Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə174/181
tarix07.01.2022
ölçüsü10,95 Mb.
#82666
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   181
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov) (1)

Mulkka  egalik  qilish 
—  mulkdorlik  huquqining  uning  egasi  qo‘lida 
saqlanib  turishi  va  yaratilgan  moddiy  boyliklami  o‘zlashtirishning  iqtisodiy 
shakli.
293
www.ziyouz.com kutubxonasi


M ulkdan foydalanish -  mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki 
ijtimoiy  hayotda  qo‘llanishi,  ya'ni  uning  nafli  jihatlarining  bevosita  iste'mol 
qilinishi.
Mulkni ta sa rru f etish -  mol-mulk taqdirini mustaqil hal qilish.
Oilaviy  biznes  -  tadbirkorlik  faoliyatining  o'zaro  qon-qardoshlik  aloqalari 
bilan bog‘liq bo'lgan kishilar guruhi (asosan oila a'zolari) tomonidan birgalikda 
yuritishga asoslangan shakli.
Ozuqa  birligi  -   1  ozuqa  birligi  sifatida  1  kg  sulining  to‘yimlilik  qiymati 
asos qilib olingan.
Preferensiya  -   shartnoma  bo'yicha  beriladigan  ustunlik,  imtiyozli  shart- 
sharoitlar.
Proteksionizm  -   davlatning  milliy  iqtisodiyot  va  mahalliy  ishlab 
chiqaruvchilami  xorij  raqobatidan  himoya  qilish  siyosati.  Bunda  mamlakatga 
olib  kelinayotgan  ayrim  tovarlarga  yuqori  bojlar  belgilanadi,  ba'zi  tovarlami 
olib kelish cheklanadi yoki umuman ta'qiqlanadi.
Ratsion  -   mollaming  fiziologik  holatini  hisobga  olgan  holda  bir  sutkada 
beriladigan yem-xashak miqdori.
R enta -  yer egalarining qishloq xo‘jaligi yerlarini  foydalanishga berishdan 
oladigan  pul  mablag‘lari.  Qishloq  xo‘jaligi  ishlab  chiqaruvchilari  tomonidan 
yaratilgan  qo‘shimcha  mahsulotning  bir  qismi  yer  egalari  tomonidan 
o‘zlashtiriladi.  Yer  rentasi  yerga  mulkchilikning  paydo  bo'lishi  bilan 
shakllangan. Monopol, differensial va absolyut rentalar mavjud.
Rekultivatsiya  -   holati  yomonlashgan  yer  maydonining  barcha 
xususiyatlarini qayta tiklash.
Rekreatsiya  m aqsadlariga  mo‘ljal!angan  yerlar  -   aholining  ommaviy 
dam olishi va turizmni tashkil etish uchun tegishli muassasalar va tashkilotlarga 
berilgan yerlardir.
R esurslar  -   1)  imkoniyat,  boylik  manbai,  vosita;  2)  ishlab  chiqarishni 
ta'minlaydigan  omil  va  vositalar.  Iqtisodiy  resurslar  quyidagilami  o‘z  ichiga 
oladi: moddiy (xomashyoviy, tabiiy), mehnat, kapital va information resurslar.
Retsessiya  —  uzluksiz  ikki  chorak  davomida  aniqlanadigan  inqiroz, 
ishchanlik  faolligining  pasayishi.  Real  yalpi  milliy  mahsulotning  kamayishi, 
iqtisodiy tushlcunlik.
Sekyuritizatsiya  -   qimmatli  qog'ozlardan  ssuda  kapitali  harakatini 
ta’minlash  maqsadida  foydalanishni  kengaytirish  jarayoni  bo‘lib,  boshqa 
moliyaviy instrumentlarga an'anaviy qimmatli qog‘ozlar shaklini berish.
Servitut  -   o‘zganing  yer  uchastkasidan  cheklangan  tarzda  foydalanish 
huquqi  bo‘lib,  qo‘shni  bo‘lgan  bir  yoki  bir  necha  yer  uchastkalaridan 
cheklangan  tarzda  foydalanish  huquqidir.  Servitut  quyidagi  maqsadlarda 
belgilanishi  mumkin:  o‘zganing yer uchastkasi  orqali  piyoda yoki  transportda 
o‘tish;  o‘zganing  yer  uchastkasida  drenaj  ishlari  o'tkazish;  o‘zganing  yer
294
www.ziyouz.com kutubxonasi


uchastkasidan  elektr  uzatish,  aloqa  liniyalari  va  quvurlar,  irrigatsiya, 
muhandislik  va  boshqa  liniyalar  hamda  tarmoqlar  o'tkazish  va  ulardan 
foydalanish;  o‘zganing yer uchastkasidan  ekinzor va  mollami  sug‘orish uchun 
suv olish; mollami o'zganing yer uchastkasi orqali haydab o‘tish; o‘zganing yer 
uchastkasidan  qidimv,  tadqiqot  va  boshqa  ishlami  bajarish  uchun  vaqtincha 
foydalanish;  o'zganing  yer  uchastkasida  ihota  daraxtlari  ekish  va  tabiatni 
muhofaza  qilishga  taalluqli  boshqa  obyektlar  barpo  etish.  Servitut,  uni 
belgilashni  talab  qilgan  shaxslar  bilan  o‘zga  yer  uchastkasining  egalik 
qiluvchisi,  foydalanuvchisi,  ijarachisi  va  mulkdori  o‘rtasidagi  kelishuvga 
muvofiq,  kelishuvga  erishilmagan  taqdirda  esa,  sudning  hal  qiluv  qaroriga 
binoan belgilanadi.
Shartli qoramol -  xo‘jalikdagi  chorva mollari jami bosh sonini  hisoblashda 
qo‘llaniluvchi  o'lchov  birligi  bo'lib,  chorva  mollarini  shartli  qoramol 
oMchovida ifodalash uchun  tegishli koeffitsiyentlardan foydalaniladi.
Subvensiya  -   hukumat  mahalliy  organlariga  yoki  xo'jaliklaming  turli 
bo‘g‘inlariga davlat tomonidan beriladigan moliyaviy yordam turi.
Subsidiya  -   bahoni  quwatlash  usuli,  davlat  baholar  o'rtasidagi  farqni 
to‘laydi; pul yoki naturako‘rinishidagi yordam, nafaqa.
Sug‘orish  me’yori  -   bir  marta  sug‘orish  uchun  kerak  bo‘ladigan  suv 
miqdori.
T adbirkorlik faoliyati -  shakli, turi va sohasidan qat'i nazar, foyda olish va 
uni ko‘paytirish maqsadida amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyat.
Talab 
-  
ma'lum 
vaqt 
oralig‘ida, 
narxlaming 
mavjud 
darajasida 
iste’molchilaming tovar va xizmatlar maTum  turlarini  sotib  ohshga qodir boTgan, 
pul bilan ta’minlangan ehtiyoji.
Tender 
-   1) bozorda obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlami taklif etish 
vositasi; 2) xalqaro savdo shakli;  3) tanlov, talabgorlar o'rtasidagi  raqobat.

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə