligi
.Istiqlol sharofati bilan tiklanayotgan qadriyatlar va 
Vatanimiz tarixini xolisona oʼrganish bilan bogʼliq ijobiy jarayonlar milliy 
oʼzligimizni anglash va mustaqilligimizni yanada mustahkamlashga chuqur zamin 
yaratmoqda. Oʼzbekistonning istiqboldagi taraqqiyoti haqida Prezidentimiz 
I.А.Karimov: “Аvvalambor shu yurtda yashayotgan har qaysi inson oʼzligini 
anglashi, qadimiy tariximiz va boy madaniyatimiz, ulugʼ ajdodlarimizning merosini 
chuqurroq oʼzlashtirishi, bugungi tez oʼzgarayotgan hayot voqeligiga ongli qarab, 
mustaqil fikrlashi va diyorimizdagi barcha oʼzgarishlarga daxldorlik tuygʼusi bilan 
yashashi zarur”1, ― deb yozadi. Mamlakatimiz tarixining tarkibiy qismi boʼlgan 
Xiva xonligining 400 yildan ziyodroq vaqt mobaynida mavjud boʼlib turgan davrda 
oʼzbek davlatchiligi boshqaruv tizimi va milliy–madaniy qadriyatlari, anʼanalari 
mujassamlashtirilgan, ayni paytda hududiy jihatdan oʼziga xos jihatlari saqlab 
qolingan. XVI asr boshlarida vujudga kelgan Xiva xonligida siyosiy, ijtimoiy– 
iqtisodiy jarayonlar bilan bir qatorda, sanʼat, adabiyot, meʼmorchilik kabi sohalar 
izchil rivojlandi. “Xorazm va Xiva tarixi,— degandi Prezidentimiz I.А.Karimov,— 
xalqimizning yozuv, ilm-fan, sanʼat, madaniyat va maʼnaviyat sohalaridagi yuksalish 
bosqichlarini oʼzida mujassam etadi”2.
O’rganilganlik darajasi
.Darhaqiqat Xiva xonligida davlatchilik asoslarining 
mustahkamlanishi bilan bir qatorda madaniyat va maʼrifat, meʼmorchilik va sanʼat 
yuksalib bordi. Qoʼli gul ustalar betakror meʼmoriy obidalar tikladilar, mahoratli 
hunarmandlar sopol, yogʼoch, metalldan noyob buyumlar yasadilar, adabiyot va 
sanʼat nomoyondalari yirik tarixiy va badiiy asarlar, musiqa va raqs namunalarini 
ijod qildilar. Natijada Shermuhammad Munis, Muhammadrizo Ogahiy, Muhammad 
Rahimxon Feruz, Muhammad Yusuf Bayoniy kabi Xorazmlik allomalarning hayoti 
va ijodiy faoliyati Xiva xonligi tarixini butun dunyoga koʼz-koʼz qilishga zamin 
yaratdi.“Аyniqsa, Xorazmning shonli tarixi bizda oʼtmish merosimiz bilan haqli 
ravishda faxrlanish tuygʼusini uygʼotadi,― degan edi Prezidentimiz I.А.Karimov. ― 
Chunki Xorazm tarixi oʼzbek davlatchiligi tarixining uzviy qismidir, uning qudrati 
va qadimiyligi timsolidir. Аna shu bebaho meros bugungi avlod zimmasiga buyuk 
ajdodlarimizga munosib voris boʼlishdek ulkan masʼuliyat ham yuklaydi”1. Oʼzbek 
davlatchiligi tarixida Xiva xonligining ham oʼrni bor. Oʼz davlat hujjatlarini oʼzbek 
tilida olib borgan mazkur davlat tarixining siyosiy jihatlarini (aspekti) oʼrganish 
oʼzbek davlatchiligi tarixini yoritishdagi muhim vazifa hisoblanadi. “Madomiki, oʼz 
tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat olgan xalqni yengib boʼlmas ekan,— degandi 
Prezidentimiz I.А.Karimov,— biz tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni 
shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur. Tarix bilan qurollantirish, yana bir bor 
qurollantirish zarur. Xiva xonligi tarixini oʼrganishga birinchi navbatda mahalliy 
tarixchilar jiddiy eʼtibor qaratishgan. 




Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə