Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə170/181
tarix07.01.2022
ölçüsü10,95 Mb.
#82666
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   181
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov) (1)

Bozor konyunkturasi 
-  ma'lum bir davrda tovarlar talab va taklifi tuzilishi 
va dinamikasini shakllantiruvchi iqtisodiy sharoit va omillar majmui.
Byudjet 
-   davlat,  korxona,  muassasaning  qonuniy  tartibda  tasdiqlangan 
davrga moijallangan pul ifodasidagi daromad va sarf-xarajatlari.
Byudjet  defitsiti 
-   muayyan  davr  mobaynida  (odatda  bir  yilda)  byudjet 
xarajatlarining byudjet daromadlaridan ortiq boigan summasi.
Byudjet  profitsiti 
-   muayyan  davr  mobaynida  (odatda  bir  yilda)  byudjet 
daromadlarining byudjet xarajatlaridan ortiq boigan summasi.
Chet  el 
investitsiyalari 
-   chet  ellik  investorlar  asosan  foyda  olish 
maqsadida  tadbirkorlik  faoliyati  va  qonun  hujjatlarida  ta'qiqlanmagan boshqa 
turdagi  faoliyat obyektlariga  qo‘shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy 
boyliklar  va  ularga  doir  huquqlar,  shu  jumladan  intellektual  mulkka  doir 
huquqlar.
Davlat  tasarrufldan 
chiqarish 
-   davlat  korxonalarini  va  tashkilotlarini 
jamoa,  ijara korxonalariga,  aksiyadorlik jamiyatlariga,  mas’uliyati  cheldangan 
jamiyatlarga,  davlatga  qarashli  mulk  bo‘lmaydigan  boshqa  korxonalar  va 
tashkilotlarga aylantirish.
290
www.ziyouz.com kutubxonasi


Depozit 
-   1) bank jamg‘armasi; 2) bankka omonat kassasi yoki  foydalanish 
uchun vaqtincha qo'yilgan pul yoki qimmatli qog'ozlar, qimmatli narsalar.
Depressiya  -  ishsizlik  darajasi  yuqori,  tovar va  xizmatlarga talab  pastligi, 
ishlab 
chiqarishning 
hajmi 
va 
ishchanlik 
tushib 
ketadigan 
davrni 
xarakterlaydigan  iqtisodiyotdagi  tushkunlik  davri.  Inqiroz  siklining  eng  past 
darajasidir.
Devalvatsiya 
-   boshqa  mamlakatlar  valyutasiga  nisbatan  milliy  yoki 
xalqaro pul birligi kursining pasayishi.
Diversifikatsiya — 1)  turli-tumanlik, o‘zgarish; 2) korxonalar va  tarmoqlar 
faoliyatining  kengayishi,  ishlab  chiqarayotgan  mahsulotlarning  turlarini  bozor 
talablariga  qarab  o'zgartirishidir;  3)  davlatning  milliy  xalq  xo‘jaligining 
zamonaviy  ko‘p  tarmoqli  tarkibini  vujudga  keltirishga  qaratilgan  siyosati, 
kompleks ko‘p tarmoqli rivojlanish.
Dotatsiya 
-   korxona,  muassasalarga  qaytarib  olmaslik  sharti  bilan 
zararlarni  qoplash,  bahoni  quvvatlash  uchun  davlat  byudjeti  hisobidan 
beriladigan subsidiya (pul mablagMari).

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə