Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə171/181
tarix07.01.2022
ölçüsü10,95 Mb.
#82666
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   181
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov) (1)

Fermer xo‘jaligi 
-  ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda 
qishloq  xo'jaligi  tovar  ishlab  chiqarishi  bilan  shug‘ullanuvchi,  mustaqil 
xo‘jalik yurituvchi subyekt.
Foiz 
-   qarzga  olingan  pullar  yoki  moddiy  buyumlardan  foydalanganlik 
uchun kreditorga qarzdorning ustama to'lovi.
Globallashuv 
-   davlatlar  va  mintaqalar  o'rtasidagi  o‘zaro  bog‘liqlikning 
chuqurlashuvi, 
yagona 
umumjahon 
iqtisodiy, 
madaniy 
va 
axborot 
makonlarining shakllanishi bilan bog‘liq bo‘lgan jarayondir.
Ijara  haqi 
-   vaqtincha  foydalanish  uchun  berilgan  yer  maydoni,  bino, 
inshoot,  transport  vositalari,  qishloq  xo‘jalik texnikalari  va  boshqa  shu  kabilar 
uchun  mulk  egasining  ijaraga  oluvchidan  oladigan  haqi  (mukofoti).  Ijara 
haqining  tarkibiga  ijaraga olingan  mulk  qiymatidan ajratiladigan  amortizatsiya 
ajratmasi  va  mulkdan  foydalanish natijasida  olinadigan daromadning bir qismi 
kiradi.
Ijtimoiy 
soha  -   insonning  hayot  faoliyati  darajasiga  bevosita  ta'sir 
ko‘rsatuvchi  mahsulot  va  xizmatlarni  taqdim  etuvchi  tarmoq  va  sohalar 
(masalan,  ta'lim,  sog‘liqni  saqlash,  madaniyat  va  san'at,  uy-joy  kommunal 
xo‘jaligi, savdo, umumiy ovqatlanish, jismoniy tarbiya va sport va boshqalar)ni 
o‘z ichiga olgan iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismi.
Injiniring 
— tijorat  asosida injener-maslahat  xizmatlarini  sanoat  obyektlari, 
infratuzilmani  tashkil etish masalalarini  o‘rganib chiqish bo'yicha faoliyat turi. 
Loyiha xarakteridagi, ekspluatatsiyasi bo‘yicha tavsiya xizmatlari kiradi.
Investitsiya 
-  iqtisodiy samara (foyda, daromad) olish yoki  ijobiy ijtimoiy 
natijaga  erishish  uchun  sarflanadigan  pul  mablag‘lari,  banklarga  qo'yilgan 
omonatlar,  paylar,  qimmatli  qog‘ozlar (aksiya,  obligatsiyalar),  texnologiyalar,
291
www.ziyouz.com kutubxonasi


mashinalar,  asbob-uskunalar,  litsenziyalar  va  samara  beradigan  boshqa  har 
qanday boylik.
Innovatsiya  -   fan  yutuqlari  va  ilg‘or tajribadan  foydalanishga  asoslangan 
texnika,  texnologiya,  mehnatni  tashkil  qilish,  boshqaruv  sohasida  yangilik 
kiritish.
Infratuzilm a  -   asosiy  tarmoq  yoki  sohaga  xizmat  ko‘rsatuvchi,  uning 
to'laqonli  faoliyati  uchun  shart-sharoit  yaratib  beruvchi  soha.  Yo‘nalishiga 
ko‘ra,  ishlab  chiqarish,  ijtimoiy,  bozor  va  boshqa  infratuzilmalami  ajratib 
ko'rsatish mumkin.
Integratsiya  -   1)  turli  bo'limlar,  elementlar  harakatining  bir  butunga 
birlashish  jarayoni;  2)  iqtisodiy  integratsiya  -   iqtisodiy  subyekt  (davlat, 
korxona,  firmajlaming  iqtisodiy, 
texnologik  munosabatlaming  o‘zaro 
bog'liqligi natijasida vujudga keluvchi hamkorlikning chuqurlashuvi.
Intensiv  rivojlanish -  samaraliroq  ishlab  chiqarish vositalari  va texnologik 
jarayonlami  qo'llash,  mehnatni  tashkil  etishning  ilg‘or  usullari,  fan-texnika 
taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanish asosida rivojlantirish.
Ipoteka -  ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish bilan beriladigan ssuda. Ushbu 
ssudani  ta'minlashga  xizmat  qiluvchi  garov  kreditorga  berilmaydi,  balki 
qarzdoming o'zida qoladi.
Iqtisodiy sikl -  iqtisodiy rivojlanishning bir holatidan boshlanib, birin-ketin 
bir  necha  fazalami  bosib  o‘tib,  o‘zining  dastlabki  holatiga  qaytib  kelgunga 
qadar o‘tgan davr hisoblanadi.
Iqtisodiyotni  liberallashtirish  -   xo‘jalik  hayotining  barcha  sohalaridagi 
to'siq  hamda  cheklovlami,  shuningdek,  davlat  nazoratini  keskin  ravishda 
qisqartirish yoki bekor qilishga yo'naltirilgan chora-tadbirlar tizimi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash -  iqtisodiyot tarmoq  va korxonalaridagi 
ishlab  chiqarishni  zamonaviy  texnologiyalar  bilan  jihozlash,  uni  ma'naviy 
jihatdan  yangilash,  tarkibiy  jihatdan  texnik  va  texnologik  qayta  tuzish  kabi 
chora-tadbirlami  o‘z  ichiga  oluvchi  jarayonni  tartibga  solishga  qaratilgan 
faoliyat.
Irrigatsiya  -   suv  resurslari  bilan  ta’minlash  va  suv  inshootlari  faoliyatini 
tartibga soluvchi tizim.
Jismoniy shaxs — iqtisodiy faoliyatda qatnashuvchi va bu jarayonning to‘la 
huquqli  subyekti  sifatida  faoliyat  ko'rsatuvchi  shaxs.  Jismoniy  shaxs  o‘zining 
nomidan  ish  yuritadi,  firma  yoki  korxona  kabi  hokimiyatda  ro‘yxatdan  o‘tish 
majburiyatidan ozod.
Kapitallashuv 
—  aksiyadorlik  kompaniyalari, 
banklar  tomonidan 
chiqarilgan  va  kapitalga  aylantirilgan  barcha  qimmatbaho  qog'ozlaming 
umumiy summasi.
Kichik  biznes  subyektlari  -   korxona  ko‘lami,  ishlab  chiqarish  hajrni, 
ishlovchilar  soni,  moliyaviy  mablag‘lari  miqdori  va  boshqalar  jihatidan
292
www.ziyouz.com kutubxonasi


kichikroq  bo'lgan  subyektlar.  Respublikamizda  kichik  biznes  subyektlari 
toifasiga  yakka  tartibdagi  tadbirkorlar,  mikrofirmalar  va  kichik  korxonalar 
kiradi.

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə