Учебное пособие для студентов первого курса 5120100 «Филология и преподавание языка»



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/66
tarix01.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#114865
növüУчебное пособие
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   66
98d06c14c803445c5b1b41a6fab3c556 Tilshunoslik nazariyasi

22-§.
 
Til birliklarining tizim sifatidagi munosabati.
Til belgilari 
xususidagi fikrlarda, yuqorida qayd etilganidek, F. de Sossyur, asosan, 
morfemalarni va so‘zlarni e’tiborga oladi va ularni belgi deb talqin etadi. 
Bugungi tilshunoslikda so‘z birikmalari va hatto gap ham belgi deb tan 
olinmoqda [V.G.Gak,1989: 46]. Buning asosiy sababi ularning ikki 
jihatga – mazmuniy va shakliy yaxlitlikka ega bo‘lishidir. Shuning 
uchun fonemalarni til belgilari jumlasiga kiritib bo‘lmaydi. Chunki 
ularda shakliy butunlik, nutq tovushiga xoslik mavjud, xolos. 


68 
Fonemalar, shunday bo‘lishiga qaramay, til belgilarining xom ashyosi 
sanaladi. 
Belgi tanlash masalasi ham salmoqli mavqega egadir. Bu haqda 
F.de Sossyur muhim ilmiy ahamiyatga molik fikr bildiradi. Uning 
fikriga ko‘ra, belgi tanlash erkin bo‘lib, u har bir xususiy sistemaning 
ichki qonun-qoidalari asosida amalga oshiriladi. Biroq buni nisbiy 
tushunmoq lozim. Chunki har qanday belgi ham til sistemasining faol 
a’zosiga aylangach, uni o‘zgartirib bo‘lmaydi va natijada erkinlik 
tushunchasi kun tartibidan tushiriladi. Til belgilari sistemani tashkil etar 
ekan, ular tilning
ijtimoiyligi uchun faol xizmat qiladi. Biroq, belgi 
tildan nutqqa ko‘chirilgach, unda xususiylik alomatlari vujudga kela 
boshlaydi. Chunki nutq o‘z mohiyatiga ko‘ra xususiydir. Shuning uchun 
biz til bilan nutqni F. de Sossyur dixotomiyasiga ko‘ra birini 
ikkinchisiga qarama-qarshi qo‘yib o‘rganamiz. Mazkur qarama-qarshilik 
ular o‘rtasidagi umumiylik va xususiylik, virtuallik va aktuallik, statiklik 
va dinamiklik kabi farqlarda aniq ko‘zga tashlanadi. Demak, til bilan 
nutq bir-biriga asosli ravishda suyansa ham, ular mushtarak hodisalar 
emas. Lekin til bilan nutq o‘rtasida uzviylik mavjudligini inkor etib 
bo‘lmaydi, zotan, til nutq uchun darkor bo‘lsa, nutq ham, o‘z navbatida, 
til uchun zarurdir. Nutq materiali til hisoblanadi

tilning esa qo‘llanish 
ob’ekti nutqdir.
Tilning semiotik tabiatini o‘rganadigan fan semiotika deb nomalnadi. 
Semiotika belgilar nazariyasi haqidagi ta’limot sifatida belgilarni, 
hodisalarni, ularning tabiati, mohiyati kabilarni o‘rganadi. Semiotikada ikki 
turdagi, ikki tipdagi belgilar farqlanadi, ya’ni tabiiy belgilar (yoki belgilar – 
priznaklar) va sun’iy belgilar (yoki belgilar – informatorlar) [R.Rasulov, 
2017: 186]. Semiotikada belgi va tushunchalar munosabatlari o‘rganiladi. 
Matndagi belgilar sistemasi tilning semiotik tabiatini taqozo etadi. Belgilar 
tabiiy va sun’iy belgilarga bo‘linadi. Tabiiy belgilarga telefonlarimizga 
SMS kelganda chalinadigan gudoklar, yomg‘ir yoki qor yog‘ishidan oldin 
osmonga to‘plangan quyuq bulutlar kiradi. Bu belgilar ongimizda ma’lum 
tushunchalarni uyg‘otadi. 
Sun’iy belgilar shartli belgilardir. Shartli belgilar axborot 
almashinuvga xizmat qiladi. Kommunikativ belgi sifatida til belgilari 


69 
hisoblanadi. Sun’iy belgilar so‘z, gaplar kabi kommunikativ ma’no 
ifodalaydi. Tilni tafakkur va jamiyat bilan bog‘laydi. 
Signallar, belgilar, mimika kabi yordamchi aloqa vositalari qo‘llanish 
doirasining chegaralanganligi bilan tildan farq qiladi. Til jamiyat 
faoliyatining hamma sohasida eng muhim aloqa vositasi sifatida xizmat 
qiladi [N.Uluqov, 2016:16]. Professor N.Uluqov to‘g‘ri ta’kidlaganidek, 
semiotik vositalar, signallar, belgilar, mimika kabilar yordamchi aloqa 
vositalari hisoblanadi. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə