Tuzuvchilar: Buxoro viloyat Kogon tuman 5- maktabning



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə21/113
tarix22.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#154178
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   113
1-sinf yozuv darsi ishlanmasi 2021-yil

III . Yangi mavzu bayoni .
O‘qituvchi:
- “Namangan”,”Navoiy”, “Nargiza” ,’’Norin” kabi so‘zlar nimalarni anglatyapti?
- Demak bular shahar nomlari , daryo nomlari va kishilarning ismlarini bildiryapti. Mamlakat , viloyat , tuman , shahar , qishloq , daryo nomlari va kishilarning ismlari doimo bosh ,ya’ni, katta harf bilan yoziladi. Bugun sizlar bilan katta “N” harfini yozishni o‘rganamiz .
Multimediyali ilova orqali mavzu tushuntiriladi .

  • O‘quvchilar , katta “N” harfini yozishda qaysi unsurlardan foydalandik ?

  • Barakalla , uchta unsur – ilgakli tayoqcha , tayoqcha va tepa qismli ilmoqli tayoqchalardan foydalanar ekanmiz.


Yozuv daftari bilan ishlash . Daftardagi namunaga qarab yozishni davom ettiriladi . Har bir yozilgan elementlar tahlil qilinadi .
“No” bo‘g‘ini va “Non” so‘zlarining ham yozilishini tushuntiriladi , doskaga yozib ko‘rsatiladi ,Oldin havoda yozish mashqlari o‘tkazilib , keyin daftarga namunaga qarab yozadilar .
Quvnoq daqiqa o‘tkazish.
Katta chiziq , kichik chiziq ,
Yozuvlarim uzuk-uzuk.
Aylantirib “o” yozaman ,
Ilmoq qo‘shib “a” yozaman .
n” yozaman, “o” yozaman .
n” qo‘shib “non” yozaman .
IV . Yangi mavzuni mustahkamlash .
“Ortiqchasini top” o‘yini orqali ortiqcha so‘zni aniqlaydilar. O‘quvchilarning yozuv-larini dars davomida nazorat qilib borish . Yozishda qiynalgan o‘quvchilar bilan induvidual shug‘ullanish .
O‘quvchilarning yozuvlarini baholash.
V. Darsni yakunlash. Darsda faol qatnashgan o‘quvchilarni rag‘batlantirish.
VI. Uyga vazifa: Katta “N” harfini yozib kelish .

8-dars mavzusi: Kichik “a” harfini yozish.
Darsning maqsadi:
a)Ta’limiy maqsad: O‘quvchilarga kichik “a” harfini va “a” harfi ishtirok etgan so‘zlarni yozishni o’rgatish . Harflarni yozoshda unsurlarni to‘g‘ri qo‘llashga o‘rgatish.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə