Toshkent «yangiyo‘l poligraf servis»



Yüklə 3,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/68
tarix07.03.2023
ölçüsü3,57 Mb.
#102055
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   68
www.idum.uz oqish 4 uzb 2017

BOBOMNING SOVG‘ASI
G‘ayratiy
Yozning issiq kunlari, quyosh tikka ko‘tarilgan. Bepo-
yon, ko‘m-ko‘k dala ko‘ksida yonayotgan quyosh shu’lasi 
laxcha cho‘g‘ bo‘lib, g‘o‘zalar ustida tovlanib ko‘rinadi. 
Murod bilan ikkimiz mayda-chuydani ko‘tarib, katta 
yo‘lning shimol tomonidagi yolg‘izoyoq yo‘ldan jo‘nadik.
Ertalabki shirchoyni bobom bilan birga ichdik. O‘r- 
tog‘imni hovli orqasidagi bog‘ga olib chiqdim. Bir 
tarafi gulzor, ikkinchi tomoni turli meva daraxtlari bi
-
lan to‘lgan so‘lim bog‘dan sira chiqib ketgimiz kel
-
mas edi. Oq olma, ko‘ksulton rosa pishgan ekan
yeb turgan edik, birdan allaqanday hayvonning qich
-
qirgani eshitildi. Murod taajjublanib atrofiga qaradi. 
Shu chog‘ bobom ning bo‘rsig‘i esimga tushdi.
– Nimaning ovozi? – dedi o‘rtog‘im.
– Bobomning bo‘rsig‘i-ku!
– Rostdanmi? Qayerda? – dedi hayron bo‘lib Murod.
– Yur, ko‘rsataman, – dedim-da, do‘stimni boshlab, 
bog‘ etagidagi qafasda turgan bo‘rsiq oldiga olib bordim. 
Qafasda turgan bo‘rsiqni har tarafga sakratib, o‘ynatib 
maza qildik. Shu chog‘ tog‘am chaqirib qoldilar:
– Qani, mashinaga chiqinglar! 
Jo‘nadik. Yo‘lda o‘rto g‘imning bo‘rsiqqa ishqiboz 
bo‘lib qolganligini bo bomga asta aytdim.
– Uydagi bo‘rsiqni bundan to‘rt-besh yil ilgari tut
-
ganman. Ushlab olganimda ko‘zini ochmagan edi. 
Oxir gi ovim ham shu bo‘ldi, – dedilar bobom.
Mashina g‘o‘za o‘rtasidagi uzun yo‘ldan o‘tib bor
-
moqda. Bobom kanal bo‘yidagi ikki qavatli oq binoni 
ko‘rsatib, zavqlandilar:


207
– Buni qara! Bir vaqtlar bu yerni 
Yantoqtepa 
derdik. Tulki, chiyabo‘ri va boshqa hayvonlarni 
ko‘pincha shu yerdan ovlar edik. Huv orqa tomon-
dagi pastlikni «Itoq disoy» deb atashardi.
– Elektr stansiyasiga qarab yur, bir kishiga uch-
rashib o‘tadigan ishim bor, – dedilar tog‘amga, o‘ng 
tomondagi yo‘lni ko‘rsatib bobom. Sho‘rbuloqdagi 
elektr stansiyaga yetib bordik. Mashinadan tushga
-
nimizni uzoqdan ko‘rib turgan kishi yugurib oldimizga 
keldi. Rustam aka ichkariga kirib, chiroyli ikkita qafasni 
ko‘tarib chiqdi. Qafasning bittasida mayna, ikkinchisida 
o‘rgatilgan sa’va bor ekan. Chiroyli qushlarni ko‘rib, 
Murod ikkimiz quvonib ketdik.
– Qayerdan tutding? – deb so‘radilar qafasni 
ko‘tarib bobom.
Shu yerdan, sa’vani yerdan qor ketmasdan tut
-
gan edim. Maynani yaqinda ilintirdim. Kerak bo‘lsa, 
yana topib beraman. Elektr stansiyasi bog‘ida juda 
ko‘p qushlar in qo‘ygan, – dedi Rustam aka.
Ketishga taraddudlanib turgan bobom qayta joy
-
lariga o‘tirdilar.
– Karimjon! – dedilar tog‘amni yonlariga cha
-
qirib, – Rustam akang bergan qushlarni ko‘tarib 
to‘yxonaga borib yurmaylik, sen Murodjon bilan 
Obidni uyga olib borib qo‘y. Men shu yerda poylab 
o‘tiraman. Qaytib kelib, meni olib ketarsan. 
Murod bilan ikkimiz qushlarni olib, mashinaga chi
-
qib o‘tirdik.
1. Obid Murod bilan bobosinikida nimalarni tomosha 
qilish di?
2. Bobo nabirasiga nimani sovg‘a qildi?


208

Yüklə 3,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə