Xborot texnologiyalari va tizimlari. Axborot



Yüklə 352,2 Kb.
səhifə28/31
tarix24.06.2022
ölçüsü352,2 Kb.
#90051
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Xborot texnologiyalari va tizimlari. Axborot

Qо‘shimcha xizmatlari.

  • Rezervli nusxalash (bekap)

  • “Cloud” yechimlar

  • Administratsiyalanuvchi server server

  • Masofaviy ishchi stol

  • Data-sentrlarda qо‘llaniladigan texnologiyalar

Ishonchli data sentrlarning asosiy texnik xarakteristikalari quyidagilar:

  • Data-sentr joylashtirish uchun mо‘ljallangan maxsus binoning mavjudligi

  • Kafolatlangan elekrtomanba va konditsionerlash tizimi.

  • Sanoat ventilyatsiyasi tizimi.

  • О‘t о‘chirishning avtomatlashtirilgan tizimi.

  • Qо‘riqlash va nazoratga ruxsatning mavjudligi.

  • Dizelli generatorning mavjudligi.

  • Server qurilmalariga personal, xamda mijozlar uchun 24/7 ruxsati.

Data-sentr nima uchun kerak?
Birinchi qarashda savol oddiydek tuyuladi, ish uchun kerak bо‘lgan serverlar va boshqa qurilmalarni qayergadir joylashtirish zarur, ammo nimaga buning uchun butun bino qurish kerak, agar bironta server xonasi bilan cheklanib qolsa bо‘lsa. Eng avvalo javob iqtisodiy foydaga taqaladi. Xisoblash resurslarining va ma’lumotlarga ishlov berish markazida ma’lumotlarni saqlash vositalari konsolidatsiyasi IT-resurslar ekspluatatsiyasini umumiy narxining kamaytirish imkonini beradi.
Ishonchli Data-sentrlarda serverlarni joylashtirilishi nafaqat ma’lumotlar saqlaishini, butunligini va ximoyalanganligini ta’minlaydi, balki xar bir aloxida kompaniyalarning moliyaviy xarajatlarini optimallashtiradi.


    1. GRID – texnologiya konsepsiyasi

GRID - computing (sо‘zma-sо‘z - reshetkali xisoblashlar) nomini olgan yangi internet-texnologiya, tadqiqotchilar fikricha Internetning rivojlanishidagi navbatdagi qadami deb xisoblaydilar.
GRID – texnologiya konsepsiyasi yirik masshtabli axborot-xisoblash loyixalarini amalga oshirish uchun dunyoning kompyuter resurslarini integratsiyalovchi global infrastrukrura konsepsiyasi deb qaralishi mumkin.
GRID - birgalikda umumiy resurslarni ishlatuvchi korxonalar va aloxida mutaxassislardan tashkil topgan, global taqsimlangan virtual tashkilotlar chegaralarida resurslarga va ular bilan bog‘liq bо‘lgan xizmatlarga kollektiv bо‘linuvchi rejimda ularga ruxsatni (dostup) taxmin qiladi.
GRID ma’lumotga ishlov berish uchun universal infrastrukturadir. Bu nafaqat konkret amaliy masalalarni yechish imkonini beradi, balki u turli xizmatlar faoliyati (Grid Services)ni taqdim etuvchi servis xizmatdir. Masalan: zarur resurslarni qidirish, resurslar xolati xaqida axborotlarni yig‘ish, ma’lumotlarni saqlash va yetkazib berish.
Qanday masalalar sinfi uchun GRID ning qо‘llanilishi yechimning yangi sifatini berishi mumkin?

  • Katta xajmli ma’lumotlarga ommaviy ishlov berish

  • Ma’lumotlarni kо‘pparametrli taxlili

  • Masofaviy superkompyuterlarda modellashtirish

  • Katta ma’lumotlar tо‘plamini realistik vizuallash

  • Katta xajmlardagi xisoblashlar bilan murakkab biznes ilovalar

GRIDning qо‘llanilishi
GRID- texnologiyalari davlat boshqaruvi tashkilotlarida, mudofa, kommunal tо‘lovlar soxasida, xamda xususiy kompaniyalarda, masalan moliya va energetikada faol qо‘llanmoqda. GRIDning qо‘llanilish soxasi xozirda yadroviy fizika, atrof-muxit muxofazasi, ob-xavoni oldindan aytib berish va klimat о‘zgarishlarini modellashtirish, biologik modellashtirish, farmatsevtikani qamrab oladi.



    1. Yüklə 352,2 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə