Tillar kafedrasi” Jismoniy madaniyat fanidan


O‘yinchilarni almashtirish xududi (zona) qo‘llanish tartibi



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə16/18
tarix01.06.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#114882
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Ganbol

O‘yinchilarni almashtirish xududi (zona) qo‘llanish tartibi:
O‘yinchilarni almashtirish zonasi maydonning yon chizig‘i tashqi tarafidan markaziy chiziqning ulashgan nuqtasidan o‘ng va chap tomon taalluqli jamoa zaxiradagi o‘yinchilari joylashgan skameykagacha belgilanadi. Jamoaning zaxiradagi o‘yinchilari uchun skameyka markaziy chiziqdan 3,5 masofada o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Har qanday darajadagi musobaqalarni o‘tkazishda bu tavsiyaga amal qilish lozim.
Zaxiradagi o‘yinchilar uchun yon chiziq ro‘parasida joylashgan skameyka oldiga boshqa har qanaqa uskunalar qo‘yishga ruxsat etilmaydi (kamida markaziy chiziqdan 8 metr masofada). Skameykada faqat bayonnomada qayd etilgan o‘yinchi va mas’ul shaxslar joylashishiga ruxsat etiladi. Agar tarjimonga extiyoj bo‘lgan holda u jamoa skameykasida joylashadi.
O‘yinchilarni almashtirish xududidagi jamoaning mas’ul vakili albatta sport formasida yoki tantanali kiyimda bo‘lishi shart. Sekundometrist va kotib butun o‘yin jarayonida hakamlarga o‘yinchilarni almashtirish xududini nazorat qilishda yordam qilishlari kerak. Jamoaning mas’ul shaxsi o‘zining jamoasini qoidaga rioya qilib, odatda skameykada o‘tirib boshqarishi lozim.
Mas’ul shaxsga o‘yinchilarni almashtirish xududida qo‘yidagi vazifalarni bajarish uchun harakat qilib yurishga ruxsat beriladi: o‘yinchilarni almashtirishni bajarish; maydonda va zaxiralar skameykasida joylashgan o‘yinchilarga taktik ko‘rsatmalar berish; tibbiy yordam ko‘rsatish; jamoaviy taym-aut talab qilish; kotib (sekundometrist) bilan muloqatda bo‘lish. Faqat jamoaning mas’ul shaxslaridan bittasi har doim o‘rnidan turib murojat qilishga ruxsat etiladi. Undan tashqari jamoaning mas’ul shaxsiga, almashtirish xududi talabiga rioya qilib yurishiga ruxsat etiladi. Faqat bu holatda mas’ul shaxs kotib (sekundometrist) ga o‘yin maydonini ko‘rinishini to‘smasligi lozim. O‘yinchi almashtirish xududidagi o‘yinchilar skameykada o‘tirishlari talab etiladi.
Ammo qo‘yidagi holatda o‘yinchilarga ruxsat beriladi: skameyka ortida joy bo‘lsa, harakatlari salbiy oqibatga olib kelmasa to‘psiz "razminka" qilishlariga ruxsat beriladi. Jamoaning o‘yinchilari va mas’ul shaxslariga ruxsat etilmaydi: hakamlarni, vakillarni, kotib (sekundometrist), o‘yinchilarni xaqorat qilish yoki harakatlariga aralashish qat’iy man etiladi; o‘yin holatiga ta’sir etish uchun o‘yinchi almashtirish xududidan chiqib ketish.
Musobaqalar tashkil etish va o‘tkazish
Qo‘l to‘pi musobaqalari o‘quv-mashg‘ulot ishlarining asosiy qismini tashkil etadi. U shug‘ullanuvchilarning mashg‘ulotlarga qiziqishini oshiradi, mamlakatda qo‘l to‘pini ommaviy rivojlantirishga yordam beradi. Gandbolchi o‘yinlarda muntazam qatnashmay turib yuqori natijalarga erisha olmaydi. Musobaqalar musobaqa qatnashchilarining va jamoaning jismoniy, texnik, taktik va axloqiy-irodaviy tayyorgarligi darajasini aniqlaydi, o‘quv-mashg‘ulot jarayonining axvoli va yunalishini aniqlash imkonini beradi.
Musobaqalarni boshqarish: Musobaqalarni tayyorlash va o‘tkazishga umumiy raxbarlikni amalga oshiradigan tashkilot, shuningdek, musobaqani o‘tkazish uchun anik javobgar shaxs bo‘lishi, musobaqalar joyini tayyorlash, sportchi va hakamlarni kutib olish, joylashtirish, ovqatlantirish, ularga tibbiy xizmat ko‘rsatish, shuningdek, madaniy tadbirlarni o‘tkazish uchun ham javobgar tayinlanishi kerak.
Musobaqa turlari: Oldiga qo‘yilgan vazifalariga qarab musobaqalarni asosiy va yordamchi musobaqalarga bo‘lish mumkin. O‘zbekistan Respublikasi Madaniyat va sport ishlari Vazirligi tomonidan tasdiqlangan sport tasnifi talablariga muvofiq tashkil etiladigan hamda natijalariga ko‘ra g‘olib va chempion degan nom beriladigan musobakalar asosiy musobaqalarga kiradi.
Musobaqalarning asosiy turi - taqvim musobaqalari bo‘lib, ular sport tadbirlarining yagona taqvimiy rejasida nazarda tutiladi va tasdiqlangan nizomga muvofiq ravishda o‘tkaziladi. Musobaqaning asosiy turlariga: birinchilik yoki chempionatlar, kubok musobaqalari, saralash musobaqalari kiradi.
Birinchilik yoki chempionatlar - eng mas’uliyatli musobaqalar bo‘lib, ularning natijalari buyicha g‘olib jamoalarga chempionlik unvoni beriladi. Musobaqalarni tashkil etishning bu turi jamoalar kuchini holisona baholashga, olib borilayotgan o‘quv-mashg‘ulot ishining sifatini taqqoslashga imkon beradi.
Kubok musobaqalariga juda ko‘p jamoalarni jalb etish mumkin va ular g‘olibni qisqa muddatlarda aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Kubok musobaqalari eng yaxshilarni izchillik bilan tanlab olish buyicha o‘tkaziladi. Saralash musobaqalari musobaqaning keyingi boskichida qatnashish uchun eng kuchli jamoalarni aniqlash maksadida o‘tkaziladi.
Musobaqaning yordamchi turlariga qo‘yidagilar kiradi: nazorat uchrashuvlari, o‘rtoqlik uchrashuvlari, qisqartirilgan musobaqalar. Nazorat uchrashuvlari jamoalarni bo‘lajak musobaqalarga tayyorlash va ularning tayyorgarligini tekshirish maqsadida o‘tkaziladi. O‘rtoqlik uchrashuvlar o‘quv-mashg‘ulot maqsadlarida yoki an’anaviy musobaqalar rejasida o‘tkaziladi. Qisqartirilgan musobaqalar bir necha soat mobaynida o‘tkaziladi. Ular, odatda, bayram kunlariga va sport mavsumining ochilish yoki yopilish kunlariga rejalashtiriladi.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə