Xalqsevar shoir muhammad yusufni yod etib


JOURNAL OF INNOVATIONS IN SOCIAL SCIENCES



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix22.12.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#97671
1   2   3
JOURNAL OF INNOVATIONS IN SOCIAL SCIENCES
 
www.sciencebox.uz
SPECIAL ISSUE: Modern Tendencies of Innovative 
Learning and Teaching-2022
ISSN: 2181-2594
 
Journal of Innovations in Social Sciences
 
126 
mukammalligi bilan millionlar qalbida aks sado berdi. Shoirning «Vatanim», «Xalq bo`l, elim», 
«Dunyo», «Inshoolloh», «O`zbekmomo», «Iqror», «Tilak» singari o`nlab she’rlari chinakam 
she’riyat yurtni qanday kuylamog`i lozimligini isbotlagan asarlar bo`lib qoldi. 
Istiqlol yillarida erishgan yuksak ijodiy yutuqlari uchun Muhammad Yusufga 1998-yilda 
«O`zbekiston xalq shoiri» unvoni berildi.Muhammad Yusuf ijodi keyingi davr o`zbek qo`shiqchiligi 
rivojida muhim o`rin tutadi. Milliy san’atimizning eng yirik va iste’dodli vakillaridan tortib, havaskor 
qo`shiqchilargacha shoir she’rlarini kuyga soladilar va hozirgi kunda ham shoir she’rlari sevib 
o`qiladi yangi- yangi bastalangan kuylarga ashula qilib solinadi. Marhum qo`shiqchi Muhiddin 
Xoliqov, O`zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, Yulduz Usmonova, O`zbekiston xalq artisti 
G`iyos Boytoyev ijodlarining asosiy manbasi Muhammad Yusuf she’rlari bilan bog`liqdir. 
Afsuski, Muhammad Yusufning umri qisqa bo‘ldi. U 2001-yilning 31-iyulida Qoraqalpog`istonning 
Ellikqal’a tumaniga qilingan ijodiy safar chog`ida, yuzlab muxlislari qarshisida she’r o‘qiyotgan 
paytda yurak xurujidan vafot etdi. Xuddi Boburdek, Shavkat Rahmondek Muhammad Yusuf ham 
bor-yo`g`i 47 yil umr ko‘rdi. 
Biroq bu umr bir dilbar shoirning tug`ilishi, kamol topishi, o`zini voyaga yetkazgan yurt va millatga 
samimiy va ixlos ila xizmat qilib, ortidan yaxshi nom qoldirishi uchun kifoya qildi... 
Ol, deya bir Egam, osmonga uchsa ruhlarim
Bir ajib moviy diyor bo`ynini quchsa ruhlarim, 
Ko`k mening ko`ksim bo`lur, yulduzlari - anduhlarim, 
Gul o`pib, gul yopinib har dilda mozorim qolur, 
Men ketarman bir kuni, navolarim, zorim qolur... 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1.
S. Mirvaliev. "Ozbek adiblari". Toshkent, "Fan",1993yil. 
2.
Ozbek adabiyoti tarixi.-Darslik,11sinf uchun, 2003yil. 
3.
Shoirlarga bir juft savol.-"Ozekiston adabiyoti va san'ati" gazetasi, 1990 yil, 5yanvar. 
4.
Men qoshiq yozmayman. .-"Ozbekiston adabiyoti va san'ati"gazetasi, 1992 yil, 23 son. 
5.
Shoirni xotirlab. -"Erudit" gazetasi,2003 yil,9 bet. 
6.
Onangizni konglini oling.-"Saodat" jurnali,2000 yil,6-son. 
7.
Qoshiq millat qalbi.-" Ozbekiston adabiyoti va san'ati"gazetasi, 1999 yil, 18iyun. 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə