Vujudga kelganligidan tashqari, o‘troq hayotning boshlanganligi bilan



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/54
tarix05.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#104455
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   54
OZBEKISTONNING MADANIYATI VA SANATI

Animizm 
– Ingliz olimi Eduard Taylor tomonidan fanga kiri-
tilgan. Animizm – bu kishi ruhining mavjudligiga ishonishdir. Ani-
mizm tabiatdagi buyumlarni ilohiylashtiradi, har bir jismda ruh bor, 
tanadan tashqarida ham jon bor deb hisoblaydi. Ibtidoiy odamlar 
uyquni jonning tanani vaqtincha tashlab ketishi, tushni esa kishi 
uxlab yotganida boshqa uzoq joydagi kishilarning yoki o‘lgan kishi-
larning joni bilan uchrashuvi deb tushunganlar. Dastlabki animistik 
tasavvurlar jonni soya yoki nafas bilan aynan bir narsa deb bilar 
edilar. Masalan, Shimoliy Amerika xalqlarida soya bilan jon
qadimgi arablarda, yaxudiylarda jon bilan qon, Grenlandiyada esa 
nafas bilan jon bitta nom bilan ataladi.
Totemizm
– «uning urug‘i» ma’nosini anglatadi va odam ko‘-
pincha qandaydir bir hayvon yoki o‘simlik bilan, ba’zan jonsiz 
narsa bilan hatto tabiat hodisalari bilan aloqasi borligi to‘g‘risidagi 
tasav vur hamda e’tiqoddir. Totem hisoblangan hayvonni o‘ldirish 
mumkin bo‘lmagan. Agar o‘ldirish zarur bo‘lsa, albatta, undan uzr 


22
so‘raganlar. Uni o‘ldirganliklari uchun ularning gunohini kechirishni 
iltijo qilib so‘raganlar.
Magiya (sehrgarlik, afsungarlik)
– insonga, hayvonga yoki 
tabiat hodisalariga g‘ayri tabiiy yo‘l bilan ta’sir ko‘rsatish maq-
sadida bajariladigan xatti-harakatlar. Buyum va hodisalarning afso-
naviy kuchga ega ekanligiga ishonish baxt keltiruvchi yoki turli 
xil balo-qazolardan saqlovchi har xil buyumlar va tilsimlarning 
paydo bo‘lishiga, yaxshilik va yomonlikdan iborat turli irim-sirim 
hamda harakatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan. Biror kishiga 
qilinayotgan xatti-harakatda o‘sha shaxsga tegishli bo‘lgan nar-
salar (uning sochi, tirnog‘i, kiyimi) ustida afsun qilish, masalan, 
kuydirish yoki boshqa irimlar (kinna) juda samarali natija beradi deb 
hisoblaganlar. Odamlar quyoshning chiqishi, yomg‘irning yog‘ishiga 
sehrgarlik yordamida ta’sir qilish mumkin, degan tasavvurga ega 
bo‘lganlar. 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə