Termiz davlat universiteti tarix fakulteti mamlakatlar va mintaqalar yo


II–BOB. XX АSR BOShLАRIDА XIVА XONLIGINING IJTIMOIY–



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix26.05.2022
ölçüsü0,57 Mb.
#88067
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2 5222068916355866446

II–BOB. XX АSR BOShLАRIDА XIVА XONLIGINING IJTIMOIY–
IQTISODIY VА SIYOSIY HАYOTI 
2.1. Xiva xonligida iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar va ularning natijalari 
Xiva xonligining ijtimoiy–iqtisodiy va siyosiy hayotida muhim o‘rin egallagan 
xalqlar orasida o‘zbeklar, turkmanlar, qozoq, qoraqalpoq, rus, tatar, boshqird, eroniy 
urug‘–qabilalariga mansub aholi bor. Ularning milliy tarkibi va soni haqidagi 
ma'lumotlar bir–biriga mos kelmas, ba'zi vaqtlarda strategik maqsadlarda yashirib 
ham turilardi. Xivaga kelgan rus ofiserlari xotiralarida keltirilgan aholi soni haqidagi 
ma'lumotlar diqqatga sazovordir. Xususan, 1819 yilda N.N.Murav'ev xonlik aholisi
300 ming kishi1, 1842 yilda polkovnik Danilevskiy — 294 ming kishi2, 1843 yilda 
savdogar M.N.Ivanin —ko‘chmanchilar bilan birga 650 ming kishi3, 1861 yilda 
sharqshunos V.V.Grigor'ev—300 mingdan oshmaydi va 1873 yilda polkovnik 
L.F.Kostenko — xonlikdagi xonadonlar soni 140 ming va aholi 700 ming kishi, 
agarda bunga qullar ham qo‘shilsa, 800 mingdan oshiq4 deb yozgandilar. Rossiya
maorif ministrligining “Narodnoe prosveshenie” jurnalining 1873 yil 13 noyabrdagi 
sonida e'lon qilingan V.Vasil'evning maqolasida “Xiva xonligining aholisi 300 ming 
kishi va ular 60 ming xonadonda yashaydi. Xonlik tasarrufidagi qozoq va 
qoraqalpoqlar 160 ming kishidan iborat bo‘lib, ular 32 ming o‘tovda turadilar”5 deb 
ko‘rsatilgandi. Yuqoridagi ma'lumotlarning aksariyati taxminan ekanligi va 
xonlikda aniq hisob–kitob ishlari yuritilmaganligi yaqqol ko‘rinib turibdi Rus 
ma'muriyati 1897 yilda imperiyadagi aholini ro‘yxatga olish ishlarini amalga 
oshirdi. Shu jumladan, Turkiston o‘lkasi bilan bir qatorda Buxoro amirligi va Xiva 
xonligida yashayotgan fuqarolar sonini aniqlashga harakat qilindi. Natijada Xiva 
xonligida 519439 kishi yashaganligi va ularning 488924 nafari (94,1 %) o‘troq 
30515 nafari (5,9 %) ko‘chmanchilik bilan kun kechiriyotganligi ma'lum bo‘ldi1.
1910 yilda 4 marta, to‘ldirilgan holda qayta nashr qilingan F.Pavlenkovning 
“Ensiklopediya”sida Xiva xonligining aholisi 800 ming kishi atrofida deb 
ko‘rsatilgan2. Ammo harbiy–statistik nuqtai nazardan xonlikni o‘rgangan polkovnik 
V.Labochevskiy aholi soni 600 ming kishini tashkil etishini yozadi3. Milliy tarkibi 
jihatidan xonlik aholisining 60 foizi o‘zbeklar, 25 foizi turkmanlar, 15 foizi qozoq, 
qoraqalpoq, ruslar, tatarlar, arablar, forslar va boshqa xalqlar vakillaridan iborat 
edi4. Xiva xonligining XX asr boshlarida egallab turgan maydoni va xo‘jalik hayoti 
haqidagi ma'lumotlarni ham faqatgina yuqorida tilga olingan F.Pavlenkovning 
qomusida o‘qish mumkin5. “Xiva Rossiyaga qaram xonlik hisoblanadi,―deyiladi 
unda. ―U shimolda Orol dengizi, sharqda Amudaryo bilan chegaradosh. Maydoni 
54 ming kvadrat km bo‘lib, uning 3/4 qismi ekin unmaydigan qum barxanlaridan, 
Amudaryoning so‘l qirg‘og‘idagi qolgan qismi esa ― hosildor va gullab turgan
14 Абулғози Баҳодирхон ибн Арабмуҳаммадхон. Шажарайи тарокима. // Қўлёзма. ЎзР. ФАШИ. № 1552/VI, 9985 


20 
vohadan iborat. Yuqoridagi ma'lumotlarning ayrimlari aniq bo‘lmasa–da,
qomusnitayyorlagan rus olimlarining Xiva xonligi haqida tasavvurlari anchagina 
keng bo‘lganligi yaqqol ko‘rinib turibdi. Xiva xonligining maydoni 569910 
desyatinani (1 desyatina 1,09 gektarga teng) tashkil etib, ekin ekilib turgan yerlar — 
324 000 desyatina edi6. Yerlarning 86 ming tanobi (1 gektar 2,5 tanob), ya'ni 34400 
gektari xon va uning qarindosh-urug‘lariga qarashli bo‘lib, davlat yeri deb 
hisoblanardi1. Ekin maydonlarining 661333 tanobini mulk deb nomlangan yerlar 
tashkil etar va unga xon amaldorlari, o‘rta va kambag‘al dehqonlarga qarashli yerlar 
kirardi2. Mulk yerlari “atoi mulk” va “yorliqli mulk” deb yuritilar3 hamda ular 
Bog‘ot, Kat, Shovot, G‘azovot, Qo‘shko‘pir, Pitnak, Qo‘ng‘irot bekliklarida 
yerlarning asosiy qismini tashkil etardi. XX asr boshida Xiva xonligida 120 madrasa, 
73 qabriston, 71 muqaddas joylar va boshqa o‘nlagan diniy muassasalarga tegishli 
vaqf yerlari mavjud edi va ular “vaqfi hayri” deb atalgan. Xonlikdagi eng katta vaqf 
yerlari qatorida Muhammad Rahimxon madrasasiga tegishli 33325 tanob yer bor 
edi4. Yana bir — “vaqfi avlodi” deb nomlangan yerlar sayyidlar, xo‘jalar, a'zamlar, 
eshonlar, pirlar, mutavallilar, so‘filar kabi din vakillariga meros sifatida ajratilgandi.
XX asr boshlarida Xiva xonligida yana turkmanlarning xon istibdodiga qarshi
g‘alayonlari avj oldi. 1902 yilda Safar Ali ismli yovmutning soliq to‘lamaganligi 
ta'sirida yovmutlar yo‘lto‘sarlik harakatlarini boshlab yubordilar. Natijada xon 
Sayyid Abdulla to‘raga taxtni boshqarishni topshirib, o‘zi o‘zbek va chovdur 
turkmanlaridan to‘plangan lashkarlarga bosh bo‘lib, Toshhovuzga borib 14 kun 
turdi. Xonning topshirig‘i bilan oldinroq Taxta tumanidagi yovmutlar ustiga 
yuborilgan Nurjon Botir isyonchi Safar Alining kallasini kesib keldi. Shundan so‘ng, 
Taxtaga yuborilgan shahzoda Asfandiyorxon va Naqibxo‘ja ismli amaldor 
yovmutlardan soliq yig‘ib oldi hamda ularning arzlarini tingladi. 1903 yilda 
shahzoda Asfandiyorxon Mahmud Vafo karvonboshi va Said Islomxo‘ja 
hamrohligida Peterburgga safar qildi. Shu yili Muhammad Rahimxonning inisi 
Otajon to‘ra dunyodan o‘tdi. U Kamron tahallusi bilan she'rlar yozib turardi. Otajon 
to‘radan Muhammad Amin, Sayyid G‘oziy to‘ra va Sayyid Asad to‘ra ismli o‘g‘illar 
yodgor bo‘lib qoldi. 1907 yilda xonning kichik ukalari Ollayor to‘ra 47 yoshida,
1909 yilda To‘ramurod to‘ra 54 yoshida vafot qildilar. 1908 yilda Muhammad 
Rahimxon payg‘ambar yoshiga to‘lgani sababli, elga katta to‘y berdi. Oradan ikki 
yil o‘tib, 1910 yil 16 avgustda xon 66 yoshida dunyodan o‘tdi1. Uning jasadi Sayyid
Muhammad Mohiro‘yi Jahon maqbarasiga dafn qilindi. Taxtda 47 yil 15 kun 
o‘tirgan Muhammad Rahim Bahodirxon shubhasiz Xiva xonligi tarixida o‘chmas iz 
qoldirgan davlat arboblaridan biri edi. Muhammad Rahimxon o‘zining uzoq yillar 
davomidagi xonlik davrida juda ko‘p voqealarning guvohi bo‘ldi. “Ma'lum 
bo‘lsinkim, xon hazratlari bag‘oyat mushfiq–fuqaro va bag‘oyat xayrdo‘st kishi 
erdilar”2,— deb yozgandi Bayoniy. Uning davrida Xiva xonligi chor Rossiyasiga 
qaram davlatga aylandi. Xonlikning katta hududi tortib olindi va fuqarolari 
zimmasiga og‘ir majburiyatlar yuklandi. Xonning qobiliyati va amalga oshirgan 


21 
siyosati natijasida iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotda sezilarli darajada ijobiy 
siljishlar bo‘ldi. 1903 yilda aka–uka Kraftlar Yangi Urganchda bank idorasini 
ochdilar. Keyinchalik ushbu bankning filiallari Xonqa, Mang‘it va Gurlanda tashkil 
etildi. 1910 yilda Kraftlar oilasi Urganchdagi yog‘ zavodini sotib olib, uni AQSh, 
Germaniya, Angliyadan keltirilgan asbob–uskunlar bilan qayta jihozladilar3. 1905 
yilda viloyatdagi paxta zavodlarida 103 ta uskuna ishlab turardi. Keyingi 2 yil 
oralig‘ida “Poznanskiy va sheriklar” manufaktura agentlari Yangi Urganch, 
Toshhovuz, Mang‘it, Xiva, Xonqa, Gurlanda paxta tozalash zavodlari qurdilar. 
Xorazmda “Shlossberg va og‘a-inilar” degan ishbilarmonlarning zavodi ishlay 
boshladi. Yusufboy Hayitboev, aka-uka Matvafo va Matsapo Baqqolovlar, Rizaev, 
Madiyorov, Boboniyozboy, Matniyozboy kabi mahalliy puldorlar ham paxta 
tozalash zavodlari qurdilar. 1904 yilda Pitnak qal'asi yaqinida Boboniyozboy, 
Egamberdi noib va Mergan hojilar sherikchiligida ikki jiqli paxta tozalash zavodi 
ishga tushirildi. Zavod yonida bug‘ bilan ishlaydigan un tortish tegirmoni ham 
qurildi. Oradan biroz vaqt o‘tgach, Mulla Matyozboy ismli pitnaklik boy uch jiqli 
yana bir paxta tozalash zavodini ishga tushirdi. Zavoddagi 15 ot kuchiga teng 
dvigatel' yordamida kuniga 100–120 kg. paxta tozalanib, 45–50 kg. tola 
olinardi.1912–1918 yillarda Matyozboyning zavodidagi ishlarga Andrey ismli rus 
ishchisi boshchilik qilgan1. Xiva xonligida 36 ta paxta tozalash zavodlaridan 
tashqari, 11 ta g‘isht, 8 ta beda urug‘i tozalash, 4 ta charm ishlash, 4 ta yog‘-sovun 
zavodlari ham bo‘lgan. Paxta tozalash zavodlarida kerosin yoqilg‘isi yordamida 
harakatlanuvchi dvigatellar o‘rnatilgan bo‘lib, ularning quvvati 15–45 ot kuchidan 
oshmasdi. Faqat bir necha yirik paxta tozalash zavodlarni elektr yordamida yoritish 
maqsadida kichik dinamli stansiyalar o‘rnatilgan edi. Zavod va fabrikalarda yollanib 
ishlayotgan mehnatkashlarning ahvoli ham ayanchli edi. Ular kuniga 10–12 soat 
shlar va juda oz miqdorda xaq olardilar. Qishloq xo‘jaligi sohalarini rivojlantirish 
ishlariga ham e'tibor ortdi. Dehqonlarning mehnati sanoat ishchilariniki kabi juda 
og‘ir bo‘lib, asosiy ishlarni qo‘l kuchi, ho‘kiz, ot, eshak va tuyalar yordamida 
bajarardilar. 1909 yilgi ma'lumotlarga qaraganda, xonlikdagi jami ekin maydonlari 
— 226983 desyatinani tashkil qilgan bo‘lib, shundan bug‘doy ekiladigan maydonlar 
— 53579 desyatina (24,3 %), tariq ― 8470 desyatina (10,6%), jo‘xori ― 31884 
desyatina (14,3%), mosh ― 5526 desyatina (2,8%), qovun ― 13099 desyatina 
(5,9%), arpa ― 5959 desyatina (2,9%), beda ― 35277 desyatina (15,9%), paxta ― 
34775 desyatina (15,8%) va boshqa ekinlar 9081 desyatina maydonlarni (3,9%) 
egallagan1. Xorazm dehqonlari azaldan don ekinlari qatorida bug‘doy, arpa, 
ayniqsa, oq jo‘hori ekishga ko‘proq e'tibor beradilar. Shu bilan bir qatorda sabzavot 
va poliz ekinlari, chorva uchun o‘t, yem– xashaklarni ko‘proq yetishtirishga harakat 
qilardilar. Paxta xom–ashyosining bahosi bug‘doy va boshqa turdagi don
.15. Абулғози Баҳодирхон. Шажарайи турк. — Тошкент: Чўлпон, 1992 


22 
mahsulotlariga qaraganda deyarlik 2 marta yuqori bo‘lsa–da, xonlikdagi barcha 
sug‘oriladigan yer maydonlarining faqat 16,3 foizini paxta egallab turardi, xolos. 
Ayrim tadqiqotchilarning arxiv hujjatlariga tayangan holda ko‘rsatishicha, 1900–
1916 yillar orasida Xiva xonligida paxta yetishtirish 21 marta o‘sgan. 1916 yilda 
xonlikda 60 ming tanob yerga paxta ekilgan bo‘lib, undan 86400 pud paxta xom–
ashyosi olingan va hosildorlik 11 sentnerni tashkil qilgan2. 1887-1896 yillarda har 
yili xonlikdan 178 ming pud paxta chiqarilgan bo‘lsa, 1906-1916 yillarda o‘rtacha 
767 ming pudga yetgan. 1904 yilda Rossiyaga sotilgan paxtadan xivaliklar 4 mln. 
so‘m daromad qilgandilar3. Mahalliy boylar orasida Yu.Salimjonov, D.J.Nurov, 
J.Ibrohimov, A.Allaberganov, E.Do‘schanov, V.Botirov, K.Yusupov, X.Avazjanov, 
Matvafo va Matsafo Baqqolovlar, Atabaev, Madiyorov, Rizaev kabilar bo‘lgandi. 
Ular Rossiyaga paxta xom–ashyosidan tashqari, beda urug‘i, qorako‘l teri, chit, 
ipak, ko‘rpalar, paxtadan va ipakdan bo‘lgan choponlar, qovun, qoq mevalar hamda 
ko‘plab boshqa mollarni ham chiqarib turganlar. Xonlikdagi savdo, tovar-pul 
munosabatlari kengayishida bank–kredit tarmoqlarining o‘rni mustahkamlana 
boshladi. 1909 yilda Yangi Urganchda “Rus-xitoy banki” bo‘limi, 1910 yilda “Rus-
Osiyo banki” filiali, 1915 yilda Sibir' va Moskva savdo banklari agentlari ishlay 
boshladilar. Banklar paxta xom-ashyosi va boshqa tayyor mahsulotlar sotib olish 
uchun mablag‘larini ayamasdan sarflardilar. Ba'zida banklar paxta va boshqa 
xomashyoni olish uchun kredit pullarni to‘lab qo‘yar, raqobatchilarni sindirishning 
yangi usullarini tinmay joriy etardilar. Xonlikdagi yirik banklarning xizmatidan 
Asfandiyorxon va uning yirik amaldorlari, moliyaviy jihatdan kuchli zavod egalari 
va savdogarlar keng foydalanib turishardi. XX asr boshlarida Xiva xonligidagi 
barcha qurilish va bunyodkorlik ishlariga Bosh vazir Islomxo‘ja boshchilik qildi. 
Katta bilim, tajriba va davlatni boshqarish qobiliyatiga ega bo‘lgan bosh vazir Xiva 
xonligining iqtisodiy va madaniy aloqalarni mustahkamlash, ilg‘or ilm-fan va 
texnika yutuqlarini vohaga keltirish tarafdorlaridan biri edi. Natijada uning sa'yi-
harakatlari bilan qobiliyatli ustalar, muhandislar, quruvchilar Xivaga olib kelindi. 
1912 yilda Xivada pochta–telegraf, kasalxona va xonning yozgi qabulxonasi 
binolari qurilishi boshlandi. Nurullaboy bog‘ida xorijdan kelgan savdogarlar, 
ishbilarmonlar, rus ofiserlari, elchilari va boshqa nufuzli mehmonlarni qabul qilish, 
turli uchrashuvlar o‘tkazish, ziyofatlar tashkil qilish uchun qurila boshlangan 
saroyda Oqmachit qishlog‘ida yashovchi nemislar va rus quruvchilari ishtirok 
etdilar. Ovro‘pa uslubida qurilgan saroyni yoritish uchun kichkina elektr stansiyasi 
qurish zarurati ham paydo bo‘ldi. Bu fikr bosh vazir Islomxo‘jadan chiqqan edi. 
Saroy oshpazining Sizran' shahrida Musa Yangurazov ismli elektr sohasini biladigan 
ukasi bo‘lib, u Xivaga chaqiriladi. Elektrostansiya uchun zarur asbob-uskunalarni 
olib kelish uchun Moskva va Peterburgga maxsus odamlar jo‘natiladi. “Pallaka” va 
“Vestingauz” kabi firmalari orqali Berlindan qandillar, elektr asbobuskunalari 
oldirildi. Nihoyat 1912 yil dekabrida Xivada soatiga 40 kilovatt quvvatga ega 
bo‘lgan dastlabki elektrostansiya ishlay boshlaydi. Muhammad Rahimxon 


23 
yoshligidan zahm kasalligiga duchor bo‘lganligi sababli xorij va rus vrachlarining
yordamidan foydalanishga harakat qilardi. 1901 yilda xon saroyida vrach 
V.Shumeyko xizmat qila boshladi.Oradan biroz o‘tgach, xonning jinsiy ojizligini 
davolash uchun Erondan Mirza Bahrom tabib taklif qilindi. Tabibga istagan narsasi 
berildi, ammo u xonga ko‘ngildagiday yordam bera olmadi1. Chor ma'muriyati 
xonlik fuqarolari va bu yerda yashayotgan ruslarga tibbiy yordamni tashkil qilish 
maqsadida 15 ta fel'dsherlik ambulatoriyalari ochish, profilaktika va emlash ishlarini 
amalga oshirishni taklif qildilar. Ammo mazkur tashabbus qo‘llab–
quvvatlanmagach, ular hech bo‘lmaganda 3 ta kasalxona va 2 ta fel'dsherlik 
ambulatoriyasini ochish hamda ularning faoliyatini ta'minlash uchun 15 ming so‘m
ajratishni so‘radilar. Xon ma'muriyatidan yana rad javobi olindi2. Shu bilan bir 
qatorda, 1909 yili Yangi Urganchda xon mablag‘iga fel'dsherlik punkti ochildi. 
Endilikda xonlikga keladigan vrachlar shu yerda bemorlarni qabul qiladigan 
bo‘ldilar. 1910 yil 16 avgustda otasi vafotidan keyin taxtga Sayyid Asfandiyor 
Muhammad Bahodirxon ko‘tarildi. U Muhammad Rahimxonning to‘rtinchi o‘g‘li 
bo‘lib, akalari Asqar to‘ra, Mehdiyor to‘ra, Sayyid Abdulla to‘ra, ukalari Ubaydulla 
to‘ra va Muhammad Yusuf to‘ralarga ham imtiyozli sharoitlar yaratdi. “Muhammad 
Rahimxon o‘g‘li Asfandiyorxonni o‘ziga valiahd qilib tayinlashining boisi ham,—
deb yozadi G.Ismoilova,— o‘g‘lining o‘tkir fahmi va she'riyatga kuchli ixlosi 
borligida edi. “Farrux” taxallusi bilan badiiy jihatdan pishiq she'rlar yoza boshlagan 
Asfandiyorga Muhammad Rahimxon boshqa o‘g‘illariga nisbatan ko‘proq mehr va
umid bilan qarardi. Hukmdordan iltifot ko‘rgan Muhammad Yusuf Bayoniy ham 
Asfandiyorxon haqida “Ul hazrat ulamoni ko‘p do‘st tutar erdilar va she'riyati 
g‘arroning irtivojiga sa'yi etar erdilar va bag‘oyat raiyatparvar va shavkatgustar va 
odilu–bozil kishi erdilar”3,— degan ulug‘ so‘zlarni yozgandi. Asfandiyorxonning 
dastlabki ishlaridan biri—Xiva qal'asining orqa tarafidagi yerlarni obodonlashtirish 
bo‘ldi. Yangi Xiva deb nom olgan bu joydagi Urganch darvozasi buzilib, o‘rniga 
kirish–chiqish uchun qulay 2 yo‘lakli yangi darvoza qurish Otajon devonga 
buyurildi. Darvozaga yaqin joyda Otajon devon pochta–telegraf binosi uchun yangi 
imorat qurish ishlarini ham boshlab yubordi. Xiva xonligida iqtisodiy va siyosiy 
islohotlar o‘tkazish zarur ekanligini amaldorlardan dastlab bosh vazir Said 
Islomxo‘ja angladi. Uning taklif qilgan rejasi 1910 yil sentyabrda e'lon qilgan 
Asfandiyorxon farmonida o‘z aksini topdi. Unda xalqni ayrim soliq va 
majburiyatlardan ozod qilish, shariatni qaror toptirish va adolatli siyosat yuritish, 
ommaga qadimdan og‘ir yuk bo‘lib kelayotgan tartib-tizginlarni tugatish, qishloq 
xo‘jaligi va savdo-sotiqning rivoj topishi uchun butun imkoniyatlarini ishga solish 
kabi va'dalar berilgandi1. Farmon oxirida: “Bizning farmonimizda bayon qilingan 
samimiy istaklarmizning barchasini aniq va to‘g‘ri amalga oshirishni va uni
16. Абулғози Баҳодирхон. Шажарайи турк. — Тошкент: Чўлпон, 1992. – 192 б. 2.5. Баёний. Шажарайи хоразмшоҳий / Қўлёзма. ЎзР. 
ФАШИ. – № 274 (517 варақ); 


24 
xalqimiz hayotiga tadbiq qilishni Said Islomxo‘jaga topshiraman” deyilgandi. 
Demak Bosh vazir taklif qilgan islohotlarni amalga oshirishning barcha mas'uliyati 
uning o‘ziga yuklatilgandi. 1911 yilda Asfandiyorxon Peterburgga safarga otlandi. 
Xonga hamroh bo‘lganlar orasida Islomxo‘ja, Husayn Muhammad devonbegi, 
Muhammad Vafo karvonboshi va Tolibxo‘ja ismli amaldor bor edi. Xivaliklar 18 
kun deganda Rossiya poytaxtiga yetib bordilar. Imperator qabulida bo‘lgan vaqtida 
Asfandiyorxon Xivada shahzoda Aleksey nomiga kasalxona qurishga ruxsat 
so‘radi1. Ushbu taklif ma'qullangandan keyin, Islomxo‘ja Peterburg harbiy medisina 
akademiyasi professori V.N.Sirotinindan qurilishi rejalashtirilayotgan kasalxonada 
ishlashga loyiq tajribali vrachni tanlashda yordam berishni iltimos qildi.
Asfandiyorxon o‘z hamrohlari bilan 11 kun davomida Peterburg atrofidagi go‘zal 
joylarni tomosha qilgach, Moskva orqali yurtiga qaytdilar.Moskvada Islomxo‘ja 
Soldatenkov nomidagi shahar kasalxonasi bosh vrachi F.A.Get'e bilan uchrashdi va 
uning tavsiyasi bilan arxitektor A.P.Roopdan Xivada quriladigan kasalxona binosi 
loyihasini tayyorlab berishni so‘radi. Kasalxonadagi teri–tanosil, ko‘z va yuqumli 
kasalliklar, jarrohlik va davolash bo‘limlarida 50 o‘rin rejalashtirilgan bo‘lib, ularni 
qurishga 250 ming so‘m ajratildi1. Xivadagi pochta binosi qarshisida barpo etila 
boshlagan kasalxona qurilishi Rahimbergan devonga topshirildi va u 1912 yilda qad 
rostladi. 1913 yil 10 fevralda Asfandiyorxon o‘z amaldorlari bilan Romanovlar 
sulolasining Rossiyada 300 yillik hukmronligiga bag‘ishlangan tantanalarda 
qatnashish uchun borib,1913 yil 12 martda qaytib keldilar2. Shu yilning may oyida 
professor Sirotinin Xiva kasalxonasi vrachi lavozimiga Saratov guberniyasida 
ishlayotgan qobiliyatli jarroh va ko‘z kasalliklarini yaxshi biladigan shifokor 
Aleksey Fedorovich Ansimov nomzodini taklif qildi3. 1913 yil 4 iyulda Xivaga 
kelgan A.F.Ansimovga ishonch bildirildi va u zarur jihozlarni olib kelish uchun 
Moskvaga jo‘natildi. Yo‘l–yo‘lakay, 1913 yil 15 iyulda A.F.Ansimov Toshkentda 
Turkiston general–gubernatori vazifasini bajaruvchi Flug qabulida bo‘ldi va Xiva 
kasalxonasida 1 sentyabrdan ishga tushishga ruxsat oldi4. Kasalxonadagi ikkinchi
vrach lavozimiga Namangan viloyatidagi Pop qishloq vrachlik punktida ishlayotgan 
Gulsum Jaffarovna Asfandiyorova taklif etildi5. 1908 yilda Peterburg ayollar 
medisina institutini tugatgan G.J.Asfandiyorovaning otasi — polkovnik Sultan Jafar 
Asfandiyorov Turkiston general–gubernatori devonxonasi tarjimoni sifatida ko‘p 
marta Xivada bo‘lgan, ayrim vaqtlarda xonlarning Rossiyaga safarlari chog‘ida ko‘p 
marta hamrohlik qilgandi1. 1913 yil 23 sentyabrda Xivadagi kasalxona ishga 
tushirildi. Shu munosabat bilan Asfandiyorxon Turkiston general–gubernatori 
nomiga quyidagi telegrammani jo‘natdi: “Siz hazrati oliylariga shuni ma'lum 
qilamanki, men tomondan Xivada martabasi oliy taxt vorisi, buyuk knyaz' Aleksey 
Nikolaevich nomiga qurilgan kasalxona shu yilning 23 sentyabrida, general–mayor 
S.Seyl', ulamolar va amaldorlar ishtirokida, medisina xizmati ko‘rsatish uchun 
ochildi. Xivadagi kasalxonaning ochilishi marosimida qatnashgan Bayoniy 
yozgandi: “Ushbu yil zulqa'da oyida dorushshifo, ya'ni duxturxonaning binosi 


25 
itmomga yetdi. Xon hazratlari onda yaxshi to‘y berib, tamomi ulamo va tamomi 
to‘ralar, beklar va tamomu amaldoru oqsoqollar va tamomi elni da'vat etdilar va 
Rusiya duxturlaridan ikki duxturni talab etib kelturmish erdilar2. Xiva 
kasalxonasining dovrug‘i tez orada butun Quyi Amudaryo havzasida yashayotgan 
xalqlar orasiga keng tarqaldi. “Xiva kabi xonlikning shahar– qishloqlari aholisi 
ham kasalxonaga tibbiy xizmat so‘rab, o‘z istagi bilan murojaat qiladilar”3,— deb 
yozgandi bosh vrach A.F.Ansimov o‘zining 1914 yil 22 fevralda Amudaryo bo‘limi 
boshlig‘i nomiga yozgan maktubida. 1913 yilning oktyabrida kasalxona va uning 
qoshidagi ambulatoriya 1577 erkak va 1162 ayolni, noyabrda — 2222 erkak va 1976
ayolni, dekabrda — 2358 erkak va 1609 ayolni qabul qildi4. Qisman pullik xizmat 
joriy etilgach, 1914 yil yanvarida 1596 erkak va 1128 ayol qabul qilindi, ya'ni 
murojaat etuvchilar soni oldingi oyga nisbatan 1238 nafarga kamayib ketdi5. 
Bunday holatning sabablari qatorida A.F.Ansimov kasalxona aptekasidagi zarur 
dori– darmonlarning yetishmasligi va ularning narxi qimmat ekanligini ko‘rsatgan. 
Vaziyatni yaxshilash uchun Urganch va Xivada dorixonalar ochish taklif etilgandi.
Ammo A.F.Ansimov keyinchalik o‘zining ushbu tashabbusidan aziyat chekkanligi 
tarixiy hujjatlarda ko‘rinib turibdi1. Chunki Petro– Aleksandrovskdagi farmasevt 
Matvey Bersudskiy aptekasining Yangi Urganchda ochilgan filialida tibbiy dori–
darmonlar o‘rniga ko‘proq aroq– vino mahsulotlari sotilishi mahalliy aholi va bu 
yerda ishlayotgan ruslarning salomatligiga zararli ta'sir ko‘rsata boshlagandi. 1916 
yilda xonlikda vujudga kelgan qaltis siyosiy, ijtimoiy– iqtisodiy vaziyat tufayli Xiva 
kasalxonasi faoliyati cheklanib qoldi. Vrachlardan A.F.Ansimov Rossiyaga va 
G.J.Asfandiyorovaga Toshkentga ketib qoldilar. XX asr boshlarida Xiva o‘lkadagi 
kino san'ati markaziga aylandi. Uning asoschisi bo‘lgan Xudoybergan Devonov 
1907 yilda bosh vazir Islomxo‘ja boshchilik qilgan delegasiya tarkibida Peterburgga 
sayohat qilgandi2. Safar chog‘ida u Islomxo‘jadan ruxsat olib, bir necha muddat 
Rossiyada qolib, kino ishlash sirlarini o‘rgandi. 1908 yilda X.Devonov “Pate” 
kinoapparati, fotoapparat, teleskop, grammafon kabi asboblarini Xivaga olib keladi3 
va Vil'gelm Penner ismli nemis yordamida O‘rta Osiyoda ilk bor kino san'atiga asos 
soladi4. Ko‘rinib turibdiki, qisman bo‘lsa–da yuksalish pallasiga kirgan Xiva xonligi 
dunyoda ro‘y berayotgan ijtimoiy–siyosiy va iqtisodiy jarayonlardan chetda qolib 
ketmadi. Rossiya va boshqa mamlakatlarga safar qilgan arboblar jahonda ro‘y 
berayotgan voqealar bilan bevosita tanishdilar, mamlakatda islohotlar amalga 
oshirish zarurligini yaqqol sezdilar. Ammo murakkab vaziyatda ularning taklif va 
tashabbuslari yetarli darajada qo‘llab– quvvatlanmadi. 
.17. Баёний Муҳаммад Юсуф. Шажарайи Хоразмшоҳий. ― Тошкент: Ғафур Ғулом, 1994. – 104 б. 
18. Баёний. Шажарайи хоразмшоҳий. // “Мерос” тўпламида. – Тошкент: Абдулла Қодирий, 1992 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə