Tillar kafedrasi” Jismoniy madaniyat fanidan


O‘yin vaqti tugagandan so‘ng qoida buzilishi



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə13/18
tarix01.06.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#114882
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Ganbol

O‘yin vaqti tugagandan so‘ng qoida buzilishi: "O‘yin davomi" tushunchasi qo‘shimcha vaqt va taym-autni o‘z ichiga oladi. Sportchiga xos bo‘lmagan xulq yoki o‘yinchi hamda jamoaning mas’ul shaxsi tomonidan (o‘yin o‘tkazilayotgan inshoatda, o‘yin vaqti tugaganiga karamay) "jismoniy hujum" qo‘yidagicha jazolanadi:
O‘yindan avval: sportchiga xos bo‘lmagan xulq uchun - ogohlantiriladi; sportchiga xos bo‘lmagan qo‘pol xulq yoki "jismoniy hujum" uchun diskvalifikatsiya qilinadi, jamoaga o‘yinni boshlashga ruxsat beriladi.
Hakamlar: Har bir o‘yinga ikki teng xuquqli hakamlar tayin-lanadi. Ularga sekundometrist va kotib yordam beradi. Hakamlar o‘yinchilarning musobaqa o‘tkazish joyiga kelgandan to ketgunlariga kadar xulqini nazorat qiladi. Uchrashuvdan avval hakamlar o‘yin maydoni, darvoza va to‘p holatlarini tekshirib, qaysi to‘p bilan o‘ynashni hal qiladi.
Shuningdek, hakamlar ikki jamoaning formasi qoidaga mosligini tekshiradi. Ular o‘yinchi va mas’ul vakillarning son jixatdan zaxira xududida qoida talabiga binoan joylashishini va uchrashuv bayonnomasida jamoaning mas’ul vakili dastxatlari mavjudligini nazorat qiladi. Barcha kamchiliklar darhol bartaraf etilishi lozim.
Hakamlarning biri, ikkinchisi va ikki jamoa sardori ishtirokida qur’a tashlash o‘tkaziladi. O‘yin boshlanishidan avval hakamlarning biri dastlabki to‘p tashlash xuquqini qo‘lga kiritgan jamoa orasida joylashadi. Bunday holat "maydondagi hakam" deb ataladi. Maydondagi hakam dastlabki to‘p tashlash uchun hushtak berib o‘yinni boshlaydi. To‘pga egalik qilayotgan jamoa to‘pni raqiblarga oldirib qo‘ygan zaxoti bu hakam darhol himoya qiluvchi jamoa darvozasining kesib o‘tgan yuza chiziq ortiga o‘tib joylashadi.
Ikkinchi hakam o‘yin boshlanishidan avval o‘yin boshlanishida himoya qiluvchi jamoa darvozasini kesib o‘tuvchi yuza chiziq ortida joylashadi. Bu holat "darvoza chizig‘ini kuzatuvchi" hakam deb ataladi. Himoyadagi jamoa to‘pni yo‘qotganda u maydondagi hakam hisoblanadi. Hakamlar o‘yin davomida vaqti-vaqti bilan maydon tomonlari bilan almashib turishlari lozim. Odatda, butun o‘yinni tayinlangan hakamlar o‘tkazishlari lozim. Ular o‘yin davomida qoidaga rioya qilishni nazorat qilib, yo‘l qo‘yilgan xatolar uchun darhol o‘yinchilarni jazolaydilar.
Gollar hisobiga ikkala hakam barovar javobgardir. Undan tashqari, ular ogohlantirish, chetlatish, diskvalifikatsiya va umuman o‘yindan xaydalishlari ham qayd etadilar. Ikki hakam o‘yin vaqtini nazorat qilishga javobgar. Vaqt to‘g‘riligni belgilashdagi kelishmovchiliklarni hakamlar birgalikda hal qilishadi. O‘yindan so‘ng bayonnomani to‘g‘ri tuldirilishiga javobgarlik hakamlar zimmasiga yuklatiladi. O‘yindan xaydash va diskvalifikatsiya bayonnomada qayd etilishi shart.
Sekundometrist va kotib (vaqt belgilovchi hakam, kotib): sekundometrist o‘yin vaqtini, taym-autni va chetlatilgan o‘yinchi jarima vaqtini nazorat qiladi. Shunday qilib kotib asosan o‘yinchilar ruyxatini tekshirib, uchrashuv bayonnomasini yurgizadi, o‘yinga chiquvchi o‘yinchi kech qolib kelgan va o‘ynashga xuquqi bo‘lmagan o‘yinchilarni nazorat qiladi. Jamoa zaxira xududidagi o‘yinchi va rasmiy shaxslarning mikdorini o‘yinga kirishi va chiqishlarini, shuningdek, birgalikda mas’uliyatlarni taqsimlab nazorat qiladi. Odatda, zaruriyat bo‘lganda faqat sekundometrist o‘yinni to‘xtatishi mumkin.
Vaqt ko‘rsatuvchi elektr tablo yo‘q bo‘lgan holda, sekundometrist jamoalar mas’ul shaxslariga, o‘ynalgan vaqt yoki o‘yin tugashiga qolgan vaqt, ayniksa, taym-aut vaqtida axborot berib turishi lozim. Agar, avtomatlashgan elektr signal bo‘lmagan holatda o‘yinning birinchi taymi va o‘yin tugaganligi uchun beriladigan signal javobgarligini sekundometrist o‘z zimmasiga oladi. Agar elektr tablo, shuningdek, o‘yindan chetlatish to‘g‘risida axborot bera olmasa, bunday holatda sekundometrist oldindan tayyorlangan kartochka chetlatilgan o‘yinchi raqamini va chetlatish vaqti tugashini ko‘rsatadi.
Agar hakamlarning biri uchrashuvni tugata olmasa, u holda ikkinchi hakam bir o‘zi o‘yinni davom ettiradi. Agar ikki hakam bir jamoa tomonidan qoida buzilganini qayd etsada, har hil fikrga ega bo‘lsa, u holda jamoani jazolashda qat’iyrog‘i qo‘llaniladi.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə