Texnika falsafasi


Texnika falsafasi fanini o‘qitishning maqsad va vazifa-lari



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə10/75
tarix23.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#155246
növüУчебник
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   75
Техника фалсафаси.23-24

Texnika falsafasi fanini o‘qitishning maqsad va vazifa-lari. Mazkur fanni o‘qitish, asosan, ikki vazifani bajaradi: birinchisi – texnika falsafasi fanining asosiy xususiyatlarini tavsiflovchi tasavvur va bilimlar, shu jumladan, texnika falsafa-sining shakllanish tarixiga doir bilimlar berish; ikkinchisi – texnika falsafasi sohalaridan birida ishlash uchun tafakkur, ko‘nikma va qobiliyatlarni shakllantirishga ko‘maklashish. Albatta, bunda ta’lim oluvchilar auditoriyasi va kontingentini ham hisobga olish zarur. Agar gap texnika falsafasi sohasida mutaxassislar tayyorlash yoki yaqin kasb bo‘yicha (masalan, dizayn nazariyasi yoki muhandislik tafakkuri metodologiyasi sohasida) aspirantlar tayyor-lash haqida borayotgan bo‘lsa, to‘liq hajmda ta’lim berish, shuningdek, talabalarning ijodiy mustaqilligi va seminar ishiga qarab mo‘ljal olinishi lozim. Texnika falsafasi fani gumanitar oliy o‘quv yurti talabalariga yoki fakultativ kurs sifatida o‘qitilayotgan bo‘lsa, umumiylashtirilgan va yengillashtirilgan variantlar qo‘llanilishi, xususan, fanning muayyan bo‘limlari yoki texnika falsafasi sohala-ridan birida ijodiy ish mavjud bo‘lmasligi mumkin.
Texnika falsafasiga doir bilimlar bugungi kunda bir nechta sohalarda, chunonchi: falsafaning o‘zida, xalq xo‘jaligini boshqarish tizimida (ilmiy-texnikaviy loyihalar ekspertizasi, maslahat be-rish, prognozlashtirish va h.k.), fan va texnikaning turli sohala-rida, nihoyat, hatto gumanitar fanlarda ham (gumanitar ish va tafakkurning texnik hamda texnologik tomonlarini o‘rganish omili sifatida), lekin, tabiiyki, turli hajm va turlicha moslashtirilgan ko‘rinishlarda zarur. Masalan, gumanitariylar uchun texnika falsa-fasi haqida umumiy bilim, lekin gumanitar fikrlashning maxsus texnologiyalari haqida, shuningdek, sivilizatsiya taqdiri va gumani-tar ishning ba’zi ideallariga texnikaning ta’siri haqidagi atrof-licha bilim zarur.
Texnika falsafasini o‘qitish mazmuni va shakllari. Texni-ka falsafasi nisbatan yosh fan ekanligiga qaramay, uning bir necha ko‘rinishlari va texnika falsafasiga doir bilimlarning keng maj-mui mavjud. Boshqacha qilib aytganda, ta’lim sohasiga xos bo‘lgan bilimlarni saralash muammosi va u bilan bog‘liq bo‘lgan ta’limning mazmuni muammosi yuzaga keladi. Ta’lim sohasida barcha bilimlarni o‘zlashtirish mumkin ham, maqsadga muvofiq ham emas, lekin qaysi bilimlar (va qay maqsadlarda) zarurligi va qaysi bilimlarsiz ish ko‘rish mumkinligi noaniq. Bundan tashqari, bilimlarni o‘zlashti-rishga pedagogik mo‘ljalning tanqidi ham ma’lum. Ushbu nuqtai nazar opponentlari bilimlarni emas, balki “refleksiv mazmunlar” – faoliyat usullari, fikrlash, metodlar va hokazolarni o‘rgatish zarur, degan fikrni ilgari suradilar. Darhaqiqat, tobora o‘sib borayotgan bilimlar hajmi va ta’lim olish uchun vaqtning cheklangan-ligi muammosini faqat shu yo‘l bilan hal qilish mumkin.
Texnika falsafasi ta’lim materialining mazmunini to‘rt aso-siy yondashuv: gumanitar, metodologik, tarixiy, predmetga doir guruhlarga bo‘lish mumkin.
Gumanitar yondashuvga muvofiq, texnika falsafasining turli konsepsiyalari, nazariya va bilimlari fikrlash hamda ishlashning mazkur konsepsiyalar, nazariyalar va bilimlar mualliflarining qadriyatlarga munosabati, mavjud an’analar, ular yaratilgan intel-lektual vaziyatlar bilan tavsiflanuvchi ayrim ko‘rinishlari sifa-tida qaraladi. Texnika falsafasining gumanitar fikrlash metodo-logiyasida ayrim maktab va mualliflar nuqtai nazarlarining kommunikatsiya tizimlari bir-biriga qarama-qarshi turuvchi yoki bir-birini to‘ldiruvchi tadqiqot dasturlarining dialogik konsepsiya-lari maydoni sifatida tavsiflanadi. Bu yerda axloqiy va aksiologik muammolar, masalan, hozirgi zamon texnikasi va texnologiyasi ijtimoiy-psixologik oqibatlarining madaniy mazmunini tahlil qilish hamda baholash, texnikaning keyingi rivojlanish jarayoni va taqdirini belgilash muammolarining muhokamasi ham ulkan ahamiyat kasb etadi. Shu o‘rinda yana bir jihatni ko‘rsatish mumkin: bu madaniy-semiotik va kommunikatsion jihatlarga e’tibor.
Metodologik yondashuvning asosiy ikki talabi quyidagilar: tafakkurning moddiy mazmuninigina emas, balki tarkibiy tuzilma-larini ham tahlil qilish, moddiy borliqning naturalistik talqini-dan voz kechish. Metodolog uchun texnika yoki texnologiya haqidagi tasavvurlar ortida fikrlashning muayyan usul va yondashuvlari yotadi, shu tufayli ham u mazkur hodisalarni tahlil qilish vazifasini qo‘yadi. Tafakkurda naturalizmga chek qo‘yish ob’ektlarga murojaat etishdan voz kechish sifatidagina tushunilmasligi kerak. Bu yerda gap boshqa narsa – mazkur ob’ektlar haqidagi tasavvurlarning paydo bo‘lishini belgilagan bilish va fikrlash taomillari hamda intellektual vaziyatlarni tahlil qilish haqida boradi.
Tarixiy yondashuv asosiy tushuncha va tasavvurlarni tarixiy tahlil qilishnigina emas, balki genezisga murojaat etish, ya’ni tarixni, ayni holda texnika va texnologiya tarixini nazariy rekon-struksiya qilishni ham nazarda tutadi. Ta’lim sohasi uchun tarixni bunday nazariy rekonstruksiya qilishga asos bo‘lgan yondashuv, bir tomondan, texnika falsafasi muammolari va uning mohiyati tavsif-lari bilan, boshqa tomondan esa ta’lim falsafasining ta’lim mazmunining refleksivligi, ijodiy tafakkurni shakllantirish, zamonaviy bilimlar va tasavvurlarga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlash, ta’lim jarayonida qobiliyat va tafakkurni rivojlan-tirish qonuniyatlariga amal qilish talabi kabi mo‘ljallari bilan belgilanadi.
Predmetga doir mo‘ljal barcha tamoyillar – gumanitar tamoyillar ham, metodologik tamoyillar ham, ta’lim tamoyillari ham o‘rganilayotgan predmetning, ayni holda, texnika falsafasining xususiyatlari va tabiati bilan nisbatlashishni nazarda tutadi.
Texnika falsafasining xususiyatlari va tabiatidan kelib chiqadigan bo‘lsak, bu yerda ko‘rsatilgan tamoyillarning amalga oshi-rilishi ta’limning mazmuni quyidagicha tizimlashtirilishiga olib keladi. Uning barcha tarkibiy elementlari uch bo‘lim: asosiy, qo‘shim-cha va asoslar bo‘limlariga ajratiladi.
Asosiy bo‘limda quyidagi kurslar o‘qitiladi:
- texnikaning paydo bo‘lish tarixi va mohiyati;
- texnika konsepsiyalari va mohiyati;
- madaniyatda texnika genezisi;
- texnologiya konsepsiyalari va mohiyati;
- texnik muhit va texnik borliq;
- texnika falsafasining axloqiy va aksiologik muammolari.
Qo‘shimcha bo‘lim kurslari:
- texnika tarixi;
- fanning xususiyatlari va shakllanishi;
- muhandislik faoliyatining xususiyatlari va shakllanishi;
- an’anaviy va noan’anaviy loyihalash;
- texnika fanlarining tuzilishi va shakllanishi;
- texnika va go‘zallik (dizaynerlik tadqiqotlari).
Asoslar bo‘limi quyidagi kurslarni o‘z ichiga oladi:
- madaniyatshunoslik va texnika falsafasi;
- faoliyat nazariyasi va texnika falsafasi;
- aksiologiya va texnika falsafasi.
Ushbu bo‘limlarga batafsilroq to‘xtalamiz. Birinchi, asosiy bo‘limda ayrim nuqtai nazarlar, masalan, faqat muallif yoki boshqa biron-bir nufuzli nuqtai nazarni bayon etish bilangina kifoyalan-maslik muhim. Ayni holda ta’limning mazmunini turli nuqtai nazarlar, ovozlar, tadqiqot dasturlari kommunikatsiyasi belgilaydi. Ammo bu ta’lim materialining asosiy birligi intellektual vaziyat hisoblanishini anglatadi. Intellektual vaziyat har xil bo‘lishi mumkin, masalan: muayyan qiyinchilik va muammolarni bartaraf etish, ma’lum tadqiqot dasturini ilgari surish va uni amalga oshirishga harakat qilish, boshqa yo‘nalishlarning vakillari himoya qilayotgan yondashuvlarni tanqid ostiga olish va h.k.
Yondashuvning ikkinchi xususiyati “refleksiv” mazmunlarni ajratishdan iborat. O‘z navbatida, bu faoliyat nazariyasi, tafakkur nazariyasi, madaniyatshunoslik va ayrim boshqa maxsus fanlar asosida mazmunni maxsus metodologik rekonstruksiya qilishni nazarda tutadi.
O‘z-o‘zidan ravshanki, asosiy bo‘limda materialni bayon etish shakllari muammoli va dialogik bo‘lishi, ularda refleksiv omillar-dan keng foydalanish lozim.
Qo‘shimcha bo‘limda materialni bayon etishning asosiy shakli Kirish bo‘lsa kerak. Gap shundaki, mazkur bo‘lim kurslarini to‘liq bayon etish mumkin emas va bunga hojat ham yo‘q. Ayni vaqtda Kirish mazkur fanning asosiy muammolarini, unda qo‘llanuvchi yondashuv va metodlarni, fan tarkibini, uning bilimlardan foydalanish soha-lari, fanning chegarasi, uning tarixiga doir qisqacha ma’lumotlarni bayon etish imkoniyatini beradi. Kirish o‘qitilayotgan fandan o‘ziga xos yo‘lko‘rsatgich bo‘lib xizmat qiladi, talabaga fanni o‘zlashtirish bo‘yicha mustaqil ishlashda yordam beradi.
Qo‘shimcha bo‘limning barcha kurslari texnika falsafasi muammolariga tatbiqan maxsus moslashtirilishi lozim. Ayni shu ikki talab (materialni “Kirish” tarzida bayon etish va texnika falsafasi muammolariga moslashtirish)ni uchinchi bo‘limning ta’lim mazmuniga qo‘yish ham, bizningcha, o‘rinli bo‘ladi.
Bu yerda ko‘rsatilgan nazariy kurslarni o‘qitishdan tashqari, texnika falsafasi o‘quv fanida o‘quv-ta’lim ijodi sikli ham nazarda tutilishi lozim. Shaklan bu texnika falsafasining real (fundamental yoki amaliy) muammolariga bag‘ishlangan ijodiy seminarlardir. Bunday seminarlarga texnika falsafasi sohasidagi yetakchi mutaxassislar rahbarlik qiladi. Ularda tayyorgarlik daraja-si turlicha bo‘lgan talabalardan tashqari tadqiqotchi va loyihachilar ham ishtirok etishlari mumkin. Bunday seminarning xususiyati shundaki, muammo va vazifalarni ko‘pchilik bahamjihat hal qiladi, bajarilgan ishlar yoki murakkab vaziyatlar o‘rganiladi va muhokama etiladi, zarur holda talabalarga qo‘shimcha ta’lim materiali o‘rga-nish uchun tavsiya qilinadi. Mazkur seminarlarning bunday xususiyat-lari yetakchi mutaxassisga o‘z ish tajribasi va fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashish, talabalarga esa fikrlashning yuksak metodologik madaniyati va texnika falsafasi materialini yanada chuqurroq o‘zlash-tirish imkoniyatini beradi.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə