Toshkent davlat agrar universiteti botanikadan laboratoriya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/37
tarix06.05.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#42028
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37

 48
 
 
 
16-rasm: Nok mevasi etidan olingan toshsimon hujayralar 
A- nok mevasi,Б-sklereid gruppasi 
B-kattalashtirilgan sklereidlar: 1-shirali parenxima hujayra 
2-hujayra pusti, 3-3-4-sodda teshikcha,5-hujayra boshligi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 49
 
 
 
17=rasm: Nay tuqimalarining turi(qovoqda) 
A-nuqtachali  Б-torsimon,B-spiralsimon Г-halqasimon 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 50
 
 
18-rasm: Otkazuvchilar: 
A- narvonsimon nay Б-qaragay traxeida 
1-halqali teshikcha 
 
 
 
 


 51
 
 
 
19-rasm: Kovoqpoya otkazuvchi boglamning bir bulagi: 
1-elaksimon nay,2-elaksimon tusiq,3- yuldosh hujayra,4-kambiy 
5-torsimon teshikli nay 
 
 
 
 
 
 
 
 


 52
 
20-rasm: Makkajoxori otkazuvchi boglamning kondalang kesimi: 
1-asosiy parenxima,2-yogochli sclerenxima, 3-elaksimon hujayra 
4-yuldosh hujaylar, 5-yogochli parenxima,6-torsimon nay, 
7-spiral nay,8-xalqali nay,9-boshliq 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 53
 
 
21-rasm: Qovoq poyasidagi otkazuvchi  boglamning kondalang kesimi: 
1-parenxima,2-sirtqi lub,3-kambiy,4-ikkilamchi yogochlik, 
5-birlamchi yogochlik,6-ichki lub,7-elaksimon nay 
 
 
 
 
 
SAVOLLAR: 
O‘tkazuvchi bog‘lam necha xil bo‘ladi? 
Ochiq bikolloterial bog‘lam qanday tuzilgan? 
Ochiq bikolloterial bog‘lamdan yopiq bikolleterial bog‘lamning qanday 
farqi bor? 
Mexanik to‘qima qanday vazifani bajaradi? 
Mexanik to‘qima necha xil bo‘ladi? 
Kollenxima bilan sklerenximaning qanday farqi bor? 
Toshsimon hujayralar o‘simlikning qaysi qismida uchraydi? 


 54
Poyada lub tolalar qaerda joylashgan? 
Poyaning qaysi qismida yog‘ochlik tolalar uchraydi? 
O‘tkazuvchi to‘qimalar qanday vazifani bajaradi? 
 
8-MAVZU: ILDIZ MОРFОLОGIYASI VA ANATOMIYaSI. ILDIZ 
ZONALARI. ILDIZNING BIRLAMShI ANATOMIK TUZILIShI. 
 
MAVZUNING MAQSADI: Ildizning uzunasiga kesmasi- ildiz zonalarini, 
hamda ildizning ko‘ndalang kesmasi asosida ildizning birlamchi anatomik 
tuzilishini o‘rganish. 
KЕRAKLI JIHOZLAR: mikroskop, buyum va qoplag‘ich oynalar, mak-
kajo‘xori, bug‘doy ildizining bo‘laklaridan kesib tayyorlangan preparatlar, 
floroglyutsin va xlorid kislota eritmasi rasmlar, jadvallar va mayda asboblar. 
Ildiz bajaradigan vazifasiga qarab har xil to‘qimalardan tashkil topgan. Bu 
to‘qimalar ildiz uchidan boshlab ma'lum tartibda joylashgan bo‘lib, ular o‘ziga xos 
tuzilishiga ega bo‘ladi. 
ISh TARTIBI. Yosh ildizning uchki qismini uzunasiga kesilganidan 
tayyorlangan mikropreparatni mikroskop orqali ko‘rilsa, uni hujayralarning shakli-
ga tuzilishiga qarab quyidagi zonalardan tashkil topganligini ko‘ramiz: 
1.Ildiz g‘ilofi. 2.Bo‘linuvchi zona. 3.Sho‘ziluvchi zona. 4. Shimuvchi zona. 
1.Ildiz g‘ilofi. Ildizning uchki qismi bo‘lib, parenximatik hujayralaridan 
tashkil topgan bo‘ladi. Bu hujayralarning po‘sti shilimshiq bo‘lganligi uchun 
o‘sayotgan ildizni tuproqda harakatlanishini osonlashtiradi va ildizning o‘sish ko-
nusini shkastlanishdan saqlaydi. Ildiz g‘ilofi har xil o‘simliklarda turlicha hosil 
bo‘ladi. Ba'zi o‘simliklarda (bug‘doy) urug‘ murtagida bo‘ladigan alohida hujay-
ralardan hosil bo‘ladi. Bunda ildiz g‘ilofi va o‘sish nuqtasi hujayralari orasidagi 
chegara aniq ko‘rinadi. Ular meristema hujayralariga bog‘liq bo‘lmagan holda 
mustaqil bo‘linadi. Ayrim o‘simliklarda (dukkaklilarda) esa bu chegara aniq 
ko‘rinmaydi. Shunki ildiz g‘ilofi o‘sish konusining eng tashqi hujayralaridan hosil 
bo‘ladi. 
2.Bo‘linuvchi zona. Preparatni tepa tomonga surib qaralsa, hujayralari 
po‘sti yupqa, hujayralararo bo‘shlig‘i yo‘q, zich joylashgan hujayralardan iborat 
ildizning bo‘linuvchi zonasini ko‘ramiz. Shu hujayralarning uzluksiz mitoz usulida 
bo‘linishi natijasida ildizning o‘stiruvchi hujayralari hosil bo‘ladi. 
3.Sho‘ziluvchi zona. Bo‘linish zonasidan ildiz g‘ilofidan chamasi 10 mm 
yuqoriroq qismida hujayralarning cho‘zilishi yoki o‘sishi kuzatiladi. Bu zona ildiz-
ning cho‘ziluvchi zonasi deb ataladi. Ildizning bu qismida hujayralar bo‘linishdan 
to‘xtaydi. Bu zonadagi hujayralarning cho‘zilishi natijasida ildiz g‘ilofini pastga 
ya'ni tuproqqa kirishga majburlovchi kuch vujudga keladi. Bo‘linuvchi va 
cho‘ziluvchi zona tufayli ildiz doimo bo‘yiga o‘sib turadi. 
4.Shimuvchi zona. Ildiz epiblema hujayralarining bir qismi tashqi tomonga 
naysimon o‘simtalar ya'ni ildiz tuklarini hosil qiladi. Mana shu tuklar yordamida 
tuproqdagi suv va unda erigan moddalar so‘rilib turadi. Ildiz tuklarining uzunligi 
0,125-4 mm gacha bo‘ladi. Ildiz tukchalari shimuvchi zonaning ancha yosh 


 55
qismida ko‘p bo‘ladi. Shunki ildiz o‘sishi bilan yangi ildiz tuklari hosil bo‘lib, eski 
tuklar esa nobud bo‘ladi. 
 
ILDIZNING BIRLAMShI ANATOMIK TUZILIShI. 
Ildizning o‘sish nuqtasidagi meristema hujayralardan hosil bo‘lgan 
to‘qimalarning hammasi ildizning birlamchi anatomik tuzilishini tashkil qiladi. 
Masalan: meristema hujayralarining tashqi qoplami birlamchi qoplovchi to‘qima 
epidermani, birlamchi po‘stloqni, markaziy tsilindrni hosil qiladi. 
Ildizning shimish zonasidan yupqa qilib bir necha ko‘ndalang kesmalar 
kesib olinib floroglyutsin va xlorid kislota ta'sir ettiriladi, so‘ngra qoplag‘ich oyna 
yopiladi. Tayyor bo‘lgan mikropreparat mikroskop ostida o‘rganiladi, (yoki doimiy 
preparatlardan ham foydalanish mumkin). 
Dastlab mikroskopning kichik ob'ektivida ildizni o‘rab turuvchi birlamchi 
qoplovchi to‘qima- epiderma, ichkariroqda birlamchi po‘stloq ko‘rinadi. Birlamchi 
po‘stloq quyidagi qismlardan iborat: ekzoderma, mezoderma, endoderma. 
Ekzoderma- po‘stloqning tashqi qavati bo‘lib, uning ikki va undan ortiq 
qatlamini, bir - biriga zich joylashagan hujayralar tashqil qiladi. 
Epiderma  nobud bo‘lishi bilan ekzoderma hujayralari po‘sti po‘kakka 
aylanadi. Shundan boshlab ekzoderma to‘liq himoya vazifasini bajaradi.  
Mezoderma-ekzodermaning ichki tomonida joylashgan bo‘lib, yupqa tsel-
lyuloza devorli tirik parenximatik hujayralardan iborat bo‘ladi. Ekzodermaga yaqin 
joylashgan hujayralar ancha mayda, o‘rta qismidagilar yirik va hujayralar aro 
bo‘shliqlar mavjud. Endodermaga yaqin qismidagi hujayralar yanada mayda va 
zich joylashgan bo‘ladi. 
Mezodermaning vazifasi suv va unda erigan moddalarni to‘plash va uni 
markaziy tsilindrga o‘tkazishdan iborat. 
Endoderma –birlamchi po‘stloqning ichki qavati hisoblanadi. U bir-biriga 
zich, bir-biriga qator joylashgan hujayralardan iborat. Hujayra po‘sti po‘kaklanishi 
yoki yog‘ochlanishi ham mumkin. Natijada suvni o‘tkazmay qo‘yadi. Endoderma-
dan suv va unda erigan moddalar maxsus po‘sti qalinlashmagan hujayralar orqali 
o‘tadi. Ularni o‘tkazuvchi hujayralar deb ataladi. 
Endi ildizning birlamchi markaziy tsilindri bilan tanishiladi. Markaziy 
tsilindrning endodermaga tutashib turadigan qismidan bir va bir necha qator hujay-
ralardan tashkil topgan, peritsikl qatlami boshlanadi. Peritsikl merisistematik 
to‘qima vazifasini bajaradi. Undan yon ildizlar, ildiz bachkilari, hosil bo‘ladi. 
Ayniqsa peritsikl qavati ildizning birlamchi tuzilishidan ikkilamchi tuzilishga 
o‘tishida, kambiy xalqasini hosil bo‘lishida aktiv qatnashadi. 
Markaziy tsilindrning qolgan qismini, asosan o‘tkazuvchi naylar to‘plami 
tashkil etadi. Ksilema va floema elementlari markaziy tsilindrda radius bo‘lib joy-
lashadi. Ksilema halqasimon va spiralsimon naylardan iborat. Yulduzsimon 
shaklda o‘rnashgan ksilema, nurlari orasida floema joylashagan. Ksilema bilan 
floema orasida esa parenxima hujayralari bo‘ladi. Ildiz markazini o‘zak to‘ldirib 
turadi. O‘zak yupqa devorlari, ba'zan zahira moddalar saqlovchi parenxima hujay-
ralardan tuzilgan. Ildiz o‘zagi sklerenxima tortmasi shaklida ham bo‘lishi mumkin. 
 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə