Toshkent «yangiyo‘l poligraf servis»



Yüklə 3,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/68
tarix07.03.2023
ölçüsü3,57 Mb.
#102055
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68
www.idum.uz oqish 4 uzb 2017

NIHOLLARNING NOLASI
Xudoyberdi To‘xtaboyev
Shaharda 
ko‘kalamzorlashtirish 
oyligi 
bo‘lib 
o‘tgandi. Shu oylik davomida ko‘chalar chekkasiga, 
ariqlarning bo‘yiga, xiyobonlarga naq uch yuz ming
-
ga yaqin mevali va manzarali ko‘chatlar o‘tqazishdi. 
Qiyqirishib ko‘chat ekkan o‘quvchilar biri ketmoni
-
ni asfalt yo‘lda darangla tib sudrab, biri belkurakni 
yelkasiga teskari qo‘yib, yana bittasi bo‘sh chelakni 
childirma qilib chalib jo‘nab ke tishgach, chinorlar bir-
birlariga ma’noli qarab qolishdi.
Ertalab quyosh chiqishi bilan ikki yuz niholcha 
bir dan uyg‘onib yengil-yengil chayqalishib, bir-birlari
-
ga salom bergandek bo‘lishdi, so‘ngra tunlari qanday 
o‘tganligini ayta boshlashdi.
– Mening tomirchalarim tuni bilan suv axtarib chi
-
qishdi, – dedi bitta nozikkina niholcha.
– Men bo‘lsam tanam-u shoxchalarim bilan shab
-
nam so‘rdim, – dedi boshqasi.
– Men yo‘lda karaxt bo‘lib qolgan ekanman, hali-
yam o‘zimga kelolmayapman, – deb qo‘ydi uchinchisi...
Nihollar bolalar suv to‘la chelaklarini ko‘tarib, bir-
birlarini quvlashib, qiyqirishib kelib qolishar, deb ku-
tishdi.
Nihollar sabr-u bardoshlari zo‘r, ancha-muncha qi
-
yinchilikka parvo qilmaydigan, quyosh taftiga, suvsiz
-
likka o‘rgatilgan edi. 
Bir kuni quyosh haddan tashqari qizdirib yubordi, 
o‘zi to‘kayotgan mo‘l-ko‘l harorat evaziga niholcha
-
larning barg-u shoxchalaridagi eng so‘nggi namlikni 
ham so‘rib ola boshladi.


209
Niholchalar birdaniga: «Suv!!!» – deb baqirishga tu -
shishdi. Qaddi-qomati kelishgan novcha niholcha to‘-
satdan qo‘rqib ketdi: yo‘q, o‘zi uchun emas! Mayda 
niholchalarga – ukalariga achinib ketdi. Bobokalonlari 
ayt gan suv uchun, ozuqa uchun bo‘ladigan janglar-
ning eng og‘ir pallasi boshlanganga o‘xshaydi. Bun
-
day paytlarda odamlar yordamga kelishmasa, nozik 
niholchalar ning ko‘pchiligi nobud bo‘lib ketishi mumkin-
ku, axir! Nahotki, nahotki shunday bo‘lsa! Axir ular 
tog‘ bag‘ridagi sersuv, bahavo adirlarda maza qilib 
o‘sishayotgan edi, o‘z hollariga qo‘yib berishganda, 
bu yerlarga majburan ko‘chirib ke lishmaganda, qanday 
soz bo‘lardi-ya!
– Suv!!! – degan faryod ham
-
mayoqni qoplab ketgandek bo‘ldi 
yana. Novcha niholcha shoshib 
qoldi, nima qilishini, bir tomchi 
suvga zor bo‘lib jon bera yotgan 
nozik niholchalarga qanday yor
-
dam berishni bil masdi u.
Ertasiga ertalab niholchalarning 
ko‘plari uyg‘onmadi, tungi shab
-
namga yetolmay namozgar pal-
lasidagi dimlikda birin-ketin nobud 
bo‘lishgan ekan...
Qaddi-qomati kelishgan novcha niholcha bu judo
-
likdan dahshatga tushdi-yu, lekin o‘zini yo‘qotmadi. 
«Yo‘q, – deya chayqalib ketdi novcha niholcha, – 
men o‘lmasligim kerak, men yashayman, yashay
-
man!»
– Suv! – deb chinqirib yubordi...


210
Ko‘chadan shoshilib mashina lar o‘tib borardi. Chol
-
lar, kampirlar o‘tyapti. Yigitlar, qizlar o‘tyapti. Bolalar, 
qizchalar o‘tyapti...
Novcha niholcha hamon ajal bilan olishib yotib
-
di. U kimdandir yordam kutgandek jovdirab atrofiga 
qaray boshladi. «Meni bu yerga ekib, ketmonini as
-
faltda daranglatib sudrab ketgan bolalar kelib qol
-
masmikan», – deb yana bir bor ko‘cha boshiga 
ko‘z tashladi, yomg‘ir tomchilaridan umidvor bo‘lib, 
bulut bo‘lmasa ham ko‘kka tikilib, uzoq qotib turdi... 
Qaddi-qomati kelishgan novcha niholcha asta-sekin 
o‘zidan ketib, allaqanday sehrli xayolot nash’asi bi
-
lan mast bo‘la boshladi, keyin o‘sha kun – haddan 
tashqari qizdirib yuborgan 19-iyun kuni kunduz soat 
oltilarda jon berdi.
1. Nihollar nima uchun nola chekishdi?
2. «Nola chekdi» iborasini qanday tushunasiz?

Yüklə 3,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə