Toshkent davlat agrar universiteti botanikadan laboratoriya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/37
tarix06.05.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#42028
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37

 138
3. Quyidagi oila vakillarini lotin va o‘zbek tilidagi nomlarini yozing. 
Gossypium - g‘o‘za, Althaea – Gulxayri, Malva – Tugmachagul, Abutilon – 
Dag‘al kanop, Hibiscus cannabinus –Kanop, Hibiscus trionum –Bo‘ritaroq. 
 
UZUMDOShLAR OILASI- VITACEAE 
 Morfologik ta'rifi: Bu oilaga 11 ta turkum va 700 tur kiradi. Ko‘pchilik 
vakillar tropik va subtropik mintaqalarida tarqalgan daraxtsimon, ilashuvchi liana 
shaklidagi o‘simliklardir. Barglari oddiy, panjasimon o‘yilgan yoki qirqilgan, pan-
jasimon tomirlangan,poyaga ketma-ket joylashgan. Barglarning o‘rnashgan 
bo‘g‘inlaridan, novdaning o‘zgarishi natijasida gajaklar hosil bo‘lgan. Poya ular 
yordamida ilashib o‘sadi. To‘pguli ro‘vaksimon. Gullari mayda,to‘g‘ri (aktino-
morf)bir yoki ikki jinsli Gulkosa barglari 4 -5 ta, tishsimon reduktsiyalangan (qis-
qargan), gultojibarg 4 -5 ta, erkin yoki qalpoqsimon birikib o‘sgan. 
Changchilari 4-5 ta erkin o‘sgan gultojibarglarining qarshisida joylashgan. 
Urug‘chisi bitta, ikkita meva bargchasining birikib o‘sishidan hosil bo‘lgan. 
Tugunchasi ustki. Mevasi rezavor. 
Ahamiyati: Oilaning muhim ahamiyatiga ega bo‘lgan turkumi tok 
o‘simligi hisoblanadi. Bu o‘simlik qadim zamonlardan beri (6000 –7000 yil) ekib 
o‘stirilib kelinayotganligi to‘g‘risida ma'lumotlar bor. Hozirgi vaqtda tokning dun-
yo bo‘yicha 3000 navi ma'lum.Uning mevasini xo‘l hamda quritilib mayiz holida 
iste'mol qilinadi. Undan sharbat olinadi, sirop, murabbo va konservalar tayyor-
lanadi. Uzum shifobaxsh xususiyatga ega bo‘lganligi uchun, oshqozon, buyrak, 
kam qonli va boshqa kasalliklarda foydalaniladi. 
ISh TARTIBI VA TOPShIRIQLAR. 
1.Gerbariylardan foydalanib, tok navi o‘simliklarini morfologik tuzulishi 
bilan tanishing. 
2.Fiksatsiya qilingan, materiallar asosida, tok o‘simligini gul va meva 
tuzilishini o‘rganing. 
Gajaklarini hosil bo‘lishiga e'tibor bering, ularni rasmlarini chizing. Gul 
formulasini tuzing. 
 
Tok       Ca
4-5
Co
(4)-(5)
A
4-5
G
(2) 
3.Oila vakillarini lotincha va o‘zbekcha nomlarini yozing. 
Vitis vinifera - Ekiladigan uzum: V. Sylvestris-o‘rmon uzumi, Ampelopsis-
Ampelopsis: Partenocissus-Partenotsissus (qiz uzum).  
 
ZIRADOShLAR OILASI - APIACEAE. 
Morfologik ta'rifi: Bu oila 300 ga yaqin turkum va 3000 dan ortiqroq tur-
dan iborat. Ular er sharining hamma qismida, ko‘proq shimoliy qisman janubiy ya-
rim sharning mu'tadil (tog‘lik) hududlarida tarqalgan Ular asosan ko‘p yillik yoki 
bir, ikki yillik o‘t,ba'zan chala buta va buta o‘simliklaridir. Poyasi to‘g‘ri, ikki,ko‘p 
yillik vakillarining bo‘yi 2-4 metrga etadi. Barglari poyada navbatlashib, poyaning 
pastki qismidagi barglari to‘p-to‘p bo‘lib joylashgan, bir necha marta patsimon, 
mayda bo‘lakchalarga bo‘lingan, butun barglar kam uchraydi. Ko‘pchilik turlarida 
bandining osti kengayib barg qinini hosil qiladi. Yon bargchalari bo‘lmaydi. 


 139
To‘pguli oddiy yoki murakkab soyabon, ba'zan boshcha. Soyabon va soy-
abonchalarining tagida to‘pgulni o‘rab olgan bargchalari bo‘ladi. Gullari qo‘sh 
gulqo‘rg‘onli, to‘g‘ri,ikki jinsli, ba'zan bir jinsli,bir yoki ikki uylidir. Kosachabar-
glari 5ta, mayda tishsimon. Gultojibarglari 5 ta erkin o‘sgan.Changchilari 5ta 
Urug‘chisi 1ta, 2ta mevabargli, tugunchasi ostki, ikki uyali. Mevasi ipsimon meva 
bandi uchida osilib turuvchi qo‘sh pistacha. 
Ahamiyati:  Bu oila vakillarining ko‘pchiligi ziravor o‘simliklar hisobla-
nadi. Ularning tarkibida efir moylar simola, alkoloidlar uchraydi. Bular parfyumer-
iya, tibbiyot va oziq -ovqat sanoatida katta ahamiyatga ega. 
 
 
 
 
 
 
 
 
73-rasm. 
G’o’za (Gossypium). 1—gullayotgan shoxi, 2—guli, 3—gul diagrammasi, 4—ko’sagi, 5—
ko’sagining ko’ndalang kesimi, 6—ochilgan ko’sagi 7—urug’i, tolalari taralgan, 8—urug’ 
kesimi. 
 


 140
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
74-rasm. Yovvoyi sabzi (Daucus carota).  
A—to’pgulli shoxi, B—aloxida guli, V—mevasining bo’ylama kesimi, D—
mevasiningko’ndalang kesimi.  
 
 
 
ISh TARTIBI VA TOPShIRIQLAR
1.Gerbariylardan foydalanib ziradoshlar oilasining sitematik belgilari bilan 
tanishing. Bunda o‘simlikning barg, poya, gul va meva tuzilishiga, bargining po-
yada joylanishiga barg qiniga poyadagi bo‘g‘im oraliqlarini g‘ovak bo‘lishiga, 
oddiy va murakkab soyabon to‘pgullarining tuzilishiga,soyabon va soyabonchalar-


 141
da o‘rama barglarini bo‘lishi yoki bo‘lmasligiga e'tibor bering va rasmlarini chiz-
ing. Gul formulasini tuzing.  
Sabzi         Ca
5
Co
5
A
5
G
(2).
 
2. Nomlari kaeltirilgan o‘simliklarning o‘zbekcha va lotincha nomlarini 
yozing. Daucus-Sabzi; Coriandrum-Kashnich;Apium- Cel'derey; Petroselinum-
Petrushka; Bunium- Zira; Anethum-Ukrop (Shivid); Ferulla-Kovrak; Pimpinella- 
Arpabodiyon;Turgenia Shakamig‘; Conium-sacsiq alaf; Mediasia-Alqor. 
 
23-MAVZU; ATIRGULDOShLAR, (RAЪNODOShLAR) DUKAKDOShLAR 
(BURShOQDOShLAR) OILALARI. 
 
MAVZUNING MAQSADI; Oilalarning morfologik belgilarini hayotiy 
shakillarini, tarqalishini, asosiy vakillarini lotincha nomlarini va ahamiyatini 
o‘rganish. 
KЕRAKLI JIHOZLAR; Gerbariylar, o‘simliklar aniqlagichi, rasmlar, 
jadvallar, fiksatsiya qilingan gullar, quruq va xo‘l mevalar, lupa, pintset, preparoval 
nina va boshqalar. 
 
1.ATIRGULDOShLAR OILASI – ROSACEAE 
Morfologik ta'rifi; Bu oilaga 120 ta turkum va 3000 dan ortiq tur kiradi. 
Ular daraxt, buta, chala buta, ko‘p yillik ba'zan bir yillik o‘t o‘simliklari bo‘lib, er 
sharining deyarli hamma qismida, ayniqsa shimoliy yarim sharda keng tarqalgan. 
Barglari poyada ketma-ket joylashgan, oddiy yoki murakkab bo‘lib, ko‘pincha yon 
bargchalarga ega. Gullari to‘g‘ri, ikki jinsli, yakka, ba'zan to‘pgullarni hosil qiladi. 
Gulqo‘rg‘oni murakkab,uning a'zolari 5 tadan (ba'zan 4-6) doira shaklida joylash-
gan. Kosachabargi erkin ba'zan qo‘shilgan, ost kosachabarg bo‘lishi yoki 
bo‘lmasligi ham mumkin. Gultojibarglari 5ta bo‘lib erkin o‘sgan, ba'zan 4 ta. 
Changchilar soni gultojibarglar soniga teng yoki undan, ikki, to‘rt, ba'zan bir necha 
barobar ko‘p bo‘lib, doira shaklida joylashgan. Urug‘chisi bitta yoki bir nechta  
mevabarchalardan tashkil topgan. Ular bir-biriga qo‘shilgan yoki alohida. Mevasi 
pistacha, yong‘oqcha, danakli meva, to‘pmeva, soxta meva va rezavor mevalardir. 
Atirguldoshlar oilasi gul va mevalarining tuzilishi jixatidan 4 ta oilachaga 
bo‘linadi; 
a). TUBULG‘IDOShShALAR-SPIRAEOIDEAE. 
Bu oilachaning vakillari buta o‘simliklaridir .Barglari oddiy yoki mu-
rakkab, gullari mayda sochoq yoki qalqonsimon to‘pgulga yig‘ilgan.Gullari 
to‘g‘ri,qo‘shgulqo‘rg‘onli kosacha va gultojibargdan iborat, ular 5 tadan bo‘lib joy-
lashgan.Changchilar soni ko‘p, urug‘chisi 5 ta meva bargchaning birikishidan hosil 
bo‘lgan. Tugunchasi ustki Mevasi to‘p yoyma meva. 
b). ITBURUNDOShShALAR- ROSOIDIEAE. 
Bu oilachaga o‘t, chala buta va buta o‘simliklar kiradi. Barglari tok patsi-
mon, murakkab yoki o‘yilgan oddiy, yonbargchali. Poyasi ko‘pincha tikanli. Gul-
qo‘rg‘oni murakkab, chang-chilar soni ko‘p, urug‘chisi bitta yoki ko‘p meva 
bargchadan tashkil topgan. Gul o‘rni botiq yoki qavariq. Tugunchasi ustki yoki 
o‘rta. Mevasi yong‘oqcha yoki murakkab danakchali meva. 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə