Toshkent «yangiyo‘l poligraf servis»



Yüklə 3,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/68
tarix07.03.2023
ölçüsü3,57 Mb.
#102055
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   68
www.idum.uz oqish 4 uzb 2017

YOZ O‘TADI SOZ
YOZ
Shukur Sa’dulla
Keldi ko‘klam kabi soz,
Bizlar sevgan issiq yoz.
Ekin o‘sdi yerlarda,
Bug‘doy pishdi qirlarda.
Qip-qizardi olchalar,
Uzar yosh bolachalar.
Poliz to‘la bodring,
– Dehqon, tez uzib bering!
– Sabr qiling siz andak,
So‘yib beray handalak.
Quyosh ko‘kda nur sochar,
Yangi dunyolar ochar.
O‘rik yetilib pishar,
Yerlarga to‘p-to‘p tushar.
Olma, anor, nok, bodom,
To‘ymaydi yeb hech odam.
Yoz bo‘yi bizda har xil
Meva pishar to‘qson xil.
1. She‘rni ifodali o‘qing va yod oling.
2. Bolalar yoz faslini nima uchun sevishini izohlang.
3. Yozda qanday mevalar pishadi? Kuzda-chi?
NON QAYERDAN KELADI?
Qambar O‘tayev
Uyga kelganda mehmon 
Oyim yozar dasturxon. 
Oldiga non qo‘yishar, 
Eng avval non yeyishar. 
Mehmon uyga yo‘l olar, 
To‘g‘ram-to‘g‘ram non qolar... 
Yuz yoshdan oshgan bobom 
Dadamlarga der: 
– Bolam, 
Non qayerdan keladi, 
Bular qaydan biladi?
Qurit, qopga solib qo‘y, 
Nobud qilma, olib qo‘y. 
Bolalar ko‘chamizda 
Qish, bahor, yoz-u kuzda 
Non yeb yurishar gohi, 


201
1. Bobo bilan buvi nevarasiga nimalarni gapirib berdi?
2. Nonni nima uchun qadrlash kerakligini tushuntiring.
OYDIN KECHA
Murod Xidir
I
Haligina olamni charog‘on qilib turgan quyoshni 
tog‘ning orti «yutib» yuboradi. Osmon avval qoramtir 
kul tusiga kirib, so‘ng asta-sekin yorisha boshladi.
Ozod bilan Nosirning ko‘nglini vahima xuddi 
oqshom g‘ira-shirasi singari bilinar-bilinmas bosib kela 
boshladi.
Ular tarbiyachilarining qanchadan qancha uqtirish
-
lariga qaramay, tushdan so‘ng g‘oyib bo‘lishgandi. 
Rosti, tog‘ning so‘lim tabiati ularni bezovta qilib 
qo‘ydi. Ozod bilan Nosir hamqishloq emasmi, darhol 
til biriktirib sayrga chiqib ketishdi. Soylikdan o‘tib, 
to‘g‘ri qirdagi chakalakzorga yo‘l oldilar. Hilvirab pish
-
gan yoki endi yetilib kelayotgan olma-yu o‘riklarning 
xushbo‘y hidi anqiydi. Yana anglab bo‘lmas, hidi-
ning o‘xshovi yo‘q mevalar juda ko‘p. Ozod yo‘lda 
o‘zining sinchkov va topqirligini namoyish qilardi:
– Manavi ko‘ksultonni qara-ya, salkam olxo‘ridek 
keladi.
Tushar yerga ushog‘i.
O‘yga tolib qolar jim 
To‘qsonga kirgan buvim,
Ko‘ziga yosh oladi:
– Non qayerdan keladi,
Bular qaydan biladi?
Bobomlar qotgan nonni 
Boqsam, qiynalib joni 
Hovonchalarda tuyar, 
Ushog‘in o‘pib qo‘yar.


202
– Sen oyog‘ing ostidagi yertutni ko‘rmapsan-a? – 
No sir ham Ozod bilan «bellashadi». O‘zi tez payqab 
qolgan narsalarini bir-bir sanab, g‘ururlanadi: – Qara-
chi, tuproq dagi manavi iz xuddi chaqaloqnikiga 
o‘xshaydi. Bilasanmi, bu kirpining izi...
O‘ngir o‘rmoni tugay boshladi. Endi qovjiragan 
maysa qoplangan qir boshlandi.
– Dam olamizmi? – dedi Ozod. Nosir bo‘lsa 
e’tiroz bildirdi:
– Dam oldingmi, tamom, bo‘shashasan.
Har ikkovini cho‘qqi chorlayotganga o‘xshaydi. Eh-
he, quyidan – oromgoh tarafdan bu cho‘qqi shunchalar 
serviqor ko‘rinadiki... U go‘yo bulutlarga nish urib turibdi. 
Do‘stlarning yurgan sari cho‘qqiga havas lari ortadi, shu 
havas, istak ularning oyoqlariga mador indiradi.
Yo‘lda zerikmaslik uchun Nosir vaj izladi. U 
Ozod ni gapga tutdi:
– Ozod, echkemardan qo‘rqasanmi? Yo‘qsa, nega 
uni ko‘rganingda qichqirib yubording?
Shu mahal ularning yo‘lini ko‘ndalang kesib, 
qariyb ikki gazcha olachipor ilon o‘tib qoladi. Ozod 
sal orqaga tisarilib:
– Nosir, to‘xtab tur! – dedi sekin. Ilon xas-xa-
shakka aylanib qolgan maysalarni shitirlatib, zumda 
g‘oyib bo‘ldi.
Nosir o‘zining eti jimirlashib ketgan bo‘lsa ham 
Ozod ga dalda bergisi keladi.
– Ilon bekordan bekorga yomonlik qilavermaydi. 
Ko‘pam qo‘rqib o‘tirma...
– Ehtiyotlik yaxshi-da, – garchi Nosirning gapiga 
ich ichidan g‘ashi kelayotgan bo‘lsa ham, Ozod be
-
parvolik bilan shunday dedi.


203
Nihoyat, cho‘qqiga o‘n-o‘n besh odim chamasi 
qolganda do‘stlar yugurib qolishdi. Ular marraga yet
-
gach, o‘zlarini qushdek yengil sezishdi. Quyida yot
-
gan soylik, bog‘lar ancha yaqinga – oyoq ostiga 
kelib qolibdi. Do‘stlar birpasdan so‘ng tosh ustiga 
cho‘nqayib o‘tirishdi. Xuddi tuya o‘rkachiga minib ol
-
gan kabi toliqqan oyoqlari orom oldi.
Ular quyoshni shu yuksaklikdan kuzatib qoldi
-
lar. Quyosh avval cho‘g‘lanib, gardishi aniq ko‘rindi. 
Bora-bora tunning qora yopinchig‘i uni ham to‘sib 
qo‘ydi.
– Endi qorong‘ida adashib ketamiz-ku!
Do‘stlarning har ikkalasida ham shu tahlika bor edi.
– Kel, qo‘l ushlashib yuraylik! – iltimos qilib qol
-
di Nosir. Ozod chap qo‘li bilan Nosirning o‘ng qo‘lini 
mahkam tutib oldi. Bo‘sh qo‘llarini peshanalariga 
to‘sib, shox-shabbadan himoya qilganlaricha, birmun
-
cha yo‘l yurishdi.
Tunda qushlarning qichqirig‘i, hasharotlarning chiril
-
lashi, yana allanimalarning ahyon-ahyon shitirlatishlari 
do‘stlarni dahshatga soldi.
– Endi yurish befoyda, – dedi Nosir xo‘rsinib. – 
Yaxshisi, tunab qo‘yaqolamiz.
– Kunduzi tanasi kovak tutni ko‘rgan edik. 
O‘shanga kirib, tunaymiz, – dedi Ozod buni ancha 
burun o‘ylab qo‘ygandek.
– Bu gaping to‘g‘riku-ya, lekin to‘ng‘izlar odam-
ning hidini bilarmikin?
– To‘ng‘iz hid bilmaydi. Lekin andak shovurni ham 
qulog‘i eshitadi. Buni allaqaysi kitobdan o‘qib bilgan
-
man. Tushundingmi? – jerkib javob berdi Ozod. 


204
Do‘stlar beixtiyor yoriq, kovak tut daraxtini qidirishga 
tushdilar. Nihoyat, bir tut tanasini qo‘llari bilan pay
-
paslab, timirs kilab ko‘rishdi.
– Iya, kovak ekan! – bo‘g‘ilib qichqirdi Nosir. 
Ular tutning «darcha» tarafiga o‘tib, kovakka kira 
boshlashdi.
Suhbat bo‘linib qoldi. Ilon bo‘lsa kerak, «dar
-
cha» yonidan pishillab otib ketdi. Ozod bunday 
daqiqada Nosirning nafas olayotganini ham sez-
masdi. Birpasdan keyin do‘stlar «kulba»sining 
orqa tarafidan bir nimaning juda qattiq, sovuq 
chinqirgani eshitildi. Nosirning yuragi shunchalar 
dukullab tepa boshladiki, buni hatto Ozod eshitib 
turardi.
– U chinqiroq ilon bo‘lsa kerak, – deb qo‘ydi 
Ozod.
– Bo‘lsa bordir, ism-sharifini aytishing shartmi? – 
po‘ng‘illadi Nosir tirsagi bilan Ozodni nuqib.
1. Ozod bilan Nosir tog‘ yo‘lida qanday jonivorlarga 
duch kelishdi?
2. Do‘stlar jonivorlarning qanday xislatlari haqida so‘z-
lashdilar?
II
Ular anchagacha jim qolishdi. Bolalarning ko‘z 
o‘ngida o‘rmon bilinar-bilinmas yorishib kelardi.
Sekin-asta daraxt shoxlari orasidan shapaloqdek-
shapaloqdek yog‘dular tusha boshladi. Bir-biri bilan 
ayqash-uyqash bo‘lib o‘tgan ko‘lankalar jonlangandek 
tebranib qo‘yardi.


205
– Endi-chi, jo‘nab qolamiz, Ozod, – shipshidi No
-
sir. Shunday dedi-yu, nafasi ichiga tushib ketdi. U 
ro‘parada nimaningdir pishqirganini, to‘p-to‘p tuyoq to
-
vushini aniq eshitdi. Ular vujudlarini quloqqa aylan
-
tirib, ro‘paradan ko‘z uzmay qolishdi. Haligi pishillash 
ancha yaqinlashib qoldi, endi uning to‘nkadek tanasi 
ham ko‘zga chalindi. 
– To‘ng‘iz... – dedi nafasi ichiga tushib Nosir. 
To‘ng‘iz o‘rik danaklarini qars-qurs chaqib, mag‘zini 
yeb kelardi. U bir gilam o‘rnichalik joy ning danaklar
-
ini terib yedi. Uning xanjardek tishlari oy yog‘dusida 
goho yiltirab ko‘rinardi.
To‘ng‘iz danaklarning hammasini yeb bitirdi, she-
killi, tumshug‘ini yerga tegizgudek bo‘lib, so‘l tomon
-
ga yo‘rtib ketdi.
Ana shundan keyingina Nosirning dami chiqdi.
– Ozod, Ozod, ketmaymiz. Bu to‘ng‘izlardan 
ko‘pga o‘xshaydi. Odamni naq yorib tashlaydi, deb 
eshitganman, – yolvora ketdi Nosir yig‘lamsirab.
Ozod Nosirni tinchlantirdi. Ozod o‘zi seskanayot
-
ganini hech bildirmasdi.
Allamahalgacha o‘y-xayollar bilan qachon uyqu 
elitganini sezmadi... Bir mahal tizzalaridan bosh 
ko‘tarsaki, hammayoq yop-yorug‘ – tong otibdi. 
Uvushgan qo‘llari bilan ko‘zlarini uqaladi, sekin No-
sirni turtkilashga o‘tdi.
– Nosir, uyg‘onsang-chi, ketdik.
1. Ozod va Nosir nima uchun tut kovagida tunab 
qo lishdi?
2. «Ikki do‘st sayohati» mavzusida insho yozing.


206

Yüklə 3,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə