Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»


  Chorvachilik tarmoqlarini yanada  rivojlantirish  va  samaradorligini



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə167/181
tarix07.01.2022
ölçüsü10,95 Mb.
#82666
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   181
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov) (1)

14.4.  Chorvachilik tarmoqlarini yanada  rivojlantirish  va  samaradorligini
 
oshirish yo‘liari.
Chorvachilik bilan shug'ullanuvchi fermer xo‘jaliklarining  zamonaviy 
talablarga  javob  beradigan  moddiy-texnika  bazasini  bosqichma-bosqich 
rivojlantirishga  alohida  e'tibor  berilmoqda.  Chorva  mollari  bosh  sonini 
ko‘paytirish va ulaming mahsuldorlik darajasini oshirishga e'tibor berish kerak. 
Chorvachilik  bino-inshootlarini  fan-texnika  yutuqlarini  e'tiborga  olgan  holda 
moslashtirishga,  tegishli  vositalar  bilan  ta'minlanishiga,  chorva  hayvonlari 
yaxshi  parvarishlanib,  sifatli  mahsulot  yetishtirishda  yangi  texnikalar,  ilg‘or 
texnologiyalar  joriy  etilishiga  erishish  lozim.  Shundagina  tarmoqda  ishlab 
chiqarish jarayonlari  mexanizatsiyalashtirilib,  mehnat  unumdorligining  oshishi 
ta'minlanadi.  Naslchilik  ishlarini  rivojlantirib,  sermahsul  chorva  zotlarini 
yaratib,  ular  ishlab  chiqarishga  tezroq  tatbiq  etilishini  ta’minlash,  bunda  zotli, 
sermahsul  chorva  hayvonlarini  sotib  olish  ham  kutilgan  natijaga  erishish 
imkoniyatini kengaytiradi. Hozirgi vaqtda hukumatimiz tomonidan naslchilikni 
rivojlantirishga  va  fermer xo‘jaliklarining  yuqori  mahsuldorlik  darajasiga  ega 
naslli chorva mollarini chetdan (Gollandiya) keltirishlariga ko‘mak berilmoqda.
Chorvachilikning  ozuqa  bazasini  mustahkamlash  uchun  yem-xashak 
yetishtiriladigan  maydonlami  kengaytirib,  ekinlami  almashlab  ekishni 
rivojlantirish  lozim.  Bunda yem-xashak ekinlari  ekiladigan maydonlaming suv 
ta'minotiga,  meliorativ  holatini  yaxshilashga  hamda  mahalliy  va  mineral 
o‘g‘itlardan  talab  darajasida  foydalanishga  alohida  ahamiyat  berish  zamr.  Bu 
masalani  hal  etish  uchun  qayta  ishlash  sanoati  korxonalarida  ishlab 
chiqariladigan  to'yimli  ozuqa  moddalari  talab  darajasida  olinishini,  chorva 
hayvonlariga  ozuqani  ilmiy  asoslangan ratsion  asosida vaqtida  berilishini  ham 
tashkil  etish  zarur.  Bu  masalaning  dolzarbligini  e'tiborga  olib,  respublika 
hukumati 
xo‘jaliklarga 
iqtisodiy 
jihatdan 
ko‘maklashish 
yo‘llarini, 
mexanizmlarini 
ishlab 
chiqqan. 
Jumladan, 
oziq-ovqat 
mahsulotlari 
yetishtirishni  rivojlantirish  uchun  imtiyozli  kreditlar  ajratish,  shu  maqsadda 
chetdan moddiy-texnika resurslami keltirishda bojxona toMovlaridan ozod etish 
va  boshqa chora-tadbirlar belgilangan.
Bu  jarayonda  chet  el  investitsiyalari  jalb  etilishiga  alohida  e'tibor 
berish zamr. Chunki hozirgi davrda bu boradagi mavjud  imkoniyatlardan toMiq 
foydalanish borasida ayrim kamchiliklar mavjud.
Ta'kidlangan barcha masalalaming ijobiy hal etilishi tarmoqda faoliyat 
ko'rsatayotgan  ishchi-xizmatchilaming  bilimiga,  tajribasiga  va  moddiy 
rag‘batlantirilishiga  bevosita  bogMiq.  Shunday  ekan,  bu  masalalarni  hal  etish 
mexanizmlarini,  yoMlarini  yanada  rivojlantirish  zarur.  Ishchi-xizmatchilaming 
ish haqlarini  vaqtida berish  hamda ulami yetishtirgan mahsulotlari  miqdori  va
285
www.ziyouz.com kutubxonasi


sifatini  e'tiborga  olgan holda rag‘batlantirishning  samarali usulini  tashkil  etish 
maqsadga muvofiqdir.
Yuqorida ko'rsatilgan masalalarning hal etilishi natijasida chorvachilik 
tarmoqlari rivojlanib, samaradorligi yuksalishi ta'minlanadi.
Chorvachilikni 
rivojlantirishda 
quyidagi 
yo'nalishlarda 
chora- 
tadbirlarni amalga oshirish lozim:
1) Ozuqa bilan ta'minlashni yaxshilash.  Buning uchun quyidagilarga e'tibor 
berish kerak:
-  ozuqabop  ekinlami  mutanosib  holda  joylashtirishni  va  almashlab  ekish 
tizimini joriy etish;
-  xo‘jaliklami  ozuqabop  ekinlar  o‘rim-yig‘im  texnikalari  bilan  ta'minlash 
masalasini  hal  etish,  chorvachilik  fermer  xo‘jaliklarida  ozuqa  ekin 
maydonlarining chorva mollari bosh soniga  mutanosib joylashtirish lozim;
- yem-xashak ekinlarining hosildorligini oshirish;
-  hududlarda  chorvachilik  bilan  shug'ullanuvchi  dehqon  va  fermer 
xo‘jaliklarini omuxta yem bilan ta'minlashda qulayliklar yaratish.
2)  Naslchilikni  rivojlantirish.  Buning  uchun  quyidagilarga  e'tibor  berish 
kerak:
-  chorva  hayvonlari  zotlarining  nasl  va  mahsuldorlik  xususiyatlarini 
takomillashtirish;
-  chorva  hayvonlari  naslchiligi  bo‘yicha  ilmiy  tadqiqotlarga  e'tiborni
kuchaytirish;
- chorva mollari zotlarining  genofondini saqlash;
- chorva hayvonlari zotlarining irsiy  imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida 
sun'iy qochirishni keng qoilash;
- qorakoi terilaming jahon bozori talablariga javob beradigan raqobatbardosh 
yangi tiplarini yaratish.
3)  Zooveterinariya  ishlarini  samarali  tashkil  etish.  Buning  uchun 
quyidagilarga e'tibor berish kerak:
-  har  bir  qishloq  fuqarolar  yigini  qoshida  zooveterinariya  shoxobchalarini 
tashkil etish;
- chorvachilik va parrandachilik mahsulotlari xavfsizligini ta'minlash;
- yuqumli kasalliklaming respublika hududiga kirib kelishini oldini olish;
-  chorva  mollarini  profilaktik  emlash  ishlarini  to‘la  qamrovda  amalga 
oshirish;
-  aholi  va  fermer  xo‘jaliklariga  zooveterinariya  shoxobchalari  orqali  servis 
xizmatlari ko'rsatish darajasi va sifatini oshirish.
4) Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlashni rivojlantirish.  Buning uchun 
quyidagilarga e’tibor berish kerak:
286
www.ziyouz.com kutubxonasi


-  qo‘shimcha  ish  o'rinlari  yaratish  hamda  bu  mahsulotiarga  boigan  taiabni 
qondirish  maqsadida  go‘sht,  sut, jun  va  teri  mahsulotlarini  qayta  ishlaydigan 
mini sexlar tashkil etish;
-  qorakoichilikka  ixtisoslashgan  hududlarda  qorako‘1  teri  va  jun 
mahsulotlaridan  tayyor  mahsulot  ishlab  chiqaruvchi  kichik  korxonalar  tashkil 
etish;
-  mazkur  sohaga  xorijiy  investitsiyalami  jalb  etish  va  zamonaviy 
minitexnologiya bilan jihozlangan qo‘shma korxonalar tashkil etish va hokazo.
Qisqacha xulosalar
Chorvachilik  mamlakatimiz  qishloq  xo‘jaligining  asosiy  tarmog‘idir. 
Ushbu  tarmoq  aholining  oziq-ovqat mahsulotlariga va  sanoatning xomashyoga 
bo'lgan  talabini  qondirishda  muhim  ahamiyatga  ega.  Bundan  tashqari 
chorvachilik  tarmog‘i  dehqonchilik  tarmog'ining  rivojlanishiga  ham  ijobiy 
ta'sir ko‘rsatadi.
Mamlakatimizda  chorvachilik  tarmoqlarini  rivojlantirish,  ularning 
samaradorligini  yuksaltirish  uchun  huquqiy,  tashkiliy,  texnologik  hamda 
iqtisodiy  shart-sharoitlar yaratilgan  bo‘hb,  tarmoqda  iqtisodiy  islohotlar  izchil 
amalga oshirilmoqda.
Chorvachilik  tarmoqlarining  rivojlanish  holati  va  samaradorlik 
darajasini  aniqlashda  tegishli  ko‘rsatkichlar  tizimidan  foydalanish  maqsadga 
muvofiqdir.
Chorvachilik  tamoqlarining  hozirgi  rivojlanish  darajasi  mavjud 
imkoniyatlar darajasidan ancha past.  Bu masalani hal etish maqsadida tarmoqda 
huquqiy,  tashkiliy  va  iqtisodiy  tadbirlar  tizimini  maqsadga  muvofiq  ravishda 
amalga oshirish zarur.
Chorvachilik  mahsulotlarini  yetishtirayotgan  fermer  xo‘jaliklarida 
ushbu mahsulotlami qayta ishlovchi minitexnologiyalami joriy etishga e'tiborni 
kuchaytirish lozim.
Nazorat va m uhokam a uchun savollar:
1.  Chorvachilik  tarmog'i  mamlakatimiz  iqtisodiyotida  qanday  o‘rin 
tutadi? Uning ahamiyatli ekanligi nimalarda namoyon bo‘ladi?
2.  Chorvachilik  tarmoqlarining  rivojlanishini,  ulaming  samaradorligini 
qanday ko'rsatkichlar ifodalaydi?  Bu ko‘rsatkichlar qanday aniqlanadi?
3. Mamlakatimizda chorvachilik tarmoqlarining hozirgi rivojlanish holati 
qanday?
4.  Chorvachilikning  mamlakatimiz  mintaqalari  bo‘yicha  rivojlanish 
holati qanday?
5. 
Chorvachilik  tarmoqlarida  islohotlarni  qanday  qilib  yanada 
chuqurlashtirish mumkin?
287
www.ziyouz.com kutubxonasi


6. 
Chorvachilikni rivojlantirish, uning samaradorligini yuksaltirish uchun 
qanday tadbirlarni amalga oshirish lozim?
7. 
Jahon  moliyaviy-iqtisodiy 
inqirozi 
sharoitida 
hukumatimiz 
tomonidan  chorvachilikni  rivojlantirish  borasida  qanday  tadbirlar  amalga 
oshirilmoqda?

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə