Tuproq bonitirovkasi
— qishloq xo‘jalik ekinlari o'sishini ball bonitetlarda
(100 balli tizim bo‘yicha) ifodalash uchun ulami ahamiyatliroq tabiiy
xususiyatlari bo'yicha tasniflash.
Unifikatsiya
- yagona tizimga, shaklga, bir xillikka keltuish.
Vaqf yerlari
—
mulkdorlar tomonidan diniy muassasa ixtiyoriga
daromadidan foydalanib turishi uchun berilgan yoki vasiyat qilib qoldirilgan
yer maydoni.
Xususiylashtirish
- mulkni davlat tasarrufidan chiqarilishi va xususiy
mulkka aylantirilishi; davlat mulkini fuqarolarga sotish shakli.
Xususiy mulk
- mulk shakllaridan biri boTib, luqaro foyda olish maqsadida
o'z mulkidan foydalanish huquqiga ega boTadi. Ishlab chiqarish jarayonida
fuqaroning o‘z mehnati bilan birga yollanma mehnatdan ham foydalanish
mumkin.
295
www.ziyouz.com kutubxonasi
Yalpi ichki mahsulot - bir yil mobaynida mamlakat hududida ishlab
chiqarilgan barcha tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar
summasi.
Yer uchastkasi - o‘z chegaralangan belgisi, maydoni, joylashgan o‘mi,
huquqiy tuzilishiga (yer egasi, yerdan foydalanuvchilar va boshqalar) ega
bo'lgan yer sathining qismi.
Yer uchastkasining ijarasi - yer uchastkasiga ijara shartnomasi shartlarida
muddatli, haq evaziga egalik qilish va foydalanishdan iboratdir.
Yer kadastri - yerlaming tabiiy, xo‘jalik va huquqiy rejimi, ulaming
toifalari, sifat ko'rsatkichlari va bahosi, yer uchastkalarining joylashgan manzili
va o‘lchamlari, ularai yer egalariga, yerdan foydalanuvchilarga, ijarachilarga
hamda mulkdorlarga taqsimlash to‘g‘risidagi zarur, ishonchli ma'lumotlar va
hujjatlar tizimidan iborat.
Yer monitoringi - yer tarkibidagi o‘zgarishlami o‘z vaqtida aniqlash,
yerlarga baho berish, salbiy jarayonlaraing oldini olish va oqibatlarini tugatish
uchun yer fondining holatini kuzatib turish tizimidan iborat.
296
www.ziyouz.com kutubxonasi
ADABIYOTLAR
Dostları ilə paylaş: |