Tillar kafedrasi” Jismoniy madaniyat fanidan



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə10/18
tarix01.06.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#114882
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Ganbol

Final "sirena"si: O‘yinning vaqti maydondagi hakamlar hushtagi bilan dastlabki erkin to‘p tashlash belgilanadi. O‘yin yakuni esa final sirenasi orkali yoki vaqt belgilovchi hakam hushtagi bilan yakunlanadi. Agar signal beruvchi uskunalar yo‘q bo‘lsa, u holda hakamlar o‘yin vaqti tugaganligi to‘g‘risida hushtak beradi.
Vaqtni axborot hisoblagich uskunalardan foydalanganda o‘yin vaqtini 30 daqiqa qilib belgilash maksadga muvofikdir. Final sirenasidan oldin va o‘sha vaqtda o‘yin qoidasi buzilsa yoki sportchiga xos bo‘lmagan harakat qayd etilsa, u holda final sirenasi berilganligiga qaramay, o‘yinchilar hakamlar tomonidan jazolanadi. Belgilangan (erkin to‘p tashlash yoki 7 m jarima) jazo natijalaridan so‘ng o‘yin vaqti tugatiladi.
Erkin to‘p tashlash yoki 7 metrli jarima to‘pni bajarish vaqtida, taym yoki o‘yin yakunida sirena berilsa, u holda to‘p otishlar qaytarilishi shart. Faqat qaytarilgan harakat natijasidan so‘ng hakamlar o‘yinni yakunlaydi. Erkin to‘p tashlash yoki 7 metrli jarima to‘p tashlashni bajarilishida o‘yinchi yoki jamoa vakiliga qoida buzgani yoki sportchiga xos bo‘lmagan xulqi uchun shaxsiy jazo berilganda to‘p qarama-qarshi tomonga erkin to‘p tashlash belgilanishi man etiladi.
Maydondagi hakamlar, sekundometrist tomonidan (taym yoki o‘yin yakuni) sirena barvaqt berilgan deb hisoblasa, u holda o‘yinchilar maydonda qoldirilib qolgan vaqt o‘ynaladi. Barvaqt signal berilgan vaqtda to‘p egallagan jamoa o‘yin to‘xtatilgan joydan erkin to‘p tashlash bilan o‘yinni boshlaydilar.
Agar o‘yinning birinchi yarmi (yoki qo‘shimcha taym vaqti) belgilangan vaqtdan ko‘prok o‘ynalsa, u holda o‘yinning ikkinchi yarmi ortiqcha o‘ynalgan vaqtga kiskartiriladi. Agar o‘yinning ikkinchi yarmi (yoki qo‘shimcha taym vaqti) ko‘rsatilgan vaqtdan ortib ketsa, bunday holatda hakamlar hech kanday o‘zgartirishlar qilolmaydi.
Taym-aut: Qachon va qancha vaqt o‘yin vaqtini to‘xtatishga hakamlar qaror qilishi mumkin.
Taym-aut berilishi shart, agar:
a) 2 daqiqaga chiqarilib yoki diskvalifikatsiya qilinganda;
b) 7 metrli jarima to‘p belgilanganda;
v) jamoalarga taym-aut berilganda;
g) o‘yinchilar noto‘g‘ri almashilsa yoki maydonga "ortiqcha" o‘yinchi kirsa;
d) vaqt belgilovchi hakam yoki texnik vakil hushtak berganda;
j) hakamlar o‘zaro maslaxatlashishiga zaruriyat tug‘ilsa.
Odatda, taym-aut standart holatda yuzaga kelgan sharoitda beriladi:
Taym-aut vaqtida yo‘l qo‘yilgan xatolarga o‘yin davomida yo‘l qo‘yilgan xatolar kabi jazolanadi. Hakam o‘yin vaqtini to‘xtatish va yurgizish to‘g‘risida sekundometristga ishora bilan ko‘rsatadi. O‘yin vaqti hakam tomonidan uchta kiska hushtak va jest ishorasini ko‘rsatgandan so‘ng sekundometrist tomonidan to‘xtatiladi. Taym-autdan so‘ng har doim hakam hushtagidan so‘ng o‘yin davom etadi. Har bir jamoa o‘yinning asosiy vaqtining har bir taymida bir daqiqali jamoaviy taym-aut olishga xaqlidir.
To‘p: To‘p charm yoki sintetik materiallardan tayyorlanadi. U doira shaklida bo‘lib, tashki qavati sirpanchiq va yaltiroq bo‘lmasligi shart. To‘pning o‘lchami, ya’ni aylanasi va vazni har hil yoshdagi jamoalar uchun qo‘yidagicha bo‘lishi kerak:
58-60 sm va 425-475 gm (XGF raqami 3) erkaklar va o‘smirlar (16 yoshdan yuqori) jamoasi uchun;
54-56 sm va 325-375 gm (XGF raqami 2) ayollar, qizlar (14 yoshdan yuqori) va o‘smirlar (12 dan 16 yoshgacha) jamoalari uchun;
50-52 sm va 290-330 gm (XGF rakami 1) kizlar (8 dan 14 yoshgacha) va o‘g‘il bolalar (8 dan 12 yoshgacha) jamoalari uchun.
Har bir o‘yinda kamida ikkita to‘p bo‘lishi shart. Zaxiradagi to‘p butun o‘yin davomida bevosita kotibiat stolida bo‘lishi lozim. Zaxira to‘pdan qay vaqtda foydalanish zarurligini hakamlar hal qiladi. Bunday holatlarda hakamlar zaxiradagi to‘pni iloji boricha tezroq o‘yinga kiritishi lozim, shundagina taym-autga xojat qolmaydi.
Jamoa: Jamoa tarkibi 12 o‘yinchidan tuziladi. Maydonda bir vaqtda 7 dan ortiq o‘yinchi bo‘lishi mumkin emas. Qolgan o‘yinchilar zaxirada bo‘ladi. Butun o‘yin davomida jamoaning bir o‘yinchisi darvozabon sifatida bo‘lishi kerak. Darvozabon vazifasini bajaruvchi o‘yinchi kerak vaqtda u maydon o‘yinchisi vazifasini bajarishi mumkin. Xuddi shunday maydon o‘yinchisi ham kerak vaqtda darvozada o‘ynashi mumkin. O‘yin boshlanishida maydonda jamoalar tarkibi 5 o‘yinchidan kam bo‘lishi mumkin emas.
Jamoalar tarkibi o‘yin davomida va qo‘shimcha vaqtda 12 o‘yinchigacha to‘ldirilishi. Maydonda jamoa o‘yinchilari 5 tadan kam bo‘lganida ham o‘yin davom ettirilishi mumkin. Bunday holatlarda faqat hakamlar o‘yinni to‘xtatish yoki to‘xtatmaslik to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
O‘yin davomida jamoa rasmiy vakili maydonga chiqishi ma’n etiladi. Ushbu qoidaga rioya qilinmasa, u holda sportchiga xos bo‘lmagan xulq deb qayd etiladi. O‘yin raqiblar jamoasi tomonidan erkin to‘p tashlash bilan davom ettiriladi. O‘yinchi yoki rasmiy shaxs o‘yinda ishtirok etishi mumkin, lekin o‘yin boshlanishidan oldin ularning ismi-shariflari bayonnomada qayd etilib, o‘yin boshlanishda maydonda bo‘lishi kerak.
O‘yinga kechiqib kelgan o‘yinchi va rasmiy shaxs o‘yinda ishtirok etish uchun kotib yoki sekundometristdan ruxsat olib, ismi-sharifini bayonnomada qayd ettirib, o‘yinda ishtirok etishi mumkin. O‘ynashga xuquqli bo‘lgan o‘yinchi odatda, har qachon o‘zining jamoasiga qarashli maydondagi o‘yinchi almashtirish uchun belgilangan joydan maydonga kirishi mumkin. O‘yinga katnashish xuquqiga ega bo‘lmagan o‘yinchi maydonga kirsa, diskvalifikatsiya qilinadi. To‘xtatilgan o‘yin raqib jamoasi o‘yinchilari tomonidan erkin to‘p tashlash bilan davom ettiriladi.
O‘yinchilarni almashtirish: Zaxiradagi o‘yinchilar o‘yin davomida hohlaganicha o‘yinga chiqishi mumkin, faqat maydondagi o‘yinchi maydondan chiqkanidan so‘ng, o‘yinga chiqish uchun kotib yoki sekundometristni ogohlantirishi shart emas. O‘yinchi maydonga kirish va chiqishni faqat o‘z maydonida o‘yinchilarni almashtirish uchun belgilangan joydan amalga oshirishi shart. Bu holda darvozabonlar uchun ham taalluklidir.
O‘yinchini almashtirish, shuningdek, taym-aut vaqtida ham ushbu qoidaga rioya qilinadi (jamoaviy taym-autdan tashkari). O‘yinchi almashtirish qoidasini buzgan o‘yinchi 2 daqiqaga o‘yindan chiqarilish bilan jazolanadi. Agar jamoada shu qoidani birorta o‘yinchi buzsa, u holda birinchi bo‘lib qoidani buzgan o‘yinchi jazolanadi. O‘yin raqib jamoasi tomonidan erkin to‘p tashlash bilan davom ettiriladi.
Agar qo‘shimcha o‘yinchi o‘yin maydoniga chiqsa, u 2 daqiqaga jazolanadi. Agar o‘yinchi 2 daqiqali vaqt tugamasdan o‘yin maydoniga kirib kelsa, u holda u yana 2 daqiqaga jazolanadi. Birinchi 2 daqiqadan qolgan vaqt jamoada yana bir o‘yinchi qisqartirilishi bilan amalga oshiriladi. Har ikki holatda ham o‘yin raqib jamoasi o‘yinchilari tomonidan erkin to‘p tashlash bilan davom ettiriladi.
O‘yinchilar formasi: Jamoaning hamma o‘yinchilari bir xil sport formasida bo‘lishi shart. Bir jamoaning sport formasining ranglari ikkinchi jamoadan ajralib turishi lozim. Darvozabon vazifasini bajaruvchi o‘yinchining formasining rangi ikkala jamoa o‘yinchilari va raqib darvozabondan ajralib turishi shart. O‘yinchilar futbolkasida rakamlar orka tarafdan kamida 20 sm va oldi tarafdan kamida 10 sm dan iborat bo‘ladi. 1 dan 20 gacha raqamlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Raqamlarning rangi futbolka rangidan yakkol ajralib turishi shart. Jamoa sardorining tirsakdan yuqori qismida, eni 4 sm sardorlikni belgilovchi bog‘ichi bo‘lib, uning rangi futbolka rangidan ajralib turishi lozim.
Barcha o‘yinchilar oyog‘ida sport poyafzali bo‘lishi shart. O‘yinchilarga xavf tug‘diradigan anjomlardan foydalanishga ruxsat etilmaydi. Masalan, ularga boshni himoyalovchi, yuz uchun niqob, himoyasiz ko‘zoynak, shuningdek, jarohatlanishga olib keluvchi boshqa buyumlar. Yumshoq elastik materialdan ixcham bosh bog‘ichidan foydalanishga ruxsat beriladi. Yuqorida qayd etilgan shartlarga rioya qilmagan o‘yinchilar o‘yinga qo‘yilmaydi.
O‘yinchi tan jaroxat olgani sababli badani va kiyimlari qon bo‘lsa, u holda o‘yinchi darhol o‘yin maydonini tark etishi lozim (o‘yinchi almashtirish qoidasiga rioya qilib). Shuningdek, qon oqishini to‘xtatib, jarohatga ishlov berib, badan va kiyimdagi qonni tozalaydi. Yukoridagi ko‘rsatilgan shartlarni bajarmaguncha o‘yinchi maydonga qaytarilmaydi. Agar o‘yinchi, hakamlar tomonidan ko‘rsatilgan talablarni bajarmasa, u holda uning xulqi sportchiga xos emas deb hisoblanadi. Agar o‘yinchi jarohat olsa, hakamlar tomonidan taym-aut vaqtda jarohat olgan o‘yinchi jamoasining ikki shaxsiga yordam berish maksadida maydonga chiqishga ruxsat beradi.
Darvozabon: Darvozabonga ruxsat etiladi:
Darvozabon maydonchasida butun o‘yin jarayonida gavdaning barcha qismlari bilan to‘pga tegishga;
Darvoza maydonchasi ichida to‘p bilan maydon o‘yinchilari qoidalariga rioya qilmasdan harakat qilishga ammo, darvozabon tomonidan to‘pni uzatishni kechiqtirishga ruxsat berilmaydi;
To‘psiz darvoza maydoniga chiqib va maydonda o‘yinda ishtirok etish, u holda darvozabon maydon o‘yinchilari umumiy qoidalariga rioya qiladi;
Darvozabon gavdaning har bir qismi bilan darvoza maydonchasi chizig‘ini kesib o‘tsa, u holda darvozabon darvoza maydonchasidan chiqdi deb hisoblanadi;
Darvoza maydonidan chiqib to‘p bilan o‘ynashi mumkin, agar u tomonidan darvoza maydonchasida to‘p uning nazoratida bo‘lmasa.
Darvozabonga ruxsat etilmaydi:
Darvozani himoya qilish jarayonida raqiblarga xavf tug‘dirish;
Uzining nazoratida bo‘lgan to‘p bilan darvoza maydonchasidan chiqish;
Darvozabon tomonidan maydonga tashlangan to‘pga boshqa o‘yinchilar tegmasdan, darvozabon yana to‘pga tegishi ma’n etiladi;
Darvoza maydonida turib maydonda yotgan yoki dumalab ketayotgan to‘pga tegish;
Maydonda yotgan yoki dumalab ketayotgan to‘pni darvozabon maydoniga olib kirish;
O‘yin maydonidan to‘pni olib darvoza maydoniga qaytish ;
Darvoza o‘yin maydonida yotgan yoki o‘yin maydoni tomon dumalab ketayotgan to‘pga tovon yoki oyoqning tizzadan past kismi bilan tegish;
Raqib tomonidan 7 metrlik jarimani bajarishda to‘p o‘yinchining qo‘lidan chiqmasdan avval 4 metrlik masofa belgilovchi chiziqdan o‘tish.
Darvoza maydoni: Darvoza maydonida faqat darvozabon bo‘lishi mumkin. Maydon o‘yinchisi gavdaning har qanaqa qismi bilan darvoza maydonini belgilovchi chiziqdan o‘tsa, u holda o‘yinchi darvoza maydoniga kirgan deb hisoblanadi. Agar maydon o‘yinchisi darvoza maydoni chizig‘ini bosgan bo‘lsa, qo‘yidagicha xal qilinishi lozim:
a) to‘p bilan maydon o‘yinchisi darvoza maydoni chizig‘ini bossa, erkin to‘p tashlash;
b) maydon o‘yinchisi to‘psiz darvoza maydoni chizig‘ini bosib o‘z foydasiga ustunlik yaratsa, erkin to‘p tashlash;
v) agar maydon o‘yinchisi darvoza maydoniga kirib, yaqqol darvozani ishg‘ol qilish imkoniyatini to‘xtatsa, 7 metrlik jarima to‘p otish belgilanadi.
Darvoza maydonidan foydalanish jazolanmaydi:
a) o‘yinchi to‘p uzatishdan so‘ng darvoza maydoni chizig‘ini bossa, shuningdek, bu holat raqib ustunligini yo‘qotishga olib kelmasa;
b) o‘yinchi to‘psiz darvoza maydoniga kirsa va bu harakat natijasida o‘ziga ustunlikni yaratmasa;
v) himoyachilar himoya harakatlarini bajarish jarayonida darvoza maydoniga kirib ketsa, ammo bu holatda raqib ustunligini yo‘qotishga olib kelmasa.
Darvoza maydonidagi to‘p egasi faqat darvozabon. Agar to‘p darvoza maydonida yoki darvoza maydonida dumalab ketayotgan va darvozabon qo‘lida bo‘lsa, maydon o‘yinchisini unga tegishi mutloq ma’n etiladi. Ammo, agar to‘p darvoza maydoni ustida havoda bo‘lsa, u holda to‘p bilan o‘ynashga ruxsat beriladi. Agar to‘p darvoza maydoniga tushsa, u holda darvozabon to‘pni o‘yinga qaytaradi. O‘yin davom ettiriladi, agar himoyadagi o‘yinchilar himoya jarayonida to‘pga tekkandan so‘ng darvozabon uni egallasa yoki to‘p darvoza maydonida qolsa, darvozabon qoidaga binoan uni o‘yinga qaytaradi.
Himoyachilardan o‘z darvoza maydoniga tushgan to‘p:
a) to‘p darvozaga tushsa - gol;
b) agar to‘p darvoza maydonida qolsa yoki darvozabon to‘pga tegsa va to‘p darvozaga kirmasa - erkin to‘p tashlash;
v) to‘p maydon yon chizig‘dan chiqib ketsa - yon chiziqdan to‘p tashlash;
g) agar to‘p darvoza maydonini kesib o‘tib, o‘yin maydoniga qaytsa - o‘yin davom ettiriladi.
Darvoza maydonidan o‘yin maydoniga qaytgan to‘p - o‘yinda deyiladi.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə