Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7- sinfi uchun darslik



Yüklə 3,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/68
tarix13.10.2023
ölçüsü3,2 Mb.
#127341
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   68
Algebra. 7-sinf (2017, Sh.Alimov, O.Xolmuhamedov)

22- rasm.


155
qoshiq bor. Nargiza xola turli nomdagi ikkita buyum sotib
olmoqchi. U buni necha xil usulda amalga oshirishi mumkin?
1) Piyola va taqsimchani 5 · 6 = 30 usulda; 2) Piyola va
qoshiqni 5 · 4 = 20 usulda; 3) taqsimcha va qoshiqni 6 · 4 = 24
xil usulda olish mumkin. Demak, turli nomdagi ikkita buyumni
30 + 20 + 24 = 74 xil usulda tanlab olish mumkin ekan.
Javob: 
74 xil usulda.
3- masala.
Nechta uch xonali sonda faqatgina bitta 7 ra-
qami bor?
7 raqami 1-, 2-, 3- o‘rinda (yuzlar, o‘nlar, birlar xo-
nasida) bo‘lishi mumkin.
Agar 7 raqami 1- o‘rinda turgan bo‘lsa, 2- va 3- o‘rinlarni
9 · 9 = 81 usulda to‘ldirish mumkin.
Agar 7 raqami 2- o‘rinda bo‘lsa, u holda 1- o‘rinda 0 va 7
raqamlaridan boshqa ixtiyoriy raqam turishi mumkin. 1- o‘rin-
ni egallashning 10
-
2 = 8 ta imkoniyati bor. Bu holda 3- o‘rinda
7 raqamidan boshqa ixtiyoriy raqam tura oladi; demak, imko-
niyatlar soni 8 · 9 = 72 ta.
Agar 7 raqami 3- o‘rinda tursa, u holda 1- o‘rinni olish
uchun 8 ta, 2- o‘rinni olish uchun esa 9 ta imkoniyat bor.
Shunday qilib, o‘nli yozuvida faqatgina bitta 7 raqami bor uch
xonali sonlar jami 81 + 72 + 72 = 225 ta ekan.
Javob:
225 ta.
4 - m a s a l a .
Aylanada olingan 5 ta nuqta 
A, B, C, D, E
harflari bilan belgilangan. Har bir nuqta qolgan har bir nuqta
bilan tutashtirilsa, nechta kesma hosil bo‘ladi (23- rasm)?
1- usul. 
Nuqtalar soni kam bo‘l-
gani uchun, masalaga mos shaklni chi-
zib, kesmalar sonini bevosita sanab chi-
qish mumkin, ular – 10 ta. Ammo ay-
lanada olingan nuqtalar soni ko‘p bo‘lsa
(masalan, 100 ta, ...), mos shakl chi-
zish va undagi kesmalarni bevosita sa-
nash qiyinlashadi. Bu holda boshqa yo‘l
tutish kerak.
A
E
B
C
D

Yüklə 3,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə