Vujudga kelganligidan tashqari, o‘troq hayotning boshlanganligi bilan



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/54
tarix05.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#104455
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   54
OZBEKISTONNING MADANIYATI VA SANATI

Fetishizm
– moddiy predmetlardagi g‘ayritabiiy xususiyatlarga 
ishonish, jonsiz narsalarga sig‘inishdir. Ibtidoiy odamning ongida 
har xil moddiy buyumlarning tosh, daraxt, o‘simlik keyinchalik 
turli hayvonlarning suyagi, pati, tumor, sanam va boshqalarda g‘ayri 
tabiiy kuchlar bor, degan xayoliy tasavvurlar paydo bo‘lgan.
Shomonizm
– ibtidoiy jamoa tuzumi yemirilish davrida paydo 
bo‘lgan qadimgi diniy e’tiqodlardan biri. Shomonizm – bu kishi lar 
orasida go‘yo turli ruhlar bilan munosabatda bo‘ladigan ruhoniy-
larning qobiliyatiga ishonishdir. Kishilarning tasavvuricha go‘yo 
ruhlar shomonlarga xizmat qiladi, uning turli topshiriqlarini baja-
radi, hatto shomon yovuz ruhlar bilan jang ham qila oladi, deb 
hisoblaganlar.
San’at ham kishilik jamiyatining ilk bosqichlari ibtidoiy odamning 
tabiat hodisalariga bo‘lgan munosabatlari natijasida paydo bo‘lgan 
ma’naviy madaniyatning asosiy elementlaridan biridir. San’at 
odamning estetik sezgisi, uning ma’naviy rivojlanishi jarayonida, ta-
biatga xos bo‘lgan takomillikdan, go‘zallik va ohangdorlikdan ta’sir-
lanish, odam o‘z mehnati bilan yaratgan narsalarda tabiatning sifatlarini 
ko‘rsata boshlaganida va o‘z sezgisi hamda fikrlari hayotning turli xil 
voqealarini ifodalay boshlagan davrlarda vujudga kelgan.
Ibtidoiy san’at va uning barcha turlarining umumiy manbai 
mehnatdir, odamning mehnat faoliyatidir. Ibtidoiy san’at va uning 
27
Bunday xususiyat dehqonchilik, chorvador, tog‘da yashovchi qabila 
va xalqlar xo‘jalik tarzi va o‘ziga xos madaniyatlarning shakllanishi 
uchun imkon yaratadi.
«Qadimgi Sivilizatsiya» deb nomlangan risolada Markaziy Osiyo 
madaniyatining ikki xususiyati ko‘rsatiladi: bir tomondan, turli 
madaniyatlarning o‘zaro ta’sirida, ikkinchi tomondan, qadimgi sivili-
zatsiyalarning boshqa o‘choqlari bilan yaqin aloqada rivojlanishi. 
Bu xususiyatlarini batafsil kuzatadigan bo‘lsak Markaziy Osiyo 
madaniyatining shakllanish jarayolari yaqqol namoyon bo‘ladi.
Markaziy Osiyoning serhosil vodiysi, cho‘l va dashti, tog‘larida 
yashovchi aholining turmush sharoitidagi farqlar turi xo‘jaliklarni 
ertaroq paydo bo‘lishi o‘ziga xos madaniyatlar shakllanishiga 
olib keladi. Bu jarayon yaqin qo‘shnichilik munosabatlari asosida 
sodir bo‘lib, qabila va xalqlarning iqtisodiy va madaniy aloqalari 
taraqqiyotning ertaroq boshlanishiga imkon yaratdi. Eng qadimgi 
davrlardan dehqonchilik, chorvachilik va tog‘ ovchi qabilalari 
o‘r 
tasida munosabat ayriboshlash Markaziy Osiyo xalqlarining 
iqtisodiyotida katta ahamiyatga ega bo‘lib, keyingi davrlarda ham 
uzoq saqlanib keldi. Turmush tarzi va xo‘jalik faoliyatidagi farqlanish 
bilan birga mintaqa xalqlarining etnik va tillardagi yaqinlik juda 
ham uyg‘unlashib ketganligini qadimgi Xitoy va Yunon manbalarida 
ham qayd qilingan. Markaziy Osiyo xalqlarining kuchli iqtisodiy 
aloqalari, etnik va til birligi ularni bir-biridan ayricha yashashiga yo‘l 
qo‘ymadi. Natijada qadimgi Sharqning klassik madaniyati orasida 
Markaziy Osiyo qadimgi madaniyati ajralib, o‘ziga xos ko‘rinishda 
shakllanadi. Dastlab bu madaniyatga ikki xil madaniyat aralashib 
ketdi: ko‘chmanchilik va ibtidoiylik olami hamda sivilizatsiya olami.
Markaziy Osiyoning o‘troq dehqonchilik va ko‘chmanchi xalq-
larida ancha muncha farqlar bo‘lishiga qaramasdan ilgaridan yaqin 
munosabatlar o‘rnatilgan. Diniy e’tiqodlar, urf-odatlar, fol’k lorlar, 
axloqiy me’yordagi umumiylik madaniy umumiylikni shakl lani-
shiga olib kelgan. Shuning uchun bundan keyin Markaziy Osiyo-
ning yahlit madaniyatini tashkil qiluvchi turli submadaniyatlar 
mavjudligi haqida to‘xtalish joizdir. Qadimgi madaniyatlar sub 
madaniyati (Baqtriya, Sug‘d, Xorazm, Farg‘ona, Marg‘iyona), dasht 
ko‘chmanchilari-sak, massaget, dehqonchilar submadaniyati, Pomir 
va Tangri tog‘ qabilalarning sub madaniyati.


26

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə