Termiz davlat universiteti tarix fakulteti mamlakatlar va mintaqalar yo



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix26.05.2022
ölçüsü0,57 Mb.
#88067
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2 5222068916355866446

1.2
.
Qo'ngʼirotlar 
sulolasining 
qoʼshni 
mamlakatlar 
bilan 
elchilik 
munosabatlari. Qoraqalpoqlar qoʼzgʼolonlari.
Xiva xonligida XIX asrning boshlarida hokimiyatni qo‘lga olgan qo‘ng‘irotlarning 
hukmdorlari qo‘shni mamlakatlar bilan faol elchilik, savdosotiq munosabatlarini olib 
borganlar. Xivaning bu yo‘nalishdagi faoliyati ilmiy adabiyotlarda qisman 
o‘rganilgan bo‘lsa-da, mahalliy tarixchilar tomonidan bitilgan solnomalar 
ma'lumotlari ilmiy muomalaga kamroq jalb etilgan. Xiva davlatining shu davrdagi 
xalqaro munosabatlarini mahalliy tarixchilar asarlari ma'lumotlari asosida olimlardan 
Yu.Bregel'2, Q.Munirov1, A..Sodiqov2, T.Ne'matov3, S.Kamalov4, H.Ziyoev5, 
X.G‘ulomov6 va boshqalar o‘rgangan. XVII–XIX asr va XX asr boshlarida 
Xorazmda yozilgan tarixiy asarlarda Xiva xonligining Buxoro, Qo‘qon xonliklari, 
Rossiya va boshqa mamlakatlar bilan bo‘lgan diplomatik munosabatlari tarixiga doir 
ma'lumotlarni ham ko‘p uchratish mumkin. Abulg‘oziy, Munis, Ogahiy va 
Bayoniyning mazkur tarixiy asarlarida XVII-XVIII asr diplomatik munosabatlar 
tarixiga oid ba'zi ma'lumotlar keltirilsa-da, Xivada qo‘ng‘irot sulolasi hukmronlik 
qilgan davrdan boshlab bo‘lgan tarixiy voqealar, shuningdek, diplomatik 
munosabatlar batafsil bayon etiladi. Xiva va Buxoro xonliklari o‘rtasida davom etib 
kelayotgan diplomatik aloqa 1806 yildan, ya'ni Eltuzarxonning vafotidan so‘ng 
ma'lum vaqt uzilib qolgan edi8. Buxoro xonligi bilan Xiva xonligi o‘rtasida ma'lum 
vaqt to‘xtab qolgan elchilik munosabatlari 1811–1812 yillarda amir Haydar 
o‘g‘lining to‘yi munosabati bilan Xorazmga yuborilgan O‘roqboy Jo‘ra oqosi va 
Avaz Muhammad yasavulboshi yordamida tiklangandi. Buxoroliklar Xorazmga 
kelgan vaqtda Muhammad Rahimxon I janubiy Orol hududiga yurish qilgan bo‘lib, 
Xivada emasdi. Kutlug‘ Murod inoq Yormuhammadbek orqali Buxoro amirining 
nomasini Muhammad Rahimxonga yuboradi9. Bu kelgan elchilarga Hasan Murod 
otaliq va Kandum sardorni qo‘shib, Buxoroga yuboriladi1. Buxorodan bular bilan 
birgalikda Yaqub qo‘rchibegi va Gul yasovul Xivaga elchi bo‘lib keladilar. Xivadan 
esa Berdi inoq elchi bo‘lib, bular bilan birgalikda Buxoroga boradi va u taka 
turkmanlari masalasi buyicha amir bilan suhbat qiladi. So‘ngra u bilan Xivaga 
Musoxo‘ja o‘roq va Muhammad Jo‘ra oqosi elchi bulib keladilar2. 1812 yili Xiva 
xonligiga Erondan Shahzoda Vali, O‘rta Yuz hokimi Omonboy biyning inisi 
Qurbonboy ham Xorazmga elchi bo‘lib kelgan edi. Shu yili Shahzoda Vali huzuriga 
Mashxadga Nodir sardor va Dashti Qipchoqqa, ya'ni O‘rta Yuz qozoqga Ollohberdi 
xo‘ja elchi qilib yuboriladi3. Munis "Firdavs ul-iqbol"da yozishicha, 1813 yili 
''Umarshayx va Amirxonkim... Xuroson bilodining xonlariga elchi qilib yubormish 
erdi... ostonbusliqqa yetib, barcha xonlarning arizadosht va ixlosnomalarin 
yetkurdilar... Rabi' al-avval oyi (15 mart-14 aprel') ning avoyilida Hasan Murod 
otaliq Buxoro elchisi Boymuhammad jarchiboshi bilan... Muhammad Rahimxon
.7. Каримов И.А Ўзбек халқи ҳеч қачон ҳеч кимга қарам бўлмайди // Асарлар. ― 13-жилд. ― Тошкент: Ўзбекистон, 2005. ― 448 б 
. .8. Каримов И.А. Илм–маърифат зиёси ҳеч қачон сўнмайди / Хоразм Маъмун академиясининг 1000 йиллигига бағишланган тантанали 
маросимдаги нутқи // “Маърифат”. – Тошкент, 2006 


12 
mulozimatiga foyiz buldi. Mohi mazkurning avoxirida Berdi inoqni elchiyi 
mazburga qo‘shub, Buxoroga irsol qildi... Mazkur oyning 27sida, yakshanba kuni 
(1813 yil 11 aprel') Berdi inoq amir Haydarning elchisi Podshoxo‘ja sadr bila 
Buxorodin kelib, ostonbuslik. sharafiga ixtisos topdilar. Jumod-il-avval oyining 10 
ida, juma kuni (12 may) Kurdistondin elchilar kelib... tansuqoti muttakosira peshkash 
qilib chikdilar... Buxoro elchisi Podshoxo‘jaga yana Berdi inoqni mashub qilib, 
Buxoroga yubordi. Jumodiy-as-soniy oyining 8 ida, juma kuni (8 iyun') Xuroson 
elchilarin ihsoni podishohona va in'omi bekarona bila bahramand qilib, o‘z yurtlariga 
ruxsat berdi. Badirxon bek va Muhammad Husayn bekni, ... Sattor quli oqo bila 
mazkur bo‘lg‘on elchilarga qo‘shib yubordi. Bu mazmun bilakim: "Agar ellik va 
itoat izhorida sodiq bo‘lsalar, kuz faslida inshoolloh ul tarafga azm etkumizdir. Agar 
el muxolif bo‘lsalar, alar samtiga nahzat qilgumizdur. Agar el bulsalar, Saodat 
Qulixon yang‘liq akobir va mu'tabar kishilardan ko‘p kishi mulozimatga irsol kilib, 
zakot va xirojni kamo haqqahu yuborsinlar. Alar seshanba kuni Xuroson azimati bila, 
yo‘lga tushub ravon bo‘ldilar”1. 1815–1816 yili “Berdi inoq Buxoro elchisi bila 
mulozimatga yetdi. Ul ovonda Xo‘qand viloyatining hokimi Umarxondin Sayyid 
Muhammad hoji elchilikka kelib, ostonbuslik, sharafin topdi”2. 1816 yili Qandum 
sardor Buxoroga elchi kilib yuborildi. Ramazon oyining 10ida, shanba kuni (5 
avgust) Buxoro elchisi Nurmuxammad bek Xivaga keladi3. Sharqshunos Q.Munirov 
xorazmlik tarixnavislar asarlarini tahlil etar ekan, ularni ma'lumotlarida elchilik va 
turli aloqalar bilan uchrashgan hukmdorlar vakillarining suhbat tafsilotlari, 
uchrashuv mavzularini yoritmaganini ta'kidlaydi4. Ko‘p hollarda faqat elchining 
nomi va sanalar keltiriladi, xolos. Xorazm solnomalarida Xivaning O‘rta Osiyo 
xonliklaridan tashqari, Eron va Rossiya bilan bo‘lgan diplomatik munosabatlar 
haqida ham ma'lumotlar keltirilgan. 1233/1817 Zu-l-qa'da oyi (12 sentyabr' – 12 
oktyabr') ning avvalida mulla Abdulnosir mingboshi “Urusdin Xivaga elchi bo‘lib 
kelmish erdi”5; Shuningdek, 1235/18I9 yili muharram oyining g‘urrasida, seshanba 
kuni (7 oktyabr') rus elchisi Nikolay Nikolaevich degan Gurjiston va Tiflis hokimi 
Aleksey Petrovichdan dargohi olampanoh mulozimatiga yetti... juma kechasi rus 
elchisin darbori oliy musharraf qilib... Yaqubboy bila Eshnazar Shotirg‘onni elchilik 
yo‘suni bila anga qo‘shib ruxsat berdi”6. Olloqulixon davrida buyuk davlatlarning 
nazariga tushgan Xiva xonligini bo‘ysundirish uchun diplomatik harakatlar avj oldi. 
1834 yilda Rossiya hukumati topshirig‘i bilan asosan qozoqlar yashaydigan 
Mang‘ishloq yarim orolidagi Qaydak degan joyda Novo-Aleksandrovsk harbiy 
istehkomi қурилди. Рус қўшинларининг Ўрта Осиёга ҳарбий юришларида 
таянч вазифасини бажариши кўзланган ушбу қалъанинг қурилиши Хива 
хонининг кескин норозилигига сабаб бўлди. Бироқ бу ердаги сувнинг 
сифатсизлиги ва табиий шароитнинг оғирлиги туфайли рус солдатлари орасида 
касаллик тарқалди. Шу муносабат билан 1846 йил 12 апрелда Гурьев 
шаҳарчасидан 700 солдат икки кема билан Манғишлоқ ярим оролига келиб
ҳарбий истеҳком қуришга киришадилар. Бу истеҳком битгандан кейин, унга 


13 
Новопетровск номи берилади. Манғишлоқ ярим оролининг Тюқ-қараган деган 
жойда қад кўтарган бу қалъада кемалар тўхташи ва шароити жиҳатидан жуда 
қулай ҳисобланган. Ҳатто у ерда турар–жойлар қуриш режалаштирилганди1. 
1839 йилда Хивага келган 6 нафар инглизлар жосусликда гумон қилиниб, 
Оллоқулихон буйруғи билан қатл қилинди. Орадан сал вақт ўтиб, Оллоқулихон 
Ҳиндистондан келган Буюк Британия элчиси Жеймс Абботни қабул қилди2. 
Элчига хонни Англия томонига оғдириш ва Россияга қарши иттифоқ тузиш 
вазифаси юклатилган эди. Муҳаммад Юсуф Баёнийнинг ёзиб қолдиришича 
элчи хонга қуйидаги мазмундаги мактубни топширди: “Руслар... яна эллик 
йилдан сўнг сизларнинг вилоятларингизни олур. Агар хоҳласангизким, 
вилоятингиз, давом қўлингизда туриб, ҳеч киши анга мутаариз бўлмағай, 
вилоятингизни хатлашиб бизга беринг. Хоразм инглиз юрти бўлди деган сўз 
иштиҳор тобсун, андин сўнг бу хавфдин фориғ бўлурсиз. Бизнинг бу сўзимиз 
ҳошоким нафсоният юзидан бўлмағай, балки маҳз дўстликдурким, ғаразимиз 
Россияга Ҳинд йўлини масдуд этмакдур. Биздан сизга фойда етар, асло зарар 
етмасдур, хатлашғонда хоҳишингизча шартнома ёза беринг, биз қабул 
этармиз”3. Оллоқулихон мактуб мазмунидан оғир изтиробга тушди. Аммо 
кўпни кўрган хон ўз яқин амалдорлари билан масҳатлашгач, элчига шундай 
жавоб қайтарди: “Руслар ҳали бизга қарши юриш бошламадилар. Сиз 
кўрсатган 50 йилда ким бору, ким охиратга кетади — буни ҳеч ким билмайди. 
Эллик yildan keyin nima bo‘lishini aniq bilmasdan turib, biz o‘z mamlakatimizni 
hech kimga bermaymiz. Bizlar o‘tgach, avlodlarimiz, nima qilsalar o‘zlari 
biladilar”1. Olloqulixon 1839-1840 yillardagi Perovskiy fojeasidan keyin ruslar 
bilan munosabatlarni keskinlashtirmaslik uchun turli davrlarda Xiva xonligi 
hududiga bandi qilib keltirilgan va qul sifatida sotilgan rus asirlarini to‘plashni 
buyurdi. Natijada 1840 yil avgustida to‘plangan 416 rus asirlari kornet Aitov 
boshchiligida Orenburgga jo‘natildi2. 1256/1840-1841 yili Rossiyaga ozod etilgan 
rus asirlari bilan birgalikda elchi qilib yuborilgan Otajon Oxun 1257/1841-1842 yili 
qaytib keldi. U bilan Xiva xonligiga Rossiyadan kapitan Nikiforov elchi bo‘lib 
kelgan edi. "Bu yil rajab oyining 3 ida shanba kuni (21 avgust) urus poytaxti 
Peterburg podshoxi imperator bin Nikolay Pavlovichning qo‘shg‘on elchisi... 
Andrich bin Nikifurusi (Nikiforov) ning hamrohligi bila kelib ostonbuslug‘ sharafiga 
musharraf bo‘ldilar. Urus podshohining do‘stlig‘ va yaxshi jihatlik bobida yuborgan 
ahdnomasin, tansuqot va peshkashlarin nazari anvor peshgohidin o‘tkarib, altofi 
podishohona bila bahramand bo‘ldilar...3. Rossiya tashqi ishlar ministrligi 
tomonidan kapitan Nikiforovga berilgan yo‘riqnomada: “Xiva xonini rus qo‘shinlari 
tomonidan Sirdaryoning quyi qismini ishg‘ol qilish masalasida betaraf turishga, 
Sirdaryoning shimolidagi yerlarni va Kaspiy dengizining sharqiy qirg‘og‘ini
.9. Каримов И.А. Инсон, унинг ҳуқуқ ва эркинликлари — олий қадрият. 14-жилд. ― Тошкент: Ўзбекистон, 2006. ― 280 б. 
.10. Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. ― Тошкент: Маънавият, 2008 


14 
Rossiyaga tobe deb e'tirof etishga ko‘ndirish”4 lozimligi ko‘rsatilgandi. "Urus 
elchisikim... iltifoti podshohonadin ko‘rinishi oliyga musharraf bo‘lib, kelturgan 
tuhafoti behjatasar va tansuqoti g‘ayri mukarrarni nazari saodatasar peshgohidin 
o‘tkardi. Ul jumladin bir taxti ravon otlig‘ aroba erdi...”1,― deb yozgandi Ogahiy. 
Elchi Olloqulixon oldiga rus tovarlariga bo‘lgan bojxona to‘lovlari biroz 
kamaytirish, rus asirlaridan bir qismini yurtiga qaytarish kabi talablarni qo‘ydi. 
Xonlik hududida 1841 yil noyabr oyi o‘rtalarigacha bo‘lgan rus harbiy topograflari 
3 ming chaqirim masofadagi yerlarni xaritaga tushirishga ulgurdilar2. Nikiforov 
boshliq missiya o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga erisha olmagandi. Ayniqsa, chegara 
masalasida Xiva xoni Olloquli uning fikriga qo‘shilmagan edi3. 12 noyabrda yurtiga 
qaytayotgan Nikiforov ekspedisiyasi a'zolari bilan birga Vais Niyozboy 
boshchiligidagi 16 kishidan iborat Xiva elchilari jo‘natildi4. 1842 yil 1 avgustda 
yurtiga qaytgan Vays Niyozboy bilan Rossiyadan elchi sifatida yo‘lga chiqqan 
G.I.Danilevskiy boshliq rus diplomatik missiyasi 19 oktyabr' kuni Xivaga yetib 
keldi5. Olloqulixon bu vaqtda Buxoroga safar qilgan bo‘lib, Xivaga 29 oktyabr' kuni 
qaytib keldi. Ertasi kuni biroz betob bo‘lishiga qaramasdan xon rus elchilarini qabul 
qildi. Keyingi muzokaralar esa faqat 10 noyabrda bo‘lib o‘tdi. Oradan 2 hafta 
o‘tgach, Olloqulixon dunyodan o‘tdi. 1842 yil 25 noyabrda taxtga chiqqan yangi xon 
― Rahimquli ruslar bilan muzokaralarni 29 dekabrda tugatdi va 9 moddadan iborat 
shartnomani imzoladi. Ruslar 31 dekabrga qadar xonlikning turli joylarda bo‘lib, 
harbiy maqsadlar uchun ma'lumotlar to‘pladilar. Jumladan, ruslar xonlik hududining 
topografik xaritasi, aholisining etnik tarkibi va joylashishi, gidrografik 
imkoniyatlarini aks ettiradigan 2 jildik ma'lumotlarni yig‘dilar6. Ruslar elchisiga 
javoban Rahimqulixon Rossiyaga Muhammad Amin yuzboshini 1843 yil 14 
yanvarda yuboradi Rossiya bilan bo‘lgan munosabatlarda Rahimqulixon yon berish 
siyosatini yurgizdi va Olloqulixon rad etgan takliflarni qabul qildi. Endilikda Xiva 
xoni ruslarning savdo-sotiq ishlariga yaqindan yordam berishi, savdogarlarni himoya 
qilishi va ulardan mahalliy halq qatori boj olishi, xonlikda doimiy rus agenti 
bo‘lishiga rozilik berishi lozim edi. Ruslar Xiva bojmonlari tomonidan Sirdaryo
sohillarida yashovchi qozoqqirg‘izlardan soliq yig‘ishni man etishni ham talab 
qilgandilar. 1842 yil 27 dekabrda Rahimqulixon chor ma'murlari tomonidan
qo‘yilgan barcha shartlarni tasdiqlashga majbur bo‘ldi1. 1259/1843 yili zu-l-qa'da 
oyining 14 ida chohorshanba kuni (21 dekabr') Rahimqulixon Qo‘qon elchisi 
Qorabosh dodxohga Bobobek va Yaxshimurodbekni elchilik bilan Qo‘qonga 
yuboradi2. Ular 1260/1844 yili jumodil-avval oyining 19 ida, juma kuni (7 may) 
Qo‘qondan qaytib keladilar Rajab oyining 17-da payshanba kuni (1844 yil 3 avgust) 
Buxoroga ketgan elchi Rahmonberdi oxun amir Nasrulloh qo‘shib yuborgan elchisi 
Fathulloh xo‘ja sudur bilan Xivaga keladi. “Sha'bon oyining salxida, juma kuni Eron 
shohi Muhammadshohning elchisi Shahsuvorxonga ruxsat berib, ramazon oyining 6 
sida chahorshanba kuni esa (1844 yil 20 sentyabr') Qo‘qon elchisi Qorabosh 
dodxohga... Yusufbekni elchi qilib Qo‘qonga jo‘natiladi”3. 1261/1845 yili 


15 
Buxorodan kelgan Qo‘chqorbek miroxurga Xivadan Rahmatulloh Qorako‘zni 
qo‘shib Buxoroga elchi qilib yuborilgan edi. Xiva xoni Buxoro amiriga quyidagi 
nomani yuborganini Ogahiy yozadi: “Amir Nasrullohning muddaosi agar musolaha 
qilib borishmoq va kelishmoq bo‘lsa, bizning xohishimiz uldur va agar g‘arazi 
savosh va talosh bo‘lsa muhoraba maydoniga chiqsunkim, biz ham ul amrga 
muhayyo va omodadurmiz. Bu ikki ishning qaysisini ixtiyor qilsa, ul ishga bel 
bog‘lasunkim, ikkisi ham bizning maqsadimizdur. Bu so‘z bila elchilarni Buxoro 
viloyatiga irsol qildi”1. Shuningdek, Ogahiy o‘zining “Jomi' ul-voqioti sultoniy” 
asarida Muhammad Aminxonning Buxoroga “Eshmurod rais bila... Olloberdi so‘fini 
1262/1846 yili rabi' al-avval oyining to‘rtida yakshanba kuni (2 mart), mazkur oyning 
23 ida, shanba kuni (19 mart) esa Bikish xalifani Buxoroga elchilik tariqasida 
yuborgan. “Jumodil avval oyining 13 ida, juma kuni (1846 yil 9 may) ... 
Abdulhalim... Xo‘qand viloyatidan kelgan elchiga saforat tarikasi bila hamroh bo‘lib, 
mazkur viloyatga bormish erdi”2. Shu 1846 yil shavvol oyining 11–ida, 
chahorshanba kuni (3 oktyabr') Shukrilloh og‘a bilan Qilichjonboy Rossiyaga 
yuboriladi. Ular 21 avgust 1847 yili Rossiyadan qaytganlar. 1264/1848 yil 9 
jumodul-avvalda (13 aprel') Muhammad Aminxon Buxoro elchisi Zakariyo xo‘ja 
o‘roqni qabul qilgan. 20 aprelda esa xon Qutbiddinxo‘ja shayx ul-islom va 
Shukrilloh oqani Turkiyaga yuboradi3. 1848 yil 7 mayda Muhammad Amin Qo‘qon 
elchisi Xolmurodbiyni qabul qilgandi. 1264/1848 yili 21 iyun'. Xojash mahram va 
Otaniyoz mahramni elchi qilib Rossiyaga yuborishadi va ular 1266/1850 yil shavval 
oyining 15 ida panjshanba kuni (21 avgust) Xivaga qaytganlar4. Shukrilloh oqa yana 
Rossiyaga 1268/1852 yili rabi'-al-avval oyining 9 ida dushanba kuni (2 yanvar') 
elchilikka yuboriladi5. 23 ramazon oyi 1272/17 may 1856 yili Xorazm karvonlariga 
qo‘shib Fozilxo‘ja shayx-ul-islomni Rossiyaga elchi qilib yuborildi. Bu missiya 1857 
yil 16 mayda Xivaga qaytib kelganini Ogahiy ma'lum qiladi 1274/1858 yil zu-l-hijja 
oyining 18 ida juma kuni (1 iyun') Rosiyadan N.Anichkov, 1275/1858 yil safar 
oyining 2 si (12 sentyabr)da Buxoro amiri Nasrullohning Mirzo Ubayd miroxur 
nomli elchisi Xorazmga keladilar1. 1281/1864 yili Muhammad Rahimxon II davlat 
tepasiga kelgandan 9 kun keyin, bu voqeani bildirish uchun Buxoro amiri Amir 
Muzaffarga Muso mutavalli va Avaz Murodbiyni yuborgan2. Shu yili jumodiy al-
avval oyining ikkisida, yakshanba kuni (4 oktyabr', 1864) Qo‘qonning elchisi kelib, 
rus lashkari tomonidan Turkiston qal'asini olingani haqidagi xabarini yetkazadi va 
xondan yordam so‘raydi3. Ogahiyning ko‘rsatishicha, Qo‘qondan yordam so‘rab 
kelgan elchilar shu yilning rajab oyigacha Xivada turganlar va rajab oyining 9 ida 
Xiva xonidan ruxsat olib, Turkiya tarafiga jo‘naganlar. Xiva xonligi hududidan 
chiqarib qo‘yish uchun bir qancha lashkar ularga hamroh qilib berilgan. Yo‘l harajati 
uchun mablag‘ ham ajratilganini Q.Munirov ham ta'kidlaydi4. 1281/1864 jumodiy
.11. Каримов И.А. Хоразм — муқаддас замин / Тўпловчи ― К.Нуржонов. ― Хива: Хоразм, 1998. – 61 б. 
.12. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг “Ўзбекистон Республикаси Фанлар академияси Тарих институти фаолиятини 
такомиллаштириш тўғрисида”ги Қарори // Халқ сўзи. 1998, 


16 
as-soniy oyining 21 ida, yakshanba kuni (22 noyabr') Buxorodan Shohxo‘ja sudur 
Xivaga kelgan. Bunga javoban Buxoro elchisi bilan qiyot Bobobiy amirlikka 
yuboriladi. U 1865 22 aprel' u yangi elchi Yahyoxo‘ja sudur bilan Xivaga qaytgan5. 
Ogahiy, 1282/1865–1866 yilgi vokealar jarayonini bayon qilishda Qo‘qonga elchi 
bo‘lib ketgan Do‘st Niyoz mahram va uning boshiga tushgan voqealarni bayon qilib, 
uni 1282 yili safar oyining 28 sida, shanba kuni Xivaga kelganini bayon qiladi. 
Buxoroga elchi qilib yuborilgan yana bir elchi Avaz Niyoz mahram 7 oy Buxoroda 
turib qoladi. Buning sababi elchi Buxoroga yetib borganda Amir Muzaffar 
Samarqandda edi2. Amir qaytgach, Xiva elchisiga yurtiga qaytishga ruxsat beriladi 
va 1283/1866 yilning rabi' as-soniy oyining o‘n ikkisida, payshanba kuni (25 avgust) 
Buxoro elchisi Sultonxojai o‘roq bilan Xorazmga keladi. 1283/1866 yilning rajab 
oyida Buxoro elchisi Sultonxo‘ja o‘roqqa Buxoroga qaytishga ruxsat beriladi va unga 
Fozilxo‘ja shayx ul-islom qo‘shib yuboriladi. U 1283/1867 yili zu-l-qa'da oyining 19 
ida (26 mart) Xivaga qaytib keldi3. Shundan so‘ng, 1284-1889/1867-1872 yillar 
davomida Buxorodan Yahyoxo‘ja sudur, Sa'dullohxo‘ja, Ibodullohxo‘ja o‘roq, 
Avliyoxo‘ja sudur, Xivadan esa Buxoroga Bobobiy, Muso mutavalli, Bobo inoq, 
Rahmatilloh qorako‘z, Muhammad Niyoz devonbegi, Qutluq Muhammad dorug‘a, 
Murtazo biy, Qubodxonxo‘ja va boshqalar elchi bo‘lib borib keladilar4. Yuqorida 
keltirilgan ma'lumotlardan ko‘rinib turibdiki, Xorazmda Abulg‘oziy, Munis, Ogahiy 
va Bayoniy tomonidan yozilgan tarixiy asarlarda, qaysi yili va qaysi kuni, kimlar 
Buxoro, Qo‘qon xonliklaridan yoki Rossiya davlatidan va Xuroson viloyatidan elchi 
tariqasida kelganliklari va ularga kimlarni qo‘shib elchi tariqasida u mamlakatlarga 
yuborganligi batafsil yozib qoldirilgan. Diplomatik munosabatlar bilan bir qatorda 
savdo–sotiq aloqalari ham kengayib bordi. Xususan, Rossiyadan Xivaga 
keltirilayotgan mollar orasida temir, po‘lat, mis, alyuminiy kabi metallar va ulardan 
yasalgan turli uskunalar asosiy o‘rinni egallagan. O‘z navbatida xonlikdan oz 
bo‘lsa–da, paxta, jun, gilam, quritilgan meva va boshqa mahsulotlar jo‘natilgan.
XIX asr o‘rtalariga kelib O‘rta Osiyodan Rossiya bozorlariga har yili 4 mln. so‘mlik 
mahsulotlar chiqarilgan va 3 mln. so‘mlik mahsulotlar xonlik bozorlariga keltirilgan. 
Nijniy Novgorod, Kazan', Astraxan va Orenburg shaharlari Xiva, Buxoro, Qo‘qon 
savdogarlari uchun juda serqatnov bo‘lib qoldi1. Xiva xonligining o‘rganilayotgan 
davrda qoraqalpoqlar bilan olib borilgan munosabatlarini yoritish ham juda muhim 
ahamiyatga ega. Ba'zi ma'lumotlarga qaraganda, 1742 yilda Peterburgdan 
qoraqalpoq "sultoniga" qoraqalpoqlarni rus fuqaroligiga qabul qilish haqida yorliq 
yuborildi. Ommaviy qasamyod qilindi. Lekin bu gal ruslarning harakatlari 
muvaffaqiyat qozonmadi. Qoraqalpoqlar 1750 yilda jung‘orlar tomonidan tazyiq 
ko‘rib, janubiy–g‘arb tomonga, Xiva xonligi chegaralari yaqiniga chekina 
boshlaydilar. Sirdaryo bo‘ylaridagi qariyb 6 ming oila qoraqalpoqdan o‘n yil 
davomida bironta ham qolmadi. Ularning Sirdaryo bo‘ylaridagi manzillarini 
qozoqlar egallashdi. Qoraqalpoqlarning bir qancha oilalari Buxoro xonligi


17 
hududiga, Zarafshon daryosi vodiysiga o‘tishdi. Ularning asosiy qismi g‘arbga ― 
Amudaryoning sharqiy qismidagi Yangidaryo tomon ko‘chdi. Bu hudud XVIII–XIX 
asrlarda Qoraqalpoq yerlari deb atalgan. 1846 yilda Sayyid Muhammadxon 
hukmronligi boshlanishidan oldin qoraqalpoqlar Qo‘ng‘irotni markaz etib mustaqil 
xonlik tashkil etgan va uning taxtiga Zarliqxon degan qozoq to‘rasini ko‘targan 
edilar2. Bu vaqtda turkmanlar isyonini bostirgan xon Qo‘ng‘irot xonligini tugatish 
choralarini ko‘ra boshladi. Biylarning sotqinligi natijasida Zarliqxonni Xivaga asir 
sifatida jo‘natdilar va uni dorga tortdilar. Qo‘ng‘irotdagi qoldauli urug‘idan chiqqan 
Ernazar Olako‘z (1806–1856) xalqning og‘irlashib borayotgan ahvolini ko‘rib, ularni 
1855 yilning noyabrida Xiva xoniga qarshi kurashga da'vat etadi2. Bundan xabar 
topgan xon Ernazarni Xivaga chaqirtiradi va kelgandan keyin dorga osishga 
buyuradi. Ammo Ernazar qochib yurtiga kelgach, qozoq va qoraqalpoqlarni 
boshqarib turgan 60 nafar biylarni to‘playdi. Yernazar Olako‘z atrofiga barcha 
o‘zbek, turkman, qoraqalpoq, qozoqlar urug‘–qabilalari birlasha boshladilar. 
To‘planganlarga mang‘it Sayipnazarbiy, qipchoq Aliushi Qutliboev, muyten 
Qutlimurot, keneges Ernazar Qobil o‘g‘li boshchilik qilardi. Xiva xoni qo‘shinlari 
qoraqalpoqlarning lashkarlariga Xo‘jayli yonida bo‘lgan jangda qattiq zarba 
beradilar. Bola Ernazar bilan Soyipnazarning xon tarafga o‘tib ketishi natijasida 
qo‘zg‘olonchilar chekinishga majbur bo‘ladi. Natijada Ernazar Olako‘z o‘z qo‘l 
ostidagi 700 ta xo‘jaliqdagi odamlar bilan ketib, Qozoqdaryoning Orol dengiziga 
quyadigan joyidagi baland tepa ustida atrofi xandaq bilan o‘ralgan istehkom 
qurdiradi. Ernazar madad so‘rab, chor Rossiyasining Sirdaryo chegarasidagi qo‘shin 
qo‘mondoni Ilekey Sulton va Ermuhammad Qosimovlarga xat bilan murojaat 
qiladi3. 1856 yil 8 iyunda Mahmud Niyoz yasovulboshi istehkomni katta kuch bilan 
qurshab oladi4. Shu o‘rtada qotillar yordamida qo‘zg‘olon yetakchisini o‘ldirish 
fikri paydo bo‘ladi. Jeleke Cho‘nqi degan bir odamga biylik lavozimi va'da qilinadi 
va u yashirin holda qo‘rg‘onga kirib, Ernazarni 1856 yil 12 iyun' kuni otadi5. Yarador 
bo‘lgan botir o‘tovga kirib, shu yerda jon beradi. Xiva qo‘shinlari qo‘rg‘onga bostirib 
kirgach, Ernazarning og‘asi Iskandar va katta o‘g‘li Xo‘ja Xivada dorga osiladi. 
Sotqinlarga esa lavozimlar va sovg‘a– salomlar ulashiladi. Xiva xoni zulmiga qarshi 
qoraqalpoqlar 8 oy davomida ko‘rsatgan qarshilikga barham berib, eski tartib qayta 
tiklanadi1. 1856 yil iyulida Ko‘hna Urganch va Ismamut ota ziyoratgohi yaqinida 
yashayotgan yovmutlar, Chimboydagi jamshid urug‘i vakillarining xon hukumatiga 
qarshi qo‘zg‘olonlari avj olib ketdi. Yovmutlar harakatiga Otamurodxon, 
jamshidlarga esa ― Mahtumqulibek boshchilik qilardi. Xon qo‘zg‘olonchilar ustiga 
katta qo‘shin yuborish bilan bir qatorda isyonchilar yerlariga suv bermaslik uchun 
arna va katta ariqlar ― yoplarning soqalari ko‘mib tashlandi. Ammo ushbu 
zo‘ravonliklar aholining norozilik kayfiyatini pasaytira olmadi. 1858 yili
.13 Абд ал-Кадир ибн Мухаммад-Амин. Маджма’ ал-ансаб ва-л-ашджар. Введение, перевод с арабского-персидского и тюркского, текст, 
факсимиле автографа, комментарии и указатели Ш.Х.Вохидова, А.М.Муминова, Б.Аминова. ― Алматы: Дайк-Пресс. 2005 


18 
Muhammad Panoh ismli arbob boshchiligida Qo‘ng‘irotda xalq qo‘zg‘oloni 
boshlandi. Muarrih Ogahiyning ma'lumotlariga qaraganda2 Muhammad Panoh 
o‘zbeklarning balg‘ali urug‘idan chiqqan Olloberdibekning o‘g‘li bo‘lib, Xiva 
yaqinidagi Kattabog‘ qishlog‘ida yashardi. Uning tog‘asi ― To‘ramurod so‘fi 1810 
yilda Xiva xoni qo‘shinlariga qarshi urushda halok bo‘lgandi. Taqdirning taqozosi 
bilan yer–suvidan ajralgan Muhammad Panoh Qo‘ng‘irotga ketib, u yerning hokimi 
Qutlug‘murodni o‘ldirdi va o‘zini hokim deb e'lon qildi3. 1859 yil martda
Muhammad Panoh yordam so‘rab, Orenburg gubernatoriga murojaat qiladi4. 
Natijada Orol dengizi va Amudaryo del'tasini o‘rganayotgan kapitan A.I.Butakovga
qo‘ng‘irotliklarga madad berish vazifasi topshiriladi. “Perovsk” kemasi va 2 ta 
barjada kelgan rus askarlari iyun oyida Qo‘ng‘irotni qamal qilib turgan xivaliklarning 
10 ming kishilik qo‘shiniga zarba beradi. Ammo Muhammad Panohga bu kamlik 
qilgandek, ruslardan butun Xiva xonligini bo‘ysundirib berishni talab qiladi1. O‘z 
hukumatidan bunday ko‘rsatma olmaganligini aytgan ruslar Qo‘ng‘irotni tark 
etadilar. Keyingi bosqichda Muhammad Panoh o‘zidan norozi bo‘lgan mulkdor 
biylarning mol–mulkini tortib oldi, oqsoqollarni o‘ldirib, qizlarini yovmutlarga 
berdi2. Mahalliy aholining madadidan ajralib qolgan va yovmutlarning cheksiz 
zo‘ravonligiga imkon yaratib bergan qo‘zg‘olon boshlig‘iga qarshi suiqasd 
uyushtiriladi va u 1859 yil avgustida o‘ldiriladi3. Qo‘zg‘olon ayovsizlik bilan 
bostirilganligiga qaramay Sayyid Muhammadxon qoraqalpoqlar yerlarini boshqarish 
tizimini isloh qilishga va ularning qisman erkinligini tan olishga majbur bo‘lgandi. 
Ilgari biylar tomonidan boshqarilgan qoraqalpoq elatlari endi ulardan yuqoriroq 
lavozimlar hisoblangan ― otaliq (Ernazar bola, Soribiy, Orazbiy, Momutbiy), 
beglarbegi (Soyipnazarbiy) va og‘a biyga (Erejep qipchoq) bo‘ysundirildi. Og‘abiy
deyarlik yarim xon mavqeiga ega bo‘lib, uning ruxsatisiz biron bir amaldorning Xiva 
xoniga murojaat qilishga huquqi yo‘q edi. O‘ng qirg‘oq qoraqalpoqlar yerlarida 
ushbu boshqaruv tartibi 1873 yilgacha, so‘l qirg‘oq hududlarda esa ― 1919 yilgacha 
saqlanib qoldi4. Qoraqalpoqlar qo‘zg‘oloni bostirilganidan so‘ng, Xiva xonligi 
Qoraqalpoq yerlaridagi hokimiyatni mustahkamlashga kirishdi.Qo‘ng‘irot bekligida 
bo‘lib o‘tgan qo‘zg‘olon tarixini o‘rganishga keyingi yillarda ham katta e'tibor 
qaratildi. Jumladan, bu haqda akademik S.Kamalov5, dosent S.Saymanov1 kabi 
qoraqalpoq tarixchilari olib borgan tadqiqotlari xalq harakatining ob'ektiv va 
sub'ektiv sabablarini holisona tahlil qilish hamda yangi xulosalar chiqarishga imkon 
berdi. Shu bilan bir qatorda, keksa avlod tarixchilari asarlarida biroz qarama–qarshi 
fikrlar ham uchraydi. Xususan, professor O.Sodiqov Muhammad Panohning 
ruslardan madad olish uchun Orenburg gubernatori Katelinga murojaat qilgani2 va 
akademik M.Yo‘ldoshev qo‘zg‘olon boshlig‘i 1857 yilda rus polkovnigi N.I.Ignat'ev 
bilan uchrashgan vaqtida barcha qo‘zg‘olonchilarni rus fuqarosi deb qarashni 
so‘raganligi haqida yozadilar3. Ammo ushbu taxminlar biroz shubhaliroq tuyuladi.


19 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə