Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/181
tarix07.01.2022
ölçüsü10,95 Mb.
#82666
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   181
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov) (1)

Kichik  korxona 
—  kichik  biznes  subyektlarining  bir  turi  bo‘lib, 
mamlakatimizda  amaldagi  qonunchilikka  ko'ra  sanoat  ishlab  chiqarishining 
ayrim  tarmoqlarida  (masalan,  yengil  va  oziq-ovqat  sanoati,  metallga  ishlov 
berish va asbobsozlik sanoati va hokazo)  100 kishigacha, ayrimlarida (masalan, 
mashinasozlik,  metallurgiya,  yoqilg‘i-energetika  sanoati  va  boshqalarda)  50 
kishigacha,  xizmat  ko'rsatish  sohasida  25  kishigacha  ishlovchi  korxonalar 
kichik korxona hisoblanadi.
Konsalting 
-  tashkily,  texnikaviy,  moliyaviy,  iqtisodiy  masalalar  bo‘yicha 
ishlab  chiqaruvchilar,  sotuvchi  va  xaridorlarga  maslahat  berish  xizmatini 
ko‘rsatuvchi muassasalar (firmalar).
Ko‘chmas  mulk 
— yer,  imorat,  inshoot va boshqa shu kabi mulklar.  Yerga 
egalik huquqlari ham ko‘chmas mulkka kiradi.
Likvidlik  -   kredit  moliya  majburiyatlarini  va  qonuniy  pul  talablarini 
muddatida uzluksiz to‘lash imkoniyatini nazarda tutuvchi korxonalar,  firmalar, 
banklar aktivlarining to‘lov qobiliyati.
Lizing  -  moliyaviy  ijaraning  alohida  turi  bo‘lib,  unda  bir  taraf  (lizing 
beruvchi)  ikkinchi  tarafning  (lizing  oluvchining)  topshirig'iga  binoan  uchinchi 
tarafdan  (sotuvchidan)  lizing  shartnomasida  shartlashilgan  mol-mulkni  (lizing 
obyektini)  mulk  qilib  oladi  va  uni  lizing  oluvchiga  shu  shartnomada 
belgilangan  shartlarda haq evaziga egalik qilish  va foydalanish  uchun  o‘n  ikki 
oydan ortiq muddatga beradi.
Melioratsiya 
—  yeming  tabiiy  unumdorligini  yaxshilash  chora-tadbirlari 
yig‘indisi.

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə