67
TIL – RAMZLAR TIZIMI
21-§.
Tilning semiotik tabiati.
Semiotika boshqa fanlar qatori
lingvistikaga tegishli bo‘lib, aloqa vositasi bo‘lgan inson tilini o‘rganadi.
Semiotika
lingvistikadan
materiallar
yig‘adi,
shuningdek,
kibernetikadan, biologiyadan, psixologiyadan, jamiyatshunoslikdan,
madaniyat
tarixidan, adabiyotshunoslikdan foydalanadi. Shunga
qaramay, o‘z navbatida, u ham ushbu fanlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi,
ya’ni u fanlarning birlashishidan rivojlanadi.
Semiotik fikrlar belgilarning tushunchalar bilan bog‘lanishida,
belgining muammosi bilan Arastu va B.Brextlar shug‘ullanganlar. Shuni
aytish kerakki, belgilar muammosining tarixini evropaliklar doimo
o‘rganib kelishgan. Qadimgi Rim
antik davrida ham semiotika
o‘rganilgan. XVI-XVII asrlarda belgilar muammolari bilan Lokk,
Gassendi, Kondilyaklar shug‘ullanishgan. Tilshunos olim Ferdinand de
Sossyur umumiy ko‘rinishdagi til birliklarini o‘rganib chiqadi. Til
belgisining sxemasini yaratadi. Sossyur belgilar nazariyasida ifodalovchi
va ifodalanuvchi tomonlar borligini aytadi.
Tilning ijtimoiy hodisa
ekanligi izoh talab qilmaydi, albatta.
Shuningdek, tilning kishilar o‘rtasidagi eng muhim aloqa vositasi sifatida
ta’riflanganiligi ham ma’lum. Lekin bu ta’rif tilning vazifasiga ko‘ra
mohiyatini belgilab beradi. Tilning material nuqtai nazaridan nimani taqozo
etishining bunga aloqasi yo‘q. Bu jihatdan til o‘ziga xos murakkab
sistemani tashkil etadi. Shuning uchun Ferdinand de Sossyur: “Til
tafakkurni ifoda qiluvchi belgilar yig‘indisidan iboratdir”, - deb javob
beradi. Shuning uchun Sossyur lingvistik ta’limotida
lingvistik belgi
masalasi markaziy o‘rinni egallaydi [A.Nurmonov, 2009: 35].
Dostları ilə paylaş: