Toshkent moliya instituti iqtisodiy tahlil


Iqtisodiy tahlil fani quyidagi fanlar bilan o ‘zaro aloqadordir



Yüklə 42,39 Kb.
səhifə5/6
tarix11.12.2023
ölçüsü42,39 Kb.
#147738
1   2   3   4   5   6
Iqtisodiy tahlil Mustaqil ish Abdullayev Umid MMT 94k-2

Iqtisodiy tahlil fani quyidagi fanlar bilan o ‘zaro aloqadordir:
Buxgalteriya hisobi va audit;
• Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish;
• Mikro va makroiqtisod;
• Rejalashtirish (biznes reja tuzish);
Statistika va informatika;
• Moliya, bank, soliq masalalariga taaluqli fanlar bilan;
• Iqtisodiy matematika va kompyuter asoslari fani bilan;
Huquqiy fanlar bilan;
• Tabiiy fanlar bilan va hokazolar.
Buxgalteriya hisobi mulkchilikning va xo‘jalik yuritishning turli shakllaridagi korxonalar faoliyatini yalpi, uzluksiz va hujjatlarga asoslangan holda aks ettirish tizimidir. Tahlilda ushbu tizimda shakllantirilgan ma’lumotlardan keng ko‘lamda foydalaniladi. Demak, mazkur fan iqtisodiy tahlilni eng asosiy axborot bazasi bo‘lib hisoblanadi.
Iqtisodiy tahlilning "Buxgalteriya hisobi" fani bilan ikki tomonlama aloqasi borligi hammaga maTum. Bir tomondan, xo‘jaliklar faoliyatini iqtisodiy tahlili ana shu fanni rivojlanishi natijasida ajralib chiqqanligi va eng muhimi buxgalterlar birinchi bo‘lib iqtisodiy tahlilni qo‘llagan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, iqtisodiy tahlil jarayonida qo‘llanadigan axborotlaming ko‘pchiligi asosoan buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridir. Buxgalteriya hisobini rivojlantirishda o‘z navbatida iqtisodiy tahlil ham katta yordam ko‘rsatmoqda: buxgalteriya ucheti tizimi, registrlaming shakli va mazmuni, hujjat aylanish tartibi va boshqa shunga o‘xshash masalalar tobora takomillashib bormoqda.
Moliya, bank, soliq, investitsiya, qimmatli qog‘ozlar, biija ishi sohasidagi fanlar bilan iqtisodiy tahlil bevosita bog‘liq. Chunki, korxonalar faoliyati davlat byudjeti bilan majburiy hisob-kitoblar, kredit olish va ulami to‘lash, investitsiyalarni jalb qilish yoki ulami sotish, qimmatli qog‘ozlar bozorida faol ishtirok etish, biija va bozordagi holatni uzluksiz o‘rganish bilan chambarchas bog‘liq. Ushbu faoliyatlami iqtisodiy tahlil qilish ulaming o‘ziga xos jihatlarini bilishni talab qiladi. Bu esa, iqtisodiy tahlilning samarali bo‘lishida muhim ahamiyatga ega.
Axborot texnologiyalari va informatika fanlari asosida iqtisodiy tahlil ishlari dasturlanib, kompyuter vositalarida ular amalga oshiriladi. Bunda iqtisodiy tahlil fanining usul va uslublari, belgilangan maqsad va vazifalar axborot texnologiyalari va informatika fanlari talablari asosida dasturlanadi. Kompyuterlar yordamida amalga oshirilgan tahlil ishlari o‘ta tez va aniq bajariladi hamda mutaxassislar mehnatini yengillashtirib beradi.
Yuqorida qayd etilgan boshqa fanlar ham iqtisodiy tahlil fani bilan bevosita bog‘langan. himiz mumkin. Iqtisodiy tahlil fanida esa mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi ko‘rsatkichini davrlar, ulaming tarkibidagi o‘zgarishlar hamda o‘zgarishlarga ta’sir etgan omillar va shu kabilar bo‘yicha tahlil qilishimiz mumkin.
Iqtisodiyotning ko'zgusi - bu uni ifodalovchi ko‘rsatkichlardir. Bu ко‘rsatkichlar iqtisodiyotda erishilgan yutuqlar, kamchiliklar, uning yaxshilanayotgani yoki yomonlashayotgani haqida to‘liq malumot beradi. Ushbu ma’lumotlar asosida iqtisodiyot bqshqariladi. Uni yaxshilash yo‘llari ishlab chiqiladi. Ko‘rinib turibdiki, ко‘rsatkichlar iqtisodiy jarayonlami baholashda, uni o‘rganishda, ayniqsa tahlil qilishda muhim ahamiyatga ega ekan.
Xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘layotgan iqtisodiy jarayonlami ifodalovchi ko‘rsatkichlami mazmuni bo‘yicha tasniflash muhim ahamiyatga ega. Ko‘rsatkichlar tizimi bo‘yicha ikki gumhga: miqdor va sifat ко ‘rsatkichlariga bo‘linadi.
Miqdor ko‘rsatkichlariga bevosita amaliyotda yaxlit holda mavjud bo‘lgan umumiy ко‘rsatkichlar kirsa, sifat ko‘rsatkichlariga, aksariyat holda, nisbiy, ishning samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar kiradi.
Ushbu ко‘rsatkichlar tizimini tahlilning maqsadi va mazmuniga, qaysi sohada amalga oshirilayotganligiga qarab turli tomonga o‘zgartirishi, ya’ni sonini ko‘paytirishi yoki kamaytirishi, nomini esa iqtisodiy vaziyatga, jarayonga qarab o‘zgartirishi mumkun. Iqtisodiy jarayonlarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi foydalanish doirasi bo‘yicha ikki guruhga: umumiy va maxsus ko‘rsatkichlarga bo‘linadi.
Umumiy ko‘rsatkichlar iqtisodiyotning barcha soha bo‘g‘inlarida foydaliniladi. Masalan, mehnat unumdorligi yoki rentabellik ko‘rsatkichlari sanoatda ham, qishloq xo‘jaligida yoki qurilishda ham foydalanilishi mumkin. Ammo mahsus ko‘rsatkichlar iqtisodiyotning faqat bitta yoki ikkita sohasiga tegishli bo‘lishi mumkin. Masalan, savdoning muomala xarakatlari faqat savdoga tegishli, uni chorvachilikda yoki qurilishda qo‘llab bo‘lmaydi. Yoki chorva mollarining mahsuldorligi ko‘rsatkichini sanoatda qo‘llab bo‘lmaydi.
Shu tufayli ushbu ko‘rsatkichlar maxsus ko‘rsatkichlar tizimiga kiradi. Odatda ko‘rsatkichlami adashtirmasdan to‘g‘ri qo‘llash xo‘jalikni boshqarishda unga odilona yondashish imkonini beradi. Shu tufayli har bir tahlil bilan shug‘ullanuvchi mas’ul xodim ko‘rsatkichlar va ulaming tasnifi haqida to‘g‘ri va aniq malumotga ega bo‘lishi lozim.

Yüklə 42,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə