Toshkent davlat agrar universiteti botanikadan laboratoriya


G‘O‘ZA BARGI BANDIDAGI MURAKKAB KRISTALLARNI



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/37
tarix06.05.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#42028
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37

 26
G‘O‘ZA BARGI BANDIDAGI MURAKKAB KRISTALLARNI 
ANIQLASh. 
G‘o‘za bargi bandidan ozgina kesib olib, buzina – marjon daraxt o‘zagi 
orasiga qo‘yib yupqa kesiladi. Bunda uning kesib olinadigan joyi mumkin qadar 
to‘g‘ri qilib ushlanadi. So‘ngra bir nechta yupqa kesma olib, uning bittasini buyum 
oynasi ustidagi suv tomchisiga qo‘yiladi, igna bilan to‘g‘rilab ustiga qoplag‘ich 
oyna yopiladi. Unga mikroskopning katta qilib ko‘rsatadigan ob'ektivi orqali qaral-
sa, parenxima hujayralarini ko‘rish mumkin. Preparatni o‘ng va chapga salgina 
siljitish bilan undagi oksalat kislota tuzi kristallarini topib ko‘rish mukin. G‘o‘za 
bargi bandida murakkab kristallar asosan barg tomiri yaqinida bo‘ladi. Agar 
preparatga xlorid kislota tomizilsa, kristal asta sekin yo‘q bo‘lib ketadi. Ignasi-
mon(rafidalar) kristallarini agava o‘simligining bargida yuqorida aytilgan usulda 
tekshirib ko‘rish mumkin. 
Alkaloidlar. Alkaloidlar hamma o‘simliklarda ham hosil bo‘lavermaydi. 
Alkaloidlar ko‘knorgullilar, ayiqtovongullilar, ituzumgullilar (bangidevona, ming-
devona) ro‘yangullilar oilasiga kiradigan o‘simliklarda (xina daraxti, kofe)larda 
ayniqsa ko‘p bo‘ladi. 
Alkaloidlar og‘riqni qoldiradigan, tinchlantiradigan dori sifatida ozginadan 
ishlatiladi. Misol tariqasida morfin, kodein, xininni ko‘rsatish mumkin. Ha-
shoratlarga qarshi kurashda anabazin, nikotin qo‘llaniladi. Organik kislotalardan; 
olma, uzum, limon, oksalat kislotalari bo‘ladi. 
 
TURGOR VA PLAZMOLIZ. 
Hujayra protoplazmasi o‘zi bilan aralashmaydigan suyuqlik ajratadi, bu 
suyuqlik hujayra shirasi deyiladi. Protoplazmadagi hujayra shirasi bilan to‘lgan 
bo‘shliqlar vakuollar deb ataladi. 
Hujayra shirasining suvga to‘yinib taranglanishi – hujayraning turgor holati 
deyiladi. Turgor holatdagi ya'ni tarang bo‘lib, turadigan hujayralar o‘zaro bir-biriga 
zich yopishib, o‘simlik organini elastik holatga keltiradi. Shu holat tufayli o‘simlik 
poya, barg, gullari (tarang) turadi. Hujayra shirasining o‘zidan suvini yo‘qotgan 
holati plazmoliz hodisasi deyiladi. Bunda tsitoplazma qisqaradi va hujayra 
po‘stidan ajralib o‘rtaga to‘planadi. Hujayra shirasi esa hujayra po‘stiga yaqin joy-
lashadi. Plazmolizda o‘simlik organlari so‘liydi. Plazmoliz holatidagi hujayra su-
vga botirilsa, unda turgor holati qayta tiklanadi. Bu esa deplazmoliz hodisasi 
deyiladi. 
TURGOR VA PLAZMOLIZ HODISASI QUYIDAGIShA 
O‘RGANILADI. Spirogira suv o‘tining bir necha ipini olib, buyum oynasidagi 
suv tomchisiga qo‘yiladi. So‘ngra unga mikroskopning katta qilib ko‘rsatadigan 
ob'ektivi orqali qaralsa, uning turgor holatda ekanligi ko‘rinadi. Shundan keyin 
qoplag‘ich oynani biroz ko‘tarib unga suvni o‘ziga tortib oladigan eritmadan, ma-
salan selitra eritmasidan bir nechta tomchi tomizilsa,plazmoliz hodisasining 
qanday ro‘y berishini kuzatish mumkin. Bunda hujayra ichidagi moddalar asta 
sekin to‘planib qoladi. Bu hodisa hujayra shirasining quyuqligi bilan bir xil 
bo‘lguncha davom etadi. Plazmoliz holatdagi hujayrani toza suvga solib qo‘yilsa, u 
yana turgor holatiga o‘tadi. 


 27
HUJAYRA PO‘STI VA UNING O‘ZGARIShLARI. 
O‘simlik hujayrasi po‘st bilan qoplangan bo‘ladi. Faqat ba'zi bir xivchinli-
lar, tuban zamburug‘lar (miksomitsetlar, arximitsetlar) bir qancha suv o‘tlari, zam-
burug‘lar zoosporasining hujayralari yalang‘och bo‘ladi. Ularning protoplasti 
tashqi sharoitdan faqat yupqa elastik qatlam plazmatik parda(plazmolemma) bilan 
chegaralangan. Hujayra po‘sti protoplazma faoliyatining mahsuloti hisoblanadi. 
Hujayra po‘sti tsellyulozadan tuzilgan. Hayot jarayoni natijasida po‘stning 
fizikaviy va ximiyaviy xususiyati o‘zgaruvchan bo‘ladi. Bunday o‘zgarishlarga: 
yog‘ochlanish, po‘kaklanish, kutinlanish yoki pektinlanish, shilimshiqlanish, min-
erallanish jarayonlarini ko‘rsatish mumkin. Hujayra po‘stining yog‘ochlanishiga 
daraxtlarning yog‘ochlik hujayrasi misol bo‘la oladi. O‘t o‘simliklari keksaygan 
sari uning poyasi ham dag‘allashadi: 
Yog‘ochlanish. hujayra po‘sti lignin bilan, ya'ni alohida yog‘ochlik 
moddasi bilan to‘yinadi. Yog‘ochlangan hujayra ancha pishiq bo‘lib, tez chiri-
maydi. Yog‘ochlangan hujayralar yog‘ochlik kabi o‘lib ketadi yoki zahira oziq 
moddalar bilan to‘lgan yog‘ochlik hujayralari kabi, tirik holda qoladi. Yog‘ochlikni 
bo‘yaaydigan eng yaxshi reaktiv floroglyutsin (S
6
N
3
(ON)) va xlorid kislota 
hisoblanadi.  Bu reaktiv ta'sirida yog‘ochlik qizil ranga kiradi, xlor-tsink-yod ta'sir-
ida sarg‘ish qo‘ng‘ir tusga kiradi. 
Po‘kaklanish. Hujayra po‘sti moysimon suberin (jigarsimon) modda bilan 
to‘yinib po‘kaklanadi. Po‘kaklangan po‘st o‘zidan suvni va haroratni, havoni  ham 
o‘tkazmaydi. 
Pektinlashish. O‘simlik organlarining sirtida bo‘ladigan tashqi hujay-
ralarning po‘sti ko‘pincha suberinga o‘xshash kutin deb ataladigan modda bilan 
to‘yinadi (kutinlanish hodisasi ro‘y beradi). Kutinlanish o‘simlikdan suvni ko‘p 
bug‘lanib ketishidan, mikroorganizmlar ta'siridan saqlaydi. Sudan III reaktivi ta'sir-
ida kutikula qizil tusga kiradi. 
Shilimshishqlanish. Bu hodisa zig‘ir, gorchitsa, bexi kabi o‘simliklar 
urug‘ida yuz beradi. Bunda hujayra po‘sti juda ko‘p miqdorda suv so‘rib, bo‘rtadi 
va shilliqqa aylanadi. Tabiiy sharoitda urug‘ning bunday shilliqlanish natijasida  
bo‘rtgan urug‘dan suvning uzoq saqlanib qolishiga hamda uni tuproqqa yaxshi bi-
rikib, tez ko‘karib chiqishiga sababchi bo‘ladi. 
Minerallanish: Hujayra po‘stining kremnezem (SiO
2
) bilan to‘yinish 
hodisasi g‘allasimonlarda bardisimonlarda, qiriqbo‘g‘im-da, suv o‘tlarda ham 
bo‘ladi. Kremnezyom (qumtuproq).tufayli o‘simlik tanasi dag‘allashadi. Bargining 
barg qirralari qo‘lni kesishi ham mumkin. O‘simliklarni hayvonlar yoyishidan 
saqlaydi. 
Har xil shakli o‘zgargan hujayra po‘stidan 2-3 tasining rasmi daftarga 
chizilib, nomlari yozib qo‘yiladi. 
 
 
 
 
 
 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə