Toshkent davlat agrar universiteti botanikadan laboratoriya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/37
tarix06.05.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#42028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37

 13
larni hosil bo‘lishi yoki sintezi ribosomalarning eng asosiy vazifasidir. Oqsillarning 
sintezida aktiv qatnasha-digan ribosomalar endoplazmatik to‘rlarda o‘rnashgan 
bo‘ladi.  
Mitoxondriylar. Hayvon va o‘simlik hujayralarida fizik va ximiyaviy xos-
salariga ko‘ra protoplazmaga o‘xshash mayda-mayda jismlar bor. Bularni mitox-
ondriylar («mitos» –ip «xondrion» – granulalar) deb ataladi. Faqat bakteriyalar bi-
lan yashil suv o‘tlarda xondriosomalarning bor yo‘qligi aniqlangan emas. Mitox-
ondriylarning morfologik belgilari turli o‘simlik organizmlarida o‘xshash bo‘lib, 
ular granula, tayoqcha donachalar va uzun yoki qisqa ipchalar shaklida harakat qi-
ladi. Mitoxondriylarni elektron mikraskopda ko‘rish mumkin. U tashqi membrana, 
mitoxondriya ichiga to‘liq bo‘lmagan to‘siq shaklida kiruvchi mitoxondrial kris-
tallardan, ichki membranalar (membranalar orasida teshiksimon bo‘shliq bor)dan 
tuzilgan. Turli kattalikdagi kristallar orasidagi bo‘shliqni to‘ldiradigan qalin go-
mogen modda matriksdan tuzilganligi aniqlangan. Mazkur granulalarning ximiya-
viy tarkibi noaniqdir. Ximiyaviy tarkibida nafas olishda ishtirok etadigan ferment-
lar (tsitoxromlar), fosfolipidlar, RNK, oqsillar, lipidlar borligi ko‘rsatilgan. Vita-
minlardan A,V,S,Е lar uchraydi. Mitoxondriyalarning aktivlik darajasi yuza 
kengligiga, hujayralardagi soni esa modda almashinuvining intensivligiga bog‘liq. 
Bo‘linish paytida yangidan paydo bo‘lishi tufayli mitoxondriylar soni ortadi va 
ular hujayralarning aktiv zonalariga to‘planadi. Mitoxondriylarda fosfolipidlar va 
oqsil sintezi boradi, energiya manbai bo‘lgan ATF ni ishlab chiqish mitoxondri-
ylarning asosiy vazifalari hisoblanadi.  
Goldji apparati. 1898 yilda Italiyalik olim Goldji qayd qilgan va dikti-
osoma nomi bilan yuritgan. Eukariot tipli hujayralarning hammasida Goldji appa-
rati uchraydi. Goldji apparati tarkibida oqsillar, yog‘lar, polisaxaridlar, ferment-
lardan fosfotaza, peroksidaza va turli xil gidrolazalar uchraydi. Goldji apparati 
ko‘pincha yassi tsisterna shaklida bo‘lib, ular o‘z navbatida ustunchaga birlashadi. 
Ustuncha hosil qiluvchi Goldji apparati tsesternalarining coni 5-10 ni tashkil etadi. 
Bu organellalarning chetida pufakchalar va vakuollalar joylashadi. Tsisternalarning 
alohida joylashgan tiplari diktiosomalar deb ataladi. Ularning har bir hujayradagi 
o‘rtacha soni 20ga yaqindir. Bo‘linayotgan hujayralarda, tinch turgan hujayralarga 
nisbatan diktiosomalar ko‘p bo‘ladi. Goldji apparati suv balansini tartibga solishda 
hujayralardagi chiqindi zaharli moddalarni to‘plashda, vakuola hosil qilishda aso-
siy rol' o‘ynaydi.  
Yadro.  O‘simlik va hayvon hujayralarining asosiy qismi bo‘lib, irsiy bel-
gilarni nasldan-naslga o‘tkazish va saqlashda, hujayralarda oqsil sintezini 
boshqarishda asosiy rol o‘ynaydi. Yadro hujayra markazida bo‘ladi. Hujayrada 
yadro bitta, ayrim hollarda ikkita yoki undan ham ko‘p bo‘lish mumkin. Yadro fa-
qat ko‘k yashil suv o‘tlarida va bakteriyalarda bo‘lmaydi,ularda yadro vazifasini 
bajaruvchi nukleoproteidlar mavjud bo‘ladi. Yadro ovalsimon, sharsimon, prozen-
xima hujayralarida cho‘ziqroq bo‘ladi. Hujayra o‘sgani bilan yadro katta-
lashmaydi, yosh hujayralar yadrosi qarilariga nisbatan katta bo‘ladi. Yadro quyuq 
va yopishqoq bo‘lishi bilan tsitoplazmadan farq qiladi. Qalinligi 400 A
0
 rangsiz 
qobig‘i bilan ajrab turadi, bir xil suyuqlik massadan iborat bo‘lib, unda bir yoki bir 
nechta yadrocha bo‘ladi. O‘simlik va hayvon hujayralari yadrosi tarkibida oqsil, 


 14
nuklein kislota, moy, ferment, hamda turli mineral tuzlar, fosfor, kaliy, magniy bor-
ligi aniqlangan. Agar hujayrani o‘rtasidan ikkiga bo‘lib, bir tomonda yadrosi 
qoldirsa shu tomon tezda yangi qobiqqa o‘ralib yashashni davom ettiradi, yarosiz 
tomon nobud bo‘ladi. 
Plastidalar, ularning tuzilishi va vazifalari: Leven Guk 1676 yil spirogira 
suv o‘tlari hujayralarida plastidalar borligini aniqladi. Ammo plastidalar tabiatini 
chuqur o‘rganish borasida olib borigan tadqiqotlarga Shimper (1882) asos soldi. U 
plastidalarni uch tipga leykoplastlar, xloroplastlar, xromoplastlarga ajratdi.  
Leykoplastlar- rangsiz bo‘lib, urug‘ hujayralarida, ildiz tuganagida va 
piyozboshlarda ko‘proq uchraydi. Ular yumaloq va disksimon mayda tanachalar 
shaklida bo‘ladi. Leykoplastlar o‘simlik tanalarida zahira oziq modda-ikkalamchi 
kraxmalni to‘playdi. Kraxmal to‘playdigan leykoplastlar amiloplastlar deb ataladi. 
Leykoplast ham xloroplastga aylanishi mumkin.   
Xloroplastlar –o‘simlik organlarining er yuzasidagi a'zolari: barglar, qis-
man poya, gul, meva, urug‘larda uchraydi. Ular yumoloq yoki disksimon bo‘ladi. 
Xloroplastlarning tanasi oqsil massa stromadan tuzilgan. Stromalarni yashil pig-
ment-xlorofill va boshqa pigmentlar to‘plangan qo‘sh membranali plastinalemella-
lar sistemasi teshib o‘tgan juft membranalarning cheti qo‘shilib ketib, diskning qir-
ra deb ataladigan tovonini hosil qiladi. Ular xloroplastning yuzasiga parelell joy-
lashadi. Yashil pigment xlorofill murakkab organik modda bo‘lib, tarkibida spirt va 
metanol bo‘ladi. Xloroplastlar o‘z tarkibida xlorofill- yashil, karotin-qizil, ksan-
tofilsariq ranglardan iborat pigmentlarni saqlaydi. O‘simliklarda fotosintez – as-
similyatsiya natijasida xloroplast S
55
N
12
O
54 
Md vujudga keladi. Fоtоsintez hodisasi 
natijasida eng avval birlamchi shakar, so‘ngra kraxmal vujudga keladi. Eng oddiy 
fotosintez jarayonini quyidagi formula bilan ifodalash mumkin. 
6CO
2
 + 6H
2
O+ 674 kkal = C
6
 H 
12
О
6
 +6О
2
 
Xromoplastlar – tarkibida karatinoidlar gruppasiga kiradigan qizg‘ish-sariq 
rang beradigan pigmentlar bo‘ladi. Bu plastidlar o‘simlikning gul, mevalarida 
ko‘proq uchraydi. Xromoplastlar – disksimon, tayoqchasimon, uchburchaksimon 
va boshqa shakllarda bo‘ladi. Xromoplastlar xlorofillning karatinoid bilan al-
mashinishi natijasida prtoplastidalarda yoki xloroplastidalardan hosil bo‘ladi. Plas-
tidlar har xil yo‘llar orqali o‘zaro bog‘langan deb hisoblanadi. Masalan, xom pom-
idor  pishib borishi bilan qizaradi, bunda xloroplastlar xromoplastlarga o‘tib pomi-
dorga qizil rang beradi. O‘sayotgan sabzi ildizmevasining er ustiga chiqib qolgan 
qismi yashil rangga kirishiga sabab, xromoplastning xloroplastga aylanishi na-
tijasidir. Kartoshka tuganagi ham ochilib qolsa, leykoplastlar yashil xloroplastlarga 
aylanidi va tuganak po‘sti yashil rangga kiradi.  
ISh TARTIBI: Xloroplastlarni o‘rganish uchun yo‘sin bargidan foydala-
niladi. Yo‘sin (mox) bargi yupqa po‘stli hujayralarning bir qator joylashishidan 
tuzilgan va hujayra po‘sti uning ichki tuzilishini ko‘rishiga xalaqit bermaydi. 
Buning uchun yo‘sin poyasidan kichikroq bargchasi pintsent bilan uzib olinadi. 
Uni suvda chayqab, buyum oynasidagi suv tomchisiga botirib qo‘yiladi. Mikros-
kopning kichik ob'ektivida barg plastinkasi, shakli cho‘ziq hujayradan iborat barg 
tomiri, hamda parenxima hujayralarining asosiy qismi aniqlanadi. Bargning asosiy 
qismi yumaloq yoki ko‘p qirrali parenxima hujayralaridan tuzilganligi ko‘riladi. 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə