Tuproqshunoslik va geografiya



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə21/26
tarix31.12.2021
ölçüsü2,08 Mb.
#82105
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
“zarafshon daryosi va uning xo’jalik ahamiyati”

Samarqand viloyati. Samarqand viloyati 1938 yil 15 yanvarda tashkil topgan. U mamuriy jihatdan 14 qishloq tumanlaridan (Bulung’ur, Jomboy, Ishtixon, Kattaqo’rg’on, Narpay, Nurobod, Oqdaryo, Payariq, Pastdarg’om, Paxtachi, Samarqand, Toyloq, Urgut va Qo’shrabot) iborat. Maydoni 16,8 ming km2 bo’lib, bu Zarafshon iqtisodiy rayonining 1G’10 qismi, Respublikamizning 3,7 foiziga teng. Mamuriy markazi–Samarqand shahri.

Viloyatning hududi uncha katta emas. Uning Zarafshon iqtisodiy rayoniga kiritilishi eng avvalo havza omili bilan bog’liq; Zarafshon daryosi qadimdan Samarqand va Buxoro–ikki tarixiy shaharlarni, hozirgi Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlarini birlashtirgan. Bugungi Samarqand viloyati qo’shni viloyatlarning tutash rayonlari bilan ham azaldan bog’liq (Jizzax viloyatining G’ Samarqand viloyati Respublikamizning agroiqtisodiyotida muhim o’ringa ega. U mamlakatning 1G’10 qismidan ko’proq qishloq xo’jaligi mahsulotini beradi. Iqtisodiy rayonda, qolgan viloyatlardan farq qilib, qishloq xo’jaligi ko’p tarmoqli. Masalan, Samarqand viloyatida paxtachilik va g’allachilikdan tashqari bog’dorchilik, uzumchilik, tamakiyetishtirish ancha yaxshi rivojlangan. Uzumchilik bo’yicha u Toshkent viloyati bilan birgalikda O’zbekistondayetakchi hisoblanadi.

Dehqonchilik bilan bir qatorda chorvachilik ham rivojlanib bormoqda. Ayniqsa, qo’ychilik, qorako’l qo’ylarini boqish (asosan Karnabcho’lda) katta ahamiyatga ega.

Jami ekin maydonlari 403 ming ga (2000 yil). Shundan 208 ming gektari g’alla (O’zbekistonda 2­o’rinda), 94 ming gektari paxta, 9,6 tamaki, 17,7 sabzavot va 55,1 ming gektariyem­xashakyetishtirish bilan band. Bir yilda (ob­havo sharoitiga qarab) taxminan 380-400 ming tonna don, shundan 350-360 tonna bug’doy, 170-200 ming tonna paxta, 23-25 ming tonna tamaki va 410-432 ming tonna turli savzavot mahsulotlari olinadi. Samarqand tevaragida, xususan Toyloq va Samarqand qishloq tumanlarida shahar atrofi qishloq xo’jaligi yaxshi rivojlangan.

Viloyat bo’yicha yirik shoxli mollar soni 800 ming boshga yaqin (Respublikada 1­o’rinda turadi), qo’y va echkilar 900 ming bosh (4­o’rinda) atrofida. Bir yildayetishtirilgan qorako’l teri 60 ming donadan ziyod, pilla 1650-1700 tonnani tashkil etadi.

Intensiv qishloq xo’jaligi asosan viloyatning markaziy hududlarida yaxshi rivojlangan. Umuman qishloq xo’jalik mahsulotlarining qiymati bo’yicha Urgut (11,3 foiz), Ishtixon (9,7 foiz), Samarqand (49,7 foiz), Kattaqo’rg’on (8,5 foiz), Paxtachi (7,7 foiz) tumanlari oldinda turadi. Shuningdek, Bulung’ur, Toyloq, Pastdarg’om tumanlarining mav­qelari ham yaxshiroq. Ayni vaqtda Jomboy, Qo’shrobod, Nurobod tumanlarining ishlab chiqarish salohiyati ancha past.

Samarqand viloyatida rekreatsiya va ayniqsa turizm rivojlanib bormoqda; turizm tizimini rivojlantirish bo’yicha maxsus davlat dasturi ham ishlab chiqilgan va u amalga oshirilmoqda. 2500 yildan ortiq tarixga ega bo’lgan qadimiy Samarqand-ilmu­fan, madaniyat, sanat markazi-o’zining betakror arxitektura yodgorliklari bilan (Registon ansambli, Go’ri Amir, Shohi Zinda, Bibixonim maqbarasi, Ulug’bek abservatoriyasi, Afrosiyob arxeologik obektlari va boshqalar) dunyoga mashhur.

Samarqand-Amiz Temur yaratgan Buyuk imperiyaning dorulsaltanati, poytaxti. Uning yaqin atrofi ham turizm obektlari hisoblanadi. Bu borada ayniqsa Chelak tumanidagi Hazrati Imom al Buxoriy maqbarasi, Dahbeddagi Maxdumi Azam masjidi, Urgut chinorlari, Samarqand yaqinidagi qadimiy bog’lar katta ahamiyatga ega.

allaorol va Baxmal, Navoiy viloyatining Nurota va Xatirchi, Qashqadaryoning Kitob va Shahrisabz tumanlari).

Samarqand viloyati mamlakatimiz milliy iqtisodiyotida muhim mavqega ega. Buyerda mashinasozlik, oziq­ ovqat sanoatlari, paxta, uzum, tamakiyetishtirish, xalqaro turizm ixtisoslashgan tarmoqlar hisoblanadi.

Asosiy daryo, mintaqa ijtimoiy­iqtisodiy rivojlanishining tarixiy­geografik «o’qi» Zarafshon bo’lib, u Samarqanddan sal o’tgandan so’ng ikkiga, yani Oqdaryo va Qoradaryoga bo’linadi, viloyat chegarasida esa (Xatirchi tumanida) ular yana qo’­shiladi. Ikki daryo oralig’i Miyonqal deb ataladi.

Zarafshonning doimiy, aytarlicha suv zahiralariga ega bo’lgan irmoqlari deyarli yo’q. Samarqanddan yuqoriroqda, Tojikiston Respublikasining Panjakent tumaniga qo’shni joyda, Zarafshonning tog’ oraliqlaridan vodiyga chiqish qismidan kanallar boshlanadi. Ulardan eng muhimi qadimgi Darg’om hisoblanadi, aynan ana shu kanaldan Eski Anhor kanali suv oladi va u Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanini ham sug’oradi. Kattaqo’rg’on, Oqdaryo, Tusunsoy suv omborlari, Narpay, Bulung’ur kanallari, Beshariq arig’i ham dehqonchilik rivoj topgan hududlarni suv bilan taminlaydi.




Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə