Toshkent davlat agrar universiteti botanikadan laboratoriya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/37
tarix06.05.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#42028
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   37

 110
zavor mevalarni ustarada ko‘ndalangiga kesib, meva xonalarini belgilab sanab chi-
qing. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
57-rasm.Bir urugli quruk mevalar: A-yongoq,Б-yongokcha,B-don, 
Г-xakalak,D-qanotli,E-ikki qanotli,Ж-pista,3-murakkab yongoqcha, 
И-pistacha 
 
 
 
 
 


 111
 
 
 
58-rasm.Kop urugli quruq mevalar: 
A-qanotli,Б-murakkabqanotli,B-dukkak,Г-qo'zoq,Д-boqinli qo'zoq, 
J,3,i-quticha,E-qo'zooqcha 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 112
 
 
 
 
59-rasm.Bir urugli xo'l meva: 
A-Б-danakli meva,1-ekzokarp,2-mezokarp,3-endokarp 
 
 
 
 


 113
 
 
 
60-rasm.Kop urugli xol mevalar (rezavorlar) : 
A-uzum,Б-pomidor,B-olma,Г-limon, Д-bodring 
 
 
 
 
SAVOLLAR: 
Meva gulning qaysi qismidan hosil bo‘ladi? 
Mevalar necha xil bo‘ladi? 
Meva necha qismdan tuzilgan? 
Dukkak bilan qo‘zoqning farqi nimada? 
 
17-MAVZU: URUG‘NING TUZILIShI VA TIPLARI. 
 
MAVZUNING MAQSADI. Urug‘ tuzilishini va tiplarini o‘rganish. 
KЕRAKLI JIHOZLAR: suvda ivitilgan bug‘doy doni va loviya urug‘i, 
buyum oynasi, qoplag‘ich oyna, lupa lantset, preparoval nina. 
Umumiy tushuncha. Gulli o‘simliklarning hayot jarayoni davomida, 
urug‘ining unib chiqishidan voyaga etgan o‘simlikda yangi urug‘ paydo 
bo‘lguncha barcha asosiy organlar shakillanadi. Urug‘dan urug‘ hosil bo‘lguncha 


 114
o‘tgan davr ontogenez yoki o‘simlik organizmining individual rivojlanish davri 
deb ataladi. 
Gulli o‘simliklar ontogenezining davomliligi bir-birinikidan katta farq qi-
lishiga qaramay, har bir individning hayoti urug‘ning unib chiqishidan boshlanib, 
urug‘ hosil bo‘lishi bilan tamomlanadi. Urug‘ unib chiqishi, ya'ni murtagi rivojlan-
ishi uchun, albatta, zahira oziq moddalar bo‘lishi shart. Bu moddalarning vazifasi 
urug‘ning rivojlanayotgan murtagini oziqlantirib turishdan iborat, chunki bu vaqtda 
murtak xali tashqaridan oziqlana olmaydi. Shuning uchun gulli o‘simliklarning har 
bir urig‘ida, murtakdan tashqari, alohida to‘qimalarda – endosperm yoki peri-
spermda zahira oziq moddalar to‘planadi. Urug‘lar quyidagi turlarga bo‘linadi. 
Endospermsiz urug‘lar. Urug‘dan murtakning unib chiqishi uchun kerakli 
zahira oziq moddalar murtakning o‘zida, ya'ni urug‘ pallalarida to‘plangan bo‘lsa, 
endospermsiz urug‘lar deyiladi. Bu urug‘lar dukkakdoshlar murakkabguldoshlar
qovoqdoshlar oilalarining vakillarida uchraydi. 
Endospermli urug‘lar .Urug‘da murtakning unib chiqishi uchun kerakli 
bo‘lgan oziq moddalar maxsus g‘amlovchi to‘qima-endospermda to‘plansa endo-
spermli urug‘ deyiladi. Bunday urug‘lar qo‘ng‘irboshsimonlar oilasi va 
ituzumdoshlar oilalarining vakillarida aniq ko‘zga tashlanadi. 
 Perispermli  urug‘lar. Bulardan perisperm urug‘kurtakning nutsellusidan 
hosil bo‘ladi. Zahira oziq moddalar urug‘kurtakning nutsellus hujayralarida 
to‘plangan bo‘lsa, perispermli urug‘lar deyiladi. Perispermli urug‘larni chin-
niguldoshlar va sho‘radoshlar oilalarining vakillarida uchratish mumkin. 
Urug‘ning zahira oziq moddalari uglevodlar, moylar, oqsillardan iborat, bu-
lardan tashqari, vitaminlar, fermentlar va anorganik moddalar ham bor. Ba'zi 
o‘simliklarda, masalan, dukkakdoshlar (mosh, no‘xot, loviya) urug‘ida, asosan 
oqsil g‘alladoshlar (bug‘doy, javdar, sholi) donida uglevodlardan kraxmal ko‘p 
bo‘ladi. G‘o‘za chigiti, eryong‘oq, kanakunjutda moy ko‘p bo‘ladi. Shuni aytish 
kerak-ki, moylar zahira oziq moddalarning eng ko‘p kaloriya beradigan qismi 
hisoblanadi. Masalan, 1 g. uglevod yonganda 4200 kkal, 1g. oqsil yonganda 4400 
kkal, 1g moy yonganda 9500 ga yaqin kichik kkal issiqlik ajraladi. 
Endospermsiz urug‘ning tuzilishi. Dukkakli o‘simliklarning, masalan, 
loviya, no‘xot, moshning urug‘ida endosperm bo‘lmaydi va zahira oziq moddalar 
urug‘pallalarida to‘planadi. Masalan, loviya urug‘ini olib qarasak, u odatda 
buyraksimon shaklda bo‘lib, usti urug‘ning ichki to‘qimalarining himoyalovchi 
qalin po‘st bilan o‘ralganligini ko‘rish mumkin. Urug‘ning ichki botiq tomonida 
urug‘bandning izi bo‘lgan kichkina chok bo‘ladi. . Shokning narirog‘ida teshikcha, 
urug‘ yo‘li (mikropil)bo‘ladi. 
Agar loviya urug‘ining tashqi po‘sti olib tashlansa, u osongina ikkita teng 
pallaga ajraladi. Bu pallalarning ichki tomoni tekis, tashqi tomoni do‘mbaygan 
bo‘ladi. Tekis tomoni bilan bir-biriga yondoshgan bu pallalar urug‘palla deb ata-
ladi. 
Urug‘pallalar bir uchi bilan bir-biriga bog‘langan bo‘lib, bu erda ular 
orasida kalta dumcha shaklli maxsus o‘simta bo‘ladi. Bu o‘simta murtak ildiz-
chasidir. Uning yaqinida murtak kurtakchasi turadi. Bu kurtakcha bo‘lajak novdan-
ing boshlang‘ichi bo‘lib, u ikkita oq tangacha qobiq bilan o‘ralgan bo‘ladi. 


 115
Endospermli urug‘ning tuzilishi. Boshoqdoshlar oilasiga mansub 
o‘simliklardan, bug‘doy, arpa, sholi donlari kraxmal, ko‘p bo‘lgan endospermli 
urug‘larga kiradi. Bu urug‘lar tashqi pardasimon kobiq, endosperm va murtakdan 
iborat bo‘ladi. 
Endosperm donning ko‘p qismini egallaydi, u yupqa tsellyuloza qobiqli va 
ichki moddasi quyuq, parenxima hujayralarining bir-biriga zich birikishidan hosil 
bo‘lgan to‘qimadir. Endosperm hujayralarida to‘planadigan zahira oziq moddalar, 
asosan kraxmal va qisman oqsillardir. 
Don unayotgan vaqtda qalqonchaning hujayralari zo‘r berib bo‘lina 
boshlaydi va endosperm massasi ichiga kirib,uning zahira oziq moddalarini 
olib,o‘sayotgan murtakka beradi. 
Boshlang‘ich ildizcha kurtakchaning qarama-qarshisida bo‘ladi va u mur-
takning uchi alohida ildiz qinchasi bilan himoyalangan bosh ildizchasi hisoblanadi. 
Don o‘sa boshlaganda bosh ildizcha urug‘ning tashqi pardasini yirtadi va shu vaq-
tning o‘zida uning asosidan yon ildizchalar chiqa boshlaydi. Shuning uchun don 
o‘sayotganda undan bitta o‘rniga birdaniga bir nechta yon ildizlar chiqadi. Asosiy 
ildiz tez orada qurib qoladi. Yon ildizchalarning rivojlanishi bilan bir vaqtda bosh-
lang‘ich poyacha ham o‘sa boshlaydi. Bunda birinchi bargning o‘tkir uchli qal-
poqchasi urug‘ning qobig‘ini yorib, tashqariga chiqadi va bir qancha vaqtdan keyin 
tuproq yuzasida ko‘rinadi. 
 
IShLASh TARTIBI VA TOPShIRIQLAR. 
 
1.Ivitilgan loviya o‘simligi urug‘ning tashqi tuzilishi bilan tanishing. Bunda 
urug‘ning buyraksimon shakliga, ichki botiq tomonida urug‘band izi bo‘lgan 
kichik chok qismiga chokning yonida joylashgan kichik teshik urug‘ yo‘liga e'tibor 
bering. 
2.Urug‘ning tashqi po‘stini olib tashlang va teng ikki pallaga ajralganligini 
kuzating. Urug‘ pallalar bir uchi bilan bir-biriga bog‘langan tomonida murtak joy-
lashganligini ko‘ring, murtak esa o‘z navbatida ildizcha, poyacha va bargchadan 
iborat ekanligini o‘rganing. 
3.Jadval va rasmlardan foydalanib urug‘ning unib chiqishi va rivojlanishini 
o‘rganing. Ularni rasmlarini chizib chiqing. 
4.Ivitilgan bug‘doy urug‘idan foydalanib undan uzunasi bo‘ylab kesma 
tayyorlang. Uning tuzilishini o‘rganing, bunda kraxmal ko‘p bo‘lgan endosperm 
borligini kuzating. 
5.Bug‘doy urug‘ining aleyron donachalariga, aleyron qavatlariga, murtak-
ning joylashishiga, qalqoncha va uning vazifasiga e'tibor bering. Ularni rasmlarini 
chizib oling. 
 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə