Urganch davlat universiteti umumiy va noorganik kimyo fanidan ishchi o



Yüklə 285,83 Kb.
səhifə4/26
tarix27.12.2023
ölçüsü285,83 Kb.
#162123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
21524 Umumiy va noorganik kimyo ishchi dastur (Kimyo tex-ya)

13-mavzu. Elektroliz jarayonlari.
Elektroliz jarayonlari. Elektroliz natijasida vujudga keladigan oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari. Elektrolit moddalarning suyuqlanmalarini va suvdagi eritmalarini elektrolizi. Faradey qonunlari. Sanoatda elektroliz jarayonlarining qo‘llanilishi.
14-mavzu. Metallar korroziyasi va uning oldini olish usullari.
Metallar korroziyasining turlari va xalq xo‘jaligi uchun keltiradigan zararlari. Korroziyaga qarshi kurash – qoplash, kimyoviy, elektrokimyoviy va issiqlik ishlov berish usullari. Ingibitorlar.
15-mavzu. Koordinatsion birikmalarning sinflanishi va nomenklaturasi.
Koordinatsion birikmalar haqida tushuncha. Koordinatsion birikmalar tarkibi: ligandlar, kompleks hosil qiluvchi markaziy atomlar va ularning koordinatsion sonlari. Koordinatsion birikmalarning ichki va tashqi sferasi. Koordinatsion birikmalkarning dissotsialanishiga qarab sinflanishi. Koordinatsion birikmalarning tarkibidagi ligandlar tabiatiga qarab turlarga bo‘linishi. Koordinatsion birikmalar izomeriyasi. Koordinatsion birikmalar beqarorlik doimiysi. Koordinatsion birikmalar hosil bo‘lishida kvant-mexanik nazariyalar. Valent bog‘lanish usuli. Koordinatsion birikmalarning texnologik va kimyoviy nazoratlarda ishlatilishi.
16-mavzu. I-II guruh elementlarining umumiy xossalari.
Elementlar sistemasining birinchi guruh elementlarining umumiy xarakteristikasi. Ishqoriy metallar va ularning elektron formulasi, tabiatda uchrashi, olinishi, fizik va kimyoviy xossalari. Gidridlar, oksidlar, peroksidlar, gidroksidlar va asosiy birikmalarning xossalari, olinishi va xalq xo‘jaligida ishlatilishi. Elementlar sistemasining ikkinchi guruhsi elementlarining umumiy xarakteristikasi. Berilliy, magniy, ishqoriy yer metallari, elektron formulasi, tabiatda uchrashi, olinishi, fizik va kimyoviy xossalari. Karbidlar, oksidlar, gidroksidlar, asosiy birikmalari va ularning xossalari, ahamiyati. Suvning qattiqligi va uning yo‘qotish usullari.
17-mavzu. Elementlar davriy sistemasining XIII -guruh elementlarining umumiy xossalari. Elementlar sistemasining o‘n uchinchi guruh elementlarining umumiy xossalari. Bor va uning elektron formulasi, tabiatda uchrashi, olinishi, fizik va kimyoviy xossalari. Borning gidridlari, karbidlari, oksidlari, kislotalari va ularning olinishi, xossalari va xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Aluminiy va uning elektron formulasi, tabiatda uchrashi, olinishi, fizik va kimyoviy xossalari. Aluminiy oksidlari, gidroksidlari, karbidlari. Aluminiy tuzlari, ularning xossalari, eruvchanligi, sanoat suvlarini tozalashda ahamiyati. Alyumosilikatlar. Galliy, indiy, talliy elementlari va ularning elektron formulasi, tabiatda uchrashi, olinishi va fizik-kimyoviy xossalari. Oksidlari, gidroksidlari, tuzlari va ularning xossalarini aluminiy birikmalari bilan solishtirish. Galliy ,indiy,talliy elementlari va ularning birikmalarini xalq xo‘jaligida ahamiyati.

Yüklə 285,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə