Tir convention Uzbekistan


c) OG‘IR VAZNLI YOKI KATTA HAJMLI YUKLARNI TASHISHGA



Yüklə 3,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/163
tarix13.06.2023
ölçüsü3,25 Mb.
#116982
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   163
TIR Convention Uzbekistan

c) OG‘IR VAZNLI YOKI KATTA HAJMLI YUKLARNI TASHISHGA 
TAALLUQLI QOIDALAR
29-modda
1. Mazkur bo‘limning qoidalari faqat ta’rifi mazkur Konvensiyaning 1-moddasidagi 
p)-bandida keltirilgan og‘ir vaznli va katta hajmli yuklarni tashishga nisbatan 
qo‘llaniladi.
(ECE/TRANS/17/Amend.21, 2002 yil 12 mayda kuchga kirgan)
2. Agar mazkur bo‘limning qoidalari qo‘llaniladigan bo‘lsa, og‘ir vaznli yoki katta 
hajmli yuklarni tashish jo‘natish joyi bojxona organlarining qarori bilan 
muhrlanmagan transport vositalari yoki konteynerlar orqali amalga oshirilishi 
mumkin.
3. Jo‘natish joyi bojxona organlarining fikricha, og‘ir vaznli yoki katta hajmli 
yuklarni, hamda ular bilan bir vaqtda tashiladigan ularga taalluqli bo‘lgan har 
qanday narsalarni ularning ta’rifi bo‘yicha osongina tanib olish mumkin bo‘lganda 
yoki yuqorida eslatib o‘tilgan yuklarda iz qoldirmasdan har qanday almashtirilishi 
yoki olib qo‘yilishi ehtimolini bartaraf etadigan qilib, ularni bojxona muhrlari va 
plombalari va/yoki taniqlik belgilari bilan ta’minlash mumkin bo‘lgandagina 
Mazkur bo‘limning qoidalari qo‘llaniladi. 
29-moddaga tushuntirish xati 
0.29 
Og‘ir vaznli va katta hajmli yuklarni tashiydigan yo‘l transport vositalari 
yoki konteynerlar uchun ruxsat berish guvohnomasi talab etilmaydi. 
Shunga qaramasdan, jo‘natish joyining bojxonasi mazkur turdagi 
tashishlar uchun ushbu moddada nazarda tutilgan boshqa shartlar 
bajarilganligini tekshirishi shart. Boshqa Ahdlashuvchi tomonlarning 
bojxonalari jo‘natish joyining bojxonasi tomonidan qabul qilingan qarorni 
tan olishi kerak, ularning fikricha, ushbu qaror 29-moddaning qoidalariga 
zid kelgan holatlar bundan mustasno. 
29-moddaga sharhlar
Og‘ir vaznli yoki katta hajmli yuklar sifatida ko‘riladigan yo‘l transport 
vositalari 
Agar o‘zi og‘ir vaznli yoki katta hajmli hisoblangan yo‘l transport 
vositalarida yoki maxsus maqsadli transport vositalarida boshqa og‘ir 
vaznli yoki katta hajmli yuklar tashilsa va, natijada, ham transport 
vositalari, ham yuklar bir vaqtning o‘zida Konvensiyaning III s)-bobida 
ko‘rsatilgan shartlarga javob bersa, unda muqovasida va barcha yirtma 
varaqalarida Konvensiyaning 32-moddasida nazarda tutilgan yozuvlar 
tushirilgan faqatgina bitta XYT kitobchasi talab etiladi. Agar bunday 
transport vositalarida oddiy yuklar yuk bo‘linmasida yoki konteynerlarda 


tashilsa, unda transport vositasi yoki konteynerlarga III a)-bobda 
ko‘rsatilgan shartlarga rioya qilgan holda oldindan ruxsat berilishi 
kerak, va yuk bo‘linmasi yoki konteynerlar muhrlanib, plombalanishi 
kerak.
Konvensiyaning 3-moddasi a)-bandi iii)-kichik bandining qoidalari yo‘l 
transport vositalari yoki maxsus maqsadli transport vositalari jo‘natish 
joyi bojxonasi joylashgan mamlakatdan olib chiqilgan va belgilangan 
joyning bojxonasi joylashgan mamlakatga olib kirilgan holatda 
qo‘llaniladi. Shu bilan birga, Konvensiyaning yo‘l transport vositasini 
vaqtinchalik olib kirishga taalluqli bo‘lgan 15-moddasining qoidalari 
qo‘llanilmaydi. Shuning uchun bunday transport vositalarini 
vaqtinchalik olib kirishga bojxona hujjatlari talab etilmaydi.
(TRANS/WP.30/AC.2/59, 61 va 62-bandlar va 6-ilova; 
TRANS/WP.30/AC.2/65, 39 va 40-bandlar va 2-ilova; 
TRANS/WP.30/200, 72-band)
Jonli hayvonlarni tashish
Jonli hayvonlarni tashish uchun 29-moddaning og‘ir vaznli yoki katta 
hajmli yuklarni tashishga taalluqli bo‘lgan qoidalari qo‘llaniladi.
(TRANS/GE.30/AC.2/21, 30-band)

Yüklə 3,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə